Научная статья на тему 'MANGʻITLAR SULOLASINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI'

MANGʻITLAR SULOLASINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oʻzbekisto / Shayboniyla / oʻzbeklar / qora mangʻit / qurama mangʻit / Dashti qipchoq / “nagay” (noʻgʻay) / turk-qipchoq / qulatamgʻali / “Sharafnomai shohiy” kitobi / Kasbi / Uzbekisto / Shayboniyla / Uzbeks / black manghit / qurama manghit / Dashti Kipchak / ” nagay “(Nogai) / turk-Kipchak / qulatamgali / ” Sharafnomai shohiy " book / profession

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Oʻ.Ostonov

Ushbu maqolada mangʻit urugʻlarining shakllanish jarayoni, ularning uzoq asrlik taraqqiyoti davrida qilgan ishlari. Iqtisodiyoti, madaniy hayoti, qisman siyosiy ahvoli haqida maʼlumot beriladi. Mangʻit urugʻining shakllanish bosqichlari, ularning tariximizda tutgan oʻrni, davrning oʻziga xos xususiyatlari tarixchilikning asosiy boʻgʻinlaridan biridir. Uning tarixini oʻrganish, tahlil qilish va sohaning oldida turgan ilmiy muammolarga yechim topish borasida olib borilayotgan ishlar, oʻrganilayotgan manbalar borasida ushbu maqolada batafsil toʻxtalib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL-ECONOMIC AND POLITICAL SITUATION OF THE MANGIT DYNASTY

In this article, the process of formation of mangit seeds, what they did during the long centuries of development. Information is provided about the economy, cultural life, and partly about the political situation. The stages of formation of the Manghit clan, their place in our history, the specific characteristics of the period are one of the main links of historiography. In this article, the research, analysis, and research of its history, and the work being done to find a solution to the scientific problems facing the field, as well as the sources being studied, are discussed in detail in this article.

Текст научной работы на тему «MANGʻITLAR SULOLASINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI»

UDK 930.9(045)

MANG'ITLAR SULOLASINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIYAHVOLI_

O'.Ostonov*

Kalit so'zlar: O'zbekislon Respublikasi, Shayboniylar davlalining, "o'zbeklar", qora mcmg'it, qurama mcmg'it, Dashti qipchoqqa, "nagay" (no'g'ay), tark-qipchoq, qalatamg'ali, "Sharafnomai shohiy " kitobi, Kasbi.

Mang'itlar 1757-1920-yillar oralig'ida Buxoro tarixida o'zining munosib nomini qoldirdi. Mang'it va qozoq qabilaviy birikmalari va Shayboniylar davlatining inqirozida keyingi turk-mo'g'ul qabilalar tarkibida bir nomdagi turli qabilalar: qipchoqlar, mang'itlar, qang'lilar, qo'ng'irotlar, naymanlartlarning umumiy nomi "o'zbeklar" deb yuritilgan. Bu haqda Ro'zbehon Isfahoniy "Mehmonomai Buxoro" kitobida yozib, barcha shayboniylar va hatto qozoq va mang'itlarni umumiy nom bilan "o'zbek xalqi" deb ataydi.[l]

O'zbekiston Respublikasi hududida yashovchi mang'itlar bir qancha yirik va mayda urug'larga bo'lingan. Yiriklari: to'qmang'it, oqmang'it, bavurdoq mang'it. Uch urug' mang'it, qora mang'it, qurama mang'it. Mayda urug'lari: sultonlar, qo'zi-qo'chqorlar, kushardori, kirasor, temirxo'ja, esaboy, guvalak, boyg'undi, beklar, boy, chovqay, o'n ikki, musa, baqirchi, qulatamg'ali, parcha, qora, toza peshog'al, bahodir, qozoq, qorabog', neko'z, chol, qorabayir, galabotir, bnshkal, chobonchan, o'z va boshqalar. Buxoroni idora qilgan amir mang'itlarining to'q urug'idan bo'lgan. Shu tufayli bu mang'itlar hokimiyatda katta imtiyozlarga ega bo'lishgan.

Mang'itlar ajdodlari XIII asr boshlarida Mo'g'ilistonda yashab kelgan mo'g'ul qabilalari bo'lgan. Ular XIII asr davomida Dashti qipchoqqa kelib o'rnashganlar. XIII - XIV asrlarlarda mang'itlarning katta qismi Volga va Ural daryolari oralig'ida joylashgan. Bu davr mobaynida qipchoqlar ta'sirida o'z tillarini unutib, turk-qipchoq tilini o'zlashtirishgan. XIV asrning oxirida alohida Mang'it o'rdasini tashkil etganlar. XIV asrning o'rtalarida mang'itlar "nagay" (no'g'ay) deb atalgan. Ularning o'rdasi esa "No'g'ay o'rdasi" nomini oigan. XIV asrning o'rtalarida No'g'ay o'rdasi Katta No'g'ay va Kichik No'g'ayga bo'lingan. Keyinchalik katta No'g'ay tarkibidagi mang'itlar o'zbeklar, qoraqalpoqlar, qisman qozoqlarning etnik tarkibiga kirganlar. [2]

Turli xildagi urug'-qabilaviy turkumlardan tashkil topgan etnik guruhlardan mang'it, qo'ng'irot. Qiyot, qipchoq, xitoy, qang'li, do'rmon, kenagas, saroy, ming, qirq, yuz, loqay, qo'shchi, nayman, chimboy, shunqarli, qovchin, chiroyli, iyjon, salur, bayri, arhin, burkut, barios, jaloir, qarluq, nukus, uyshin, o'tarchi, qatag'on, kulan, arlat, qushoyoqli, buyruk kabi etnonimlar o'zbek va boshqa O'rta Osiyo turkiy elatlarining xalq sifatida shakllanida muhim o'rin egallagan.

Mang'itlar hozirgi O'zbekiston hududiga XIV asrda ko'chib kelganlar. Movaraunnahrda qadimdan yashab, dehqonchilik bilan shug'ullanib keluvchi o'zbeklarning madaniy ta'siri ostida mang'itlarning bir qismi esa XIX asrning oxiri -XX asrning boshlariga qadar yarim o'troq holda yashab, chorvachilik bilan shug'ullanib kelishgan. Mang'itlarning ko'pchiligi qorako'l qo'ylari, samarqand viloyatining tog' oldi va tog'li tumanlarida yashovchi mang'itlar esa jaydari qo'ylar boqqanlar. Mang'itlar dehqonchilik bilan ham shug'ullanganlar. Qo'l hunarmandchili (gilam, turli rangdagi matolar, bo'z, alacha, qalami va boshqalar) ham bir muncha rivojlangan edi. Mang'itlarning uzun patli gilami - julxirs mashhur bo'lgan. Hozirgi O'zbekiston hududida yashagan mang'itlar o'zbek millati tarkibiga shu tariqa singib ketganlar.

* O'tkir Ostonov - Qarslii davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi. 114

Yirik o'zbek qabilalaridan biri bo'lgan mang'itlar 1923-1926-yillar ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston hududida ularning umumiy soni 130 mingdan oshiqroq bo'lgan. Shundan 100 mingga yaqini Buxoro xonligi hududida: Buxoro vohasida va quyi Qashqadaryo - Qarshi shahri atrofida 44 ming, Zarafshonning qo'yi oqimida 8 ming, hozirgi Turkmaniston Respublikasining Chorjo'y viloyatida 11 ming, Jizzax shahri atrofida 2600 kishi, Xorazmda 10 ming kishi bo'lgan. Mang'itlar qoraqalpoqlar va shimoliy Kavkazdagi no'g'oylar tarkibida bo'lgan bir qismi esa shimoliy Afg'onistonda ham istiqomat qilishganlar.

O'zbek halqining shakllanish jarayonida mang'it urug'ining ham o'rni kattadir.

XV- XVI asrlar O'rta Osiyo mualliflarining asarlarida o'sha davrdagi qozoqlarning o'zbeklar yoki o'zbek-qozoq deb nomlanishi ham diqqatga sazovordir. Mazkur etnonimning ko'pchiligi hozirgacha ayniqsa Janubiy O'zbekistonda saqlanib qolgan. Bu urug'-qabilaviy birikmalar va elatlar maishiy turmushi, urf-odat va marosimlari, joylanishi va ijtimoiy-siyosiy tuzumi to'g'risidagi ma'lumotlar o'rta asr mualliflari Mahmud Qoshg'ariy, Xondamir, Hofiz Tanish Buxoriy, Mahmud ibn Vali, Narshaxiy, Abulg'ozi va boshqalarning asarlarida keltirilgan.

Abdullaxonning (1557-1598-yillar) podsholik davriga bag'ishlab o'zining "Sharafnomai shohiy" kitobini yozgan. Bu asar "Abdullanoma" nomi bilan mashhur bo'lib ketgan.

Asarlarda o'zbek turkiy qabilalari sostaviga kirgan urug'lar haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan. Urug' boshliqlari, har urug'ning jasoratli kishilari haqida tilga olinadi.

1567-yilda Abdullaxon bilan Xisrav Sulton o'rtasidagi jangda har ikki tomonda turib kurashgan qabilalarning amirlari nomi berilgan. Abdullaxon Kasbi [3] sahrosidan o'tib o'ziga yaqinlashishiga sezgan Xisrav tezlik bilan Kuchuk o'g'lon, Miram o'g'lon, Ollayor o'g'lon, Boqi Hoji va Shohim Yarloq, Shirofkon mirzo, Olloquli bahodir Mang'it, Turdi Lavanda Mang'it kabi va boshqa bir turda nomdor amirlar bilan dushmanni daf qilishga oshiqdi. Ammo Xisrav Sultonga ornad bu jangda kulib boqmadida, asir olinib o'ldirildi. Abdullaxon tarafda turib dushmanga qarshi kurashgan Shohmuhammad mirzo mang'it ushbu jangda qahramonlik namunalarini ko'rsatganligi ta'kidlanadi. Abdullaxonning O'rta Osiyoning eng yirik daryosi Amudaryodan qo'shinlarini o'tkazishi haqida shunday deydi: "Shijoatining dovrug'i va mardonligi ovozi jahonning har tomoniga tarqalgan Shohmuhammad mirzo mang'it, Miram O'g'lon, Ikum Chehra oqosi, Nazar Chuhra oqosi, Rahmonquli mirzo qangli va boshqa shu kabi pahlavonlardan bir guruhi sol yasab Amudaryodan o'tdilar" [4,1].

Shu tariqa mang'it sulolasi ming yillar mobaynida shakllanib kelib, tariximizda o'zining munosib nomini qoldirdi.

Mang'itlar hukumronligi davrida Buxoro shahrining o'zida XIX asr o'rtalarida, ya'ni Rossiya bosqidan oldin, 38 karvonsaroy, 9 savdo timi, 16 hammom, 45 bozor bo'lgani ma'lum. Shuningdek 200 dan ortiq masjid, 100 dan ortiq madrasa mavjudligiga e'tibor qaratsak mang'itlar sulolasining amirlik iqtisodiy, madaniy va ilmiy salohiyatida katta e'tibor qaratganidan dalolat beradi [4,2]. Shu tariqa mang'itlar sulolasi Buxoro amirligining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida o'z izini qoldirgan.

Adabiyotlar:

1. I.Jabborov. O'zbek xalqi etnografiyasi. -Toshkent, 1994.-78 b.

2. Ochil Bo'riyev, Tursunpo'lat Xo'jamberdiyev. Etnologiya atamalarining qisqacha izohli lo'g'ati.

-Qarshi. 2004.-49 b.

3. Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. T.; 1966.

4. 4.Azamat Ziyo. O'zbek davlatchilik tarixi. T.; "Sharq" 2000,-299-bet.

MANG'ITLAR SULOLASINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIYAHVOLI

Ushbu maqolada mang 'it urug 'Iarming shakllcmish jarayoni, и laming uzoq asrlik taraqqiyoti davrida qilgan ishlari. Iqtisodiyoti, madaniy hayoti, qisman siyosiy ahvoli haqida ma 'lumot beriladi. Mang'it urug'ining shakllanish bosqichlari, ulaming tariximizda tutgan о 'mi, davrning о 'ziga xos xususiyatlari tarixchilikning asosiy bo 'g 'inlaridan biridir. Uning tarixini о 'rganish, tahlil qilish va sohaning oldida turgan ilmiy mnammolarga yechim topish borasida olib borilayotgan ishlar, о 'rganilayotgan manbalar borasida ushbu maqolada batafsil to 'xtalib о 'tilgan.

СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЕ И ПОЛИТИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ ДИНАСТИИ МАНГИТА

В этой статье процесс формирования семян мангита, что они делали на протяжении долгих веков развития. Предоставляется информация об экономике, культурной жизни и частично о политической ситуации. Этапы становления мангитского рода, их место в нашей истории, специфика периода являются одним из основных звеньев историографии. В данной статье подробно обсуждаются исследования, анализ и исследование ее истории, а также работа, проводимая по поиску решения научных проблем, стоягцих перед этой областью, а также изучаемые источники.

SOCIAL-ECONOMIC AND POLITICAL SITUATION OF THE MANGITDYNASTY

In this article, the process of formation of mangit seeds, what they did during the long centuries of development. Information is provided about the economy, cultural life, and partly about the political situation. The stages of formation of the Manghit clan, their place in our history, the specific characteristics of the period are one of the main links of historiography. In this article, the research, analysis, and research of its history, and the work being done to find a solution to the scientific problems facing the field, as well as the sources being studied, are discussed in detail in this article.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.