Научная статья на тему 'MAQSUD SHAYXZODANING “JALOLIDDIN MANGUBERDI” DRAMASINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

MAQSUD SHAYXZODANING “JALOLIDDIN MANGUBERDI” DRAMASINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4326
184
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jaloliddin Manguberdi / dramatik asar / rollarga bo‘lib o‘qish / sahna ko‘rinishi / BBB / MMQ.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yusupova Iqboloy Axmed Qizi

Ushbu maqolada daslikda berilgan Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” dramasini o‘qitishda qo‘llash mumkin bo‘lgan ayrim interfaol metodlar haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQSUD SHAYXZODANING “JALOLIDDIN MANGUBERDI” DRAMASINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-usiubiy jurnali №15

MAQSUD SHAYXZODANING "JALOLIDDIN MANGUBERDI" DRAMASINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Yusupova Iqboloy Axmed qizi

Xorazm viloyati Bog'ot tumanidagi 6-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi. org/10. 5281/zenodo. 7470132

Annotatsiya: Ushbu maqolada daslikda berilgan Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" dramasini o'qitishda qo'llash mumkin bo'lgan ayrim interfaol metodlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Jaloliddin Manguberdi, dramatik asar, rollarga bo'lib o'qish, sahna ko'rinishi, BBB, MMQ.

Biror asarni o'rganishda uning muallifi haqidagi ma'lumotlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu ma'lumotlar ko'pincha asarning g'oyaviy-badiiy mazmunini teranroq anglashga, asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to'g'ri belgilashga yordam berishi mumkin. Taniqli yozuvchi Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" dramasi haqida gap ketar ekan, u o'z asarini 1944-yilda, ikkinchi jahon urushining qizg'in bir davrida yaratganini aytib o'tishimiz lozim. Drama o'tmishda chet el bosqinchilarigaqarshi xalqimiz olib borgan mardonavor kurashning yorqin sahifalarini sahna asari shaklida yoritish va uni xalqimizning fashizm bilan olib borgan kurashi o'rtasidagi mushtaraklikni ko'rsatish borasida muhim targ'ibiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim jarayonida dramatik asarlarni o'rganishda avval ularning matni bilan tanishish amalga oshiriladi, albatta. "Jaloliddin Manguberdi" dramasini tushunishdagi yengillikni ta'minlaydigan birinchi qadam rollarga bo'lib o'qish bilan aloqador. Ammo bu ham o'z-o'zicha, osonlik bilan amalga oshmaydi. Rollarga bo'lib o'qish uchun ham jiddiy tayyorgarlik kerak, zero har bir asar qahramonining o'ziga xos xususiyatlari, uning ruhiyatidagi mavjud holat teran ilg'anishi, ularning har biriga xos bo'lgan xatti-harakat va hatto ovozning tezligi, baland-pastligi ham ahamiyatli bo'ladi. Bu jarayonlarda o'quvchilarning muallif g'oyalarini tushunishi, muallif bilan birgalikda kashf etib borishi kerak bo'ladi.

Darslikda berilgan dialogli ertaklar yoki sahnada qo'yishga mo'ljallangan asarlarni o'qitishda azaldan rollarga bo'lib o'rganish bizga an'ana bo'lib qolgan. Ammo agar imkoni bo'lsa, sahnada ko'rish yoki tasmaga yozilgan varianti bilan tanishish juda samarali ish turi hisoblanadi. Chunki sahna asarini sahnada ko'rish kutilgan natijaning maksimal samarasini ta'minlaydi. 8-sinf adabiyot darsligida Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" dramasi berilgan bo'lib, ushbu

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №15

asarning mazmun-mohiyatini bir soat dars davomida o'quvchilarga yetkazib berish ancha ancha qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Shuning ham ushbu vaziyatda videolavha yoki sahna ko'rinishining o'rni katta. O'quvchilar asarning eng ahamiyatga molik qismini o'z ko'zlari bilan tomosha qilganlaridan keyin darslikdagi matnni to'lig'icha o'qib ko'rishga qiziqishlari ortadi, albatta. Dramatik asarlarda ohang, pauza va ovozning baland pastligi katta ahamiyatga ega bo'lib, nutqning o'ziga xos bu xususiyati sahnada yanada aniqroq ko'rinadi. Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish kerakki, ushbu mavzuni tushuntirishdan oldin O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi "Mendurman Jaloliddin" taronasidan bir parcha qo'yib eshittirish o'quvchilarga ko'tarinki ruh va o'zgacha kayfiyat bag'ishlaydi.

Jaloliddin Manguberdi tarixiy shaxs hisoblanadi. O'tmishda Chingizxonday qudratli kuchga qarshi tura olgan, mardonavor kurashgan Vatan tirgagi - Jaloliddin Manguberdining qahramonligi tragediyada Maqsud Shayxzodaning sahna asari yaratish bobidagi mahorati tufayli Manguberdi yashagan ziddiyatli davr, kishilar hayoti aniq, jonli, jozibador va eng muhimi ishonarli tasvirlangan. Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, 8-sinf o'quvchisi asarda keltirilgan ma'lumotlarning ba'zilarini radio-televideniye orqali eshitgan, ko'rgan yoki badiiy kitoblar va tarix darslarida o'qigan bo'lishi ehtimoldan holi emas. Shu bilan birga o'quvchi dramani o'rganish davomida yangi va o'ziga qiziq bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lib olishi hamda ongida ba'zi savollar ham tug'ilishi mumkin. Shuning uchun darslikda berilgan matnni o'qib tugatgandan keyin "BILAMAN, BILISHNI XOHLAYMAN, BILIB OLDIM" (BBB) GRAFIK ORGANAYZERIdan foydalanish o'rganilgan mavzuni mustahkamlashning eng qulay usullaridan hisoblanadi. O'quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog'ozida quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:

BILAMAN BILISHNI XOHLAYMAN BILIB OLDIM

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun "MUSBAT, MANFIY, QIZIQARLI" (MMQ) STRATEGIYASIdan foydalanishimiz ham mumkin. Ta'lim jarayonida MMQ metodini qo'llash o'quvchilarning ma'lum voqelik, hodisa yoki jarayonning barcha jihatlariga e'tiborni qaratish, ularning salbiy jihatlarini baholash, qiziqarli tomonlarini aniqlash va kengaytirishga doir ko'nikma, malakalarini rivojlantirishda samarali sanaladi. Bunda asosiy e'tibor mavjud vaziyatning barcha ijobiy jihatlarini inobatga olishga qaratiladi. O'rganilayotgan mavzu yuzasidan xulosa chiqarish, qaror qabul qilish faqat u batafsil o'rganib chiqilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

Uni qo'llash sxemasi quyidagicha:

'Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №15

1-bosqich mavjud vaziyatning faqat ijobiy jihatlari aniqlanadi.

2-bosqich mavjud vaziyatning faqat salbiy

jihatlari aniqlanadi.

3-bosqich mavjud vaziyatning faqat qiziqarli jihatlari aniqlanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, dramatik asarlar sahnaga moslab yozilgan bo'ladi. Yozuvchining fikrlari asarda ishtirok etuvchilarning so'zlari va xarakterlari vositasida ko'rsatiladi. Shuning uchun o'qituvchi darsni to'g'ri tashkil qilishi, turli interfaol metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiq. Interfaol metodlarni qo'llash orqali o'qituvchi o'quvchilarning aniq ta'limiy maqsadga erishish yo'lida o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarni tashkil etish, yo'naltirish boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkonini qo'lga kiritadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. To'xliyev B. Adabiyot o'qitish metodikasi. -Toshkent.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010.

2. Husanboyeva Q, Niyozmetova R. Adabiyot o'qitish metodikasi, Barkamol fayz media, -Toshkent.: 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.