Научная статья на тему 'USING THE EXPERIENCES OF DEVELOPED COUNTRIES IN ORGANIZING TOUR OPERATOR ACTIVITIES IN UZBEKISTAN'

USING THE EXPERIENCES OF DEVELOPED COUNTRIES IN ORGANIZING TOUR OPERATOR ACTIVITIES IN UZBEKISTAN Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tour operator / travel agent / product itinerary / tourism resources / accommodation facilities / transport features / motivation / tourist / travel / tour operator / travel agent / product itinerary / tourism resources / accommodation facilities / transport features / motivation / tourist / travel

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qutlimurotov Fayzullo

The 21st century is known as age of information to the social life. The exchange of information between countries has accelerated significantly. Over the last two decades, development has been several times more rapid than in previous years. The industry of tourism has not been left behind by such rapid development. Developed countries and earn a lot of money by using technical improvements in the sphere of tourism. Tour operator organizations cannot progress in today's globalized world unless they collaborate with one another. The growth of tour operator classes is critical to developing tourism prospects in our country, as well as in other areas of the economy. Private organization themes are vitally significant in the establishment of a contemporary tourist sector in Uzbekistan that is capable of adapting to rapid changes in the globe. The goal of such changes is to make better use of the established tourist industry in order to stabilize mutual socioeconomic connections between countries across the world and our country. The primary objective of this case is to investigate changes in our country's tourism industry as well as the present operations of travel organizations involved in tour operator activities that positively impact the motivation of visiting visitors. Using a qualitative parametric research approach, the study collected data from interviews with 30 international visitors who visited our country.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING THE EXPERIENCES OF DEVELOPED COUNTRIES IN ORGANIZING TOUR OPERATOR ACTIVITIES IN UZBEKISTAN

The 21st century is known as age of information to the social life. The exchange of information between countries has accelerated significantly. Over the last two decades, development has been several times more rapid than in previous years. The industry of tourism has not been left behind by such rapid development. Developed countries and earn a lot of money by using technical improvements in the sphere of tourism. Tour operator organizations cannot progress in today's globalized world unless they collaborate with one another. The growth of tour operator classes is critical to developing tourism prospects in our country, as well as in other areas of the economy. Private organization themes are vitally significant in the establishment of a contemporary tourist sector in Uzbekistan that is capable of adapting to rapid changes in the globe. The goal of such changes is to make better use of the established tourist industry in order to stabilize mutual socioeconomic connections between countries across the world and our country. The primary objective of this case is to investigate changes in our country's tourism industry as well as the present operations of travel organizations involved in tour operator activities that positively impact the motivation of visiting visitors. Using a qualitative parametric research approach, the study collected data from interviews with 30 international visitors who visited our country.

Текст научной работы на тему «USING THE EXPERIENCES OF DEVELOPED COUNTRIES IN ORGANIZING TOUR OPERATOR ACTIVITIES IN UZBEKISTAN»

O'ZBEKISTONDA TUROPERATORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR

TAJ RI BALARI DAN FOYDALANISH

Katta o'qituvchi Qutlimurotov Fayzullo Sadulayevich "Alfraganus university" elektron pochta:

fayzula2023@mail.ru

Annotatsiya: Ijtimoiy hayotga XXI asr axborotlar asri bo'lib kirib keldi. Mamlakatlar o'rtasida axborotlar almashinuvi yuqori darajada tezlashti, iqtisodiy rivojlanish oxirgi yigirma yillikda oldingi yillarga qaraganda bir necha bor tezlashti. Bunday tezlikda rivojlanish turizm sohasini ham chetta qoldirmadi. Turizm sohasida texnologik innovatsiyalarni qo'llash orqali etakchi mamlakatlar yuqori darajada daromad olishmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitida turoperator tashkilotlari bir biri bilan o'zaro integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erish olmaydi. Mamlakatimizda turistik imkoniyatlarni kengaytirishda turoperator tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish boshqa iqtisodiyot tarmoqlarida bo'lgani kabi turizm sohasida ham etakchi rol o'ynaydi. O'zbekistonda jahondagi keskin o'zgarishlarga moslasha oladigan zamonaviy turizm sohasini rivojlantirishda xususiy tashkilotlar sub'ektlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday islohatlardan ko'zlangan asosiy maqsad, dunyo mamlakatlari bilan mustaqil yurtimiz o'rtasidagi o'zaro ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashtirishda rivojlangan turizm sohasidan samarali foydalanishdir. Ushbu keys tadqiqotining maqsadi mamlakatimiz turizmi sohasidagi o'zgarishlarni hamda tashrif buyurayotgan turistlarning motivatsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi turoperatorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan turistik firmalarning zamonaviy faoliyatlarini o'rganish va tadqiqotda mamlakatimizga tashrif buyurgan 30 nafar xorijiy turistlarning intervyularidan ma'lumot to'plash uchun sifat parametrlarini o'rganish tadqiqot usulidan foydalanildi.

Kalit so'zlar: turoperator, turagent, turmarshrut, turistik resurslar, joylashtirish ob'ektlari, transport xususiyatlari, motivatsiya, turist, sayohat

Abstract: The 21st century is known as age of information to the social life. The exchange of information between countries has accelerated significantly. Over the last two decades, development has been several times more rapid than in previous years. The industry of tourism has not been left behind by such rapid development. Developed countries and earn a lot of money by using technical improvements in the sphere of tourism. Tour operator organizations cannot progress in today's globalized world unless they collaborate with one another. The growth of tour operator classes is critical to developing tourism prospects in our country, as well as in other areas of the economy. Private organization themes are vitally significant in the establishment of a contemporary tourist sector in Uzbekistan that is capable of adapting to rapid changes in the globe. The goal of such changes is to make better use of the established tourist industry in order to stabilize mutual socioeconomic connections between countries across the world and our country. The primary objective of this case is to investigate changes in our country's tourism industry as well as the present operations of travel organizations involved in tour operator activities that positively impact the motivation of visiting visitors. Using a qualitative parametric research approach, the study collected data from interviews with 30 international visitors who visited our country.

Key words: tour operator, travel agent, product itinerary, tourism resources, accommodation facilities, transport features, motivation, tourist, travel

KIRISH: Ijtimoiy hayotga XXI asr axborotlar asri bo'lib kirib keldi. Mamlakatlar o'rtasida axborotlar almashinuvi yuqori darajada tezlashdi, iqtisodiy rivojlanish oxirgi yigirma yillikda oldingi yillarga qaraganda bir necha bor tezlashdi. Bunday tezlikda rivojlanish turizm sohasini ham chetlab o'tmadi. Turizm sohasida texnologik innovatsiyalarni qo'llash orqali etakchi mamlakatlar yuqori darajada daromad olishmoqda. Keng miqyosda internet tizimining rivojlanish bilan birga nafaqat tirizm biznesida ishtirok etuvchi turistik tashkilotlarning o'rni va roli, balki ular o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarida xo'jalik yuritishning butun falsafasi - turizm marketingi qayta ko'rib chiqilmoqda, butunjahon axborot

tizimining ananaviy marketing usullarini samarasiz qilib qo'ymoqda. Xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan marketologlar yangi elektron aloqa vositalari imkoniyatlaridan to'la qonli foydalanishni ¡stasalar tarmoqning ushbu xususiyatlarini e'tiborga olishlari zarur.

Hozirgi globallashuv sharoitida turoperator tashkilotlari bir biri bilan o'zaro integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erisha olmaydi.Turizm sohasida faoliyat olib borayotgan turistik biznes syb'ektlari ham bir biri bilan o'zaro aloqalarda bo'lishlari turizn industriyasining istiqbolli rivojlanishiga olib keladi.

Mamlakatimizda turistik imkoniyatlarni kengaytirishda turoperator tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish boshqa iqtisodiyot tarmoqlarida bo'lgani kabi turizm sohasida ham etakchi ro'l o'ynaydi. O'zbekistonda jahondagi keskin o'zgarishlarga moslasha oladigan zamonaviy turizm sohasini rivojlantirishda xususiy tashkilotlar sub'ektlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad, dunyo mamlakatlari bilan mustaqqil yurtimiz o'rtasidagi o'zaro ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashtirishda rivojlangan turizm sohasidan samarali foydalanishdir. O'z o'zidan ma'lumku, takomillashgan turizm sohasini samarali tashkil etish va rivojlantirishning asosi turoperatorlik tashkilotlari aloqalarining qay darajada rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. Turoperator tashkilotlari o'rtasidagi aloqalar o'z rivojini topsa, tabiiy ravishda raqobat muhiti shakllanadi, bu esa, birinchidan, mamlakatimizda mavjud turizm imkoniyatlaridan to'liq foydalanish, ikkinchidan, tashkilotlar o'rtasida turistlaroqimiga xizmat ko'rsatish borasida o'ziga xos raqobat muhitining shakllanishi natijasida sifatli xizmatlar ko'rsatilishi, uchinchidan, aholining katta qismini turistlarga bevosita va bilvosita xizmat ko'rsatadigan tadbirkorlik sub'ektlarida band bo'lish va boshqa shu kabi omillarga olib keladi. Umuman olganda, turizm sohasini rivojlantirishda turoperatorlar faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishning asosini kichik va xususiy biznes sub'ektlari tashkil etadi1.

METODOLOGIYA.

Maqolada respublikamizda hamda jaxon turizmidagi turoperatorlar faoliyatining mavjud va potentsial imkoniyatlari tahlil qilindi. Mavjud adabiyotlarni o'rganib, muvaffaqiyatli ozgarishlar va turizm biznesi tendentsiyalari misollari keltirildi. Globallashuv sharoitida turoperarorlik biznesining rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillarni aniqlanib takliflar berildi. Insonlarning xohish-istaklarining o'zgarishi, texnologik taraqqiyot, siyosiy va iqtisodiy muhitdagi o'zgarishlar kabi omillar turimga ta'sir qilishi mumkinligini aniqlandi. Turizmda turopereator va turagentlik faoliyatida innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini o'rganib chiqildi. Turistlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish, ekologik barqaror turizmni rivojlantirish va boshqalar kabi ustuvor yo'nalishlarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

1975 yildan boshlab Evropadagi turoperatorlar katta hajmdagi turmarshrut ishlab chiqish faoliyatini turagentlarga berib, o'zlari esa ushbu marshrutlarni ayrboshlashga o'tishdi. Dunyoda turoperatorlarning faoliyatiga ikkita omil ta'sir qiladi va natijada taraqqiyot cho'qqisiga erishadi. Birinchisi, an'anaviy turoperatorlar faoliyatining tushunilish va salohiyatining oshishi bilan firma kengaydi, hamda turoperator darajasiga erishdi. Turoperator turmarshrutni rejalashtirish, ishlab chiqish, buyurtma berish, hisob kitoblarni amalga oshirish kabi faoliyatni yuritadi. Ayirboshlash masalasi turoperatorlar tomonidan to'g'ridan to'g'ri turistlarga taqdim etiladi. Masalan, Angliyada turoperatorlar tomonidan ishlab chiqilgan turmarshrutlarning 85 % i chakana savdo qiluvchi turagentlar vositachiligida sotiladi. Angliyada xorijliklar uchun turistik ob'ektlarni namoyish qilish keng yo'lga qo'yilgan. Ular o'zlarining milliy an'ana va tarixiy ob'ektlarini xorijiy turistlarga reklama va targ'ibot qilishda eng yuqori darajaga erishganlar. Bizning respublikamizda ham ana shunday ob'ektlar Angliyadagiga qaraganda ko'proq joylashgan, lekin ularni keng ommaga targ'ib qilishda turoperator va turagent ro'lini bajaruvchi tashkilotlar etarli darajada faoliyat olib borishmayapti.

Maqola mavzusiga oid birqancha mualliflarning turoperatorlik biznesini rivojlantirishda innovatsion tendentsiyalar muhim o'mi va turizmda mijoz tanlashda axborot texnologiyalarining rolini o'rganlib, sohaga oid ma'lumotlardan foydalanildi.

1 Muallifiiing ilmiy izlanish tahlili.

NATIJALAR.

Turoperatorlar turagentlarga qaraganda farqli tartib qoida va faoliyat dasturiga ega bo'ladi. Turoperatorning faoliyat dasturi 2-2,5 yil davomida ishlab chiqilib, keyin hayotga tadbiq etiladi. Chunki turoperatorlar bir tomondan turmahsulotlar ishlab chiqruvchi korxonalarni topib, ular bilan kerakli bo'lgan shartnomalarni tuzib, turmarshrutlar ishlab chiqish vazifasi tursa, ikkinci tomondan esa turmarshrutlarni sotib oluvchi doimiy iste'molchiga guruhlarni aniqlash vazifasi qo'yiladi.

Turagentlar turizm, sayohat, mehmonxona, rekreatsiya va boshqa xizmat industriyasi tomonidan ishlab chiqarilgan turmahsulot, turizmda foydalaniladigan texnik vositalarni va xizmatlarni mamlakat turizmiga va iqtisodiyotiga uyg'unlashtirib, iste'molchining moliyaviy ahvolidan, an'analaridan kelib chiqqan holda dasturlash, ularni taqdim etuvchi va realizatsiya (ayirboshlash) qiluvchi turistik korxonadir. Turagentlar turistlarga tijorat maqsadida avtomobil transport]', dengiz va havo yo'llarining biletlarini sotish, avtomobil, avtobus, mikroavtobus, yaxtalar kabi vositalarni ijaraga berish kabi xizmatlarni ham amalga oshiradilar.

O'zbekiston turizmining 2020-2023 yillardagi iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, (1-jadval) ushbu sohada kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining sezilarli ta'siri bo'layotganliginingguvohi bo'lamiz. 2020 yil (pandemiya sharoiti tufayli) mamlakatimiz bo'ylab sayohat qilgan jami turistlarning soni 4 mln 700 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilda 16 mln 700 ming kishini, 2023 yilning yarim yilligida 3 mln 700 ming kishini tashkil etgan. Ushbu ko'rsatkichlardan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy turistlar soni yildan yilga oshib bormoqda.

1-jadval

O'zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar oqimi_

Yillar Turistlar, ming kishi Turistik xizmatlar (mln doll)

Jami Shundan, chet elliklar Eksport.

2020 4,7 1,5 261

2021 5,8 1,8 422

2022 16,7 5,2 1,6

2023 (7 oy) 12.6 3,7 834 (6 OMAa)

Manba: Statist!ka agenligi, 2023

2022 yilda O'zbekistonga sayyohlar asosan Qozog'iston (1551,1 ming kishi, 2017 yilda 1783,8 ming kishi), Tojikiston (1447,8 ming kishi, 2017 yildagiga nisbatan 5,5 barobar ko'p) va Qirg'iziston (1356,9 ming kishi, 2017-yildagiga nisbatan 3,6 barobar ko'p) dan kelgan.

Xorijlik sayyohlarning asosiy qismi, aniqrog'i 89,1 foizi O'zbekistonga o'z qarindoshlarini yo'qlash maqsadida kelgan. Ularning aksariyati Qozog'iston (31,8%), Qirg'iziston (29,2%) va Tojikiston (27,9%) fuqarolaridir. Dam olish va hordiq chiqarish maqsadida O'zbekistonga eng ko'p chet ellik fuqarolar Rossiya (37,6%), Qozog'iston (11,2%) va Turkiyadan (6,3%) kelgan. Ma'lumot uchun: Dunyodagi 91 ta mamlakat fuqarolari O'zbekistonga kelish uchun vizasiz tartibdan foydalanishi mumkin. Taqqoslaydigan bo'lsak, Qozog'istonga 26 ta, Turkiyaga 41 ta, Gruziyaga esa 56 ta mamlakat fuqarolari vizasiz kela oladi.

2022 yilda O'zbekistonga kelgan sayyohlar soni 2021 yildagiga nisbatan 3,4 million kishiga ko'p bo'ldi va o'sish 2,8 barobardan ham ortiqni tashkil etdi. Buning natijasida turizm xizmatlari eksporti sezilarli darajada oshdi. 2017 yilda turizm xizmatlari eksporti 546,9 million AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilda bu ko'rsatkich 2,9 barobar oshib, 1610,5 million dollarni tashkil etdi1.

O'zbekistonga 2023 yilning yanvar—iyul oylarida jami 3,7 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Qayd etilishicha, O'zbekistonga 7 oyda eng ko'p Tojikiston fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan — 1 million 151,4 ming nafar. Undan keyingi o'rinda Qirg'iziston (912,8 ming) va Qozog'iston (879 ming) turibdi. Shuningdek, quyidagi davlatlardan ham mamlakatga xorij fuqarolari turistik maqsadda kelgan: Rossiya — 417,4 ming nafar;

1 Statistika agentligi. 2023

Turkiya — 58 ming nafar;

Turkmaniston — 39,6 ming nafar;

Janubiy Koreya — 20,2 ming nafar;

Hindiston — 20 ming nafar;

Xitoy — 17,7 ming nafar;

Germaniya — 14,1 ming nafar.

Hisob-kitoblarga ko'ra, 2019 yilda respublikaga kirib kelgan sayyohlar soni 2016 yilga nisbatan 3,3 baravarga oshgan. O'sha yili qariyb 6,7 million nafar turist O'zbekistonda sayohat qilgan. Buning natijasida 1,6 milliard dollarlik turistik xizmatlar eksporti amalga oshirilgan. Mazkur ko'rsatkich 2016 yilda 430,7 million dollarga teng bo'lgan.

2020 yilda mamlakatga 7 million nafardan ortiq xorijiy sayyoh tashrifi kutilgandi. Biroq og'ir pandemiya sharoitida barcha sohalarqatori turizm ham qattiq zarbaga uchradi, sayyohlar soni sezilarli darajaga kamaydi. Ya'ni 2020 yilda respublikaga 1,5 million nafar sayyoh kelgan, 261 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilingan.

Umuman olganda mamlakatimiz turizmi rivojlanishida xususiy, ya'ni asosan kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga nihoyatda muhim e'tibor berilayotganligidan dalolat beradi. Mamlakatamiz turizmida xususiy mulkchilik salmogi'ni oshirish borasida olib borilayotgan islohatlardan ko'rinib turganidek, yaqin kelajakda bu borada faoliyat ko'rsatayotgan biznes sub'ektlarining salmog'i yanada ortib bormoqda. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xususiy turistik tashkilotlarning mamlakatimiz milliy iqtisodiyotiga ko'rsatayotgan ijobiy ta'siriga xalaqit beruvchi bir qancha muammolar mavjud bo'lib, ular hukumatimiz tomonidan asta sekinlik bilan bartaraf etib borilmoqda. Turizm sohasida zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarning etishmasligi, ish faoliyatiga mahalliy organ vakillarining aralashuvi, turistlarni ehtiyoji bo'lgan ko'plab turistik mahsulotlarni etishtirish borasidagi tadbirkorlik etishmasligi, ayrim turistik korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari etarli darajada emasligi va boshqa shu kabi muammolarni hal etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar bevosita va bilvosita guruhlarga ajratiladi. Bevosita tadbirkorlik sub'ektlari turizm sohasiga to'g'ridan to'g'ri aloqasi bo'lgan harxil turistik sayohatlarni uyushtiruvchi agentliklar, turizm operatorlari, xususiy mehmonxonalar, kempinglar, sanatiriyalar va pansionatlar, xususiy ijara uylari hamda turistik xizmat ko'rsatuvchi barcha tashkilotlarni o'z ichiga oladi. Bilvosita tadbirkorlik sub'ektlari esa, mamlakatimiz ichki bozorlarida xorijiy turistlar ehtiyoji ni qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tashkilotlarni o'z ichiga oladi.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi o'zining ko'plab tarixiy qadamjolari va ziyoratgohlari, ko'hna va navqiron buyuk shaharlari bilan birga go'zal va xushmanzara tabiyati, serjilo daryolari va ko'plab ko'llari, ajoyib hayvonot olami, dashtu-cho'llari, bepayon tekisliklari-yu tog'u toshlari, o'rmonzorlari kabi boyliklariga egadir. Hozirgi kunda mamlakatimizga tashrif buyuradigan xorijiy turistlarning sayohatlarini tashkil etish borasida faoliyat ko'rsatayotgan turistik agentliklar o'z faoliyatini mana shunday turizm resurslari hisobidan kengaytirishga harakat qilishmoqda. Biroq bu borada turistik agentliklar bilan boshqa shu sohaga taalluqli korxonalar o'rtasidagi o'zaro munosabatning zamon talablariga mos ravishda shakllanmaganligi natijasida ko'plab to'siqlarga duch kelinmoqda. Buning uchun, birinchidan, marketing tadqiqotlarini amalga oshiradigan kichik xususiy korxonalar bilan turistik agentliklar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni qaror toptirish kerak. Turistik firma va agentlikar yangi tashkil etilganligi bois ularga xizmat ko'rsatuvchi personal miqdorining kamligi va bundan tashqari tajribali marketologlarning etishmasligi tufayli ular turistlarning qanday turmahsulotlarga ehtiyoji borligini, shuningdek, ushbu turmahsulotlarni reklama qilish borasidagi muammolarga duch kelishmoqda. Ikkinchidan, turfirma va agentliklar bilan dam olish sanatoriyalari, mehmonxonalar hamda kempenglar bilan bevosita aloqa o'rnatilishi kerak.

Ma'lumotlarga qaraganda, mamlakatinizga bir kunda tashrif buyuradigan turistlarning o'rtacha yigirmadan bir qismi qimmat narxdagi mehmonxonalar xizmatidan, ko'pchiligi esa, uch yulduzli mehmonxonalar xizmatidan foydalanish istagini bildirishgan. Toshkent shahri bunday xizmatlar tizimini turistlarga taklif etishi mumkun, biroq, poytaxtdan uzoqda joylashgan ko'plab hududlarda, ayniqsa,Termiz Qoraqalpog'iston Respublikasi va Andijonda faoliyat ko'rsatayotgan davlat

mehmonxonalari hali ham asosiy turistik oqimlarni o'zlariga jalb eta olishmayapti. Chunki bunday mehmonxonalar xorijiy turistlarni qabul qilishga to'laligicha tayyor emas. Mahalliy darajada xususiy investitsiyani rag'batlantirish, ya'ni umumiy turistik xizmat ko'rsatish tizimiga birlashgan xususiy mehmon uylarini ochish bunday muammoni ijobiy hal etilish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun xususiy tadbirkorlarga turistik trassada joylashgan har qanday shaharda 19-20 kishiga mo'ljallangan xususiy mehmon uylarni ko'proq qurishgava uni yanada rivojlantirishga keng imkoniyat berish kerak. Shunday qilingandagina yuqorida aytib o'tilgan muammolar o'z echimini topadi.

O'zbekiston turizmi sanoatida hali ham ovqatlanish bilan bog'liq masalalar muammoligicha qolmoqda. Masalan, Yevropaliklar standart usullarda tayyorlangan oddiy va xushta'm taomlarni ma'qul ko'radilar. Buning uchun esa, xorijiy mamlakatlardagi mehmonxona komplekslarida foydalaniladigan maxsus asbob-uskunalar va tegishli taom texnologiyalarini o'rnatish zarur. Mamlakatimizdagi mahalliy mehmonxonalar 20-25 ga yaqin taomlarni taklif qilishlari mumkin. Biroq G'arbiy andozalar bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan turistik komplekslar 200 ga yaqin taomlarni taklif qilish imkoniyatiga ega. Bu muammoni hal etilishining birdan - bir yo'li xususiy restoranlar va kafolar sonini oshirish va ulardagi xizmat ko'rsatish sifatini jahon andozalariga mos ravishda tashkil etishdir. O'zbekistonda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan turistlar bilan muloqat qilinganda, ularning 25 foizini ovqatlanish xizmatlaridan qanoatlanganliklarini bildirishdi, 41 foizi esa taomlar sifatiga baho berishni o'zlariga ma'qul topishmadi. Bunday muammoni hal etish uchun xorijiy turistlarga xizmat ko'rsatadigan umumiy ovqatlanish ob'yektlarini sertifikatlash va nazorat qilish juda katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, turistlar mahalliy taomning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida reklama bukletlari orqali xabar topishlari kerak. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, so'rovda ishtirok etgan horijiy turistlarning 65 foizi ovqatlanish muassasalarining taomnoma (menyu) ro'yxati to'g'risida to'liq ma'lumotga ega bo'lmaganliklaridan shikoyat qilishgan.

Ma'lumki, mamlakatga tashrif buyuradigan turistlar oddiy taomdan boshlab qimmatbaho suvenerlargacha bo'lgan mahsulot va xizmatlarning ma'lum miqdoriga talab bildirishadi. Bu tabiiy ravishda, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan xususiy biznes tashkilotlariga o'z imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun yo'l ochadi. Fermerlar turistlar istiqomat qiladigan mehmonxonalarda toza mahsulotlarni yetishtirib turishadi, to'qimachilik va tikuvchilik sanoatida faoliyat ko'rsatadigan xususiy korxonalar turistlar uchun zarur bo'lgan yotoqhona jihozlari, xalatlar va boshqa shu kabilarni ishlab chiqishadi, kosmetika sanoati tashkilotlari shampun, sovun va dezdorantlarni ishlab chiqarishadi. Hunarmandchilik ustaxonalari va an'anaviy milliy mahsulotlarni ishlab chiqaradigan tashkilotlar ham turistlar uchun buyurtmalar tayyorlashadi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublika turizm sanoatida xususiy turistik tashkilotlarning faoliyat ko'rsatishi sezilarli darajada emas. Buning asosiy sabablari quyida o'z ifodasini topgan1:

Birinchidan, respublika turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotgan ayrim kompaniyalarning monopollashganlik xarakteriga ega ekankligi. Bundan tashqari, yangi tashkil qilinayotgan kichik turistik firmalarning ayrimlari hali ham yirik turistik kompaniyalarda mavjud bo'lgan imkoniyatlarning ko'pchiligiga ega emas;

Ikkinchidan, turizm sohasida yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida yangidan-yangi kichik turistik korxonalarning tashkil etilishi va samarali faoliyat ko'rsatishi ancha dolzarb muammoga aylanmoqda;

Uchinchidan, respublika viloyatlari va tumanlarinig ko'pchiligida mahalliy vakillik organlarida faoliyat ko'rsatayotgan amaldorlarning turizmni iqtisodiyotga qo'shadigan hissasini to'g'ri baholay olmasligi natijasida va ularning ishga eskicha tafakkurda yondashishlari, turistik tashkilotlarning tashkil etilishi, shunigdek, turizm bozoriga bilvosita ta'sir ko'rsatadigan xususiy biznes bilan shug'ullanuvchi turistik tashkilotlarning ochilishiga beparvorlik bilan qaralmoqda;

To'rtinchidari, yangi tashkil etilgan turistik korxonalar tor faoliyat doirasi bilan cheklanib qolishmoqda. Buning natijasida, bu tashkilotlarning xorijiy turistlar tamonidan qiziqish bilan e'tirof etilishiga yetarlichi imkon yaratilmayapti. Agarda turistik tashkilotlar no an'anaviy xizmat turlari, masalan, mamlakatimizning go'zal va serjilo tabiatiga ajoyib sayohatlarni uyushtirish, turistlar uchun,

1 Muallifhing ilmiy izlanish tahlili

mahalliy qishloqlar va ovullarda xalq milliy urf odatlari bilan tanishtirish ekskursiyalarini tashkil etish, shunigdek, turistlar uchun milliy ruhdagi konsert va tomoshalarni uyushtirish kabi xizmat turlarini tashkil etishsa ularo'zoldilariga qo'ygan maqsadlariga erishishlari mumkin.

Beshinchidan, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini, milliy ruxdagi kiyim-kechaklarni, milliy taomlarni va boshqa shu kabilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tamonidan turistlar uchun maxsus reklama vositalaridan foydalana bilmaslik. Buning uchun, ular turistlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ular uchun tushunarli tegishli chet tilida reklama bukletlarini ishlab chiqarishlari kerak va hokazo.

Turizm faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarning rivojlantirilishi boshqa sohalardagi kabi mamlakatimiz iqtisodiyotini har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, turizm xizmatlari bozorida kuchli raqobat muhitini rivojlantirish orqaligina turistik sanoatining rivojlanishiga erishish mumkin. Buning natijasida, sifatli turistik xizmatlarni ko'rsatish bilan xorijiy turistlarning e'tiborini yanada jalb etishga erishiladi. Bularga erishish uchun esa, tabiiy ravishda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan turistik tashkilotlarning ro'lini oshirish kerak.

Yuqoridata'kidlabo'tilganidek, turizm, bozortizimidagi boshqa harqanday iqtisodiyottarmog'i kabi alohida segment hisoblanadi. Shuning uchun ham turizm faoliyatini talab va taklif omillarining o'zaro bog'liq tizimi sifatida ko'rib chiqish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki talab va taklif omillari bozor munosabatlari sharoitida xususiy mulkchilik munosabatlarini har jihatdan rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy tayanch hisoblanadi. Har qanday mamlakatdagi turistik xizmatlar bozorida xususiy turistik tashkilotlar mavjud talab va ehtiyojlarni atroflicha hisobga olmay tu rib, o'z xizmatlari taklifini kutilganidek amalga oshirisha olmaydi. Ko'rinib turganidek, xususiy turistik tashkilotlar bozordagi talab va taklif omillarini to'liq hisobga olgan holda harakat qilganda, ularning respublika turizm iqtisodiyotiga ijobiy ta'siri bo'lishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz turistik tashkilotlarning turizm iqtisodiyotini rivojlantirishda tutgan o'rni to'g'risida to'xtalib o'tishdan oldin talab va taklif omillari xususida ayrim fikr va mulohazalarimizni bildirib o'tmoqchimiz.

Talab omillari o'zida asosan xalqaro (hududiy) va ichki (milliy) turistik bozorlarni namoyon etadi. Bunday bozorlarda chet ellik sayyohlar bilan birgalikda mahalliy aholi ham turistik diqqatga sazovorlik ob'ektlar va turistik xizmatlardan keng miqyosda foydalanishadi. Taklif omillar bo'lsa o'z ichiga chet ellik sayyohlarni jalb etishi mumkin bo'lgan turistik diqqatga sazovorliklar va turli hil faoliyat turlari (milliy hunarmandchilik, musiqa va mahalliy xalq urf-odatlari-yu marosimlari,) mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalari, shuningdek boshqa turistik ob'ektlar va xizmat kabilarni o'z ichiga oladi. Shu o'rinda shuni ta'kidlab o'tish joiozki, turizm sohasidagi ekspert mutaxassislarning ta'kidlashlaricha diqqatga sazovorliklar deganda tematik xiyobonlar, xayvonot bog'lari va akvariumlar kabi tabiiy, madaniy va maxsus ob'ektlar, shuningdek ushbu ob'ektlar bilan bog'liq bo'lgan barcha faoliyat turlari tushuniladi. Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) tasnifiga muvofiq ravishda tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalariga turli xil shakldagi mehmonxonalar, motellar, mehmonxona shaklidagi uylar shaxsiy honadonlar va boshqa turdagi turistlar to'xtaydigan ob'ektlar bo'ladi.

Umuman olganda barcha turistik xizmatlar va ob'ektlardan samarali foydalanish uchun zamon talablariga to'liq javob bera oladigan turizm infratuzilmasini shakllantirish talab etiladi. Bunday infratuzilma o'z ichiga transport, (havo yo'llari transporti, avtomobil yo'llari transporti, temir yo'l transporti, suv transporti va boshqalar) xizmatini, suv va elektr ta'minot, kanalizatsiya va telekommunikatsiya kabi sohalarni qamrab olishi kerak. Hozirgi kunga kelib, dunyodagi ko'plab mamlakatlar o'zlarining turizmini rivojlantirish bo'yicha strategiyalarida sanitar-ekologik omilga ham infratuzilma rivojini ta'minlovchi omil sifatida baho berishmoqda. Chunki zamonaviy turizmni atrof-muhitning muhofazalanishi va ekologik tozaliksiz tasawur etish qiyin. Ana shunday jihatlarga ega infratuzilmaning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishi, ya'ni turistlarga imkon qadar sifatli xizmat ko'rsatishning tashkil etilishi har jihatdan xususiy tashkilotlarning samarali faoliyat ko'rsatishiga bog'liq bo'ladi.

XULOSA.

Hozirgi kunda turoperatorlar faoliyatini rivojlantirish mamlakatlar iqtisodiyoti va madaniyatida g'oyat muhim bo'lib, uni o'rganish,tadqiq etish, undan samarali foydalanish jamiyat oldidagi zarur bo'lgan vazifalardan biridir.Tirizmda turoperatorlik faoliyati, muammolari, eng kam o'rganilgan yo'nalish bo'lib, bu sohaning qaysi turlariga e'tibor berish, sayohat qiluvchilar uchun ularning xohish-istaklarini bilish, ularni eng foydali va qulay turistik ob'ektlarga chorlash, xavfsizligini ta'minlash, ularning talabini qondirish va yana ko'plab turlarini bilish ushbu faoliyat turning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishdan asosiy maqsad ham, jamiyat ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko'rsatish sifati va hajmini kengaytirgan holda dunyo standartlari darajasida turizm bozoriga kirib borishdan iboratdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

O'zbekiston Respublikasining Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-sonli qarori.

Turoperatorlik faoliyati. O'quv qo'llanma. Sh.S.Sayfutdinov., M.Z.Nurfayziyeva. Toshkent-»Iqtisodiyot» -2021 y.

Илина E.H. Туроперейтинг: организация деятельности: Учебник. - М.: Финансы и статистика, 2005. - г.

Osnovi turizma: uchebnik / kollektiv avtorov; pod red. Ye.L. Pisarevskogo. G' M.: Fedyeralnoye agentstvo po turizmu, 2014.

https://stat.uz/uz/ - Statistika agentligi: O'zbekistonga 2020 - 2023 yillarda tashrif buyurgan xorijiy turistlar oqimi

EXTENDED ABSTRACT

The 21st century is known as age of information to the social life. The exchange of information between countries has accelerated significantly. Over the last two decades, development has been several times more rapid than in previous years. The industry of tourism has not been left behind by such rapid development. Developed countries and earn a lot of money by using technical improvements in the sphere of tourism. Tour operator organizations cannot progress in today's globalized world unless they collaborate with one another. The growth of tour operator classes is critical to developing tourism prospects in our country, as well as in other areas of the economy. Private organization themes are vitally significant in the establishment of a contemporary tourist sector in Uzbekistan that is capable of adapting to rapid changes in the globe. The goal of such changes is to make better use of the established tourist industry in order to stabilize mutual socioeconomic connections between countries across the world and our country. The primary objective of this case is to investigate changes in our country's tourism industry as well as the present operations of travel organizations involved in tour operator activities that positively impact the motivation of visiting visitors. Using a qualitative parametric research approach, the study collected data from interviews with 30 international visitors who visited our country. In the current globalization, tour operator organizations cannot achieve any development without mutual integration with each other. The fact that tourist business entities operating in the field of tourism also interact with each other will lead to the promising development of the tourism industry. The development of tour operator organizations plays a leading role in the expansion of tourist opportunities in our country, as well as in other sectors of the economy, in the field of tourism. The subjects of private organizations are extremely important in the development of the modern tourism sector in Uzbekistan, which can adapt to sudden changes in the world. The main goal of such reforms is the effective use of the developed tourism sector in the stabilization of mutual social and economic relations between the countries of the world and our independent country. It goes without saying that the basis of effective organization and development of the improved tourism sector depends on the level of development of the relations of tour operator organizations. If the relations between touroperator organizations develop, a competitive environment is naturally formed, which, firstly, is the full use of the available tourism opportunities in our country, and secondly, a unique competition between organizations in terms of serving the flow of tourists, providing quality services as a result of the formation of the environment, thirdly, employment of a large part of the population in business entities that directly and indirectly provide services to tourists

and other similar factors. In general, small and private business entities form the basis of organizing and improving the activities of tour operators in the development of tourism. Since 1975, tour operators in Europe have outsourced the development of large-scale itineraries to travel agents, and themselves switched to the exchange of these itineraries. Two factors affect the activity of tour operators in the world, and as a result, they reach the peak of development. First, with the increase in understanding and capacity of traditional tour operators, the firm expanded and reached the level of a tour operator. The tour operator performs activities such as planning, developing, ordering, and accounting of the tour itinerary. The issue of exchange is offered directly to tourists by tour operators. For example, in England, 85% of tour itineraries developed by tour operators are sold through retail travel agents. Demonstration of tourist objects for foreigners is widely established in England. They have reached the highest level in advertising and promotion of their national traditions and historical objects to foreign tourists. In our republic, there are more such facilities than in England, but organizations that play the role of tour operators and travel agents are not sufficiently active in promoting them to the general public. The important role of innovative trends in the development of the tour operator business and the role of information technologies in choosing a customer in tourism were studied by several authors related to the topic of the article, and information related to the industry was used.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.