Научная статья на тему '“МENTALITET” VA “MENTALLIK” HODISASIGA ILMIY – FALSAFIY YONDOSHUV'

“МENTALITET” VA “MENTALLIK” HODISASIGA ILMIY – FALSAFIY YONDOSHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
120
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mentallik / mentalitet / tilshunoslik / medialingvistika / gazeta tili / elektron matbuot / qadriyatlar / aksiologiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamaraimova O.

Mentallik milliy madaniyat rivojlanishidagi turli tarixiy davrlarni birlashtiradi va aql-idrok kayfiyati va hayotiy pozitsiyani aniqlaydi. Mentalitet yana о‘z-о‘zidan dunyoqarash matritsasi, insonning ongidagi hayot timsoli va uning ushbu timsolni idrok qilishi hamdir. Bu atrof muhit va shu olamdagi insonni tasavvur qilish meyoridir. Mentallikni til kategoriyasi sifatida tadqiqot qilishda tilning ma’no, mohiyat, tushuncha, konsept, kategoriya singari kо‘rinishlari о‘rtasidagi murakkab korrelyatsiyalarni (о‘zaro bog‘langanliklari) hisobga olish kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“МENTALITET” VA “MENTALLIK” HODISASIGA ILMIY – FALSAFIY YONDOSHUV»

Mamaraimova O.

O'qituvchi. Fakultetlararo chet tillari kafedrasi

Termiz davlat universiteti

"MENTALITET" VA "MENTALLIK" HODISASIGA ILMIY -

FALSAFIY YONDOSHUV

Annotatsiya. Mentallik milliy madaniyat rivojlanishidagi turli tarixiy davrlarni birlashtiradi va aql-idrok kayfiyati va hayotiy pozitsiyani aniqlaydi. Mentalitet yana o 'z-o 'zidan dunyoqarash matritsasi, insonning ongidagi hayot timsoli va uning ushbu timsolni idrok qilishi hamdir. Bu atrof muhit va shu olamdagi insonni tasavvur qilish meyoridir. Mentallikni til kategoriyasi sifatida tadqiqot qilishda tilning ma 'no, mohiyat, tushuncha, konsept, kategoriya singari ko'rinishlari o'rtasidagi murakkab korrelyatsiyalarni (o'zaro bog'langanliklari) hisobga olish kerak.

Kalit so'zlar: mentallik, mentalitet, tilshunoslik, medialingvistika, gazeta tili, elektron matbuot, qadriyatlar, aksiologiya.

Mamaraimova U.

lecturer

Department of Interfaculty foreign languages

Termez State University

SCIENTIFIC-PHILOSOPHICAL APPROACH TO THE PHENOMENON OF "MENTALITY" AND "MENTALITY"

Abstract. Mentality unites different historical periods in the development of national culture and determines mental mood and life position. Mentality in itself is the matrix of worldview, the image of life in the mind of a person and his perception of this image. This is the standard for imagining the environment and the person in this world. When researching mentality as a language category, it is necessary to take into account the complex correlations (interconnections) between the manifestations of language, such as meaning, essence, concept, concept, category.

Key words: mentality, mentality, linguistics, medialinguistics, newspaper language, electronic press, values, axiology.

Kirish.

Tilning mental tasavvurlar va xalqning madaniyati bilan o'zaro bog'lanishda bo'lishi jihatidan ko'rib chiqish muammosi tilshunos olimlar tadqiqotlari markazidan joy olmoqda. O'z vaqtida buyuk nemis tilshunos olimi V. fon Gumboldt ma'lum bir tilda so'zlashuvchining tilida uning dunyoqarashi

saqlanib qoladi va, so'zlashuvchi atrof-muhit borlig'ini qay tarzda idrok qilishiga qarab, til o'sha dunyo ko'rinishlarini tasvirlaydi, de gan xulosaga kelgandi39.

Darhaqiqat, Omonulla Madayev ta'biri bilan aytanda "Til millatning ma'naviy boyligi, g'ururidir"40. Zero, til millat mentaliteti o'zagidir. Tilning asosiy vazifalaridan biri urf-odat, an'analarini saqlashdir. Tilga millat qiyofasining bir bo'lagi sifatida qaraladi.

Har bir davlat siyosati va jamiyat hayotida mentallik masalalari muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasida mentalitet tushunchasiayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma'naviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o'ziga xos tarixiy an'analari, urf-odatlari, diniy e'tiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning mentaliteti uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va b. bir qancha omillar bilan bog'langan bo'ladi"41 qabilida ta'riflangan. Mentallik tushunchasi mentalitet tushunchasi bilan sinonimik qatorni bildiradi.

Tadqiqot metodologiyasi.

«Katta ensiklopedik lug'at»da ta'riflanishicha:

Mentalitet - mentallik- alohida bir inson yoki jamoa guruhiga tegishli bo'lgan fikrlash tarzi, aqliy ko'nikmalar va ma'naviyatga oid yo'l-yo'riqlar yig'indisi42.

2005 yilda chop etilgan «Новый словарь иностранных onoB»lug'atida «Mentalitet, mentallik [kech lotin tilidagi Mentalis - aqliy] :

1) alohida bir insonga yoki jamoaviy guruhga mansub bo'lgan fikrlash tarzi, umumiy aqliy ko'nikmalar va ma'naviy ko'rsatmalar;

2) «millat psixologiyasi»43 deya ko'rsatilgan.

«Falsafaviy ensiklopedik lug'ati»da mentallik tushunchasi quyidagicha izohlangan:

MENTALLIK (lotin tilidagi mentalis - aqliy) - insonning,insonlar guruhining fikrlash tarzi, umumiy ma'naviy xohish moyilligidir44.

Shuning bilan birga mentallik fikrlash tarzi, xalq xarakteri, yoki (ancha tor ma'noda) milliy madaniyat elementlaridan biri sifatida qaralar ekan, ma'lum bir milliy tilga oid milliy-madaniy tushunchalarida ta'riflashda uning dinamik hodisa ekanligi sababli mazkur muammo murakkab jarayonni o'z ichiga olishni aytish joiz.

«MENTALITET» va «MENTALLIK» tushunchasiga nisbatan bildirilgan asosiyfikrlar va uning mazmun mohiyatini keng tahliliga qo'l urgan tadqiqotchilar ba'zi fikrlarini taqdim qilamiz. Zero, "Mentalitet" va "mentallik"

39 Гумбольдт В. Избранные труды по языкознанию. 2-е изд. - М.: Прогресс, 2000. - С. 45.

40 Омонулла Мадаев: Тил миллатнинг маънавий бойлиги, гуруридир - Халк сузи (xs.uz)

41 QOMUS.INFO. менталитет

42 Большой энциклопедический словарь / гл. ред. A.M. Прохоров. - М.: Большая Рос. энциклопедия. СПб.: Норинт, 1997. - С.77.

43 Новый словарь иностранных слов. - Минск, 2005. - С. 567.

44 Философский энциклопедический словарь. - М., 2002. - С. 396.

terminlarining kelib chiqishini jahon va Yevropa tafakkurining ilmiy-falsafiy sohasi doirasida o'rganish hozirda ancha yaxshi o'rganilgan soha hisoblanadi.

V.I. Postovalova «Ментальность как глубинная антропологическая реальность» maqolasida "mentalitet" va "mentallik" terminlari fransuz tarixiy "Annals" maktabining faol faoliyati tufayli madaniyat va ijtimoiy hayotning turli sohalarida keng ommalashgani hamda bu maktab о'z oldiga ushbu terminlarni yaxlitlik va о'zaro bog'liqlik nuqtai nazaridan ко'пЬ, keng qamr ovli (global) tarixini ishlab chiqish vazifasini qо'yganini yozadi45. Ular, shuningdek, "mentalitet tarixi" deb nomlanuvchi alohida yо'nalishni ishlab chiqdilar, uning doirasi "xulq-atvor, ifodausullarini qayta yaratish" edi. Darhaqiqat, me ntalitet jamiyatdagi о'zgarishlar, texnika taraqqiyoti, globallashuv va boshqa omillar ta'sirida ham shakllanishi, mentalitet turg'un emas va u turli omillar va hodisalar ta'sirida vaqt о'^Ы bilan rivojlanishi mumkin.

Tahlil va natijalar.

"Mentalitet va mentallik" - bu jamoaviy va individual ongning bilish darajasi, shu jumladan ongsizlik bо'lib, individ yoki ijtimoiy guruhning dunyoni ma'lum bir tarzda harakat qilish, fikrlash, his qilish va idrok etishga munosabati va moyilliklari majmuidir46";

"Mentalitet - mentallik" - "har qanday kishilar jamoasi yoki guruhiga, ruhiy holatga xos Ьо'^п ruhiy odatlar, e'tiqodlar, ruhiy munosabatlar yig'indisi", "xulq-atvor namunalari, fikrlash, biror narsaga nisbatan mulohazalar, axloqiy munosabatlar, fikrlash tarzi"47.

"Mentalitet - mentallik" - bu harakatdagi tizim Ьо'НЬ, shu tariqa u tarix obyekti sifatida qaralishi bilan barobar, uning barcha elementlari bir-biri bilan chambarchas bog'liq holda ijtimoiy shakllanishni tashkil etuvchi turli guruhlar yoki qatlamlarda turli уо'Мг bilan birlashtirilgan, lekin har doim insonning dunyo va ularning bu dunyodagi о'гш haqidagi g'oyalari asosidagi odamlar, jamoalarning xatti-harakatlarini belgilaydigan tasvirlar, g'oyalar tizimidir" 48.

YE.Mirzayeva о'zining "O'zbek mentaliteti va axborotni idrok etish" nomli maqolasida "Mentallik - dunyoni his qilish va tushunish tabiatini belgilaydigan asosiy tushuncha. Axir, mentallik haqida gapirganimizda, biz bu tushunchani nafaqat "fikrlash" fe'li bilan, balki ikkita fe'l -"fikrlash" va "his qilish" bilan bog'laymiz" deya ta'rif beradi49.

Faylasuf va tilshunos olim V.V. Kolesovning «milliy xarakterning uning tipik kо'rinishlaridagi intellektual, ma'naviy jihatlariga oid sifatlarini

45 Постовалова В.И. Ментальность как глубинная антропологическая реальность. Метафизика, 2021, № 1 (39). DOI: 10.22363/2224-7580-2021-1-8-30. - С. 8-28.

46 Малахов В., Филатов В. Современная западная философия: словарь [Электронный ресурс]. 1998. URL:http://terme.ru/dictionary/189.

47 Пушкарев Л. Н.Что такое менталитет?: историогр. заметки // Отечественная история. - М., 1995. № 3. С. 158-166.

48 Дюби Ж. Развитие исторических исследований во Франции после 1950 года // Одиссей. - М., 1991. -С. 49-60.

49 Мирзоева Е. Узбекская ментальность и восприятие информации. QenceproЫems.uz-ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммоларипо s/6(3)-2023. - С. 161-166.

bog'laydigan tushunchalari va shakllarida dunyoni kuzatishdir»50 mazmunidagi fikriga qo'shilgan holda mentalitet insonlarning ko'plab avlodlari ongi va xulq -atvorida tarixiy va ijtimoiy tarzda mustahkamlangan chuqur madaniy strukturasi sifatida qaraymiz.

Shuning bilan birga,mentallik milliy madaniyat rivojlanishidagi turli tarixiy davrlarni birlashtiradi va aql-idrok kayfiyati va hayotiy pozitsiyani aniqlaydi. Mentalitet yana o'z-o'zidan dunyoqarash matritsasi, insonning ongidagi hayot timsoli va uning ushbu timsolni idrok qilishi hamdir. Bu atrof muhit va shu olamdagi insonni tasavvur qilish meyoridir.

"Mentalitet - "operatsion tizimlar, ko'pincha bir-biriga zid bo'lishi bilan birga jamiyatdagi odamlarning xatti-harakatlari, his-tuyg'ulari va tafakkurini belgilovchi omillardan biri bo'lib xizmat qiladi"51.

Ko'rib turganimizdek, mentalitet vamentallik bo'yicha tadqiqotlar faol rivojlanmoqda, umuman mentalitet tarkibida mentallik hodisasi, uning tuzilishi va tarkibiy qismlari o'rganilmoqda, turli etnik guruhlar va ijtimoiy guruhlarning mentaliteti ya'ni, mentalligi tahlilga tortilmoqda. Shu bilan birga, olimlar ushbu tushunchalarning konsepsiya mazmunining murakkabligini ichki ma'nolarning farqlanishi bilan bog'liqligini ta'kidlamoqdalar. Biz o'z tadqiqotimizda ularning quyidagi fikrlariga tayangan holda mentallikni mentalitetning sinonimi va tarkibiy qismi sifatida qaraymiz. Bizningcha "mentalitet ajdodlar xotirasidir. U tabiiy va ijtimoiy meros dasturlari sinteziga asoslanadi"52 mentallik esa uning shakllanish asnosida namoyon bo'lishidir. Zero, mentalitet genetik shakllan ish sifatida mentallik hodisasining kelib chiqishini hamda mentalitetning kelib chiqishi va evolyusiyasi jarayoniga ta'sir etuvchi omillar bilan bog'liqdir.

Darhaqiqat, "mentallik - bu odamlarning katta guruhlari - etnik guruhlar, millatlar yoki ijtimoiy qatlamlarga xos bo'lgan, ularning atrofdagi voqelik hodisalariga munosabatining o'ziga xos usullarini belgilab beruvchi o'ziga xos dunyoqarashning barqaror usuli"53.

Shunday qilib, mentallik - ma'lum bir etnosga tegishli bo'lgan fikrlash tarzi, dunyoni idrok qilishdir. U chuqur milliy spetsifikasi bilan ajralib turadi.

Xulosa.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, mediamatnlarni aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan tadqiqi mentallik fenomenini keng ko'lamliligi ko'rishimkonini beradi. Zero, hozirgi vaqtda xalqaro va mahalliy gumanitar fanlarda insonning ma'naviy faolligi, uning dunyoni tushunishi va o'zlashtirishining asosini tashkil qiluvchi til haqidagi tasavvurlariga asoslangan til, nutq, matn uchligida aksiologik yondashuvni talab qilmoqda. Bunday yondashuv tilning qadriyatlar tizimidagi ahamiyatini ko'rsatadi. Lingvistik tafakkur ham muloqot jarayoni bilan bog'liq.

50 Колесов В.В. Язык и ментальность. СПб.: Петербургское востоковедение, 2004. - С.81.

51 Огурцов А.П. Трудности анализа ментальности // Вопросы философии. 1994. № 1. - С. 50-53.

52 История ментальностей, историческая антропология: зарубежные исследования в обзорах и рефератах. - М., 1996. - 255 с.

53 Малахов В., Филатов В. Современная западная философия: словарь [Электронный ресурс]. 1998. URL: http://terme.ru/dictionary/189.

Fikrlarni turli tillarda ifodalash usullari muloqot samaradorligiga va ma'lumotni idrok etishga ta'sir qiladi. Til mentalligi tushunchasi til va tafakkur tushunchalarini o'zaro bog'liqligi, til tuzilishidagi o'zgarishlar kognitiv tuzilmalar va dunyo haqidagi g'oyalarning shakllanishiga ta'sir qilishi mumkinligi haqidagi g'oyani dalillaydi.

Адабиётлар рущати:

1. Большой энциклопедический словарь / гл. ред. A.M. Прохоров. -М.: Большая Рос. энциклопедия. СПб.: Норинт, 1997.

2. Гумбольдт В. Избранные труды по языкознанию. 2-е изд. -М.: Прогресс, 2000.

3. Гуревич Л.Я. Ментальность // Опыт словаря нового мышления. -М.: Наука, 1989.

4. Додонов Р.А. Этническая ментальность: опыт социально-философского исследования [Электронный ресурс] // Научные труды кафедра философии. URL: http:// donntu.edu.ua/ russian/strukt/kafedrs/phil/works/i ndex.html

5. Дюби Ж. Развитие исторических исследований во Франции после 1950 года // Одиссей. -М., 1991.

6. Егорова Т. В. Словарь иностранных слов русского языка. М.: Аделант, 2014.

7. История ментальностей, историческая антропология: зарубежные исследования в обзорах и рефератах. -М., 1996.

8. Колесов В.В. Язык и ментальность. СПб.: Петербургское востоковедение, 2004.

9. Малахов В., Филатов В. Современная западная философия: словарь [Электронный ресурс]. 1998. URL:http://terme.ru/dictionary/189.

10. Малахов В., Филатов В. Современная западная философия: словарь [Электронный ресурс]. 1998. URL: http://terme.ru/dictionary/189.

11. Мирзоева Е. Узбекская ментальность и восприятие информации. Cienceproblems.uz-ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолариш s/6(3)-2023.

12. Новый словарь иностранных слов. -Минск, 2005.

13. Огурцов А.П. Трудности анализа ментальности // Вопросы философии. 1994. № 1.

14. Омонулла Мадаев: Тил миллатнинг маънавий бойлиги, Fуруридир -Халк сузи (xs.uz)

15. Постовалова В.И. Ментальность как глубинная антропологическая реальность. Метафизика, 2021, № 1 (39). DOI: 10.22363/2224-7580-2021-1-830.

16. Пушкарев Л. Что такое менталитет?: историогр. заметки // Отечественная история. -М., 1995. № 3.

17. Пушкарев Л., Пушкарева Н. Ментальности (менталитет) // Энциклопедия «Кругосвет». URL: krugosvet.ru>enc...nauki... mentalnosti_mentalitet.html (дата обращения: 26.10.2020).

18. Тешабаева Д.М. Оммавий ахборот воситалари тилининг нущ маданияти аспектида таджики (Узбекистон Республикаси ОАВ мисолида): Филол.фан.д-ри. дисс. - Тошкент, 2012.

19. Философский энциклопедический словарь. - М., 2002.

20. Барг М. Эпохи и идеи. -М.: Мысль, 1987.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.