Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-423-426
MARK TVEN QALAMIGA MANSUB HIKOYALAR "STORIES" ASARINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MORFOLOGIK TRANSFORMATSIYALAR
Charos Shavkatovna Ne'matova
Termiz davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Mark Tveyn tomonidan yozilgan hikoyalar tarkibidagi transformatsiyalarning ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazardan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Maqolada "Million funtlik banknote" (The £1.000.000 Bank-note), "Omad" -"Luck", "Kichkina yomon bola"-"Bad little boy" "Edvard Mills va Jorj Benton" -"Edvard Mills and Jorj Benton" "Pari" "Fairy" hikoyalari transformatsiyalar va transliteratsiyalar yuzasidan tahlil qilish uchun tanlab olindi.
Kalit so'zlar: transformatsiya, sintaktik, leksikologik, semantik, morfologik, transliteratsiya, ingliz-o'zbek tarjima.
ABSTRACT
This article analyzes the translation of the translations of the stories written by Mark Twain from English into Uzbek and their essence from a linguistic point of view, taking into account the factors influencing its understanding. "The £ 1.000.000 Bank-note", "Luck", "Bad little boy", "Edvard Mills and Jorj Benton", "Fairy" stories selected for analysis on transformations and transliterations.
Keywords: transformation, syntactic, lexicology, semantic, morphological, transliteration, English-Uzbek translation.
KIRISH
Asarlarni transformatsiyalar yuzasidan tahlil qilish tarjima sohasining navqiron ilmiy yo'nalishlaridan biridir. Keyingi paytlarda yuzaga kelayotgan lingvistik tamoyil muammolariga katta e'tibor berilmoqda. Yaratilayotgan ko'pchilik tadqiqotlarda tarjima nazariyasining juz'iy masalalari bilan bir qatorda mazkur umumnazariy
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-423-426
muammolar ustida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa lingvistik tarjimashunoslikning tadqiqotchilar e'tiborini borgan sari ko'proq o'ziga tortayotganligidan dalolat beradi. Ikki tildagi gap tuzilishi va ma'nosida farqlar bo'lishiga qaramag tarjimon ekvivalentlikka erishish maqsadida transformatsiyalardan foydalanishi kerak. Transformatsiyalar yuzasidan I. G'ofurov, O. Mo'minov, N. Qambarov va boshqa olimlar tomonidan anchagina ishlar qilingan.
Maqola obyekti sifatida tanlangan "Hikoyalar" asari muallifi Mark Tven asarlari o'zbek o'quvchilari uchun begona emas. Mark Tven — haqiqiy ismi Samuel Langhorne Kelmens buyuk amerikalik yozuvchi, satirachi, jurnalist va ma'ruzachi. U Amerikaning eng yaxshi va eng sevimli yozuvchilaridan biridir. "Million funtlik banknota" — bu Mark Tven yozuvchilik faoliyatining oxirida nashr etilgan qisqa hikoya. Qo'shma shtatlardagi adabiy realizm harakatida mintaqa, sinf va ijtimoiy-siyosiy jihatlarni yoritgan yozuvchi sifatida allaqachon shuhrat qozongan Tven o'zining oldingi ishidan "Million funtlik banknota"ni AQSHda emas, balki Londonda o'rnatish orqali tark etdi.
IZLANISHLAR METODOLOGIYASI VA ADABIYOTLAR TAHLILI
Maqola uchun tadqiqot davomida qiyosiy adabiyotlar, lingvistik atamalarning qarama-qarshi va tavsifli tarjima hamda badiiy tarjimaning stilistik tahlillari o'rganildi. I. G'ofurov, O. Mo'minov, N. Qambarovning "Tarjima nazariyasi", E. Ochilovning "Badiiy tarjima masalalari", G'aybulla Salomovning "Tarjima tashvishlari", J. K. Solijonovning bitiruv malakaviy ishi kabi o'quv qo'llanma va monografiyalardan foydalanildi. Maqolada leksikologik va morfologik muammolar yoritib berilgan.
NATIJALAR
Mazkur maqolada tarjima obyekti sifatida tanlab olingan asarda berilgan gaplarda leksikologik, morfologik, sintaktik transformatsiyalardan foydalanib tarjima tiliga o'girishda duch kelingan muammolar ko'rib chiqilgan.
MUHOKAMA
Tarjima qilinayotgan asar sarlavhasidanoq transfarmatsion hodisaga duch kelgan, tarjima jarayoni murakkab va muzokarali vaziyat bo'lganligi sababli asliyat tilidan tarjima tiliga o'girilganda bir qancha transfarmatsion xodisalar va transliteratsiyalar yuzaga kelishi tabiiy holat. Endi, asardagi bir qancha gaplarni
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-423-426
transformatsiyalar va transliteratsiyalar yuzasidan tahlili ko'rib chiqiladi.
"There he sat, the man himself, in person, all covered with medals''. Mazkur gapda tarjimava bo'yoqdorlik berish va tarjimani konkretlashtirish uchun tarjimaning so'z qo'shish usulidan foydalanilgan.
"Like a slave" so'zi ingliz tilida uchta so'z o'rnini, o'zbek tiliga tarjima qilinganda esa "quldek" deya so'zi bilan almashadi bu esa leksikologik transformatsiyaga misol bo'la oladi. "Such an accident does not happen more than once in a hundred years" "Bunday baxtsiz hodisa yuz yilda bir martadan ortiq sodir bo'lmayd"i deya tarjima qilinishi kerak edi. Leki, tarjimon tomonidan " "Bunday voqea yuz yilda bir marta sodir bo'ladi" deya tarjima qilinib tarjimaning umumlashtirish usulidan foydalanildi.
"My heart jumped into my mouth" birikmasini to'g'ridan- to'g'ri tarjima qilinadigan bo'lsa, "yuragim og'zimga otildi" deya tarjima qilinishi kerak edi. Ammo bunday birikma o'zbek kitobxonlari uchun g'aliz ekanligi sababli "Nafasim bo'g'zimga tiqildi" deya tarjima qilish o'rinli deb topildi. Bu esa leksikologik transformatsiyaga misol bo'la oladi.
Transliteratsiya (lotincha: "trans" - "qarshi", "orqali" va "littera" - "harf') deb bir yozuv tizimidagi matnni boshqa yozuv tizimidagi belgilar bilan berishga aytiladi. Transliteratsiya bir xil grafik tizim asosida yozilgan matnlar yoki alohida so'zlarni boshqa bir grafik tizim (alifbo) vositalari bilan harfma-harf aks ettirish. Hikoyalarda transliteratsiya usuli orqali tarjima qilingan so'zlarga namunalar: Shep O'neal - Shep Onil Arthur Scoresby - Artur Skorsbi Woolwich - Vulvich Napoleon - Napalyon Socrates - Suqrot Solomon - Sulaymon Instructor - Instruktor Julius Ceasar - Yuliy Sezar
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, tarjima jarayonida ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda morfologik, sintaktik, leksikologik muammolarga duch kelishi yoritib berilgan.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-423-426
REFERENCES
1. https://uz.shhttps inshu-navi.com/2a0-things-you-didnt-know-about-anne-franks-diary-0e4b26
2. "LEXICAL AND GRAMMATICAL PROBLEMS OF "HARRY POTTER" NOVELS FROM ENGLISH INTO UZBEK" Dissertation for academic master's degree TERMIZ-2018
3. Kamoljonovich, Solijonov Juraali. "JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.1 (2022): 334-343.
4. https://uz.shinshu-navi.com/2a0-things-you-didnt-know-about-anne-franks-diary-0e4b26
5. Oxford University. Oxford Dictionary of Current English. - USA: Oxford
6. University press, 2006.
7. https: //books .google.co.uz/books/about/The_Diary_of_a_Young_Girl .html?i d=iJUuvgAACAAJ&source=kp_book_description&redir_esc=y
8. http: //www.merriamwebster.com/dictionary/querulous