Научная статья на тему 'МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНОЙ ГРАМОТНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ БИОЛОГИИ '

МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНОЙ ГРАМОТНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ БИОЛОГИИ Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
урок в формате PISA / естественнонаучная грамотность / квест-технология.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Мадрахимова Муножатхан Толанбоевна

В целях обеспечения реализации принятых в Республике Узбекистан образовательных реформ, занять достойное место нашей страны в международных исследовательских программах, помимо требований ДТС от будущих учителей биологии к студентам, подготовить их к реальной жизни, применять полученные знания в жизни.Это требует развития навыков обучения, а также опыта повышения уровня естественнонаучной грамотности.В статье описаны исследования зарубежных специалистов по этому поводу.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНОЙ ГРАМОТНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ БИОЛОГИИ »

МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНОЙ ГРАМОТНОСТИ У БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ БИОЛОГИИ

Мадрахимова Муножатхан Толанбоевна

Коканский государственный педагогический институт

В целях обеспечения реализации принятых в Республике Узбекистан образовательных реформ, занять достойное место нашей страны в международных исследовательских программах, помимо требований ДТС от будущих учителей биологии к студентам, подготовить их к реальной жизни, применять полученные знания в жизни.Это требует развития навыков обучения, а также опыта повышения уровня естественнонаучной грамотности.В статье описаны исследования зарубежных специалистов по этому поводу.

Ключевые слова: урок в формате PISA, естественнонаучная грамотность, квест-технология.

METHODS OF DEVELOPING NATURAL-SCIENTIFIC LITERACY COMPETENCE IN

FUTURE BIOLOGY TEACHERS

In order to ensure the implementation of the educational reforms adopted in the Republic of Uzbekistan, to take our country's rightful place in international research programs, in addition to the requirements of DTS from future biology teachers to students, to prepare them for real life, to apply the knowledge they have acquired in life. It requires the development of learning skills, as well as the experience of raising the level of natural-scientific literacy. The article describes the research of foreign experts in this regard.

Key words: lesson in PISA format, natural-scientific literacy competence, quest-technology.

BO'LAJAKBIOLOGIYA O'QITUVCHILARIDA TABIIY-ILMIYSAVODXONLIK KOMPETENTSIYASINIRIVOJLANTIRISH METODLARI

O'zbekistlon Respublikasida qabul qilingan ta 'lim islohatlarini ijrosini ta 'minlash, Xalqaro tadqiqot dasturlarida mamlakatimizni munosib o'rnini egallashi uchun bo'lajak biologiya o'qituvchilaridan o'quvchilarga DTS talablari bilan bir qatorda, ularni aniq hayotga tayyorlash, olgan bilimlarini hayotda qo'llay olish ko'nikmalarini rivojlantirish, shuningdek tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini oshirish tajribasini puxta egallashni talab qiladi. Maqolada horijiy mutaxassislarni bu boradagi tadqiqotlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: PISA formatidagi dars, tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetentsiya, kvest-texnologiyasi.

Xalqaro baholash dasturi navbatdagi tadqiqotida 2022-yil bahorida 81 mamlakat yoki iqtisodiy hududdan jami 690 000 o'quvchi test sinovlarida qatnashdi. Ilk marotaba O'zbekiston bu tadqiqotda ishtirok etdi. Lekin natijalar quvonarli emas. Bu tadqiqot bo'yicha ta'lim islohatlarimizda belgilangan, ya'ni 2030 yilgacha ilg'or o'rinlarni egallash topshirig'i barcha mamlakatimiz o'qituvchi-pedagoglari oldiga qo'yilgan ustivor vazifamizdir.

Buning uchun avvalo Oliy ta'lim dargohlarini bitiruvchi talabalarini maktab dargohida ushbu tadqiqotlarda ko'zlangan maqsadlarni amalga oshiruvchi bo'lajak pedagog kadrlarni, jumladan biologiya o'qituvchilarini tayyorlash talab etiladi.

PISA xalqaro dasturi funktsional savodxonlikni o'rganadi, uning 6 ta yo'nalishi mavjud:

1. O'qish savodxonligi

2. Matematik savodxonlik

3. Tabiiy-ilmiy savodxonlik

4. Global vakolatlar

5. Moliyaviy savodxonlik

6. Ijodiy fikrlash

Funktsional savodxonlik - bu olingan bilim, ko'nikma va ko'nikmalami hayotiy muammolarni hal qilishda qo'llash qobiliyatidir.

Bugungi kunda maktab o'quvchilarimizning funksional savodxonlik darajasini aniqlash ta'lim sifati sohasida ustuvor yo'nalishga aylandi. Bu ertangi ta'lim qanday bo'lishini va u nimaga yo'naltirilishi kerakligini belgilab berdi. Bu esa funktsional savodxonlikning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan tabiiy-ilmiy savodxonligini bo'lajak o'qituvchilarda shakllantirishga asosiy e'tibor qaratishga undaydi.

Tabiiy-ilmiy savodxonligi deganda, odatda, insonning tabiiy fanlar bilan bog'liq masalalarda faol fuqarolik pozitsiyasini egallash qobiliyati, shuningdek, tabiatshunoslik g'oyalariga qiziqish ko'rsatishga tayyorligi tushuniladi.

Tabiiy ilmiy savodli shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalar bilan bog'liq muammolarni asosli muhokama qilishda ishtirok etishga intiladi, bu esa undan quyidagi vakolatlarga ega bo'lishni talab qiladi:

• hodisalarni ilmiy tushuntirish;

• tabiatshunoslik tadqiqotlarining asosiy xususiyatlarini tushunish;

• ma'lumotlarni sharhlash va xulosalar chiqarish uchun ilmiy dalillardan foydalanish.

PISA topshiriqlari fan savodxonligini tavsiflovchi va real hayotiy vaziyatlarga asoslangan kompetensiyalarni baholashga qaratilgan.

Faol fuqarolik pozitsiyasi kompetentsiyasi O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standartida belgilab qo'yilgan bo'lib, o'z navbatida undan quyidagi kompetensiyalarni shakllantirishni talab qiladi: hodisalarni ilmiy tushuntirish qobiliyati,, tabiatshunoslik tadqiqotining eng muhim xususiyatlarini tushunish, ma'lumotlarni sharhlash va ma'lum bir xulosaga kelish uchun ilmiy dalillarni qo'llash qobiliyati orqali shakllantiriladi .[1]

Rossiya Federatsiyasining Davlat Ta'lim Standarti talablariga tabiiy savodxonlik kompetentsiyasini kiritilganligi mamlakatning ta'lim sifati, shu jumladan maktab ta'limi bo'yicha dunyodagi etakchi o'ntalikka kirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.[8]

SHuningdek bugungi kunda kunda har bir kompetentsiyaning zamirida raqamli texnologiyalarning ahamiyatini ko'plab mamlakatlar jumladan raqamli innovatsiyalar Estoniya ta'limining asosi bo'lib qolmoqda, maktablar o'quvchilarni raqamli kelajakka tayyorlash uchun ilg'or texnologiyalardan foydalanilmoqda.[9]

Tabiiy-ilmiy savodxonlik ko'nikmasini rivojlantishda samarali tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, jumladan M. Ekici, M. Erdem tabiiy-ilmiy savodxonlik ta'limining ilmiy so'rovni mobil vositanu jalb qilish ilmiy jarayon ko'nikmalarini rivojlantirishga "Ilmiy jarayon ko'nikmalari testi", yarim tizimli intervyular va aks ettiruvchi jurnallar tadqiqotning ma'lumotlar yig'ishda sezilarli va ijobiy ta'sir ko'rsatishini o'rgandi.[5]

N.Pavlova talabalarda Tabiiy-ilmiy savodxonligi kompetensiyalarini o'zlashtirish darajasini aniqlashda va rivojlantirishda ilmiy bilimlar tizimini va maxsus fan ko'nikmalariga samarali moslashish imkonini beruvchi samarali -tadqiqot muammosini ochib beruvchi ilmiy ma'lumotlarni tanlash, olingan ma'lumotlarni sharhlash, ularning ishonchliligini aniqlash, tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, taqqoslash, induksiya, deduksiya, abstraksiya va modellashtirish usullaridan foydalandi.[7, 89].

M.Safronova, T. Maksimova muammolarni birgalikda hal qilishning PISA fan muammolarini hal qilish samaradorligi psixologiya va pedagogika bilan bog'liqligini o'rganib, sinfda tabiatshunoslik vazifalarini hal qilishda birgalikdagi faoliyat uslubini joriy etish o'quvchilarning tabiiy fanlar bo'yicha savodxonligini oshirishga yordam berishini asoslab berdi.[6]

G.Dubasb, A.Xudyakova talabalarning Tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish uchun vaziyatli vazifalarni loyihalash texnologiyasini nazariy tadqiqot va empirik usullarda o'rgandi.[4]

A.Ghofar,C.Wicaksono, E.Korom Indoneziya talabalarida tadqiq qilish natijasida induktiv fikrlashning tabiiy- ilmiy kompetentsiyani rivojlantirishga kuchli ijobiy ta'sir ko'rsatishini uni o'qitish va o'qitishda e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydigan muhim omil ekanligini ta'kidlaydi.[2]

Ye. Igumnova Kvest -texnologiyasi asosida o'quvchilarda individual muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi.[3]

Kvest texnologiyasi- kirish, topshiriq, bajarish tartibi va baholash bosqichlaridan iborat.

1.Kirish bosqichida biologiya o'qituvchisining kirish nutqi bo'lib,bunda mavzuga doir o'quvchilarning qiziqishini oshirish, talabalarni guruhlarga bo'lish, kvest qoidalarini muhokama qilish, talabalarga ushbu qoidalarni batafsilroq tushuntirish amalga oshiriladi.

2.Topshiriq bosqichida vazifalarni bajarish uchun samarali usullar qo'llaniladi. Masalan: kichik guruhlarda ishlash, loyiha usuli, qo'shimcha ma'lumot manbalari (internet manbalari, ensiklopediyalar, elektron resurslar va boshqalar) bilan ishlashi, vizual o'qitish usullari ( multimedia taqdimotlari , videodarslardan, mikroskopdan foydalanish, turli modellar bilan ishlash), og'zaki usullar (hikoya, suhbat, ma'ruza va boshqalar), shuningdek, laboratoriya va amaliy ishlarning turlari.[8, 221]

An'anaviy (bilimga asoslangan) yondashuv bilan kompetensiyaga asoslangan yondashuv o'rtasidagi qarama-qarshilik va farqlar mavjud bo'lib, ta'lim jarayonini modernizatsiya qilish bir yondashuvni boshqasiga almashtirish yo'lida emas, balki yangisini integratsiya qilish yo'lida davom etishi kerak.

Maktab o'quvchilarining bilim olish qobiliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun o'qituvchilar va bo'lajak o'qituvchi darsdan va sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirishda samarali usullarni bilishi lozim. PISA formatidagi dars usullarini quyidagi afzalliklari o'rganilgan.

Bunday formatdagi darslarda o'quv materiallarni joylashtirish ketma-ketligi har bir vazifa avvalgisining natijalariga asoslanishi, topshiriqning barcha shartlarini yodda tutishni va ularni qadamma-qadam tekshirishni o'rganishadi.

Materialni mashq qilish uchun topshiriqlar- Muammoni turli vositalar va usullar bilan, shu jumladan empirik tarzda hal qilish, barcha usullar to'g'ri deb hisoblash, muammolar echiladigan, yechilmaydigan va aniqlanmagan kabi holatlarda taqdim etiladi.

Matn bo'yicha savollar- Savolda paragraf matnida bo'lmagan, ammo zarur bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlar bo'lishi mumkin, javobning yana bir qismi paragraf matnida berilmagan qo'shimcha bilimlarni talab qiladi, topshiriqlarni bajarish uchun matnni qayta shakllantiriladi.

Ma'lumot taqdim etish shakli- Topshiriqlar matnida muammoni hal qilish uchun zarur bo'lgan axborotni - og'zaki matn, diagrammalar, jadvallar, grafiklar, diagrammalar, chizmalar, xaritalar va boshqa turli shakllarda taqdim etilishi talabada ijodiy fikrlash doirasini kengaytiradi.

Tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish o'qituvchi qo'llayotgan usul va usullarning samaradorligiga, muammoga qanchalik ijodiy yondashishiga bog'liq.

Bo'lajak biologiya fani o'qituvchisi nostandart shakldagi ijodiy vazifalarni ishlab chiqish, yaratish va darslarda qo'llashi orqali o'quvchilarni ijobiy his-tuyg'ularga ega, faol, izlanuvchan bo'lishga rag'batlantirishi mumkin

Demak, zamonaviy biologiya o'qituvchisi DTS talablarida belgilangan kompetentsiyani o'quvchilarda shakllantirish uchun fan va texnika taraqqiyoti darajasi, pedagogika yutuqlari, ta'lim va kasbiy standartlarga mos keladigan kompetensiyalar tizimiga ega bo'lishi kerak.

ADABIYOTLAR

1. А.Крюкова "Формирование естественнонаучной грамотности в средней школе на уроках биологии Всероссийский педагогический журнал «Современный урок» [сайт]. - URL: https://www.1urok.ru/categories/3/artides/28784 (дата обращения: 09.02.2022

2. A. Candra Wicaksono, Erzsébet Korom,Role of inductive reasoning, gender, learning satisfaction, and educational and career preference in predicting scientific competency in high school,Thinking

Skills and Creativity,Volume 49,2023,101376,ISSN 1871-

1871,https://doi.org/10.1016/j.tsc.2023.101376

3. Е.А. Игумнова Квест-технология в контексте требований ФГОС общего образования / Е.А. Игумнова, И.В. Радецкая // Современные проблемы науки и образования. - 2016. - №6. - С. 313.

4. Г. Дубась, А.Худякова "Технология проектирования ситуационных задач для развития естественнонаучной грамотности обучающихся" Управление образованием: теория и практика / Education Management Review Том 12 (2022). №3 / Volume 12 (2022). Issue 3.205-215 ст.

5. Murat Ekici, Mukaddes Erdem,Developing Science Process Skills through Mobile Scientific Inquiry,Tinking Skills and Creativity,Volume 36,2020,10658,ISSN 1871871,https://doi.org/10.1016/j.tsc.2020.100658.

6. М.Сафронова, Т. Максимова "Совместное решение проблем студентами педагогического колледжа на материале естественнонаучных заданий PISA" Сетевой журнал «Вестник практической психологии образования» 2023. Том 20. № 3. С. 78-89

7. Н.Павлова "Естественнонаучная грамотность будущих учителей биологии" JOURNAL OF SHADRINSK STATE PEDAGOGICAL UNIVERSITY. no. 3 (55) 2022. DOI: 10.52772/25420291_2022_3_89-92 ст

8. П.Филиппова, О.Завальцева, О.Мишина "ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНОЙ ГРАМОТНОСТИ У ОБУЧАЮЩИХСЯ НА УРОКАХ БИОЛОГИИ В ШКОЛЕ" Педагогика. УДК 372.857.219-233 стр.

9. https://e-estonia.com/pisa-test-2022-results-estonian-students-rank-high-in-europe.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.