Научная статья на тему '“KECHA VA KUNDUZ” ASARI LEKSIKASINING TARIXIY-ETIMOLOGIK TAHLILI (O‘Z QATLAM)'

“KECHA VA KUNDUZ” ASARI LEKSIKASINING TARIXIY-ETIMOLOGIK TAHLILI (O‘Z QATLAM) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1044
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lug’at / lug’at sathi / so’z ma’nolari / leksik qatlam. / vocabulary / vocabulary level / word meanings / lexical layer.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Nurillayeva

Maqolada Cho’lpon qalamiga mansub “Kecha va kunduz” romanidagi o’z qatlamga oid so’zlar tarixiy-etimologik jihatdan tahlil qilingan. Tahlil jarayonida asardan parchalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL AND ETYMOLOGICAL ANALYSIS OF THE LEXICON OF THE WORK "NIGHT AND DAY" (OWN LAYER)

In the article, the words related to one's own stratum in the novel "Night and Day" written by Cho'lpon are analyzed from a historical and etymological point of view. Excerpts from the work are presented in the process of analysis.

Текст научной работы на тему «“KECHA VA KUNDUZ” ASARI LEKSIKASINING TARIXIY-ETIMOLOGIK TAHLILI (O‘Z QATLAM)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"KECHA VA KUNDUZ" ASARI LEKSIKASINING TARIXIY-ETIMOLOGIK TAHLILI

(O'Z QATLAM) Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna

ToshDOTAU magistranti, Yangihayot tumani 3-maktab oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7195643

Annotatsiya. Maqolada Cho'lpon qalamiga mansub "Kecha va kunduz" romanidagi o'z qatlamga oid so'zlar tarixiy-etimologik jihatdan tahlil qilingan. Tahlil jarayonida asardan parchalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: lug'at, lug'at sathi, so 'z ma'nolari, leksik qatlam.

ИСТОРИКО-ЭТИМОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЛЕКСИКИ ПРОИЗВЕДЕНИЯ «НОЧЬ И ДЕНЬ» (СОБСТВЕННЫЙ ПЛАСТ)

Аннотация. В статье с историко-этимологической точки зрения анализируются слова, относящиеся к собственному слою в романе Чолпон «Ночь и день». Выдержки из работы представлены в процессе анализа.

Ключевые слова: словарный запас, уровень словарного запаса, значения слов, лексический пласт.

HISTORICAL AND ETYMOLOGICAL ANALYSIS OF THE LEXICON OF THE WORK "NIGHT AND DAY" (OWN LAYER)

Abstract. In the article, the words related to one's own stratum in the novel "Night and Day" written by Cho'lpon are analyzed from a historical and etymological point of view. Excerpts from the work are presented in the process of analysis.

Key words: vocabulary, vocabulary level, word meanings, lexical layer.

KIRISH

Tilning lug'at sathi tilda mavjud bo'lgan so'zlarning yig'indisidan iborat. Lug'at sathi tilning fonetik-fonologik va grammatik sathlaridan har doim o'zgarib, rivojlanib turishi bilan ajralib, farqlanib turadi. Fan, texnika, madaniyatning rivojlanish jarayoni lug'at sathining doimiy o'zgarib turishini taqozo etadi. Shunga ko'ra, tilning lug'at sathi paydo bo'lishi va qo'llanish doirasi jihatidan farqlanadigan bir necha qatlamlardan tashkil topadi. Tildagi leksik (o'z va o'zlashma) qatlamlarni lingvistik tadqiq etish leksik-semantik taraqqiyot qonuniyatlarini belgilashda o'ta muhimdir. Zotan, leksika tarix, madaniyat fan va xalqning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan o'zaro bog'liq bo'lib, ilmiy tahlilda ularni hisobga olmasdan turib, so'z ma'nolarining o'zgarish manbalari va sabablarini aniqlash mushkul.

Ma'lumki, biror xalq tilining tashkil qilishida va shakllanishida shu vakillari tomonidan yaratilgan so'zlar muhim o'rin egallaydi. Shuning uchun til lug'at tarkibini tarixiy-etimologik nuqtayi nazardan tekshirilganda, avvalo tarixan, genetik jihatdan o'zbek tilining o'ziniki bo'lgan so'zlar belgilab olinadi. Bunday so'zlar o'zbek tilida qadimdan mavjud bo'lgan turkiy so'zlardir. Bunday so'zlar o'zbek tili leksikasining asosiy negizini tashkil etuvchi qadimiy qatlamdir. So'ngra o'zbek tili tarixan qaysi tillar bilan aloqada bo'lganligi qarab lug'at tarkibidan o'zga, ya'ni chet tillarning elementlari axtariladi

O'z qatlam deganda turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlaridan buyon turkiy xalqlar leksikasida mavjud bo'lgan leksemalar tushuniladi. Bunday so'zlar ko'pchilik turkiy tillar leksikasida qo'llanib keladi. Bu so'zlar turkiy tillarda so'zlashuvchi urug' va kabilalar, elatlar alohida turkiy xalq bo'lib shakllanmasdan, ya'ni differensatsiyaga uchramasdan oldin mavjud

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'lgan umumturkiy so'zlardir. Asar tilidagi o'z qatlamga oid leksemalarni tarkib jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

1. Turkiy tub so'zlar.

2. Turkiy asoslardan hosil qilingan yasama, juft va takror so'zlar.

3. Turkiy bo'lmagan so'zlarda yasalgan so'zlar. TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

"Kecha va kunduz" romanidagi o'z qatlamga oid so'zlarning hozirgi o'zbek tilidagi qo'llanishini quyidagi qonuniyatlar asosida belgilash mumkin:

1. Asar tilida qo'llangan so'zlar hozirgi o'zbek adabiy tilida ham o'sha shakl va o'sha ma'noda ishlatiladi.

2. Asar tilida qo'llangan so'zlar hozirgi o'zbek adabiy tili va shevalarida turli fonetiik shakllarda qo'llaniladi.

3. Asar tilida ishlatilgan so'zlar hozirgi o'zbek tilida qo'llanilmaydi (hopituvchi).

4. Asar tilidagi ayrim so'zlar hozirgi o'zbek tilida ma'no kengayishi yoki torayishiga uchragan holda ishlatiladi.

Biror so'zning ikki yoki undan ortiq turkiy tilda uchragani bu leksemaning ularning birortasidan ikkinchisiga qabul qilinganini ko'rsatmaydi. Bunday umumiylikning sababi turkiy tillarning asli bir manbaga, bir genetik asosga aloqador ekanligi, ularning lug'at fondi qadimda yagona manbaga taalluqli bo'lganini ko'rsatadi.

Demak, umumturkiy leksikasining mushtarakligi tarixiy-genetik umumiylikdir. Shunisi ham borki, so'zning umumiy mulklik belgisi turkiy leksika uchun yagona va asosiy mezon bo'la olmaydi. Chunki bunday mushtarak so'z o'zlashgan element bo'lishi ham mumkin.

Ma'lumki, har bir til lug'at tarkibining boyishining ichki manbalar orqali amalga oshadi. Shuning uchun o'z qatlamga oid so'zlar manbalar tilida yetakchilik qiladi. Boshqa tillardan so'z o'zlashtirilmagan hech bir til dunyoda yo'q.

O'zbek tili lug'at tarkibining taxminan yarmini turkiy so'zlar tashkil qilgani holda, qolgan qismini eroniy, arab, mo'g'ul tilidan, keyingi yuz yil davomida esa rus tilidan va rus til orqali G'arbiy Yevropa tillaridan kirgan so'zlar, oz miqdorda bo'lsa ham, hind, urdu pushtu, xitoy va boshqa tillardan kirgan so'zlar tashkil qiladi "Kecha va kunduz" leksikasida ham arab, forscha so'zlar bilan birga ruscha so'zlar ham uchraydi. TADQIQOT NATIJASI

Asar tilida qo'llanilgan o'z qatlamga oid leksemalarning muhim belgilari quyidagilar:

1) bu qatlamga oid leksemalarning o'zagi asosan, bir-ikki bo'g'inli bo'ladi: ol, ber, qol, ota, uka, qo'y, echki kabi; Tashqari eshikning besaranjom ochilishi Zebining ko'nglini bir qur seskantirib oldi (4-bet) To'g'risida bir-birlariga kalta-kalta ma'lumot berishgan edilar (4-bet)

2) bir bo'g'inli so'z ko'proq [unli+undosh], [undosh+unli+undosh] shakliga ega: ol, kun, kul, bo'l, qil. Bu guruhga asosan harakat ifodalovchi so'zlarni kiritish mumkin.

3) turkiy so'zlarga xos yana bir xususiyat ikki bo'g'inli so'zlar ko'proq ochiq bo'g'indan tuziladi: ikki, olma, ola;

4) sof o'zbekcha qo'shimcha undosh bilan boshlanadi: -chi, -li, -lik, -la kabi. Bu qo'shimchalar so'zga qo'shilib yangi ma'noli so'zlar hosil qilgan. Ayrimi unli bilan ham boshlanadi: -im, -ib kabi. Bunda tovush orttirilishi mavjud;

5) o'zak holidagi fe'l, son, taqlid leksema faqat o'z qatlamga mansub: kel, ol, yop, ikki, uch, to„rt;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6) o'z qatlamga mansub leksema o'zagi alohida talaffuz qilinganda, tovush o'zgarishi yuz bermaydi. O'zak holida tovush o'zgarishiga uchragan leksema o'zlashma qatlamga mansub. Masalan: go'sht so'zini talaffuz qilganda oxirgi tovush tushadi, dard, hukm, ilm, mehr kabi so'zlar talaffuz qilinganda ikki undosh o'rtasida qisqa unli tovush orttiriladi ; O'zbek adabiy tili lug'at tarkibida turkiy qatlam asosiy va muhim o'rin tutadi. Bu qatlamga kiruvchi so'zlar zaruriy hayotiy tushuncha va tasavvurlarni ifodalashi, seriste'mol leksemalar ekanligi bilan xarakterlanadi.

Asar tilida qo'llanilgan sof turkiy so'zlarni leksik-semantik xususiyatlariga ko'ra o'zbek tili leksikologiyasida keltirilgan mavzuviy guruhlar asosida quyidagicha tasnif qildik:

1) qarindoshlikni ifodalovchi leksemalar: ota, ona, aka, uka, er, xotin, kelin, qiz, kuyov;

2) zamon, vaqt ma'nosini ifodalovchi birliklar: ko'klam, yoz, yil, kun, qish, oy;

3) inson tana a'zolarini bildiruvchi leksemalar: bel, biqin, bilak, boldir, bosh, bo'g'iz, bo'yin, burun, gavda, yelka, ilik, jimjiloq, barmoq;

4) tabiat hodisalari: muz, yel, izg'irin, qor, hovur, botqoq;

5) tabiiy geografik obyekt, joy ifodalovchi so'zlar: adir, dala, qir, dasht, jar, tepalik

6) o'simlik nomlari: ko'kat, o'sma, qovoq;

7) hayvon nomlari: baytal, ot, hokuz, qo'y, chayon, chigirtka, chumoli, ilon;

8) maishiy leksemalar: supurgi, kigiz, sholcha, ko'rpa, qozon, o'choq, to'n, kashta, do'ppi, supa;

9) ijtimoiy-siyosiy leksemalar: mingboshi, ellikboshi.

Asar tilida yuqorida keltirilgan ot leksemalardan tashqari son-miqdor ifodalovchi so'zlar ham uchraydi.

10) son-miqdor ifodalovchi so'zlar: ikki, uch, yeti, to'rt, ko'p, oz, ming, so'm, talay, oltmish, sakkiz, to'qson, yalpi, o'ttiz, qirq.

"Kecha va kunduz" romanida hajm, masofa va jamlikni anglatuvchi so'zlar qo'llanilgan bo'lib, yozuvchi bu so'zlardan voqelik yuz bergan makonni, harakat-holat belgisini ifodalashda foydalangan: yiroq, katta, kichik, keng, ko'lam, ovloq, tor, uvoq, uzun, ulkan, chimdim, yuksak, yarim, qisqa.

Asar tilida belgi-xususiyatni ifodalovchi so'zlar ham ko'p uchraydi. Bu so'zlar qahramon xarakter-xususiyatini ochib berishda ishlatilgan.

11) belgi-xususiyatni bildiruvchi so'zlar: iliq, yumshoq, g'amli, horg'in, bo'sh, yuvosh, jizzaki, dag'al, bo'shang.

MUHOKAMA

Yozuvchi bu sifatlardan foydalanib, tasvirning go'zal, ta'sirchan, o'ziga xos tarzda chiqishiga erishgan. Masalan:Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi (3-bet). Keltirilgan ushbu misolda dildiragan sifatdoshi, iliq sifati jonsiz narsalarga nisbatan ishlatilgan bo'lib, ularni jonlantirish orqali yozuvchi tasvirning ta'sirchan chiqishiga erishgan. Yoki quyidagi misolga e'tibor qarataylik: Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarningg'amli yuzlari kuldi, o'zlari horg'in-horg'in oqsalar-da, bo'shalgan qul singari erkinlik nash'asini kemira-kemira ilgari bosadilar (3-bet). Keltirilgan bu misolda ham sifatlar jonsiz predmetlarga nisbatan ishlatilib, ularni jonlantirish vositasida tasvirning o'ziga xos chiqishiga erishgan. Bunday vositalar haqida ishimizning keyingi bobida yana to'liqroq to'xtalamiz.^ yoqdan sodda va biroz dag'al, lekin quvnoq bir erkak ovozi keldi (98-bet). Bola ham yuvosh, momingina (147-bet). Eski shahar bilan Yangi shaharning orasi yiroq edi. Uyushgan majolsiz va bo'shang

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oyoqlarini sudrab, eng yaqin hammomga yetib borguncha tong otib, ko'cha-ko'yda odamlar o'rmalasha boshladilar (160-bet) U qo'lidagi 'o'sh piyolani aylantirib o'ynardi (218-bet)

11) harakat-holatni ifodalovchi fe'llar: yo'qotmoq, olmoq, otmoq, sotmoq, botmoq, aylanmoq, ko'rmoq, bormoq, kelmoq, burmoq, yugurmoq, mo'layib

Quyidagi gapdayo'qotmoq, topmoq fe'llari qo'llanilgan. Bir-biriga zid ma'noni ifodalovchi bu fe'llaming bir gap tarkibida qo'llanilishi ham o'ziga xos gap qurilishini yuzaga keltirgan: To'polonda to'pponchamniyo'qotib edim, shuni topib oldim (236-bet) Quyidagi gapda esayotmoq, olmoq fe'llari qo'llanilgan bo'lib, gapda kesimning inversiyaga uchrashi so'zlovchining kommunikativ maqsadini, ya'ni mingboshining yotishiga qaratish ekanligini ifodalagan: Mingboshi yotadi to'rtta xotinni olib! (237-bet) Quyidagi misollarda qo'llanilgan kesim, tarz holi vazifasidagi fe'llar ham o'z qatlamga mansub: Yodgorxo'ja kirib keldi (237-bet) Endiyer-suvimizni sotib, boshqa taraflarga ketmasak bo'lmaydi (237-bet)Ko'zimdanyoshni jo' aylab alamlar ichra botdim-ku. (2-bet) Asarda ko'makchili qurilmalar ham ko'p qo'llanilgan. Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida ko'makchi fe'llar yetakchi fe'ldan anglashilgan harakatning davomiyligi, boshlanganligini ifodalashga xizmat qilgan:Ko'cha eshigining chap biqinidagi katta kundadan aravaga hatlagan vaqtlarida kun botib borardi (20-bet) Tandir oldida kuyib-pishib, shabnam donalariday yirik-yirik terlarga botib, Zebi bilan birga patir yopayotgan Saltiga bu maslahat juda yomon qattiq tekkan (25-bet). Romanda to'liqsiz fe'l, yo'qso'zi bilan qo'llanilgan fe'l kesimlar ham ko'p bo'lib, harakatning yaqin o'tgan zamonda bo'lib o'tganlik ma'nosini ifodalash uchun xizmat qilgan. Kampir iloj axtarib, o'yga botgan edi. (30-bet) Yoshi balog'atga yetib uylari sovchilarning qatnov yo'llariga aylanganidan beri u sho'rlikning qora o'ylarga botmagan kuni yo'q! (38-bet) Kechagi botgan quyoshday... unutildi! (113-bet) Poshsha afsunchining bu o'rgatma iloni bir marta nishini botirib olmasa, bo'ladimi? (113-bet) O'rnidan turib, kattakon chorsisini suvga botirdi, so'ngra naridan-beri siqib olib boshiga bosdi va shu bo'yicha kasal odamday o'ngtab yotib, uyquga ketdi (242-bet) Shu qadar ozki, mirzaning qalam uchini siyohga botirib o'tirishiga arzimaydi (262-bet).

Romanda qo'llanilgan fe'llardan biri mo'layib bo'lib, hozirgi o'zbek tilida bu mo'ltayib shaklida qo'llaniladi. Bu so'z ayanchli qaramoq, javdirab qaramoq ma'nolarini bildiradi.Mirzabobo yugurib ko'chaga chiqar, bir ozdan so'ng qaytib kirgach, «yo'q», degali botinolmasdan, mo'layibjim qolardi (83-bet)

Romanda qo'llanilgan o'z qatlamga mansub so'zlarning ko'pi so'z yasovchi affikslar yordamida hosil qilingan. O'zbek tiliga mansub so'z yasovchi qo'shimchalar o'z qatlamga oid bo'lgan so'zlarga ham, o'zlashgan qatlamga oid bo'lgan so'zlarga ham qo'shilib yangi so'z hosil qilishi mumkin. Asarda uchraydigan bunday so'zlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

-chi affiksi yordamida yasalgan so'zlar: tomchi, ittifoqchi, to'ychi, ayronchi, afsunchi, fabrikachi, zavodchi, bekorchi, mashinachi, xizmatchi, vagonchi, izvoshchi, tergovchi, bosqinchi -chilik affiksi yordamida yasalgan so'zlar:yo'qchilik, qimmatchilik -ma qo'shimchasi yordamida yasalgan so'zlar: qatlama,

-lik qo'shimchasi yordamida yasalgan so'zlar:quvnoqlik, kundoshlik, eslik, besaranjomlik, sevinchlik, bardoshsizlik,

buzuqlik, hayvonlik, shirinlik, ichkilik,itlik, mingboshilik, mastlik, ko'ylaklik, menlik,oshnachilik, loqaydlik, sovuqlik, yoshlik, juvonlik,xaridorlik, norozilik, olchoqlik, mardikorlik,

qorong'ilik, anglatarlik, yuqorilik, behudagarchilik.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XULOSA

E'tibor berilsa, -chi affiksi bilan hosil qilingan so'zlar rus tilidan o'zlashgan so'zlarga qo'shilib yangi so'zlar hosil qilgan. Cho'lponning "Kecha va kunduz" romani shu jihatdan o'sha davr so'z yasalishi tizimidagi o'ziga xosliklar haqida ham ma'lumot berishi bilan ham ahamiyatlidir.

"Kecha va kunduz" romanida o'z qatlamga mansub so'zlarning ko'pligi asar tilining o'ziga xos jozibasini, tushunarli, o'qishli bo'lishini ta'minlagan.

REFERENCES

1. Йулдошев М.Чулпон сузининг сирлари. - Тошкент: Маънавият, 2002.

2. Миртожиев М. Туркий туб сузлар. - Тошкент, 2010.

3. Узбек тилининг изох,ли лугати. 5 жилдли. 1-5-жилдлар. - Тошкент. 2006-2008.

4. Узбек тили лексикологияси. - Тошкент: Фан, 1981.

5. Abdulhamid Cho'lpon. Kecha va kunduz.- Toshkent. Yangi asr avlodi.

6. Йулдошев М.М. Чулпоннинг бадиий тил мах,орати: Филол. фан. ном...дисс. -Тошкент. 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.