Научная статья на тему 'BUYUK HUKMDORNING NOXUSH INTIHOSI'

BUYUK HUKMDORNING NOXUSH INTIHOSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abulxayrxon / Shoxbudoq Sulton / Ubaydullaxon / hanafiy / Moturidiy / sunniy / Dashti Qipchoq / Movoraunnahr. / Abulkhairkhan / Shakhbudak Sultan / Ubaidullah Khan / Hanafi / Moturidi / Sunni / Dashti Kipchak / Movoraunnahr.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qo‘Chqarov, Temurbek Bahromjon O‘G‘Li

Ushbu maqolada XVI asrga kelib zayiflashib qolgan Temuriylar davlatini zabt etib, butun Movoraunnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirgan Muhammad Shayboniyxonning faoliyati va hayotining so‘nggi daqiqalari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNHAPPY END OF THE GREAT RULER

This article provides information about the activity and the last moments of the life of Muhammad Shaibani Khan, who conquered the Timurid state, which had weakened by the 16th century, and united all of Movoraunnahr, Khorasan, and Khorezm.

Текст научной работы на тему «BUYUK HUKMDORNING NOXUSH INTIHOSI»

BUYUK HUKMDORNING NOXUSH INTIHOSI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11669488

Qo'chqarov Temurbek Bahromjon o'g'li

Oriental universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XVI asrga kelib zayiflashib qolgan Temuriylar davlatini zabt etib, butun Movoraunnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirgan Muhammad Shayboniyxonning faoliyati va hayotining so 'nggi daqiqalari haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Abulxayrxon, Shoxbudoq Sulton, Ubaydullaxon, hanafiy, Moturidiy, sunniy, Dashti Qipchoq, Movoraunnahr.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлены сведения о деятельности и последних моментах жизни Мухаммад-Шайбани-хана, завоевавшего ослабевшее к XVI веку государство Тимуридов и объединившего весь Моворауннахр, Хорасан и Хорезм.

Ключевые слова: Абулхаирхан, Шахбудак Султан, Убайдулла Хан, Ханафи, Мотуриди, сунниты, Дашти Кипчак, Моворауннахр.

ANNOTATION

This article provides information about the activity and the last moments of the life of Muhammad Shaibani Khan, who conquered the Timurid state, which had weakened by the 16th century, and united all of Movoraunnahr, Khorasan, and Khorezm.

Key words: Abulkhairkhan, Shakhbudak Sultan, Ubaidullah Khan, Hanafi, Moturidi, Sunni, Dashti Kipchak, Movoraunnahr.

Abdulxayrxoning nabirasi, Shoxbudog' Sultoning og'li Ubaydulloxonning yelkadosh, Qozibegimxoning erkatoyi, Dashti Qipchoqning o'g'loni, Sohibqironing so'ngi vakili, Hanafiylaring qalqoni, Motrudiylarining posboni, Ahli sunnaning yalong'ochlangan qilichi, Qorilarning otasi, Ulamolarning xizmatchisi, shaxidlarning safdoshi (Halifai Rohman, Imam uz-Zaman) deya ulug'langan shaxs. Xuroson sultoni, Mavorounnahr hukumdori chegarasi Amudaryodan Hirotgacha cho'zilgan buyuk davaltninga asoschisi Shohibaxt, Shoibog', Sheybon, Shoxibek, yoxud Sulton Muhammad Shayboniyxon. Muhammad Shayboniyxon o'z davrninga yetuk hukumdori va markazlashgan davlatning asoschisi. Muhammad Shayboniyxon yollanma qo'shin sarkardasidan xon darjasiga ko'tarilgan. Muhammad Shayboniyxon 1451 yil Abulxayrxoning o'g'li Budoq Sultoning xonadonida dunyoga kelgan. Yoshlik chog'larini ilm va Quronga bag'ishlyadi va 30 yoshida buyuk olim va qori bolib ulg'ayadi. U o'zining davrida muhaddis muffasirlardan ta'lim olib Quroni Karimni shu

qadar puxta yodlaydiki o'zining davrida unga teng keladigan qori topilmaydi. Muhammad Shayboniy olimlar etagini mahkam tutgan olimlardandir. Shayboniyxon harbiy ilmlarni otasi vafotidan so'ng otasning yoramchisi Qorachabekdan saboq oladi. Ukasi Sulton Muhammad bilan birga Boyshayx otalig'ida voyaga yetadi. Muhammad Shayboniy 1480 yil bobosi Abdulxayrxon vafot etgach Dashti qipchoqning asosiy hududida o'z hukumronligni o'rnatmoqchi bo'lgan. U 1490 yillarda o'zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududida Movarunnahrda ham o'z hukmronligni o'rnatish uchun harakat boshlagan. XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimyat boshqaruvi uning qo'liga o'tgan Muhammad Shayboniyxon Turkistoning Sig'noq, Sabron, Yassi shaxarlarini ham o'z qo'l ostiga kiritgan. 1504 yilda Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx 1507 yilda Hirot ham Shayboniy qo'l ostiga o'tgan. Keyinroq Eronnig Mashhad va Tus shaxarlarini egallagan. Zafar bayrogini Eron Arabiston aro Kaba gacha yekazmoqchi bo'lgan Shayboniyxon yilning qish bo'lishiga qaramay Eronga yurish qilgan. Bu vaqtda Eron shohi Ismoil I Safaviy g'arbda turk sultonlari bilan jang olib borayotgan vaqtda fursatdan foydalanib Mashxad va uning atrofini bosib olgan. Musulmonlarning maxzabi bo'lmish shialarni kofir deb e'lon qilib masjidlarini buzib tashlagan. Bu vaqtda Ismoil I Safaviy Shaybonixonga elchi va sovg'a salom jonatib yuborgan va sulh tuzishni taklif qilgan. Shaybiyxoning o'g'li Temur Sulton jiyani Ubaydulla Sulton amir Xamza elchilarini yaxshi kutib olmagan sulhga rozi bo'lmagan. Shunda bazi bir sultonlar Shayboniyxoning siyoatidan rozi bo'lishmayotganligi ayg'oqchilar tomonidan yetkazilgan. Bu xabarga Shayboniyxon keskin javob qilib jahl ustida Ubaydulloxni Buxoro hokimligidan Kuchkinchixonni Turkiston xokimligidan olib tashlashni amir etgan, holbuki bu qaror notogi qaror edi, chunki yolg'ondan qochib ketayotgan shox Ismoilni quvib borib Murg'ob daryosi boyida turgan 20 ming yov qo'shiniga duch kelgan va qurshovga olingan. Shunda 30 ming askar Xurosondan kelishi kerak bo'lgan qo'shin yordami lavozimidan bo'shatilgan sultonlar xatti harakti bilan yetib kelmaydi. Natijada qurshovda qolgan Shayboniyxon 1510 yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod (Mahmudiy1) qishlog'ida Safaviylar shohi Ismoil I Safaviyning 20 ming kishilik (Mirzo Muhammad Haydar Ayoziyning "Tarixi Rashidiy" asarida Shoh Ismoilning askarlari soni 40 ming kishi ekanligi eslatib o'tilgan2) askari bilan Muhammad Shayboniy qo'shini (Muhammad Haydar Ayoziyning "Tarixi Rashidiy" asarida Shayboniyxonni qo'shini 20 ming kishiga yaqin ekanligi qayd etilgan3 ) o'rtasidagi jangda uning qo'shinlari mag'lubiyatga uchragan va xonning o'zi ham halok bolgan. Shoh Ismoil

1 G'iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir. "Habib us-Siyar fi axbori afrodi Bashar". Toshkent. - O'ZBEKISTON nashriyoti - 2013. -B. 1202.

2 Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy. "Tarixi Rashidiy". Toshkent. - O'ZBEKISTON nashriyoti - 2011. - 325-329-betlar.

3 O'sha asar. - 325-329-betlar.

Marv yaqinida bo'lgan jangda Shayboniyxonga qarshi xiyla qilib, qo'shinni huddi chekinayotgandek ko'rsatib, 20 minglik o'zbeklar qo'shinini eronliklar tomonidan mag'lubiyatga uchratiladi. Shayboniyxon besh yuz kishilik omon qolgan qo'shini bilan Marv qalasining chorbog' qismiga chekinib, chorbog' devorining bir qismida chiqish uchun joy topolmay, himoya devorini hosil qilib dushman qo'shiniga qarshi turmoqlikka jazm qildi. Lekin dushman qo'shini son jihatdan ko'p bo'lganligi uchun kamonlar va nayzalar zarbiga dosh berolmagan Shayboniyxon qo'shini chorbog' devoridan qochmoqni maqsad qilib talvasaga tushgan vaqtda odamlar va otlarning oyoq ostida ko'plab jangchilar qatori Shayboniyxon ham halok bo'lganligi qayd etilgan.4 Uning jonsiz tanasi halok bo'lgan askarlar orasidan topilib, boshi tanasidan judo qilingan va nayza uchiga ilib qo'yishni Shoh Ismoil buyuradi. Lekin keyinchalik, Samarqandga Registon ansamblining bir qismiga dafn etilgan.5

Ul jangohda qonxo'r nayzalar, Botirlarga tilini qayrar. Qizil tilli o'qlar lochini, Go'yo ichgan mardlar qonini.

Zaki Validiy To'g'onning yozishicha, shoh Ismoilning buyrug'i bilan Shayboniyxonning bosh suyagidan sharob qadahi yasaladi va u oltin bilan bezatilib, Misr suI toni Falajga sovg'a sifatida yuboriladi. Chunki Falaj ham Shayboniyxon singari sunniy mazhabida edi va uni juda sevardi.6 Arab tarixchisi Ibn Ayos "Badoiy o'z-zuhur" nornli asarida keltirishicha Shayboniyxonning bosh suyagidan yasalgan qadah ustiga shoh Ismoil quyidagi satrlarni yozdirgan ekan;

Alsayf val-xanjar rayxonano,

Tuf a'lo almarjis val-as. Mudominoman dam a'donno, Vahasno jumjumatu'al-ras !

Arabcha bu satrlarning ma'nosini quyidagicha sharhlash mumkin:

Qilich va xanjar bizning hidimizdir, "Tuft" bo'lsin nargiz va sumbulimizga. Dushmanning qoni ichkiligimizdir, Aylansin bosh suyak qadahimizga!

Shayboniyxonning bosh suyagidan yasalgan tilla qadahning Misrga yetib kelishi sunniy mazhabidagi aholi o'rtasida katta norozilik uyg'otdi. Misr sultoni Qansu Gavri

4 G'iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir. "Habib us-Siyar fi axbori afrodi Bashar". Toshkent. - O'ZBEKISTON nashriyoti - 2013. -B. 1202.

5 Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillaqori va Sherdor madrasalari o'rtasidagi burchakda joylashgan bo'lib bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Qarang: Shaybopiylar daxmasi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi... 9-jild. 678-679-betlar.

6 Ahmad Z.V. Bugungi turk eli (Turkiston va yaqin tarixi). Istanbul. 1981, 2-nashri. 55-56-betlar.

o'sha bosh suyakni katta hunnat bilan ko'mdiradi. Yana Ibn Ayosning aytishicha, 200 dan ortiq misrlik shoir shoh Ismoilning yuqorida keltirilgan she'riy to'rtligiga qarshi javob she'riy to'rtliklar yozdilar.7 Masalan, shayx Nosuriddin Tahhan qalamiga mansub she'riy javob to'rtlikning o'zbekcha tarjimasi quyidagichadir:

Gar hidlab yursang hushbo'y narsalarni Ko'paytirarsan mudhish qo'rquvlarni. Jangda dushmanni o'ldirish sharafdir, Faqat it yalaydi bosh suyaklarni!

Bobokaloni - Chingizxonning o'g'li, Jo'jining kichik o'g'li Shayboniy nomidan Shayboniyxon degan shoirona taxallusni olgan Shoh Baxt (Muhammad Haydar Ayoziyning "Tarixi Rashidiy" asarida Shayboniyxon ismi Shohibek deb qayd etilgan) Muhammadxonning taqdiri haqida nefritga o'xshovchi oniksdan yasalgan qabr toshidagi yozuv ma'lumot beradi:

"Bu yerda shayboniylar osmonining baxti, olam sultoni, nozikligi va go'zalligi Kan'on oyining (go'zal Yusuf) havasini keltirgan zot yotibdi. Taqdir o'zi qilgan shafqatsizlik va adolatsizligidan afsus-nadomat qiladi, falak vafosizligidan afsuslanadi. Bevafo falakning "noto'g'ri qadamidan" yovuzlik hosil bo'ladi. Ana shu yovuzlik dunyo aholisiga talafot keltiradi. Agar aql sendan uning o'limi yili tarixi haqida so'rasa, unga: "Oh, Muhammad Shoh Shayboniy o'limiga ming afsus" deb javob bergil" (V.A. Jukovskiy tarjimasi).

Tosh boqiylik ramzi sanalgan, Xitoy va Mo'g'ulistonda nihoyat qadrlangan nefritga o'xshab ketadi: Go'ri Amir maqbarasidagi Temurning qabr toshi ham shu toshning quyuq yashil rangli turidan yasalgani tasodif emas. Shayboniyxon yodgorligidagi bezak XIV-XV asrlarga xosdir. Biroq mehrobning ikki tomonidagi tokchada yoki kirish joyi tokchalari va ustida joylashgan epitafiya XVI -XVII asrlarda O'rta Osiyoda keng tarqalgan nasta'liq yozuv turi bilan ifoda etilgan. Shunday qilib, aytish mumkinki, temuriylar davriga oid qabrtoshning yon qismi o'zbek xonligi asoschisi nomini Movarounnahrda abadiylashtirish uchun ishlatilgan. Balki bu holat uning va safaviylar shohi Ismoil o'rtasidagi jangda 1510 yili kutilmagan holda halok bo'lgani bilan bog'liqdir. Shayboniyxonning jasadi Samarqanddagi Registon maydonining shimolida qurilgan madrasaning hovlisida to'rtburchakli marmar bilan qoplangan balandlikda dafn etilgan. Keyin uning dafn etilgan joyiga qora marmardan yasalgan katta marmartosh o'rnatildi. Mazkur marmartosh Samarqandda shayboniylarning yodgorlik toshlari orasida turgan edi. Oniksdan yasalgan qabr toshi Samarqandning eski qal'asiga ko'chirildi. Mazkur tosh Oq darvoza qoldiqlari orasida XIX asrning 60-yillarida topilgan.

7 Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O'. Vatan tarixi. 2-qism. XVI-XIX asrlar. Toshkent. - "SHARQ" nashriyot-matbaa uyi - 2010. 17-18-betlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy. "Tarixi Rashidiy" Toshkent. -"O'ZBEKISTON" nashriyoti - 2011. - B. 709.

2. G'iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir. "Habib us-Siyar f axbori afrodi Bashar" Toshkent. - O'ZBEKISTON nashriyoti - 2013. -B. 1266.

3. Ahmad Z.V. Bugungi turk eli (Turkiston va yaqin tarixi). Istanbul. 1981, 2-nashri.

4. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O'. Vatan tarixi. 2-qism. XVI-XIX asrlar. Toshkent. - "SHARQ" nashriyot-matbaa uyi - 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.