Научная статья на тему 'METHODOLOGICAL ISSUES OF IMPLEMENTATION OF EXPORT OPERATIONS IN THE NATIONAL TOURISM NETWORK'

METHODOLOGICAL ISSUES OF IMPLEMENTATION OF EXPORT OPERATIONS IN THE NATIONAL TOURISM NETWORK Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tourist services / national tourism sector / foreign tourist / tourist flow / export operations / means of accommodation / tour operator / tourist agency / empirical research / export of services / tourist services / national tourism sector / foreign tourist / tourist flow / export operations / means of accommodation / tour operator / tourist agency / empirical research / export of services

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xalilov Sirojiddin

. This article assesses the national tourism sector's export potential. The research looked into the methodological elements of implementing export operations in the national tourism sector. There was also scientific advice on how to improve the implementation of export operations in the national tourism sector. Specific aspects of tourism service export are systematized. The study of the organizational and economic elements of focused development of export activities in the service industry. Proposals for strengthening the strategic management of the national tourism sector have been created as a result of empirical study. The experience of sophisticated foreign nations with a fast rising tourism sector is cited. There was also discussion of the practical concerns of educating highly skilled individuals for the national tourism business. This article includes a bibliographic examination of scientific materials relevant to the methodological concerns of export operations in the national tourism sector. Innovative methods are given for guaranteeing socioeconomic efficiency in the national tourism sector. The ideal distribution of the tourist flow into the nation across areas was particularly examined. The benefits of contemporary technology are centered on the national tourism sector. The advantages of using modern technologies are based on the national tourism sector. Problems in this direction are identified and methods of solving them are explained. Methodical approaches to sustainable development of the national tourism sector in the medium and long term are described.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL ISSUES OF IMPLEMENTATION OF EXPORT OPERATIONS IN THE NATIONAL TOURISM NETWORK

. This article assesses the national tourism sector's export potential. The research looked into the methodological elements of implementing export operations in the national tourism sector. There was also scientific advice on how to improve the implementation of export operations in the national tourism sector. Specific aspects of tourism service export are systematized. The study of the organizational and economic elements of focused development of export activities in the service industry. Proposals for strengthening the strategic management of the national tourism sector have been created as a result of empirical study. The experience of sophisticated foreign nations with a fast rising tourism sector is cited. There was also discussion of the practical concerns of educating highly skilled individuals for the national tourism business. This article includes a bibliographic examination of scientific materials relevant to the methodological concerns of export operations in the national tourism sector. Innovative methods are given for guaranteeing socioeconomic efficiency in the national tourism sector. The ideal distribution of the tourist flow into the nation across areas was particularly examined. The benefits of contemporary technology are centered on the national tourism sector. The advantages of using modern technologies are based on the national tourism sector. Problems in this direction are identified and methods of solving them are explained. Methodical approaches to sustainable development of the national tourism sector in the medium and long term are described.

Текст научной работы на тему «METHODOLOGICAL ISSUES OF IMPLEMENTATION OF EXPORT OPERATIONS IN THE NATIONAL TOURISM NETWORK»

MILLIY TURIZM TARMOG'IDA EKSPORT OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISHNING USLUBIY

MASALALARI

Dotsent, Xalilov Sirojiddin Sherali og'li Alfraganus University ORCID: 0009-0003-0006-0951

Annotasiya. Ushbu maqolada milliy turizm tarmog'ining eksport salohiyati baholangan. Tadqiqot ishida milliy turizm tarmog'ida eksport operatsiyalarini amalga oshirishning uslubiy jihatlari tadqiq qilingan. Shuningdek, milliy turizm tarmog'ida eksport operatsiyalarini amalga oshirishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar keltirib o'tilgan. Turistik xizmatlar eksportining o'ziga xos xususiyatlari tizimlashtirilgan. Xizmatlar sektorida eksport operatsiyalarini maqsadli rag'batlantirishning tashkiIiy-iqtisodiy jihatlari tadqiq qilingan. Empirik tadqioqtlar natijasi sifatida milliy turizm tarmog'ini strategik boshqarishni takomillashtirishga yo'naltirilgan takliflar ishlab chiqilgan. Bunda turizm industriyasi jadal rivojlanib kelayotgan ilg'or xorij davlatlarining tajribasi keltirib o'tilgan. Milliy turizm tarmog'i uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning amaliy tomonlariga ham to'xtalib o'tilgan. Milliy turizm tarmog'ida eksport operatsiyalarini amalga oshirishning uslubiy masalalariga oid ilmiy manbalar o'rganilib, mazkur maqolada mavzuni yoritishning bibliografik tahlili o'rin olgan. Milliy turizm tarmog'ida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta'minlashning innovasion yechimlari keltirib o'tilgan. Xususan, mamlakatga kiruvchi turistik oqimni mintaqalararo optimal taqsimlash masalalari ko'rib chiqilgan. Milliy turizm tarmog'ida zamonaviy texnologiyalarni qo'llashning afzalliklari asoslangan. Ayni yo'nalishdagi muammolar aniqlanib, ularni hal qilish usullari yoritilgan. Milliy turizm tarmog'ini o'rta va uzoq istiqbolda barqaror rivojlantirish yuzasidan uslubiy yondashuvlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: turistik xizmatlar, milliy turizm tarmog'i, xorijiy turist, turistik oqim, eksport operatsiyalari, joylashtirish vositalari, turoperator, turistik agentlik, empirik tadqiq, xizmatlar eksporti.

Abstract. This article assesses the national tourism sector's export potential. The research looked into the methodological elements of implementing export operations in the national tourism sector. There was also scientific advice on how to improve the implementation of export operations in the national tourism sector. Specific aspects of tourism service export are systematized. The study of the organizational and economic elements of focused development of export activities in the service industry. Proposals for strengthening the strategic management of the national tourism sector have been created as a result of empirical study. The experience of sophisticated foreign nations with a fast rising tourism sector is cited. There was also discussion of the practical concerns of educating highly skilled individuals for the national tourism business. This article includes a bibliographic examination of scientific materials relevant to the methodological concerns of export operations in the national tourism sector. Innovative methods are given for guaranteeing socioeconomic efficiency in the national tourism sector. The ideal distribution of the tourist flow into the nation across areas was particularly examined. The benefits of contemporary technology are centered on the national tourism sector. The advantages of using modern technologies are based on the national tourism sector. Problems in this direction are identified and methods of solving them are explained. Methodical approaches to sustainable development of the national tourism sector in the medium and long term are described.

Keywords: tourist services, national tourism sector, foreign tourist, tourist flow, export operations, means of accommodation, tour operator, tourist agency, empirical research, export of services.

KIRISH

Dunyo eksporti tarkibida turistik xizmatlar yoqilg'i, kimyo sanoati, oziq-ovqat hamda avtomobil sanoati eksportidan keyin beshinchi o'rinni egallaganligi, uning iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatayotganligidan dalolat beradi. Xorijiy davlatlar o'z milliy turistik mahsulotini diversifikatsiya qilish asosida turistik xizmatlar eksporti hajmini muntazam oshirib borishga jiddiy e'tibor qarata boshladi. Turizm sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham jahon olimlari ayni masalalarning marketing strategiyalari va investitsion boshqaruv jihatlariga alohida urg'u

bermoqda. Turistik xizmatlar eksportini diversifikatsiya qilishni takomillashtirish masala-lari ham xorijiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. O'zbekistonda kirish turizmi bilan shug'ullanuvchi biznes subyektlari faoliyatini modernizatsiyalash, turistik xizmatlarni innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish, uning eksportini diversifikatsiya qilishga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida katta e'tibor qaratilmoqda.

Hozirgi paytda O'zbekistonda turistik xizmatlar eksportining xususiyatlari va diversifikatsiyalashning konseptual yo'nalishlarini ilmiy jihatdan asoslash, turizm sohasida hududlar eksport salohiyatidan samarali foydalanishni ta'minlovchi maqbul tizimni yaratish zarurati namoyon bo'lmoqda. Mavjud tadqiqotlarda ushbu masalalar bo'yicha ayrim nazariy va metodologik natijalar olingan bo'lsada, ularda turistik xizmatlar eksportini diversifikatsiyalash kompleks yoritilmagan. Bu esa, o'z o'rnida, dolzarb masala hisoblanib, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish davr talabi bo'lib qolmoqda. Aynan shu holat mazkur tadqiqot ishi mavzusini tanlash, uning maqsadi va vazifalarini belgilashga asos bo'lib xizmat qildi. Global xo'jalik tizimida o'z pozitsiyasini mustahkam egallash uchun davlatlar raqobat ustunliklarini aniqlab olish hamda ularni bosqichma-bosqich takomillashtirib borishga urg'u bermoqda. Davlatlararo raqobatning mavjud bo'lishi ijobiy jihatlari bilan ajralib turadi. Raqobatchi talabni shakllantirish va sotuvni rag'batlantirish bo'yicha amaliy sa'y-harakatlarni ro'yobga chiqaradi. Optimal narx belgilashda ham raqobatchilarning o'rni bor. Raqobatchilar hali o'zlashtirilmagan bozor segmentlarining ehtiyojlarini aniqlashi va qanoatlantirish mumkin. Eng muhimi, raqobatchilar faoliyati natijasida ilgari surilayotgan turistik mahsulotni tanitish xarajatlari qisqaradi. Raqobatchilarning reklama kampaniyasiga ajratayotgan moliyaviy resurslari funksional o'xshashliklarga ega boshqa turistik mahsulotlarning ham tanilishini ta'minlab beradi. XXI asr global miqyosda raqobat kurashi avj olishi bilan milliy iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turkti bermoqda. Har bitta davlat geografik joylashuvi, iqlim sharoitlari, tabiiy-mineral xomashyo zaxirasi, transport qulayliklari, investitsion jozibadorligi bilan boshqa davlatlardan farq qiladi. Shundan kelib chiqib, muayyan davlat tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeli boshqa davlatga aynan mos kelmasligi mumkin.

ADABIYOTLAR SHARHI

Milliy turizm tarmog'i rivojlanishining metodologik asoslari, xizmatlar eksporti operatsiyalari xorijlik va mahalliy olimlar ilmiy ishlarida muhim tadqiqot predmeti sifatida o'rganilgan. Jumladan, turizm industriyasining rivojlanishiga bag'ishlangan ilmiy manbalardan eng muhimlaridan biri V.l. Azar tadqiqot ishlarini sanab o'tish mumkin.

So'nggi yillarda chop etilgan mahalliy olimlarning ilmiy ishlari ham diqqatga molik. J.N.Abiyev milliy iqtisodiyotda turizm tarmog'ini rivojlantirishning iqtisodiy jihatlarini tadqiq etgan. A.A.Eshtayev tomonidan turizm industriyasi va uni boshqarishning marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi tadqiq etilgan. Biroq bugungacha olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarda milliy turizm tarmog'ida raqobat muhiti muammolari yetarli darajada o'rganilmagan. Ushbu tadqiqot ishi esa masalaning ayni jihatlarini qamrab oigan.

METODOLOGIYA

Tadqiqot ishi davomida kuzatish, qiyoslash, tizimli va qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, ekspert baholash kabi usullardan foydalanildi. Xususan, o'ndan ortiq turistik obyektlarda respondentlar bilan chuqurlashtirilgan intervyular tashkil etildi. Natijada O'zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning jinsi, yoshi, ma'lumoti, daromadlari kabi demografik ko'rsatkichlar yuzasidan ma'lumotlar to'plandi. Bundan tashqari, turistik faoliyat subyektlari menejerlari o'rtasida fokus-guruhlash metodi asosida tahliliy izlanishlar olib borildi. Tadqiqotlar natijasiga ko'ra, turistlarga taqdim etilayotgan asosiy turistik mahsulotlartarkibi o'rganildi.

NATIJALAR

O'zbekistonda xizmatlar sohasini, xususan turizm xizmatlari ko'rsatish hajmini oshirish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, turizm xizmatlari ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida me'yoriy-huquqiy hujjatlar, normativlar va yangi talablar ishlab chiqildi, boshqaruv tuzilmalari takomillashtirildi. O'z o'rnida, milliy turizm sohasining yanada rivojlanishiga hamda xorijlik turistlaroqimi va turistik xizmatlar eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o'rinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari

va turizm faoliyati bilan shug'ullanuvchi subyektlar sonining ko'payishi hamda ularda boshqaruvning iqtisodiy jihatlarini tadqiq etishni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi esa turistik korxonalarning raqobatbardoshligini ta'minlash, xalqaro taj ri balar va tamoyillar asosida milliy turizm tarmog'i boshqaruvi samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishni taqozo etadi. Shulardan kelib chiqqan holda ta'kidlash o'rinliki, O'zbekistonda va uning mintaqalarida turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish, turizm industriyasini boshqarishni zamonaviy menejment tamoyillari va usullari orqali amalga oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Turizm — milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish jarayonini ta'minlovchi tarmoq bo'lib, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimida alohida o'rin egallaydi. Yangi ish o'rinlarining yaratilishi, aholi bandligini barqaror sur'atlar bilan oshirish, xalq farovonligini yuksaltirishda turistik xizmatlar eksportining ham o'rni beqiyos. Mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatimizda turizm industriyasini tartibga solish bo'yicha zarur huquqiy-me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni asrash, madaniy meros obyektlarini tiklash va ta'mirlash borasida keng ko'lamli amaliy chora-tadbirlar kompleksi tizimli va izchil amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mehmondo'stlik hamda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xorij mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan turistlar oqimi jadal ortmoqda. O'zbekiston boy tarixiy ildizlarga va noyob madaniy merosga ega hudud. Bu esa mamlakatimizda hali ulkan salohiyati to'liq ishga solinmagan turizm industriyasini taraqqiy ettirish, davlatimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish imkonini beradi.

Turistik xizmatlar eksportining o'ziga xos xususiyatlari borasidagi nazariy va amaliy masalalar tadqiqotlarda batafsil ochib berilmagan. Eksportga oid tadqiqot mavzulari esa chet el va mahalliy iqtisodchilar diqqatini o'ziga jalb etib kelgan. Avvalo, eksport kategoriyasining etimologiyasiga to'xtalsak. Bu so'z inglizcha "export", lotincha "exporto" so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, "olib chiqmoq", "chetga chiqarmoq" ma'nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqib, turistik xizmatlar eksportiga quyidagicha ta'rif berishni maqsadga muvofiq, deb topdik.

Turistik xizmatlar eksporti deganda xizmat ko'rsatuvchi tomonidan o'z mamlakatida chet el fuqarolariga yoki xorijiy mamlakatlarda aholining va mehnat jamoasining turistik xizmatlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun ko'rsatiladigan xizmatlar tushuniladi. Ushbu tushuncha mazmuni kirish turizmi bilan bevosita bog'liq. Kirish turizmi esa O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatidir.

Fikrimizcha, ushbu ta'rifda turistik xizmatlar eksportini to'liq ifoda etish uchun tegishli jihatlar o'z o'rnini topgan. Mazkur ta'rifning nazariy asoslari quyida keltirilgan.

Birinchidan, turistik xizmatlar eksporti xizmat ko'rsatuvchi subyekt tomonidan ham o'z mamlakatida, ham xorijiy mamlakatda amalga oshirilishi mumkin. Turistik xizmatlar eksportining shu jihati uni tovarlar eksportidan farqlaydi.

Ikkinchidan, servisning o'ziga xosliklarini turistik xizmatlar eksportiga aniqlik kiritishda inobatga olish mazkur iqtisodiy kategoriyani chuqur anglashga yordam beradi, ya'ni:

- xizmatlar moddiy ne'mat tariqasida ko'zga ko'rinmaydi;

- xizmat ko'rsatuvchi subyektlarning aksariyati jismoniy shaxs sifatida namoyon bo'ladi;

- xizmat ko'rsatuvchilar alohida shaxs sifatida har biri o'ziga xos;

- xizmatlarni taqdim etuvchilardan ajratib olish yoki ajratib sotish imkoniyati mavjud emas;

- xizmatlar oldi-sotdi jarayonida predmet ko'rinishida ko'zga tashlanmaydi;

- xizmat sifati barqaror emas, chunki inson omili ta'sirida u turli zamon va makonda aynan bir xil bo'lishi qayd etilmaydi;

- xizmatni zaxiraga olib qo'yish yoki kelgusida foydalanish uchun saqlab qo'yish imkoni yo'q;

- xizmatni bir joydan ikkinchi joyga taqdim etuvchisidan ajratgan holda ko'chirib bo'lmaydi;

- xizmat faqat taqdim etilayotgan jarayondagina iste'mol qilinadi;

- ayrim xizmat ko'rsatish tarmoqlarida kutilgan natija yoki naf keyinchalik namoyon bo'ladigan hollar ham mavjud;

- xizmatning taqdim etilishi va iste'mol qilinishi bir paytda sodir bo'ladi;

- xizmat sifatiga baho berishda asosiy ustuvorlik iste'molchida ekanligi, o'z o'rnida, bunga nisbatan munosabatning subyektivsabablarga ko'ra turlicha bo'lishi ehtimoli mavjudligini anglatadi.

Uchinchidan, turistik xizmatlar eksporti muayyan ehtiyojni qondirish uchun ko'rsatiladigan har qanday xizmat natijasi kabi namoyon bo'luvchi daromad ko'rinishida hisobga olinadi.

O'z navbatida, umumiy eksportda xizmatlar ulushining moddiy ne'matlar eksporti darajasida bo'lishi yoki undan yuqoriligi o'rganilayotgan mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishi xususida muayyan xulosalarchiqarishga asos bo'ladi. Bunday mamlakat iqtisodiyotida:

• turistik xizmatlar eksporti umumiy eksportning, odatda, 25-30 foizini tashkil etadi;

• xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-80 foizdan iborat bo'ladi;

• xizmat ko'rsatish sohasida ish bilan band aholining qariyb 70 foizi mehnat qiladi;

• aholining iste'mol xarajatlari tarkibida turistik xizmatlar uchun moliyaviy ajratmalar 25-35 foizni tashkil etadi.

Keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib shuni aytish joizki, umumiy eksportda xizmatlar ulushining moddiy ne'matlar eksporti darajasidan past yoki deyarli e'tiborga molik bo'lmagan hajmdaligi ham o'rganilayotgan mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishi xususida muayyan xulosalar chiqarishga asos bo'ladi. Bundan mamlakat iqtisodiyotida esa:

• agrar sohaga va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni birlamchi qayta ishlashga nisbatan bog'liqlik kuchli bo'ladi;

• ish bilan band aholining ko'pchiligi qo'l mehnatiga asoslangan va modernizatsiyalashmagan ishlab chiqarish tarmoqlarida mehnat qiladi;

• aholining iste'mol xarajatlari tarkibida turistik xizmatlar uchun moliyaviy ajratmalar deyarli mavjud bo'lmaydi.

Jahonda turizm xizmatlarining o'sish sur'atlari esa quyidagi jadvalda o'z aksini topgan (1-jadval).

1-jadval

Jahonda turizm xizmatlarining 1990-2022-yillardagi

o'rtacha y i Hi

< o'sish sur'atlari (% larda)

Yillar Jahon Afrika Amerika Osiyo va Tinch okeani havzasi Yevropa Yaqin Sharq

1990-2000 4.6 6.4 3.3 7.0 4.1 9.6

1990-1995 4.2 6.1 3.3 8.0 3.5 7.3

1995-2000 4.9 6.7 3.3 6.0 4.7 12.0

2000-2005 3.3 5.7 0.8 7.1 2.2 10.0

2006-2010 3,26 6,98 3,34 6,02 1,46 10,62

2010-2022 4,73 4,5 7,41 5,89 2,2 -0,52

Manbaa: unwto.org - Butunjahon turizm tashkiloti rasmiy sayti ma'lumotlari Shu o'rinda aniq misolni keltirib o'tamiz. 2008 yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta'sirlaridan avval Gretsiya va Italiya davlatlari eksporti tarkibida turistik xizmatlar yetakchi o'rinlardan birini egallar edi. Boisi, sanab o'tilgan davlatlar turizm salohiyati yuqori mamlakatlar qatoriga kiradi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'sirida ushbu davlatlar milliy iqtisodiyotida sodir bo'lgan retsessiya va defolt holatlari oqibatida kirish turizmi hajmi keskin kamayish tendensiyasini namoyon etdi. Natijada ushbu davlatlarda budjet taqchilligi, ishsizlik darajasining oshishi kabi ijtimoiy muammolar kuzatildi. Demak, xizmatlar eksporti tarkibini diversifikatsiyalash milliy iqtisodiyotning tashqi tahdidlarga nisbatan bardoshliligini oshiradi.

O'zbekistonda ham turistik xizmatlar eksporti bilan faol shug'ullanib kelayotgan biznes subyektlariga ko'maklashishning noyob tizimi yaratilgan. Unga ko'ra turistik xizmatlar eksporti bilan shug'ullanib kelayotgan mahalliy biznes subyektlariga ko'maklashish quyidagi yo'llar asosida amalga oshirilmoqda:

- tashqi bozor kon'yunkturasi o'zgarishlarini tizimli o'rganish;

- potensial tashqi bozorlarning chuqur marketing tadqiqotlarini o'tkazish;

- turistik xizmatlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshlik darajasini aniqlash shular jumlasidandir.

Turistik xizmatlar eksporti bilan shug'ullanib kelayotgan mahalliy biznes subyektlariga ko'maklashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etish ishonchli hamkorlar topish, mijozlar talabini to'laroq qondirish, milliy turistik mahsulotning jahon bozoridagi o'rnini yanada mustahkamlash, eksport geografiyasini kengaytirish kabi imkoniyatlarni taqdim etishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, O'zbekiston milliy turistik mahsulotining jahon bozoridagi mavqei yildan-yilga tobora mustahkamlanib bormoqda.

O'zbekistonda turistik xizmatlar eksporti bilan shug'ullanib kelayotgan mahalliy biznes subyektlari xo'jalik faoliyatini rag'batlantirishning quyidagi iqtisodiy dastaklari faol qo'llanilmoqda:

• soliq to'lovlari masalasidagi yengilliklar;

• tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonidagi ma'muriy tartib-taomillarning soddalashtirilganligi;

• aylanma mablag'larni to'ldirish uchun ajratilayotgan imtiyozli bank kreditlari;

• milliy va xalqaro miqyosdagi turistik yarmarkalarda imtiyozli ekspozitsiya maydonlarining taqdim etilishi;

• investitsion forumlar doirasida turizm sohasiga oid loyihalarga ustuvorlik berilishi;

• yuqori servis darajasiga ega mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalari faoliyatini yo'lga qo'yishda davlat subsidiyalarining manzilli yo'naltirilishi kabi amaliy choralar.

Bundan tashqari, turistik xizmatlar eksporti bilan shug'ullanib kelayotgan mahalliy biznes subyektlari xalqaro bozorning to'laqonli ishtirokchisi sifatida kuchli raqobat muhitida ish ko'radi. Xalqaro turizm bozorida talab hajmi, taklif tuzilmasi, narx shakllanishining o'ziga xosliklarini inobatga olish ham muhim hisoblanadi. Turistik xizmatlar eksporti bilan shug'ullanib kelayotgan mahalliy biznes subyektlari xo'jalik faoliyatiga viza tartibotining me'yoriy-huquqiy asoslari, davlatning fiskal va monetär siyosati kabi jihatlar ham bevosita o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi.

Shundan kelib chiqib, turistik xizmatlar eksporti bilan shug'ullanib kelayotgan mahalliy biznes subyektlari doirasida marketing tadqiqotlarini tizimli tashkil etish alohida diqqatni tortuvchi jarayondir. Asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilish, mikroiqtisodiy darajada rivojlanishning istiqbolli yo'nalishlarini tanlab olish, talab o'zgarishlarini o'rganish orqali taklif hajmini prognozlash xorijiy turistlarni qabul qilish bilan shug'ullanib kelayotgan turoperatorlik firmalarida marketing tadqiqotlari jarayoni sifatli tashkil etilishiga borib taqaladi. Professional mutaxassislarning jalb etilganligi, barcha amaliy sa'y-harakatlarning strategik missiyaga yo'naltirilganligi, sarf-xarajatlar moliyaviy ta'minotining aniq shakllantirilganligi bunda muvaffaqiyat garovi bo'lib xizmat qiladi.

Xorijiy turistlarni qabul qilish bilan shug'ullanib kelayotgan turoperatorlik firmalari xalqaro bozor kon'yunkturasi o'zgarishlarini muntazam monitoring qilib borishi taqozo etiladi. Turpaketlar assortimentini ishlab chiqish, ularga narx o'rnatish, sotuv kanallarini maqsadga muvofiq tanlash ayni shu monitoring natijalari asosida yo'lga qo'yiladi. Birlamchi axborot to'plash usullaridan ekspress-intervyu, fokus-guruhlar bilan muloqot, tanlama kuzatuv va eksperiment bozor kon'yunkturasi monitoringida yuqori samaraga erishishni ta'minlaydi. Ikkilamchi axborot to'plashning esa turistik portallar tahlili, ixtisoslashgan ilmiy jurnallar xulosalariga asoslanuvchi usullari sarf-xarajatlarning maqbul darajada bo'lishiga xizmat qiladi.

Xorijiy turistlarni qabul qilish bilan shug'ullanib kelayotgan turoperatorlik firmalari xalqaro bozorda narx kategoriyasi, sifat parametrlari va kommunikatsiya vositalari orqali raqobat kurashida ishtirok etadi. Turoperatorlik firmasi mikroiqtisodiy subyekt sifatida, xizmatlar majmui esa xo'jalik faoliyati natijasi sifatida raqobatbardoshlik mezonlari talablariga javob berishi lozim. Xalqaro turizm bozorida raqobatbardoshlik mezonlari sirasiga iste'molchi xohish-istaklari va to'lov qobiliyatiga mos mahsulotni taklif qilish, unga maqbul narx o'rnatish va ushbu mahsulotni potensialxaridorlarauditoriyasida tizimli targ'ib qilish kabilarni kiritish o'rinli bo'ladi. Xorijiy turistlarni qabul qilish bilan shug'ullanib kelayotgan turoperatorlik firmalarining ayni mezonlar doirasida tashkil etilgan tijorat faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy samaralar qo'lga kiritilishini kafolatlaydi.

Mahalliy turoperatorlar xorijiy mamlakatlarning i m port i tarkibini puxta o'rganib chiqib, so'ngra ular uchun sifat va narx bo'yicha eng qulay sharoitlarni taklif etmoqda. Ayni yo'nalishdagi dolzarb vazifa esa mamlakatimizda turistik xizmatlar eksporti hajmini oshirish yuzasidan ta'sirchan choralar ko'rishdan

iborat. Boshqacha aytganda, turistik xizmatlar eksportini rag'batlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish davr talabi sifatida yuzaga chiqmoqda. O'z navbatida, turistik xizmatlar eksporti hajmini oshirishga bir nechta sifat ko'rsatkichlari faol ta'sir etishini inobatga olish lozim. Birso'z bilan aytganda, turistik xizmatlar eksporti davlatlar milliy daromadi shakllanishida muhim manbalardan biri sanaladi. Shunday ekan, turistik xizmatlar eksportini chuqur tadqiq etish bu borada yechimini kutayotgan masalalarga ilmiy asoslangan tartibda javob topishga olib keladi.

XULOSA

Muxtasar qilib aytganda, xizmatlar eksportini qo'llab-quwatlashning marketing texnologiyalarini maqsadli yo'naltirish ayni sohada faoliyat yurituvchi biznes-tuzilmalari iqtisodiy o'sishi kafolatlarini mustahkamlaydi. Natijada xizmat ko'rsatish sohasi eksport imkoniyatlarini yuzaga chiqarishning tashkiliy-uslubiy platformasi ya rati lad i. Xizmatlarning umumiy eksportdagi ahamiyatini kuchaytirish hamda salmog'ini oshirish milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar sur'ati bilan barobar olib borilmoqda. Innovatsion marketing texnologiyalarini amaliyotda qo'llash esa xizmatlar eksportida sifat jihatidan o'zgarishlarni chuqurlashtirish imkonini beradi. Zero, innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish xizmatlar eksportiga tashkiliy-uslubiy yondashuvlarni uzluksiz takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Shundagina tashqi bozorlargeografiyasini kengaytirish intensiv asosda kechadi. Ta'kidlash joizki, turistik xizmatlar eksportini tashkil etishning ilg'or xorijiy tajribasini O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlarini aniqlash kelgusida milliy turistik mahsulot diversifikatsiyasini ta'minlaydi. Qolaversa, turistik xizmatlar eksportini tashkil etishning ilg'or xorijiy tajribasini O'zbekistonda qo'llash o'zining iqtisodiy afzalliklariga ham ega. Ya'ni, yuqorida sanab o'tilgan davlatlar tajribasi asosida iqtisodiy-texnik jihatdan chuqur asoslangan investitsion loyihalarni ishlab chiqish zarurati mavjud. Bu, o'z navbatida, turistik xizmatlar eksportini diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Natijada O'zbekistonning global turistik bozordagi mavqei ortadi hamda mamlakatimizga xorijiy turistlaroqimi barqaror jalb etilishiga erishiladi.

Milliy turizm tarmog'ida raqobat ustunliklarini aniqlash yuzasidan ko'riladigan chora-tadbirlar quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:

birinchidan, milliy turizm tarmog'ida talabni shakllantirish va sotuvni rag'batlantirish bo'yicha amaliy sa'y-harakatlarfaol ro'yobga chiqariladi;

ikkinchidan, turistik mahsulotlarga optimal narx belgilash kafolatlari mustahkamlanadi; uchinchidan, turistik korxonalar tomonidan o'zlashtirilmagan bozor segmentlarining ehtiyojlari qulay makon va sharoitlar kontekstida qanoatlantiriladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

Alonso, A.D., & Ogle, A. (2019). Tourism and hospitality small and medium enterprises and environmental sustainability. Management Research Review. Spain, Madrid - Science publisher, 46-59.

Khalilov S. Organizational and economic aspects of diversification of tourist services exports. Case of Uzbekistan // Journal of Management Value & Ethics, 18 Vol.8 №4, 2018. India, ISSN-2249-9512 (08.00.00; №6).

Khalilov S. Increasing the efficiency of services export based on the cluster approach to the development of youth tourism // International conference on sustainable development and economics, August 10-11, 2018. USA. ISSN-2622-3341.

Azar V.l. "Рекреацион география". Monografiya. Moskva, 2017-y., qayta nashr - 89-124 b.

Abiyev J.N. Milliy iqtisodiyotda turizm tarmog'ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. Iqtisodiyotfanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati. Samarqand, 2019-y. -11-14 b.

Eshtayev A.A. Globallashuv sharoitida turizm industriyasini boshqarishning marketing strategiyasi (O'zbekiston Respublikasi turizm tarmog'i misolida). Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati. Samarqand, 2019-y. -18-24 b.

Amonboyev M., Xalilov S. Turizm industriyasi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari va istiqbollari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" elektron jurnali. Toshkent, 2019-y.

EXTENDED ABSTRACT

METHODOLOGICAL ISSUES OF EXPORT OPERATIONS IN THE NATIONAL TOURISM SECTOR

This article assesses the national tourism sector's export potential. The research looked into the methodological elements of implementing export operations in the national tourism sector. There was also scientific advice on how to improve the implementation of export operations in the national tourism sector. Specific aspects of tourism service export are systematized. The study of the organizational and economic elements of focused development of export activities in the service industry. Proposals for strengthening the strategic management of the national tourism sector have been created as a result of empirical study. The experience of sophisticated foreign nations with a fast rising tourism sector is cited. There was also discussion of the practical concerns of educating highly skilled individuals for the national tourism business. This article includes a bibliographic examination of scientific materials relevant to the methodological concerns of export operations in the national tourism sector. Innovative methods are given for guaranteeing socioeconomic efficiency in the national tourism sector. The ideal distribution of the tourist flow into the nation across areas was particularly examined. The benefits of contemporary technology are centered on the national tourism sector. The advantages of using modern technologies are based on the national tourism sector. Problems in this direction are identified and methods of solving them are explained. Methodical approaches to sustainable development of the national tourism sector in the medium and long term are described. In Uzbekistan, large-scale reforms have been carried out in order to increase the volume of services in the field of services, in particular, the provision of tourism services. In particular, in order to improve the quality of tourism services, legal documents, regulations and new requirements were developed, management structures were improved. Instead, to further develop the national tourism industry and expand the flow of foreign tourists and export of tourist services, increase the employment level of the population based on the creation of new jobs in the network, increase the number of hotels, other means of tourist accommodation, and the number of entities engaged in tourism activities, increasing and improving the research of economic aspects of management in them is one of the urgent tasks of today. The effective performance of these tasks requires the improvement of the scientific and methodological foundations of ensuring the competitiveness of tourist enterprises, increasing the efficiency of the management of the national tourism network based on international experiences and principles. Based on this, it is worth noting that the development of the market of tourism services in Uzbekistan and its regions, the improvement of the scientific and methodological foundations of the implementation of the management of the tourism industry through modern management principles and methods are of great importance. At present, there is a need to scientifically substantiate the characteristics of the export of tourist services and the conceptual directions of diversification in Uzbekistan, to create an optimal system that ensures the effective use of the export potential of the regions in the field of tourism. Although some theoretical and methodological results on these issues have been obtained in the existing studies, diversification of the export of tourist services has not been comprehensively covered in them. This, in its place, is considered an urgent issue, and conducting scientific research in this field remains the demand of the time. It was this situation that served as the basis for choosing the topic of this research, defining its goals and tasks. In order to take a strong position in the global economic system, countries are emphasizing on identifying competitive advantages and gradually improving them. The presence of interstate competition is characterized by positive aspects. Implements practical efforts to generate competitive demand and promote sales. Competitors also play a role in determining the optimal price. Competitors can identify and satisfy the needs of untapped market segments. Most importantly, as a result of the activities of competitors, the costs of promotion of the promoted tourist product will be reduced. The financial resources allocated by the competitors to the advertising campaign ensure recognition of other tourist products with functional similarities. The 21st century, with the intensification of competition on a global scale, gives impetus to the rapid development of national economic sectors. Each country differs from other countries in its geographical location, climatic conditions, natural and mineral resources, transportation facilities, and investment attractiveness. Based on this, the socio-economic development model successfully implemented by a certain country may not be exactly suitable for another country.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.