é
Ws,
ARTICLE INFO
INCREASE PRODUCTIVITY THROUGH SHAPING AND PRUNING OF FRUIT TREES Ergashov Azizbek Ilashboy o'g'li Maxmudov Islom Rustam o'g'li
Gulistan State University e-mail. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11148667
ABSTRACT
Received: 30th April 2024 Accepted: 07th May 2024 Online: 08th May 2024 KEYWORDS Growth, Shaping, Pruning, Pruning, Productivity,
Technology.
In this article, the effect of shaping fruit trees, increasing the productivity of fruit trees, extending their viability for a long period of time, increasing the size of fruits, and the vigorous growth of branches, using the methods of pruning.
ПОВЫШЕНИЕ ПРОДУКТИВНОСТИ ЗА СЧЕТ ФОРМИРОВАНИЯ И ОБРЕЗКИ ПЛОДОВЫХ ДЕРЕВЬЕВ
Эргашов Азизбек Илашович Махмудов Ислом Рустамович
Гулистанский государственный университет e-mail. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11148667
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 30th April 2024 Accepted: 07th May 2024 Online: 08th May 2024 KEYWORDS
Рост, Формирование, резка, втулка,
производительность, технология.
В данной статье рассмотрен эффект формирования плодовых деревьев, повышения продуктивности плодовых деревьев, продления их жизнеспособности на длительный период, увеличения размеров плодов и энергичного роста ветвей методами обрезки.
MEVALI DARAXTLARGA SHAKIL BERISH VA BUTASH ORQALI MAHSULDORLIKNI OSHIRISH
Ergashov Azizbek Ilashboy o'g'li Maxmudov Islom Rustam o'g'li
Guliston Davlat Universiteti e-mail. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11148667 ARTICLE INFO ABSTRACT
Received: 30th April 2024 Accepted: 07th May 2024 Online: 08th May 2024
Ushbu maqolada mevali daraxtlarga shakil berish, butash kesish usullaridan foydalanib mevali darxtlarning
4t
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
KEYWORDS
O'sish, Shakil berish, kesish, butash, hosildorlik, texnologiya
hosildorligini oshirish, yashovchanligini uzoq muddatga cho'zish, mevalarning yirik bo'lishiga, shoxlarning baquvvat bo'lib o'sishiga tasiri keltirib o'tilgan.
KIRISH
Bizga ma'lumki hozirgi kunda mevachilik va uzumchilik sohasi bo'yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda meva daraxtlariga shakil berish va butash ishlari ikki davrda amalga oshiriladi. Kuzgi va baxorgi shakil berish ishlari amalga oshiriladi.
Mevali daraxtlarni butash-xirurgik operatsiya bo'lib, bunda daraxtning hosildorligi hamda mevalarning sifat darajasini oshirishga mas'ul bo'lgan quyosh energiyasidan foydalanishni daraxtlarning o'sishi rivojlanishi hamda hosilni shoh-shabbada uning joylanishini tartibga solishga imkon beradi.
Butash yo'li orqali mevali daraxtlarni hosilga kirish muddatlarini o'zgartirish, uning mahsuldorlik davrini uzaytirish, ochiq yoritilgan shoh-shabba tuzilmasini tuzish, bog'larda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish ishlarini qulaylashtirish, yildan-yilga meva berishni to'g'ri tartibga solish. Daraxtlarning hosildorligini yanada oshirish mumkin va hokazo. Butash yo'li orqali gektariga ko'proq ko'chatlarni joylashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari mevalarni piship yetilgan vaqtida terib olishni yana ham qulaylashtiradi. Qulaylashtirib shakil berilgan daraxtlar bog'ishlarida texnikalarni qo'llashda qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari shakil berish yo'li orqali asosiy shohlarni kamaytirgan holda o'suvchi va hosil beruvchi shohlarni ko'paytirish mumkun. Hozirgi kunda past bo'yli va tez hosilga kiradigan mevali daraxtlar formasi ko'paytirib borilmoqda, shu sababli bu daraxtlarni shakil berish yo'li orqali tartibga solish mumkun.
ASOSIY QISM VA NATIJALAR
Butash -meva daraxtlariga ta'sir ko'rsatadigan eng yuqori agrotexnik tadbirlardan bo'lib, ularni parvarish qilish ishlarida muhim element hisoblanadi. Meva daraxtlarini sistemali butash orqali hosilni uch barobargacha oshirish mumkin. Daraxtlarni butash mevalarni 20 foizgacha yiriklashishini taminlaydi, ularning ko'rinishi hamda ta'm sifatini ham yaxshi bo'lishiga ta'sir etadi. Butalgan mevali daraxtlarning mevasini tarkibida butalmagan daraxtlarga nisbatan shakar va kislotalar ko'p bo'ladi.
Daraxtlarni butash mevalarini 20,4%gacha yiriklashtiriladi, ularning tahm sifatini ham yaxshilaydi. Butalgan mevali daraxtlarning tarkibida butalmagan daraxtlarnikidagiga qaraganda shakar va kislotalar ko'p bo'ladi. Butash shoh- shabbalarini yig'inchoq qiladi, shohlashini kuchaytiradi, asosiy (skelet) shohlarini mustahkamlaydi, tirgovichlar qo'yishga bo'lgan talabni kamaytiradi, shoh- shabbaning pastki qismlaridagi barglar to'kilishini (daraxtning yalong'ochlashini) kechiktiriladi va mevani shoh-shabbaning gektarida hosil bo'lishiga yordam beradi, daraxtni sinishdan saqlaydi va shu bilan daraxtlarning uzoq yashashini tahminlaydi. Butash yordamida daraxtlarni yoshartirib bog'ning mahsuldorlik yoshini uzaytiradi.
Bundan ko'rinib turibdiki, butash orqali biz mevali daraxtlarimizga oziqa muhitni asosiy qisimlarga yo'naltirilishini yaxshilanishiga hamda mevalarning yirik bo'lishiga erishiladi.
é
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
Asosiy maqasad ham shunday mevali daraxtlarimizga asosiy muhitni yorug'lik va shamol aylanishini yaxshilab berishdir.
Butash daraxtlarning sovuqqa chidamliligini ham oshiradi, ya'ni bunda butalgan daraxtlar yaxshiroq barg chiqaradi va qishki tinim davri uchun ko'p oziq moddalar to'playdi. Bu moddalar o'simlikni sovuqdan himoya qilish quvvatiga ega bo'ladi.
Nihoyat, butash agrotexnikaning boshqa usullari bilan birga har yilgi hosilni tartibga solib turishiga yordam beradi .[1]
Shakl berish texnologiyasi. Kuchli o'sadigan payvandtakka ulab o'stirilgan meva daraxtlariga Shakl berishni asosiy tartibi - bu yarusli (qavatli) qilib siyraklashtirishdir. Jumxuriyatimizda olma va noklarning ko'pchilik navlariga nisbatan shu usul qo'llaniladi. To'la Shakl berilgan meva daraxtlari birinchi qavatda besh-etti dona asosiy shohga ega bo'lishi kerak. Ularni Shakllantirish bilan bir vaqtda ikkinchi va uchinchi qavat shohlari ham qoldiriladi. Ikkinchi qavatning birinchi shohi asosiy shohlardan 30-40sm, ikkinchi shoh birinsi shohdan 25-30sm masofada qoldiriladi. Uchinchi qavat shohlari ham shu tartibda qoldiriladi.
Uch-to'rt yil Shakl berilgan yosh daraxtlarni ko'p chilpish tavsiya etilmaydi. Chunki bu ularni o'sishini kuchaytirib, hosil berishni kechiktirib yuboradi. Olmalarga to'liq hosil bera boshlashiga qadar shohlarini o'rtacha qisqartirilib va siyraklashtrilib Shakl beriladi. Bu davr boshlanishida bir-biriga soya va xalaqit beradigan hamma shoh va novdalar olinib tashlanib, daraxt shoh-shabbasi maromida siyraklashtiriladi.
Olma to'la hosil bera boshlangandan keyin uning o'sishini va hosildorligini saqlab turish uchun me'yorida qirqiladi. Bunda faqat mayda, daraxt shoh-shabbasini qalinlashtirib yuborishi mumkin bo'lgan novdalar va bachkilar olib tashlanadi, ba'zi yangidan o'sib chiqqan uzun novdalar, ularni hosil shohiga aylantirish uchun kaltalashtiriladi. Xaddan tashqari yirik ularni boshqa shohlarga tenglashtirish uchun qisqartirib kesiladi.
Daraxtlar o'sishdan orqada qolsa (10-15sm), bir yillik novdalarning normal o'sishini tahminlash uchun uch-besh yoshli o'sgan ona shohlarga taqab kesiladi.
Daraxt hosil qilmagan yilda butash sistemasi quyidagicha bo'ladi: shu yili o'sib novdalar ko'proq kaltalashtriladi, halqasimon meva shohlari siyraklashtirilib, murakkab halqasimon novdalar kaltalashtiriladi. Natijada bir yillik novdalarning o'sishi tezlashadi, hosil kurtaklarining Shakllanishi sustlashadi. Daraxt hosil bergan yili: agar yilaro hosil beradigan daraxt hosil bergan yili butalmagan bo'lsa, bu ishni hosil bergan yili qilish kerak. Bunday holatda, novdalar 35-40 sm o'sgan eski shohlar taqab kesiladi. Hosil kurtaklarini ko'plab Shakllantirish uchun o'sgan bir yillik novdalari qisqartiriladi. Shu bilan bir paytda daraxtlarni oziqlanish va suv bilan ta'minlanish sharoitini kuchaytirish kerak. Daraxt hosil bermaydigan yilda kuzda solingan o'g'itlar (25-30 tonna go'ng,60 kg fosfor va 30 kg kaliy) bilan birga moy oyining oxiri va iyun oyining boshida azot (120 kg-ga) o'g'iti solinadi. Chunki bu paytda azot hosil kurtaklarining ko'payishiga unga ta'sir etmaydi. Iyul oyida esa azotni 60-120 kg-ga miqdorida solish kerak.
Daraxtlar hosil beradigan yilda azot mart oyida gektariga 240 kg miqdorida solinadi, may oyida novdalarning yaxshi o'sishi, barglarning fiziologik va mevalar rivojlanishini kuchaytirish maqsadida birinchi qo'shimcha oziqlantirish uchun gektariga 60-120 kg miqdorida azot o'g'iti solinadi, iyun oyida mevalarning yaxshi Shakllanishi, hosil kurtaklarining paydo bo'lishi,
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
daraxtda qish uyqusiga zarur bo'ladigan juda ko'p plastik moddalar zapasining yuzaga kelishi uchun ikkinchi qo'shimcha oziqa beriladi (azot 60, fosfor 30 kg).
Noklarni kesish xuddi olmalarni kesishga o'xshashdir. Shuning dek, navlar xususiyatini ham e'tiborga olish kerak. Kam shohlaydigan, ammo bir yillik novdalari tez o'sgan va asosiy halqali meva shohlari ko'p bo'lgan navlarning ularning uzunligiga qarab yarim yoki uchdan biri kesib tashlanadi. Ko'p shohlaydigan va asosan chiviq novdalarida hosil beradigan daraxtlarning shoh-shabbalari siyraklashtiriladi. Behi daraxtiga olma daraxtiga Shakl berilgandek, yarusli siyraklashtirilgan Shakl beriladi. Daraxtning ko'p yillik shohlarini Shakllashda ularning bir-biriga moyillashtirish butash kerak. Utkir burchakli bo'lib kolishiga yo'l qo'ymaslik lozim.[2]
Daraxt to'la hosilga kirgach, novdalarning o'sishi keskin kamayadi va meva berish kalta shohlarga o'tadi. Bu davrda hosilli shohlarning xaddan tashqari ko'payib ketishining oldini olish uchun pastroqda joylashgan hosilli shohcha taqab shoh qisqartirib kesiladi.
O'sish sustlashgan chog'da (oxirgi novdalar 25-30sm.dan qisqa bo'lsa) uch-to'rt yilda bir marta 2-3 yillik shohlarga taqab shoh-shabbalarni yoshartirish maqsadida kallaklanadi.
Bundan tashqari daraxtlarga shakil berish daraxtning havo yorug'likdan yaxshi bahramand bo'lishi, oziq moddalarning hosilli novdalarda to'planishi, hosildorlikni oshirish va mevalar sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.Shakil berilmagan daraxtlar kam yashaydi v akam hosil beradi. Daraxtni o'stirish shakil joyining tuproq iqlim sharoitlariga, meva turi va navining biologik xususiyatlariga qarab tanlanadi. Dastlabki shakil berish ishlari ko'chatzorning ikkinchi dalasida boshlanadi, so'ngra bog'da 6-8 yil davom etiriladi.
Dunyo mamlakatlari bog'dorchiligida daraxtlarga shakil berishning g'oyat xilma-xil turlari qo'llaniladi. O'zbekistonda meva daraxtlarining ko'pchiligiga past tanali (asosiy tana balandligi 50-70 sm) qilib shakil beriladi, natijada meva daraxtlari hosilga erta kiradi, ularni parvarish qilish, butash, zararkunandalarga qarshi kurash, hosilni hosilni yig'ib terib olish osonlashadi.
Markaziy tana va asosiy shoxlarning joylashishiga qarab daraxtlarga shakil berish pog'onali, siyrak pog'onali, kosasimon, butasimon va boshqa bo'lishi mumkun. Pog'onali shakil (olma, gilos, nok, va b. qo'llaniladi)da asosiy shoxlar tanada pog'onlab joylashtiriladi, pog'onada 3-5 tadan shox bo'ladi.Siyrak pog'onali shakilda (ko'pchillik meva turlari uchun qabul qilingan) daraxt 5-8 ta asosiy va 1-2 qo'shimcha shoxlar qoldiriladi. Kosasimon shakilda ko'chat bog'ga o'tkazilishi bilan tanadan chiqqan 3-5 ta shox 20-30 sm uzunlikda qirqiladi., markaziy tana qirqib tashlanadi. Bu shakilda ko'proq shaftoli, olcha o'stiriladi. Butasimon shakilda (ildizidan rivojlangan o'simliklar-anor, anjir, turkman olmasi, smorodina, malina va b.) markaziy tana bo'lmaydi, ildizdan 2-3 ta mustaqil tana va ulardan shoxshabba chiqariladi, tanalar qariganidan keyin ildizdan chiqqan yangi tana bilan almashtiriladi. [3]
Xulosa
Xulosa qilib aytganda mevali darxtlarga shakil berish, butash, kesish usullaridan foydalanib, bizning O'zbekistonda yetishtiriladigan mevali bog'lardan serhosil mevalarni olishimiz mumkun, bundan tashqari yosh paydo qilinayotgan bog'larni yoshligidan parvarishlab borilsa, ko'zlagan mevali bog'larni yaratish hamda mahsuldorligi yuqori bo'lgan mevalarni olishimiz mumkin. Shuning uchun ham har bir yaratgan bog'imizda daraxatlarni
é
Ws,
References:
1. O'Zm. Birinchi jild. Toshkent 2000
2. T.E.Ostanaqulov. S.X. Narziyeva, B.X.G'ulomov "Mevachilik asoslari" Toshkent 2011.
3. To'raqulova Ozoda Mamarayim qizi, Ergashov Azizbek Ilashboy o'g'li. (2023). BOG'LARDA MEVALI DARAXTLARNIYETISHTIRISH BO'YICHA AGROTEXNIK TADBIRLARNING O'RNI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(10), 34-38.
4. To'raqulov, M., Aynaqulov , K. ., & Ergashov , A. (2023). IMPORTANT AGROTECHNICAL MEASURES CARRIED OUT IN ORCHARDS AFTER THE VEGETATION PERIOD. Евразийский журнал академических исследований, 3(12), 117-121. извлечено от
5. Ergashov, A. ., & Ahmadqulova, K. . (2023). KECH PISHAR OLMA HOSILINI SAQLASHDA XALQ USULIDAN FOYDALANISHNING O'ZIGA HOS AHAMIYATLARI. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(4), 131-134. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejti/article/view/12849