Научная статья на тему 'TIL, NUTQ VA MADANIYAT UYG'UNLIGI'

TIL, NUTQ VA MADANIYAT UYG'UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1735
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / nutq / madaniyat / lingvomadaniyat / antropologik tadqiqotlar / xususiyat / semiotik yondashuv / tafakkur. / language / speech / culture / linguoculture / anthropological studies / characteristics / semiotic approach / thinking.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Zarina Shuxrat Qizi Nurmurodova

Ushbu maqolada til, nutq va madaniyatning o‘zaro munosabati va modallik kategoriyasida tutgan o'rni haqida fikr yuritilgan. Til, nutq bilan madaniyatning o‘zaro munosabati xususida gapirganda “madaniyat” tushunchasi xususida batafsil to‘xtalish zarur. Ushbu tushunchani talqin qilish yuzasidan ko‘plab urinishlar mavjud.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HARMONY OF LANGUAGE, SPEECH AND CULTURE

This article discusses the relationship between language, speech and culture as well as its role in modality. When talking about the interaction between language, speech and culture, it is necessary to dwell in detail on the concept of "culture". There are many attempts to interpret this concept.

Текст научной работы на тему «TIL, NUTQ VA MADANIYAT UYG'UNLIGI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TIL, NUTQ VA MADANIYAT UYG'UNLIGI

Zarina Shuxrat qizi Nurmurodova

Navoiy davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyot

yo'nalishi 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada til, nutq va madaniyatning o'zaro munosabati va modallik kategoriyasida tutgan o'rni haqida fikr yuritilgan. Til, nutq bilan madaniyatning o'zaro munosabati xususida gapirganda "madaniyat" tushunchasi xususida batafsil to'xtalish zarur. Ushbu tushunchani talqin qilish yuzasidan ko'plab urinishlar mavjud.

Kalit so'zlar: til, nutq, madaniyat, lingvomadaniyat, antropologik tadqiqotlar, xususiyat, semiotik yondashuv, tafakkur.

HARMONY OF LANGUAGE, SPEECH AND CULTURE

ABSTRACT

This article discusses the relationship between language, speech and culture as well as its role in modality. When talking about the interaction between language, speech and culture, it is necessary to dwell in detail on the concept of "culture". There are many attempts to interpret this concept.

Key words: language, speech, culture, linguoculture, anthropological studies, characteristics, semiotic approach, thinking.

Til - millatning ma'naviy boyligi, qiyofasining bir bo'lagi va birdamligi timsolidir. Har bir millat milliy o'ziga xosligi hamda o'z madaniyati bilan boshqa millatlardan ajralib turadi. Bunda, shubhasiz, uning tili ham madaniyatining bir ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi. Darhaqiqat, millat madaniyatining yuksalishi, uning tarixiy an'analari, qadriyatlari, xotirasini namoyon etishda tilining ahamiyati beqiyos. Til madaniyatning ahamiyatli bir bo'lagi sifatida muloqot jarayonida milliy madaniyatni aks ettiradi. Ma'lumki, til madaniyatning tarkibiy qismi, uning quroli bo'lishi mumkin, til madaniyat ruhining ifodasi hamda madaniyat mavjudligining o'ziga xos usuli hamdir. Til va madaniyatning o'zaro munosabatini uzoq yillar davomida o'rganish va tahlil qilish natijasida umumiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik, psixologiya, falsafa kabi fanlarning yangidan-yangi qirralari ochildi hamda ular lingvomadaniyatshunoslik, kommunikativ tilshunoslik, kognitiv tilshunoslik, gender tilshunoslik, etnolingvistika, neyrolingvistika, sosiolingvistika, psixolingvistika, mentalingvistika, kognitiv lingvistika, interlingvistika (bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish) sinxron va diaxron

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

lingvistika, makro va mikrolingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi zamonaviy fanlarning shakllanishi va rivojlanishiga asos bo'lmoqda, tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borishga zamin yaratmoqda.Til va madaniyatning bir-biriga munosabatini tavsiflash jarayoni haqida turli xil fikr-mulohazalarga duch kelish tabiiy, chunki bu ikki tushunchaning o'zaro munosabati keng qamrovli va bir necha yillar davomida olimlarning diqqati markazidan o'rin olib kelmoqda. Avvalgi va hozirgi tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, til va madaniyat ikkisi bir butunlikni tashkil etadi. Shunday ekan, til va madaniyat bog'liqligi ijtimoiy hodisasida modallik kategoriyalari alohida o'tib egallaydi. Chunki, modallik kategoriyalari orqali insonlar nutqini tushunarli va ravon tarzda tuza oladi. Bundan tashqari, o'zlarini istak-xohishlarini, buyruq, taxmin yoki ehtimollikni ifodalashda yordam beradi.

Til va madaniyatning o'zaro bog'liqligi g'oyasi tilshunoslik va til falsafasi tarixida katta o'rin egallaydi. Bu borada, Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) garchi til hamma odamlar uchun universal bo'lsa-da, dunyo tillari bir-biridan farq qiladi va har bir tilda dunyoqarash mavjud degan g'oyani ilgari suradi. Gumboldt uchun odamlarga (millat, irq) aqliy qobiliyatlar berilgan va ba'zi tillar va madaniyatlar ushbu aqliy qobiliyatlarning ishlariga asoslangan ijoddir. Shunday qilib, tillar va madaniyatlar "millat ruhini" ifodalaydi, va lingvistik va madaniy xilma-xillik turli xalqlarning (millatlar, irqlar) aqliy qobiliyatlaridagi farqlarni aks ettiradi.

Vorf, o'z navbatida, yana oldinga bordi va tillar o'rtasidagi tarkibiy farqlarni har xil fikrlash turlari mavjudligining dalili sifatida va har qanday ma'lum bir madaniyatni tushunish uchun kalit sifatida ko'rish mumkin, deb ta'kidladi. Odamlarning fikrlash uslubi ular gapiradigan tillar bilan shartlangan (agar aniqlanmagan bo'lsa) deb taxmin qiladigan lingvistik nisbiylik printsipi odatda Sapir-Vorf gipotezasi deb nomlanadi. Shu nuqtai nazardan, til har qanday muayyan madaniyatni anglashning kalitidir.

Ushbu fikr yo'nalishi tilning ta'siri va qudrati va uning madaniy va etnik guruhlar a'zolari uchun ahamiyatini ta'kidlasa-da, tilni ham, madaniyatni ham mohiyatan izohlaydi. Ya'ni, til va madaniyatga monolit birlik sifatida qaraladi, ularning birligi va bir xilligi uchun muammo tug'dirmaydi.

Til (lar) va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarni yaxshiroq anglash zarurati ko'plab zamonaviy jamiyatlarda lingvistik, ijtimoiy va madaniy xilma-xillikning kuchayishi bilan bog'liq.

Tilshunoslik va tillarni o'qitish sohasida odatda til va madaniyat ko'pincha birbiri bilan bog'liq deb bilish darajasida chambarchas bog'liqdir. Til nafaqat aloqa vositasi, balki insonning madaniy o'ziga xosligini ko'rsatuvchi belgi yoki ko'rsatkich sifatida ham qo'llaniladi. Tilning ifodali vositalarini bilish, uning uslubiy va semantik boyligidan barcha tarkibiy xilma-xilligida foydalana olish - har bir ona tili bu uchun harakat qilishi kerak.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Moddiy madaniyat yodgorliklari muhofaza qilinadi va tiklanadi - bu ma'naviy tarixiy merosning bir qismi. Til ham xuddi shuday, u vulgarizmlar va jargonizmlar,o'zlashmalarning kamroq ishlatilishini ta'minlash. Shuning uchun, biz til o'rganish jarayonida mentalitet, milliy xususiyat, uni ajratib turadigan boshqa farqlarga duch kelamiz. Ushbu holatda til o'rganish jarayonida o'sha xalqning urf-odatlari, milliy xususiyatlaridan ham xabardor bo'lishi kerak.

N.I.Tolstoyning fikricha, "Tilni madaniyatning tarkibiy qismi yoki madaniyat quroli sifatida qabul qilish mumkin (bu bir xil narsa emas), ayniqsa, adabiy til yoki folklor tili haqida gap ketganda. Biroq, til bir vaqtning o'zida butun madaniyatga nisbatan avtonomdir va uni madaniyatdan alohida ko'rib chiqish mumkin (bu doimiy ravishda) yoki ekvivalent sifatida madaniyat bilan solishtirganda va teng hodisalar orqali amalga oshiriladi" [Tolstoy 1995: 16].

Ter-Minasovaning mulohazalari asosida, til - bu ma'lum bir nutq guruhining madaniyati, an'analari, ijtimoiy o'zini o'zi anglashini saqlash va yetkazish orqali millatni shakllantiradigan, etnik guruhga inson oqimini shakllantiradigan kuchli ijtimoiy vosita hisoblanishini ta'kidlab o'tgan [Tep-MnHacoBa 2000].

Ma'lumki, til madaniyatning milliy o'ziga xos tarkibiy qismlari orasida birinchi o'rinni egallaydi. Avvalo, til madaniyat ham muloqot vositasi, ham odamlarni ajratish vositasi bo'lishi mumkinligiga hissa qo'shadi. Demak, ma'lum bir tilda so'zlashuvchilari ma'lum bir jamiyatga tegishli ekanligining belgisi hisoblanadi.

Atab aytganda, til tafakkurning tabiatini, dunyoni bilish usulini belgilab ko'rsatadi, insonning ongi va xatti-harakatiga ta'sir qiladi. Tilga madaniyat hodisasi sifatida munosabat, uni ushbu pozitsiyalardan tavsiflash milliy mentalitet belgilariga e'tibor qaratish va ularning lug'at, frazeologiya, nutq odobi, axloqiy tushunchalar, ma'lum bir narsa tashuvchisining nutqiy faoliyati tabiatida aks etishini taqozo etadi.

V.A.Maslovaning ta'rifiga ko'ra, lingvomadaniyatshunoslik bu - "Tilshunoslik va madaniyatshunoslik chorrahasida vujudga kelgan tilshunoslikning bir bo'limidir" deb ko'rsatib o'tgan [Maslova 2001: 9]. Undan tashqari, "Madaniyatshunoslik va tilshunoslik, etnolingvistika va madaniy antropologiya ilmiy tadqiqotlar natijalarini o'zida mujassam etgan bilimlarning integral sohasi" [Maslova 2001: 32].

Ushbu fukrni V.N.Teliya ham etnolingvistikaning bir qismi sifati deb hisoblab, uni "til va madaniyatning sinxron o'zaro ta'siridagi muvofiqligini o'rganish va tavsiflashga bag'ishlangan fan" dep o'zining ilimiy ishlarida ko'rsatib o'tgan [Teliya 1996: 217218].

V.V.Krasnixning ta'kidlashicha, lingvomadaniyatshunoslik "Til va nutqda madaniyatning namoyon bo'lishi, aks etishi va fiksatsiyasini o'rganuvchi fan bo'lib, dunyoning milliy manzarasini, lingvistik ongini, mental-lingualni murakkab o'rganish bilan bevosita bog'liqdir" deb ko'rsatib o'tgan [Krasnyx 2002: 12].

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Zamonaviy tilshunoslikda lingvomadaniyatshunoslikning nazariy va uslubiy tushunchalari V.V.Vorobyovning "Lingvokulturologiya" monografiyasida eng keng yoritilgan bo'lib, muallif lingvomadaniyatshunoslikni bir necha jihatlarda tavsiflaydi [Vorobyev 2008: 32]:

1) bu sintezlovchi tipdagi ilmiy fan, madaniyat va filologiyani (tilshunoslikni) o'rganuvchi fanlar o'rtasidagi chegara;

2) lingvomadaniyatshunoslikning asosiy obyekti - madaniyat va tilning faoliyat ko'rsatish jarayonidagi munosabati va o'zaro ta'siri va bu o'zaro ta'sirning yagona tizimli yaxlitlikda talqinini o'rganish;

3) lingvomadaniyatshunoslikning predmeti - jamiyat borligining til aloqasi tizimida takror ishlab chiqariladigan va uning madaniy qadriyatlariga asoslangan milliy shakllari, "dunyoning lisoniy manzarasi"ni tashkil etuvchi barcha narsalar;

4) lingvomadaniyatshunoslik yangicha tafakkur tomonidan ilgari surilgan madaniy qadriyatlarning yangi tizimiga, jamiyatning zamonaviy hayotiga, fakt va hodisalarni to'liq, xolisona talqin qilishga asosiy e'tiborni qaratadi;

5) xalq madaniyatini obyektiv, to'liq va yaxlit talqin qilish lingvomadaniyatshunoslikdan xalq madaniyatining uning tilida, ularning dialektik o'zaro ta'siri va rivojlanishida tizimli tasvirini talab qiladi.

Ko'rib turganimizdek, V.V.Vorobyovning ta'kidlashicha, tilshunoslik va madaniyatshunoslik chorrahasida vujudga kelgan lingvomadaniyatshunoslik ma'lum bir milliy-madaniy hamjamiyat til shaxsining ma'naviy qadriyatlari va tajribasini ma'lum bir shaklda shakllangan majmuini o'rganadigan yangi filologik fan bo'lib, birinchi navbatda, jonli kommunikativ jarayonlarni va ularda o'rganilayotgan lingvistik iboralarning xalqning sinxron harakat qiluvchi mentaliteti bilan bog'lanishini o'rganadi va ta'limning tarbiyaviy va intellektual vazifalarini bajarilishini ta'minlashini ta'kidlab o'tgan [Vorobyev 1999: 77].

Til va madaniyat uyg'unligin yuzasidan kelib chiqqan qarashlar zamirida nutq tushunchadi ham yotadi. Nutq madaniyati tushunchasini til madaniyati va so'zlash madaniyati tushunchasiga ajratish tilshunoslikda izchillikka ega emas. Umuman, bu ikki tushuncha, asosan, birga yoki qorishtirilgan holda nutq madaniyati yoki til madaniyati termini bilan yuritilmoqda. Demak, bu holda til madaniyati termini nutq madaniyati terminiga ekvivalent bo'lib kelmoqda. Shu sababli ham, biz nutq madaniyati nomi bilan umumiy tarzda yuritilayotgan tushuncha (hodisa)dagi ikki holatni - til madaniyati va nutq, ya'ni so'zlash madaniyatini farqlash tarafdorimiz. Nutq madaniyati tushunchasi va termini keltirilgan ikki hodisa uchun umumiy tasavvur va umumiy nom tarzida tushunilishi mumkin.

Til madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til sistemasining o'zini, masalan, o'zbek adabiy tilining vosita va imkoniyatlarini, «madaniylashtirishni» ko'zda

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tutadi. Demak, til madaniyati termini bilan ataluvchi tushuncha til sistemasining madaniylik darajasini, ya'ni uning qanchalik ishlanganligi, normalanganligini ko'rsatadi».

Aytilganlardan anglashilayaptiki, garchi til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari tilshunoslik atamasi sifatida bir-birlaridan farqlansa ham, aslida ularning birini ikkinchisidan ajratib bo'lmaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalardir. Nutq madaniyati aniq ma'noda til birliklarini nutq jarayonida qo'llashning me'yori, maqsadga muvofiqligini anglatsa ham, umumiy ma'noda ma'lum millatning umumtil madaniyati doirasida qaraladi. To'g'ri, nutq lingvistik va ekstralingvistik omillarni o'z ichiga oladigan murakkab jarayon bo'lib, u mantiq, psixologiya, pedagogika, etika, estetika masalalari bilan ham bog'liq. Ammo nutq uchun tilning birinchi darajada turishini hyech kim inkor etmaydi va u har bir millatning madaniyatini o'zida aks ettiradi.

Garchi til birliklarini me'yorlashtirish, hamma uchun tushunarli bo'lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi bo'lsa ham, u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Nutq madaniyati tilda ma'lum me'yorga keltirilgan til birliklarining nutqda qo'llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me'yorga amal qilishni ma'lum ma'noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni tugatishning eng ma'qul yo'llari ko'rsatib turiladi. «Nutq madaniyati ijtimoiy fan sifatida keng plandagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, so'zlovchi yoki yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi»12[12].

Shuning uchun ham oliy davlat ta'lim standartlarida filologiya va boshqa fakultetlarida, jumladan lingvistika fakultetida alohida kurs sifatida o'qitilayotgan «Nutq madaniyati» predmetining vazifasi nutq madaniyati haqida atroflicha tushuncha berish, uning nazariy asoslari va muhim belgilarini o'rgatish, mutaxassislik doirasida uni amaliyotga tatbiq etish yo'llarini ko'rsatib berishdan iboratdir.

Navbatdagi gap til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalarining huquq sohasida amal qilishi xususida. Huquqiy soha va yurisprudensiya amaliyotda tilga katta ehtiyoj sezadigan yo'nalish hisoblanadi. Bu, ayniqsa, keyingi o'n yillikda alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki mustaqilligini qo'lga kiritgan O'zbekiston Respublikasi o'z taraqqiyoti va rivojlanishining yangi bosqichida huquqiy-demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan bormoqda. Ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarida qonun ustuvorligini ta'minlanishi asosiy vazifa qilib qo'yilmoqda.

Xulosa qilib aytilganda, til — ijtimoiy hodisa. Uni ijtimoiy munosabatlarsiz, boshqa odamlar bilan muloqot qilmasdan egallash mumkin emas. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, agar uning asosiy so'z boyligi, nutq qoidalari va

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

tarkibi juda yoshlikdan egallangan bo'lsa, garchi bunda inson tajribasining juda ko'p jihatlari butunlay unutib yuborilgan b o 'lsa ham , ona tilida gapirishni unutish aslo mumkin emas. Bu tilning inson ehtiyojlari uchun yuqori darajada moslanuvchanligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vorobyev V.V. "Лингвокультурология в кругу других гуманитарных наук. "Русский язык за рубежом 3" (1999): - C. 77.

2. Vorobyev V.V. Лингвокультурология. - 2008: - C. 32.

3. Krasnyx V.V. Этнопсихолингвистика и лингвокультурология: курс лекций - М.: Гнозис, 2002. - С. 12.

4. Maslova V.A. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб.заведений - М.: Академия, 2001. - C. 32.

5. Teliya V.N. Русская фразеология: Семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. - М.: Языки русской культуры, 1996: - C. 217-218.

6. Ter-Minasova S.G. Язык и межкультурная коммуникация: Учеб. пособие. М.: Слово/slovo, 2000: - C. 624.

7. Tolstoy N.I. Язык и народная культура: Очерки по славянской мифологии и этнолингвистике. М.: Издательство "Индрик", 1995: - C. 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.