Научная статья на тему 'MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY ZARURIYATI'

MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maxsus iqtisodiy zona / erkin iqtisodiy zona / texnopark / texnopolis / ilmiy-texnik tijorat parki / kichik tadbirkorlik zonasi / turistik zona. / Special economic zone / free economic zone / technopark / technopolis / scientific and technical commercial park / small business zone / tourist zone.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Saidaxmedova D.S.

Ushbu maqolada maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish zaruriyati va uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilgan. Unda maxsus iqtisodiy zonalarning shakllari va tashkil etish maqsadlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC NECESSITY OF ORGANIZING SPECIAL ECONOMIC ZONES

This article discusses the need to create special economic zones and the factors influencing their effective functioning. The forms of special economic zones and the purposes of their creation are described.

Текст научной работы на тему «MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY ZARURIYATI»

Saidaxmedova D.S.

Jizpi dotsenti, p.f.n.

G'oyibnazarova Sh.

OMU Jizzax filiali 2 bosqich magistranti

MAXSUS IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY ZARURIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish zaruriyati va uning samarali faoliyat ko'rsatishiga ta'sir qiluvchi omillar o'rganilgan. Unda maxsus iqtisodiy zonalarning shakllari va tashkil etish maqsadlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar. maxsus iqtisodiy zona, erkin iqtisodiy zona, texnopark, texnopolis, ilmiy-texnik tijoratparki, kichik tadbirkorlik zonasi, turistik zona.

Saidakhmedova D.S.

associate professor JizPI

Goyibnazarova Sh.

2nd stage graduate student

UMU Jizzakh branch

ECONOMIC NECESSITY OF ORGANIZING SPECIAL ECONOMIC

ZONES

Annotation. This article discusses the need to create special economic zones and the factors influencing their effective functioning. The forms of special economic zones and the purposes of their creation are described.

Keywords. Special economic zone, free economic zone, technopark, technopolis, scientific and technical commercial park, small business zone, tourist zone.

Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarida 5000 ziyod maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat yuritmoqda. Ular ishlab chiqarishga ilg'or texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, mahalliy mahsulot va xizmatlarning raqobatdoshligini oshirish, bandlikni ta'minlash kabi dolzarb muammolarni hal etishda ulkan hissasini qo'shish orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bugungi kunda, jahon savdo aylanmasining 20-25 foizi maxsus iqtisodiy zonalar hissasiga to'gri keladi va bu ulush o'sishda davom etmoqda.

мЭкономнка h ^uyM" №3(118)-2 2024

www.iupr.ru

300

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda jahonda maxsus iqtisodiy zonalarning quyidagi shakllaridan keng foydalaniladi: erkin iqtisodiy zona, erkin savdo zonasi, texnopark, texnopolis, ilmiy-texnik tijorat parki, kichik tadbirkorlik zonasi, turistik zona va hokazo. Shu jumladan, mamlakatimizda ham maxsus iqtisodiy zonalarning quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin: erkin iqtisodiy zonalar, maxsus ilmiy-texnologik zonalar, turistik-rekreatsion zonalar, erkin savdo zonalari, maxsus sanoat zonalari9. Bu yerda:

Erkin iqtisodiy zona - yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta'minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.

Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to'plangan hudud.

Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog'lomlashtirish, savdo-ko'ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat ko'rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko'rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni ta'minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.

Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo'lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o'rab -joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o'z ichiga oladi.

Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo'jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma'muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o'z ichiga oladi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning qaysi shakli bo'lishidan qat'iy nazar, ular har bir davlatning rivojlanish darajasi, iqtisodiy ahvoli, mavjud geografik, iqtisodiy yoki boshqa afzalliklaridan kelib chiqqan holda, turli maqsadlarda tashkil etiladi. Buni quyidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin (1-jadval)

9 O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi "Maxsus iqtisodiy zonalar to 'g'risida" gi 0'RQ-604-sonli Qonuni

1-jadval. AQSh, Xitoy, Rossiya va O'zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni __yaratishning asosiy maqsadlari_

Mamlakat, EIZ tashkil etilgan yil Asosiy maqsad

AQSH, 1934 y - muayyan sohalarda iqtisodiy faoliyatni kengaytirish orqali milliy sanoatning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish (eski sanoat hududlari yoki ba'zi tarmoqlarning tushkunlikka tushgan korxonalarning holatlari); - ishsizlik darajasini pasaytirish

Xitoy, 1978 y - turli siyosiy usullar bilan tajribalar o'tkazish; - xorijiy kapitalni, ilg'or texnologiyalarni jalb qilish; - eksport, valyuta tushumini oshirish; - qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish; - hududlar o'rtasidagi raqobatni rag'batlantirish

Rossiya, 2005 y - iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlari, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, iqtisodiyot, turizm, kurort sektori, port va transport infratuzilmalarni rivojlantirish; - texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning natijalarini tijoratlashtirish; - yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish

O'zbekiston, 1996 y - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish; - chet el kapitalini jalb qilish; - istiqbolli texnologiyalarni jalb qilish; - boshqaruv tajribasini jalb etish.

O'zbekiston Respublikasining "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, maxsus iqtisodiy zona deganda, tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo'lgan hudud tushuniladi. Shundan kelib chiqqan holda, maxsus iqtisodiy zonaning asosiy maqsadi davlatning chekka hududlari va iqtisodiy kam ta'minlangan hududlariga investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o'rinlari yaratish, texnologiya va iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirishga ko'maklashishga qaratilgan.

Maxsus iqtisodiy zona (keyingi o'rinlarda MIZ) va erkin iqtisodiy zona (keyingi o'rinlarda EIZ) o'rtasidagi asosiy farq, har bir hududning siyosiy va iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqadi. MIZlar ma'lum bir hududni rivojlantirish maqsadida, EIZlar esa aniq tarmoqlarga investorlarni jalb qilish va alohida xizmatlar ko'rsatish maqsadida tashkil etiladi. Bundan tashqari, har bir hududning o'ziga xos talablari ham mavjud. Masalan, MIZda ro'yxatdan o'tish uchun tadbirkorlar investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish mezonlariga javob berishi kerak. MIZlar ko'pincha infratuzilma, transport va savdo aloqalari mavjud strategik joylarda tashkil etiladi. Ular mintaqaning iqtisodiy o'sishi va rivojlanishini rag'batlantiradi.

Mamlakatda maxsus iqtisodiy zona yoki erkin iqtisodiy zonani tashkil etishda, qaysi biri samarali ekanligini to'g'ri tanlashga yordam beradigan bir qator omillarni hisobga olish muhim hisoblanadi:

мЭкономнка h соцнумм №3(118)-2 2024

www.iupr.ru

302

• Joylashuvi bo'yicha: MIZlar, qoida tariqasida, yirik shaharlardan uzoqda joylashgan hududlarda, ElZlar esa shahar chegaralarida ham joylashtirilishi mumkin. Shuning uchun, xorijiy investor uchun kompaniyaning qayerda joylashishi hal qiluvchi omil bo'lmasa, u holda MIZ eng yaxshi tanlov bo'ladi.

• Byudjeti bo'yicha: ElZlarga investitsiyalarni jalb qilish qulayroq va moslashuvchan bo'lishi mumkin, ammo MIZning soliq bilan bog'liq xarajatlarini qoplash qobiliyati ushbu qo'shimcha xarajatlarni ham qoplashi mumkin.

• Soliq imtiyozlari bo'yicha: xorijiy investor uchun ikkala hudud ham soliq imtiyozlarini beradi, lekin MIZda, ayniqsa, korxona ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadigan bo'lsa, soliq siyosati yanada qulayroq bo'lishi mumkin. Chunki, MIZda mamlakat iqtisodiyotiga kapital oqimini rag'batlantiradigan maxsus soliq, bojxona va investitsiya imtiyozlari mavjud. Bu o'z navbatida xorijiy investorlarga MIZ hududida biznesga kamroq yuk va qulayroq sharoitlarda xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanishlariga keng imkoniyat yaratadi.

• Import-eksport bo'yicha: Agar kompaniya eksport bilan shug'ullansa, u holda EIZ eng yaxshi tanlov bo'lishi mumkin. Boshqa tomondan, MIZ import o'rnini bosuvchi va bozor iqtisodiyoti bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar uchun foydaliroq bo'lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, MIZda iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarini rivojlantirish va yangi ish o'rinlari yaratishga, EIZda esa, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Davlatning iqtisodiy-hududiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda bu farqlarni hisobga olish muhim o'rin tutadi. Puxta o'ylangan davlat siyosati hamda puxta ishlab chiqilgan imtiyoz va preferensiyalar tizimi, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishga ko'maklashuvchi muntazam investitsiyalarning mavjudligi maxsus iqtisodiy zonalarning barqaror rivojlanishini ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Saidahmedova, D. Management Analysis and Innovation Management Model. Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd), ISSN, 2456-6470.

2. Saidakhmedova, D. (2019). Development of management of tourism in the Dzhizak area of the republic of Uzbekistan. Theoretical & Applied Science, (7), 382-385.

3. Saidbaxromovna, S. D., & Muhabbat, X. (2022). Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishga ta'sir etuvchi omillar. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 124-128.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.