Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYODA HARBIY VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA O’ZBEKISTONNING O’RNI'

MARKAZIY OSIYODA HARBIY VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA O’ZBEKISTONNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
230
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Markaziy Osiyo / BMT / MDH / SHHT / integratsiya / konsepsiya / afg’on muammosi / delimitatsiya / demarkatsiya

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Nurmetov Sherzodbek Maxsudbekovich

Bugungi kunda O’zbekiston qo’shni davlatlar bilan ochiq, do’stona va o’zaro manfaatli hamkorlik jarayonlarini yangi bosqichga ko’tarishda jonbozlik ko’rsatib olg’a qadamlar tashlamoqda. Markaziy Osiyoning geosiyosiy subyekti sifatida O’zbekiston mintaqa tinchligi va xavfsizligi uchun turli xavflarga qarshi qalqon vazifasini bajaradi. Ushbu maqolada mintaqada O’zbekistonning o’rni va roli o’rganilib tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYODA HARBIY VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA O’ZBEKISTONNING O’RNI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

MARKAZIY OSIYODA HARBIY VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA

O'ZBEKISTONNING O'RNI Nurmetov Sherzodbek Maxsudbekovich

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10144212

Annotatsiya. Bugungi kunda O 'zbekiston qo'shni davlatlar bilan ochiq, do'stona vao'zaro manfaatli hamkorlik jarayonlarini yangi bosqichga ko'tarishda jonbozlik ko'rsatib olg'a qadamlar tashlamoqda. Markaziy Osiyoning geosiyosiy subyekti sifatida O'zbekiston mintaqa tinchligi va xavfsizligi uchun turli xavflarga qarshi qalqon vazifasini bajaradi. Ushbu maqolada mintaqada O 'zbekistonning o'rni va roli o'rganilib tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, BMT, MDH, SHHT, integratsiya, konsepsiya, afg'on muammosi, delimitatsiya, demarkatsiya

Аннотация. Cегодня Узбекистан активно предпринимает шаги по продвижению на новый уровень процессов открытого, дружественного и взаимовыгодного сотрудничества с соседними государствами. Как геополитический субъект Центральной Азии, Узбекистан выступает в качестве щита от различных угроз для мира и безопасности региона. В данной статье изучено и проанализировано место и роль Узбекистана в регионе.

Ключевые слова: Центральная Азия, ООН, СНГ, ШОС, интеграция, концепция, афганская проблема, разграничение, демаркация.

Abstract. Today Uzbekistan is taking forward steps to take the processes of open, friendly and mutually beneficial cooperation with neighboring countries to a new level. As a geopolitical subject of Central Asia, Uzbekistan acts as a shield against various dangers to the peace and security of the region. In this article, the role and role of Uzbekistan in the region was studied and analyzed.

Keywords: Central Asia, UN, CIS, SCO, integration, concept, Afghan problem, delimitation, demarcation

KIRISH. Markaziy Osiyo mintaqasi jahonning strategik ahamiyatga molik mintaqalaridan bin hisoblanadi. Mazkur mintaqada sodir bo'layotgan shiddatli o'zgarishlar jahon siyosiy hayotiga ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Bugungi kunda mazkur mintaqada yetakchi davlatlarning manfaatlari o'zaro kesishmoqda, turli xil noan'anaviy tahdidlar ham hamon saqlanib qolmoqda. Shunday sharoitda Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida mintaqaviy diplomatiyani mustahkamlash va dolzarb muammolarni o'zaro birgalikda hal etish zarurati paydo bo'lmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi o'zining geosiyosiy jonbozligi va amaliy sa'y-harakatlari orqali mintaqada shunday diplomatik muhitni shakllantirishga muvaffaq bo'ldi.

Asosiy qism. Markaziy Osiyoning qoq yuragida O'zbekistonning joylashgani mintaqada uning geosiyosati ko'p jihatdan hal qiluvchi rol va ta'sirga egaligini ko'rsatib beradi. 2012-yil 12-sentabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi to'g'risidagi" qonunda O'zbekistonning tashqi siyosiy faoliyati belgilab o'tilgan. Mazkur qonunda, O'zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo'nalishi Markaziy Osiyo mintaqasi bo'lib, konsepsiyada O'zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirishda siyosiy-diplomatik vositalar sifatida siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va hal etish yo'llarini birgalikda izlash, O'zbekiston milliy manfaatlarini, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan tashqi siyosiy tashabbuslarni ishlab chiqish va boshqa

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

vositalar sanab o'tiladi. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan to'plangan muammolarni siyosiy maslahatlashuvlar orqali hal qilish hamda mintaqa davlatlarini faol muloqot va hamkorlikka chorlashda O'zbekistonning o'rni alohida e'tiborga molik. Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlar jadal tarzda rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyoda yangi geosiyosiy ishonch muhiti vujudga kelmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi mavjud bo'lgan bir qator muammolar borgan sari kamayayotgani aynan O'zbekistonning bu boradagi o'rni bilan chambarchas bog'liq. O'zbekiston geosiyosatining amaliy ifodasiga aylangan quyidagi mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi tadbirlarni misol sifatida keltirish mumkin:

- Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari

- "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusida Samarqand xalqaro konferensiyasi;

- "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida Afg'oniston bo'yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi. Bu tashabbuslar albatta, O'zbekiston tashqi siyosati tinchlikka asoslangani har qanday muammolarni birgalikda hal etish va qurolli nizolarni oldini olishda faol subyekt sifatida o'z salohiyati va imkoniyatlarini muntazam safarbar etib kelayotganidan dalolatdir. O'zbekistonning mintaqadagi ro'li strategik xususiyatga ega bo'lgan omillarga asoslanadi. Birinchidan, O'zbekiston mintaqadagi eng ko'p aholi yashaydigan davlat. Bugungi kunda O'zbekiston aholisi 36 mlnga yetdi bu holat mintaqada O'zbekistonning demografik ulushi katta ekanligini ko'rsatadi. [1.b-29] Ikkinchidan, O'zbekiston mintaqaning besh mamlakati bilan umumiy chegaraga ega bo'lgan yagona davlat hisoblanadi. O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida, qoq markazida joylashgan. Uchinchidan, harbiy salohiyat bo'yicha O'zbekiston mintaqa davlatlari orasida birinchi o'rinda turadi. O'zbekiston o'z o'rni va mavqeiga ko'ra Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlarida ko'proq ta'sir ko'rsatish salohiyatiga ega. 2017-yildan boshlab o'zbek diplomatiyasida sifat jihatdan butunlay yangi sahifa ochilib, respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Buning asosoiy sababi

- mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan dunyoga ochiqlik siyosati, birinchi navbatda yaqin qo'shnilarimiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi. Shu jihatdan olib qaraganda, O'zbekiston rahbari o'tgan yillar mobaynida barcha Markaziy Osiyo davlatlariga davlat tashrifi bilan tashrif buyurdi va mintaqada o 'ziga xos muhit yaralishiga sababchi bo'ldi. Shu boisdan mamlakatimiz tashabbus bilan 2017-yil 11-avgust kuni Toshkentda bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo

- O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishi" mavzuidagi xalqaro konferensiyada mintaqaviy ahamiyatga molik eng muhim masalalar yuzasidan O'zbekiston va unga qo'shni davlatlarning zamonaviy mintaqaviy siyosati, nuqtai nazar hamda yondashuvlarining turli qirralari batafsil muhokama etildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. 2018 yilning 15-martida Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bo'ldi, bu uchrashuv davomida O'zbekiston ko'plab manfaatli takliflarni ilgari surdi: Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash sohasida samarali mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi zaxira va amaliy mexanizmlarni izlash; savdo-iqtisodiy, innovatsiya, investitsiya,

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik bo'yicha aniq dasturlar

— "yo'l xaritalari"ni ishlab chiqish; eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha keng fikr almashish, ular bo'yicha umumiy pozitsiyani kelishib olish hamda uni keyin BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surish. Bunday uchrashuvlarning har yili o'tkazilib turilishi mintaqadagi muammolarni hal etish orqali ishonchli mintaqaviy hamkorlikning mustahkamlanib borishiga sabab bo'lmoqda. Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligi haqida so'z yuritganda "Afg'on" mavzusi doimo birinchi o'rinda tilga olinadi. Afg'oniston Markaziy Osiyoga qo'shni davlat sifatida va turli omillarga ko'ra Markaziy Osiyo uchun strategik darajada ahamiyatlidir. [2.b-251] Bugungi kunda Afg'oniston turli mezonlarga ko'ra Markaziy Osiyoning muhim bo'lagidir. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan to'plangan muammolarni siyosiy maslahatlashuvlar orqali hal qilish hamda mintaqa davlatlarini faol muloqot va hamkorlikka chorlashda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'rni alohida e'tiborga molik. Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda "yaxlit xavfsizlik" tamoyiliga rioya qilish, jumladan, Afg'onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlariga qo'shilishiga har tomonlama ko'maklashish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezda yakunlash, mintaqa suv resurslaridan mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda samarali foydalanish hamda Markaziy Osiyoda madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, "xalq diplomatiyasi"ni eng muhim vosita sifatida rivojlantirish masalalariga alohida e'tiborini qaratd i. [3. b-100] 2018-yilning 22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" rezolyusiyasi qabul qilindi.

O'zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjat loyihasini BMTga a'zo barcha mamlakatlar bir ovozdan qo'llab-quvvatladi. Afg'on muammosi o'z ta'sir doirasi va ko'lami jihatidan jahonning eng dolzarb ahamiyat kasb etuvchi hamda yechimi murakkab muammolaridan biri sifatida saqlanib qolmoqda. Shubhasiz, afg'on muammosi unga qo'shni bo'lgan mintaqa mamlakatlari, xususan Markaziy Osiyoning muhim halqasi hisoblangan O'zbekiston tashqi siyosatida markaziy o'rinni egallaydi. Shu bois, O'zbekiston afg'on mojarosini faqat siyosiy yo'l, ya'ni muzokaralar o'tkazish yo'li bilan hal etishga qaratilgan jarayonlarni to'la qo'llab-quvvatlab kelmoqda.

Umuman, Afg'oniston inqirozi o'zida ichki, mintaqaviy va global darajadagi kuchlarni jalb etgan murakkab muammo ekanligini ko'rish mumkin. Bu holat barcha tomonlarni geosiyosiy jihatdan murosaga kelishini, tinchlik o'rnatish yuzasidan faol va muntazam muzokaralar amaliyotini safarbar etishni taqozo etadi. Tomonlarni ayni shunday murosaga va muzokaralarga jalb etish tajribasi O'zbekiston geodiplomatik yondashuvlari va strategik qarashlari misolida o'z aksini topadi. Ta'kidlash o'rinliki, O'zbekiston tashabbusi asosida qabul qilingan xalqaro hujjatlar umummintaqa barqarorligi va ravnaqining huquqiy bazasini mustahkamlashda katta ro'l o'ynaydi. Aynan afg'on muammosiga bag'ishlangan "6+2", "6+3" muloqot guruhlari O'zbekison tashabbusi bilan amalga oshirilgan. [4. b-158] Umuman olganda, O'zbekistonning mintaqa miqyosdagi roli, ta'siri, geosiyosiy salohiyati va nufuzi mintaqada o'zaro hamkorlik xavfsizlik masalalarini birgalikda hal etishga qaratilgan. O'zbekiston geosiyosati mintaqaviy geosiyosat xususiyatiga ega bo'lib, mintaqaga harbiy-siyosiy bosim o'tkazish mexanizmlarini tamomila rad etadi, mintaqada barqarorlik, taraqqqiyot va tashqi kuchlarning o'zaro muvozanatini ta'minlashga asoslangan siyosatni ustuvor deb hisoblaydi. O'zbekiston uzoq yillar davomida mintaqaviy xavfsizlikka

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

tahdid tug'diruvchi terrorizm, eksterimizm, narkotik moddalar savdosi singari omillarga qarshi munosib kurash olib bordi va mintaqaviy xavfsizlikning kafolati ekanligini amalda namoyon qildi.

Umume'tirof etilgan geosiyosiy qarashlar O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy yadrosi ekanligidan dalolat beradi. O'zbekiston geosiyosiy sa'y harakatlari tufayli Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, Afg'oniston ham jahon hamjamiyatining e'tibor obyektiga aylanib bormoqda. O'zbekiston esa ushbu geosiyosiy jarayonlarning faol subyektiga aylanib bormoqda.

REFERENCES

1. Bo'ronov S.M. Afg'onistonda tinchlik va barqarorlik o'rnatish jarayonlarida O'zbekiston geosiyosati. - T.: EFFECT-D, 2021. b-150-165.

2. Bo'ronov.S. O'zbekiston geosiyosati: Toshkent: EFFECT-D 2021 b-94-102.

3. S.Bo'ronov, H.Azimov; - Sharq mamlakatlarida xavfsizlik muammolari va mojarolar: T.: 'EFFECT-D", 2023 b-250-255.

4. S.Safoyev. Markaziy Osiyodagi geosiyosat: Toshkent: 2005 b-29-32

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.