MEHNAT MIGRATSIYASI
Xo'jageldiyev Ibodulla Mamaradjab o'g'li
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar" fakulteti o'qtuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215776
Annotatsiya. O'zbekistonda mehnat migratsiyasining tarixiy masalalari tahlili, aholi bandligi to'liq ta'minlay olmayotganidan, mazkur sohani rivojlantirish va tartibga solish mexanizmlarining ishlamayotganidan, xususan bu borada islohotlar amalga oshirilishi kerakligidan dalolat beradi. O'zbekistonning yangi tarixini to'la yoritish uchun mehnat migratsiyasi masalasini chuqur o'rganish zarur deb hisoblaymiz.
Kalit so 'zlar: Migratsiyasi, Koreya, Surxondaryo, Jarqo'rg'on, Turizm, Tashqi ishlar vazirligi, UNICEF.
KIRISH
Mehnat migratsiyasi jarayonlari uzoq tarixga ega bo'lib, eramizga qadar ham odamlar o'zlarini mashg'ul qilish uchun bir hududdan boshqa hududga kochib yurgan. "Aholi migratsiyasi (lotincha migratio "ko'chish") - yashash joyini doimiy yoki vaqtincha o'zgartirish maqsadida ko'chishdir. Aholi migratsiyasiga iqtisodiy, oilaviy, etnik, diniy, siyosiy, ekologik (tabiiy) kabi omillar sabab bo'ladi. Dunyoda ishchi kuchining norasmiy migratsiyasi ko'payib bormoqda, bu holat jahon muammosiga aylanib bormoqda. Bu borada jaxon amaliyotining dalolat berishicha, «2019 yilda jahonda xalqaro migrantlar soni 272 millionga yetdi, bu esa 2010 yilga nisbatan 51 millionga ko'pdir. Xalqaro migrantlar butun dunyo aholisining 3,5 foizini tashkil etadi, bu ko'rsatkich 2000 yilda 2,8 foizni tashkil etgan»[1]. Endi buni O'zbekiston misolida ayrim manbalarga asoslanadiganbo'lsak, hozirgi kunda O'zbekistonlik mehnat migrantlari soni 5 mlnga yaqin.Hududimizdagi mehnat resurslar sonining yil sayin o'sib borishi aholining ish bilan bandligini ta'minlash borasida qiyinchiliklar tug'dirib, bu oz navbatida tashqi mehnat migratsiyasini kuchaytirdi.
ASOSIY QISIM
XX asr 90-yillarning birinchi yarmida migratsiya asosan, etnik harakterga ega bo'lib, o'zining tarixiy vataniga reemigratsiya qilgan rusiyzabon va boshqa mayda millatlarni qamrab olgan edi. O'z vataniga qaytib ketish ishtiyoqidagi ruslar, beloruslar, ukrainlar va tatarlar kabi (ruslar 45-48%, tatarlar 16- 17%, ukrainlar 5-6%, yevreylar 5-9%, nemislar 2-3% va o'zbeklar 78%) etnik guruxlarning o'z vatanlariga emigratsiyasi shaklida namoyon bo'ldi[2. b.18]. 1989 yildan 2002 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida mehnat migratsiyasi tufayli, Qozog'istondan 3 mln kishi, ya'ni jami aholisining 20 foizi, Tojikistondan 694 ming kishi (11% aholi), O'zbekistondan 1 mlndan ko'p kishi (4% aholi), Qirg'izistondan 360 ming (7 % aholi) kishi mamlakatdan chiqib ketishdi[3. b.110].
Mustaqilligimizning dastlabki yillardida Respublika ahalining ko'pchiligi Rossiya Federatsiyasiga borib ishlab kelmoqda edi. Ammo so'nggi yillar davomida Rossiya Federatsiyasining immigratsion qonunchiligida mehnat migrantlariga nisbatan talablarning kuchaytirilishi hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan o'zbekistonlik yoshlarning avvalgi avlodlardan farqli ravishda rus tilida yaxshi so'zlasha olmasligi keyingi vaqtlarda Rossiya yo'nalishidagi mehnat migratsiyasi sur'atlarini qisqartirishiga olib kelishi mumkin. O'z navbatida globallashuv jarayonlari natijasida kishilarning ongi va dunyoqarashidagi o'zgarishlar endilikda ularni til va madaniyatidan butunlay bexabar, ammo rivojlanish va turmush darajasi yuqori bo'lgan
mamlakatlarga borib ishlashni afzal ko'rishlariga sabab bo'lmoqda. Bu borada ayniqsa rus tilida yaxshi so'zlasha olmaydigan yosh mehnat resurslari rus tilini o'rganib, RossiyaFederatsiyasida quruvchilik va qishloq xo'jaligi kabi mavsumiy ishlarga emas, balki koreys, yapon va ingliz tillarini o'rganib, rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan AQSh, BAA, Turkiya, Isroil, Qozog'iston, Koreya va Yaponiya kabi mamlakatlarga ishlashga bormoqdalar[4. b. 21].
Respublika tashqi mehnat migratsiyasining yana bir oqimi uzoq xorij mamlakatlariga, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiyaga yo'naltirilgan. Ko'p yillardan buyon Koreya Respublikasi asosiy sheriklardan biri bo'lib kelmoqda. Bu mamlakatga 20 yil davomida ishga qariyb, 50 ming kishi jo'natilgan bo'lib, uzoq xorijga rasmiy ravishdaishga yuborilganlarning umumiy sonidan asosiy qismini tashkil qiladi. 1995 yilda O'zbekiston va Koreya Respublikalari o'rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, o'zbekistonliklar -Sanoat Stajirovkasi Dasturi asosida aholini ixtiyoriy ko'chirish davlat dasturlarini amalga oshirib kelmoqda[5. b. 128]. 19952007 yillar oralig'ida -Sanoat Stajirovkasi Dasturi asosida Koreya Respublikasida 19 mingta o'zbekistonliklar ish bilan ta'minlanishi uchun sharoit yaratildi. 2003 yildan boshlab Koreya xukumati xorijdan ishchi kuchini yollashda -Bandlikka Ruxsat berish Tizimi (Employment Permit System -YeRS) asosida faoliyat ko'rsata boshladi[6].
Lekin, ma'lum bir sabablarga kora Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Termiz va Afg'onistonga chegaradosh hududlarni Koreya fuqarolari uchun sayohat vaqtida alohida e'tibortalab hududlar ro'yxatiga kiritdi. Natijada Surxandaryo viloyatiga Koreya Respublikasida fuqorolar kelishi bir muncha kamayib ketdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Qo'mitaning bu boradagi sa'y-harakatlari o'z natijasini berdi. Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon-U viloyatga tashrif buyurdi, rivojlanayotgan infratuzilma hamda mintaqada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va turistik sanoat rivojlanishiga doir ma'lumotlarga ega bo'ldi. Jumladan, u mamlakatning bir necha sayyohlik markazida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan turistik politsiya faoliyati va xavfsiz turizm konsepsiyasi bilan yaqindan tanishdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha mehnat migrantlarining testlari va baholanishlarini o'tkazish va mehnat migrantlari ko'nikmalarini baholash uchun Memorandumni amalga oshirish doiralarida keltiriladigan test materiallari, Memorandumni amalga oshirishda ishtirok qilayotgan Bandlik va mehnat Vazirligi va Koreya Respublikasi inson resurslarini rivojlantirish Xizmati xodimlariga kirish vizalarini rasmiylashtirish masalalarida konsullik va boshqa yig'imlarni undirmasdan imtiyozli sharoitlar yaratildi[7] .
Qilingan bir qataor ishlar natijasida Surxondaryo viloyati Koreya Respublikasi fuqarolari uchun salohiyatli xavfli hududlar ro'yxatidan chiqarildi. Bu minglab koreyaliklarning O'zbekistonga sayohat qilishi uchun imkon yaratadi, shuningdek mamlakat bilan iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga turtki beradi[8].
Mehnat migrantlarining 3/5 qismi o'rta maxsus ma'lumotga ega shaxslar bo'lib, so'nggi yillarda bu ko'rsatkich muntazam ortib bordi. So'nggi 10 yilda bu ko'rsatkich deyarli 2 barobarga ortdi. Bu esa o'rta ma'lumotli migrantlar ulushining deyarli 2 barobar kamayishiga olib keldi. Dinamikaning bunday o'sishi asosiy sabab tashqi mehnat migratsiyasida 30 yoshgacha hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchisi bo'lgan yoshlar ulushining keskin ortib borishi bilan izohlanadi. Odatda, to'liq o'rta hamda o'rta maxsus ma'lumotli migrantlar qishloq aholisi orasida ko'pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, oliy ma'lumotli migrantlarning ulushi ham muntazam ravishda ortib borib, 2018 yilda esa jami migrantlarning 7,7 foizini tashkil etdi. Oliy ma'lumotli migrantlar
shahar aholisi ichida ko'pchilikni tashkil etadi. O'zbekiston har yili oliy va o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan mutaxassislarning bir qismini yo'qotmoqda. Ular migratsiya jarayonida o'z kasb-malaka ko'nikmalaridan mahrum bo'lmoqdalar.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Surxandaryo viloyatidan 2020 yil yanvar-mart bo'yicha ko'chib kelganlar soni 2222 kishini, shu davr mobaynida ko'chib ketganlar soni esa 2919 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig'i minus 697 kishiga (2019 yilning shu davrida - minus 743 kishi) teng bo'ldi. Eng katta minus qoldiqlar Jarqo'rg'on (minus 194,) Qiziriq (minus 139 ), va Qumqo'rg'on (minus 112) hamda Sariosiyo (minus 127 ) kuzatildi[9].
Shuningdek, o'tgan yillar davomida mehnat migratsiyasida feminizatsiyalashuv jarayoni kuzatilib, migrantlarning 47,5 foizini - ayollar tashkil qilmoqda[10. b. 28]. Ayollar soni oshishi -migrant bolalar soniningoshishini anglatadi. Bunda ayollar kuzatib boruvchi shaxs sifatida emas, tirikchilik vositalarining asosiy topuvchisi sifatida migratsiya qiladilar. Aksariyat holatlarda bu jarayon odam savdosi, majburiy mehnat, shahvoniy ekspluatatsiya, surrogat onalik kabi g'ayriqonuniy faoliyat bilan shug'ullanishlariga olib kelmoqda.
UNICEF tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarda ota-onalarning migratsiyasi, xususan, bolaning ta'lim olishiga, sog'lig'iga, ovqatlanishigava ijtimoiy holatigi salbiy ta'sir ko'rsatib, tushkunlik (depressiya) holatini keltirib chiqarishi aniqlangan. Uning zimmasiga uy yumushlarining yuklatilishi bolaning erta ulg'ayishiga sabab bo'ladi. Ko'pincha onalar 6 yoshga to'lmagan bolalarini tashlab, migratsiya qilishmoqda. Bu yillar bolalarning rivojlanishida muhim davr sanaladi. Chunki bu yosh ota-onalar bilan bolalar o'rtasida munosabatlar o'rnatish davri hisoblanadi. Tabiiyki ota-onasi ketgan bolalarning ruhiyatida o'zgarishlar kuzatiladi. Xalqimiz orasida vasiylar qo'lida qolgan farzandlar tarbiyasida tajovuzkorlikning har xil turlari: qoidalarga amal qilmaslik, mushtlashish, kattalarga va tengdoshlarga nisbatan qo'pollik, uydan ketib qolish, odamovi bo'lib qolishlari uchrab turadi. Bolalarning qariyb 37 foizi qarindoshlari qaramog'ida yashaydi. Vasiylar bolalarni tarbiya va nazorat qilishda turli usullardan foydalanishadi: bolalarning 12 foizi imtiyozlardan mahrum qilingan,3 foizi telba, dangasa va shu kabi so'zlar bilan kamsitilgan, bolalarning8 foiziga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lgani sotsiologik tadqiqotlarda aniqlangan[11]. O'zbekistonda so'nggi yillarda tashqi mehnat migratsiyasi tizimini tartibga solish borasidagi islohotlar O'zbekiston yangi hukumatning asosiy vazifasiga aylandi. Mamlakatimiz rahbari qo'shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish jarayonida mehnat migratsiyasiga ham katta e'tibor qaratmoqda. Davlat rahbari bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o'tadi: -... davlat tashrifi chog'ida mehnat migratsiyasi bo'yicha muhim kelishuvga erishdik. Bizning bu boradagi pozitsiyamiz aniq: odam qaerda bo'lsa ham ishlashi, oilasi, bola-chaqasini boqishi kerak[12. b. 474].
MUHOKAMA
Shu bilan birga mehnat migratsiyasi o'zining salbiy oqibatlari namoyon qilmoqda: 1) Odatdagi turmush tarzining buzilishi; 2) Oilaviy ajrimlarva farzandlarning yetim o'sishi; 3) Ko'pgina mehnat migrantlarining mehnat imkoniyatlaridan samarasiz foydalanishi; 4) Eng serg'ayrat va ishchan ish kuchining respublikadan chiqib ketishi; 5) Respublika mehnatga layoqatli aholisining bir qismidan mahrum bo'lish xavfi.
XULOSA
Shuni ta'kidlash joizki, aholi bandligi masalasi O'zbekistonda doimo keskin ijtimoiy muammolardan bo'lib kelgan. Mustaqillik yillarida respublikada mehnat bozorini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmagani sohani murakkab vaziyatga keltirdi. Mehnat
migratsiyasi masalasi O'zbekiston tarixshunosligida kam o'rganilgan yo'nalishlaridan biri bo'lib,
bu sohani tadqiq etish o'ta muhimligini ko'rsatmoqda.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. International Organization for Migration (IOM), The UN Migration Agency. World migration report 2019. International Organization for Migration. 17 route des Morillons. P.O. Box 17.1211 Geneva 19
2. Qодирова З.А. Глобаллашув шароитида О'збекистоннинг халqаро MehHaT бозорига интеграциялашуви. ^т. фан. фалс. докт. (PhD) автореф. дисс -Тошкент: Тошкент давлат шарqшунослик институти, 2018.Б-18.
3. Тожиева З.Н. -О'збекистон Республикасида демографик жараёнлар ва уларнинг
Иудудий хусусиятлари!!. Геог. фан. докт (DSc). дисс......-Тошкент: О'збекистон Миллий
университети, 2017. Б-110.
4. Qодирова З.А. Глобаллашув шароитида О'збекистоннинг халqаро меИнат бозорига интеграциялашуви.^т. фан. фалс. докт. (PhD) автореф. дисс -Тошкент: Тошкент давлат шарqшунослик институти, 2018. -21-бет.
5. Тожиева З.Н. -О'збекистон Республикасида демографик жараенлар ва уларнинг
Иудудий хусусиятлари!!. Геог. фан. докт (DSc). дисс......-Тошкент: О'збекистон Миллий
университети, 2017. -128-бет
6. Young-bum Park. South Korea: Balancing Labor Demand with strict controls www.migrationinformation.com
7. Президент Жанубий Корея билан меhнат миграцияси соhасида hамкорликни кенгайтириш Лора-тадбирларини тасдиqлади // www.uzdailyuz/articles-id-16585.html
8. https://kun.uz/73354149?q=%2Fuz%2F73354149
9. https://www.surxonstat.uz/uz/?preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile. download&catid=100&id=1483&Itemid=1000000000000
10. Муртазаева Р. О'збекистон - ж^он миграция жараенларининг ажралмас qисми. Жамият ва инновациялар журнали. Special Issue - 2, №01 (2020). 28 бет
11. ЮНИСЕФ томонидан о'тказилган «О'збекистон шароитидаги миграциянинг болаларга та'сири» тадqиqотининг тo'лиq Иисоботи (2019) https://www.unicef.org/uzbekistan/en/reports/study-report-effects- migration-children-uzbekistan
12. Мирзиеев Ш.М. Миллатлараро до'стлик ва ИамжиИатлик - халqимиз тинсИлиги ва фаровонлигининг Иаетбахш манбаи//Миллий тараqqиëт йо'лимизни qат'ият билан давом эттириб, янги босqиchга ко'тарамиз. 1- жилд. Тошкент: НМИУ, 2018. - Б.474.