PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
"MEHROBDAN CHAYON" ASARIDAGI TURKIY QO'SHIMCHA ORQALI HOSIL BO'LGAN YASAMA SO'ZLAR TAHLILI
Surayyo Ziyotova
Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent amaliy fanlar universiteti E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13219099 Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asaridagi arabcha va forscha o'zlashmalarga turkiy so'z yasovchi affikslar orqali hosil bo'lgan yasama so'zlar tahlil qilingan va asardan olingan misollar orqali dalillangan.
Kalit so'zlar: o'z qatlam, o'zlashma qatlam, yasovchi asos, yasovchi vosita, yasalma, derivatsiya, arabcha o'zlashmalar, fors-tojikcha o'zlashmalar
1 KIRISH
Til ichki va tashqi manbalar orqali boyiydi. So'z yasalishi hodisasi tilning ichki imkoniyati asosida yuzaga keladi. A.Hojiyev so'zni hosil qilishning asosiy usullarini quyidagicha qayd etadi: 1) semantik; 2) fonetik; 3) sintaktik-leksik; 4) affiksatsiya; 5) kompozitsiya; 6) abbreviatsiya . Biroq tilshunoslikda qo'shma so'zlar shakllanishi, kompozitsiya usuli borasida har xil qarashlar mavjud. A.G'ulomov esa o'zbek tilida so'z yasalish hodisasi affiksatsiya va kompozitsiya usuli orqali samarali hosil qilinishini ta'kidlaydi. Darhaqiqat, asar tilidagi yasama so'zlar, asosan, shu ikki usulda shakllangan. So'z yasalishi tahlilida shu affiks yordamida qay darajada ko'p yoki kam so'z yasalishini belgilash emas, balki uning yordamida so'z yasalishining qanday tiplari borligi va ulardan qaysilarining mahsuldor, qaysilarining mahsulsizligini belgilash muhimdir [Xo^neB, 1989: 21] Kompozitsiya usuli bilan so'z yasash deganda, so'zga so'zni qo'shib yasash hodisasini tushuniladi. A.Hojiyev qo'shma so'zlar borasida "o'zaro bog'langan ikki yoki undan ortiq so'z emas, balki birdan ortiq negizdan hosil bo'lgan bir so'z tushunilishi kerak" [Xo^neB, 1963: 7] degan qarashni ilgari suradi. Muallif "O'zbek tilida so'z yasalish tizimi" kitobida so'z yasalishida kompozitsiya usuli mavjud emasligi borasidagi mulohazani keltiradi. "Qo'shma so'zlar qaysi usul bilan yasalishi, tarkibi qanday so'z turkumlariga aloqador bo'lishidan qat'iy nazar yasama so'z sifatida qaraladi" [XornwyxaMMegoB, 2020: 12] "Mehrobdan chayon" asarida e'tirof qilinganidek, so'zlar affiksatsiya, kompozitsiya usullari yordamida vujudga kelgan.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tilda so'z yasalish tizimi faqatgina tilning ichki imkoniyatiga tayanib qolmaydi, balki o'zlashma leksemalarga tilning muayyan qonuniyatlari asosida turkiy lug'aviy birliklar qo'shish orqali ham yuzaga keladi. O'zbek tilida boshqa tillardan o'zlashgan
leksemalar miqdori ko'p. Arab va fors-tojikcha o'zlashmalar, asosan, affiksatsiya so'z yasalishi jarayonida faoldir [XacaHOBa, 2011: 7]. Forsiy istilohlar o'zbek va tojik xalqlarining qadimdan yonma-yon yashab, bir-biri bilan ijtimoiy va madaniy munosabatda bo'lib kelganligi natijasida arabcha leksemalar esa, asosan, kitobiy til va forsiy til, shuningdek, qisman og'zaki nutq orqali kirib kelgan [A6gymyKypoB, 2017: 87].
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ma'lumki, til ichki va tashqi manbalar orqali boyiydi. So'z yasalishi hodisasi tilning ichki imkoniyati asosida yuzaga keladi. A.Hojiyev so'zni hosil qilishning asosiy usullarini quyidagicha qayd etadi: 1) semantik; 2) fonetik; 3) sintaktik-leksik; 4) affiksatsiya; 5) kompozitsiya; 6) abbreviatsiya [Xp^neB, 1989: 21]. Biroq tilshunoslikda qo'shma so'zlar shakllanishi, kompozitsiya usuli borasida har xil qarashlar mavjud. A.G'ulomov esa o'zbek tilida so'z yasalish hodisasi affiksatsiya va kompozitsiya usuli orqali samarali hosil qilinishini [AögypaxMOHOB Ba 6om^., 1975: 22] ta'kidlaydi.
4 TAHLIL VA NATIJALAR
"Mehrobdan chayon" asarida 540 ta arabcha, 156 tasi fors-tojikcha o'zlashmalarga turkiy vositalar qo'shish orqali hosil qilingan yasama so'zlar mavjudligi aniqlandi. Shuni ta'kidlash lozimki, uch til unsuridan shakllangan yasama so'zlar ham mavjud: fors-tojikcha+arabcha+turkiycha qolipda tuzilgan so'zlar 3 ta: be+ma'ni+lik, no+rozi+lik, be+maza+lik; arabcha+fors-tojikcha+turkiycha unsurlardan tashkil topgan so'zlar 9 ta: vafo+dor+lik, qalam+kash+lik va h.k.
Asar matnida arab va fors tillaridan o'zlashgan so'zlarga o'zbek tilidagi qilmoq, bo'lmoq, etmoq kabi fe'llarni qo'shish orqali kompozitsiya usulida yasalgan so'zlar ham mavjud. Bunday qo'shma fe'llar tarkibida qil, et (ayla) va bo 'l fe'llari so'z yasovchi funksiyasida
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
bo'ladi, ular yordamida hosil bo'lgan fe'llar so'z yasalish ma'nosi ana shu qil, et, bo 'l fe'liga oid bo'ladi1. Aytish mumkinki, romanda kompozitsiya usuli orqali arabcha o'zlashmali yasama so'zlar soni 232, fors-tojikcha o'zlashmali yasama so'zlar soni esa 27 tani tashkil qiladi. Ushbu birliklarnig 98 foizi fe'l so'z turkumini shakllantirishga xizmat qilgan.
Asarda arabcha va fors-tojikcha o'zlashmalarga quyidagi turkiy lug'aviy birliklar yordamida yangi so'zlar yasalgan:
1. Ot turkumining yasalishi:
-lik/-liq/-lig ' affiksi o'zi qo'shilgan asosdan anglashilgan narsaga egalikni ifodalovchi mavhum hamda faoliyat-jarayonni bildiruvchi otlarni hosil qilgan:
a) arabcha o'zlashmalar orqali yasalgan so'zlar:
abaslik, ablahlik, adablik, adovatliq, alamlik, aloqaliq, vaznlik, vositalik, g 'ayrlik, g 'arazlik, daqiqalik, jinnilik, zehnlik, istehzolik, kofiylik, qanoatlik, qoziliq, maymunliq, mezonliq, mirzoliq, faqirlik, farzlig ', halfalik, xotirjamlik, xufiyalik, yatimlik, halollik, halokatlik;
b) fors-tojikcha o'zlashmalar yordamida hosil bo'lgan so'zlar: ashdishalik, bandalik, baxtiyorliq, beboklik, begonalik, g'arliq, g'ashliq, darxonliq, domodliq, dushmanlik, jonbozlik, juftlik, ixnaliq, qahramonliq, nodonliq.
-chi qo'shimchasi shaxs, kasb-hunarni ifodalovchi otlarni shakllantiradi:
a) arabcha o'zlashmalar orqali yasalgan so'zlar: arizachi, jarchi, zakotchi, ziyoratchi, iltimoschi, nog'orachi, surnaychi, raqobatchi, sababchi, tomoshachi;
b) fors-tojikcha o'zlashmalar orqali hosil bo'lgan so'zlar: azmoyishchi, dasturxonchi, mardikorchi, saforishchi, poygachi.
-chilik affiksi faoliyat-jarayoni, mavhum otlarni shakllantiradi:
a) arabcha o'zlashmalar orqali yasalgan so'zlar: musulmonchilik, ulfatchilik;
b) fors-tojikcha o'zlashmalar orqali hosil bo'lgan so'zlar: bandachilik, mehribonchilik.
2. Sifat turkumining yasalishi: -li/-lik qo'shimchasi asosdan anglashilgan narsaga egalikni bildirib, belgi-xususiyatni ifodalovchi sifatlarni hosil qiladi:
a) arabcha o'zlashmalar orqali yasalgan so'zlar: aqlli, vafoli, izzatlik, insoflik, imonlik, intizomlik, istehzoli, qiymatli, madaniyatlik, mashaqqatli, ma 'nolik;
1 Xp^neB A. y36eK TH^nga cy3 aca^nmn. - TomKeHT: YwyBHH. 1989. - E. 105.
www.in-academy.uz
b) fors-tojikcha o'zlashmalar orqali hosil bo'lgan so'zlar: baxtlik, burchli, gullik, zaharlik, kinalik, mevalik, nomlig'.
-siz affiksi asosdan anglashilgan narsaga ega emaslikni anglatib, belgi-xususiyatni ifodalovchi sifatlarni yasaydi:
a) arabcha o'zlashmalar orqali shakllangan so'zlar: adabsiz, ahamiyatsiz, vazifasiz, davosiz, daraksiz, zararsiz, izzatsiz, ilmsiz, ilojsiz, istisnosiz, kayfsiz, ma 'nosiz, mantiqsiz, tajribasiz, hissiz;
b) fors-tojikcha o'zlashmalar orqali hosil bo'lgan so'zlar: andishasiz, baxtsiz, gunohsiz, go'shtsiz, ozorsiz, rangsiz, umidsiz, hushsiz.
3. Fe'l turkumining yasalishi:
1) affiksatsiya usuli:
-la affiksi asosda anglashilgan holatni ta'minlash, ega bo'lish, hosil qilish kabi ma'nolarni ifodalaydi:
a) arabcha o'zlashmalar orqali yasalgan so'zlar:
ayblamoq, arazlamoq, varaqlamoq, qulflamoq, qasamyodlamoq, masxaralamoq, ma 'qullamoq, nikohlamoq, tayyorlamoq, ta'minlamoq, tarbiyalamoq, fahmlamoq;
b) fors-tojikcha o'zlashmalar orqali shakllangan so'zlar: joylamoq, zanjirlamoq, namlamoq, poylamoq, paxsalamoq, saromjonlamoq, tozalamoq, xushlamoq.
-lan qo'shimchasi asosdan anglashilgan ish, narsa, holatni bajarish, yuzaga chiqarish ma'nosini bildiradi:
a) arabcha o'zlashmalar orqali hosil bo'lgan so'zlar: adablanmoq, ajablanmoq, zavqlanmoq, kifoyalanmoq, qanoatlanmoq, rohatlanmoq,
taajjublanmoq, takalluflanmoq, taraddudlanmoq, fasodlanmoq, xarajatlanmoq;
b) fors-tojikcha o'zlashmalar orqali yasalgan so'zlar: jonlanmoq, zorlanmoq, sustlanmoq, umidlanmoq, hezlanmoq, shodlanmoq.
-lash affiksi asosdan anglashilgan jarayonni amalga oshiradi:
a) arabcha o'zlashmalar orqali yasalgan so'zlar: asabiylashmoq, ahdlashmoq, janjallashmoq, jiddiylashmoq, ittifoqlashmoq, maslahatlashmoq, suhbatlashmoq, xayrlashmoq;
b) fors-tojikcha o'zlashmalar orqali hosil bo'lgan so'zlar: do 'stlashmoq.
2) kompozitsiya usuli:
a) arabcha o'zlashmalar orqali shakllangan so'zlar: avsat qilmoq, ado qilmoq, azl qilmoq, afu etmoq, amr qilmoq, voqif bo 'lmoq, davom etmoq, ziyorat qilmoq, zoe bo 'lmoq, zohir bo 'lmoq, idora qilmoq, majbur etmoq, mamnun bo 'lmoq, mashg 'ul bo 'lmoq, targ 'ib qilmoq, inqiyod etmoq, uhda qilmoq;
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
b) fors-tojikcha o'zlashmalar orqali yasalgan so'zlar: afsus qilmoq, davara qilmoq, daromat qilmoq, mast bo 'lmoq, obod qilmoq, oshno bo 'lmoq, ozod qilmoq, ovora qilmoq, paydo bo 'lmoq, payrov qilmoq, parvarish qilmoq. 5 XULOSA VA TAKLIFLAR
Statistik tahlil jarayoni shuni ko'rsatdiki, asar tilida turkiy hamda o'zlashma birliklardan yangi so'zlar shakllanishida ot yasovchi -lik/-liq/-lig' va -chi, sifat yasovchi -li/-lik va -siz, fe'l yasovchi -la affikslari faol qo'llanilgan. Shuningdek, turkiy so'zlardan yasalmalar hosil qilishda ot, sifat, fe'l so'z turkumlariga doir leksik birliklardan samarali foydalanilgan. O'zlashmalardan yangi so'zlarni shakllantirishda affiksatsiya usul barcha so'z turkumlari uchun faol ishlatilgan bo'lsa, kompozitsiya usuli fe'llarni yasashda ishtirok etgan
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Х,асанова Д. Арабча лугавий узлашмаларнинг узбек тили номинатив ва дериватив тизимидаги урни. Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. - Тошкент, 2011. - Б. 7.
[2] Абдушукуров Б. "^исаси Рабгузий" лексикаси. Филол. фан. докт. ... дисс. - Тошкент, 2017. - Б. 87.
[3] Х,ожиев А. Узбек тилида суз ясалиши. -Тошкент: Укитувчи, 1989. - Б. 21.
[4] Абдура^монов F., Шоабдура^монов Ш., Х,ожиев А. Узбек тили грамматикаси. I том. Морфология. -Тошкент: Фан. 1975. - Б. 22.
[5] Хржиев А. Узбек тили кушма, жуфт ва такрорий сузлар. - Тошкент: Узфанакадемнашр, 1963. - Б. 7.
[6] Хржиев А. Узбек тили суз ясалиш тизими. -Тошкент: Укитувчи, 2007. - Б. 8.
[7] Холму^аммедов Б. Узбек тилида лексемалашув. Филол. фан. буйича фалсафа доктори (PhD). ... дисс. автореф. - Тошкент, 2020. - Б. 12.
[8] Qodiriy A. Mehrobdan chayon. - Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. - B. 398.