Научная статья на тему 'MANBALARDA AMIR TEMUR AJDODLARI TARIXINING AKS ETISHI'

MANBALARDA AMIR TEMUR AJDODLARI TARIXINING AKS ETISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / faqih / shayx / Sohibqiron / Temurlang / sagziylar / Seyiston / Sayid Baraka / nog‘ora / Zayniddin Xavofiy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Avazxonov Tohir

Ushbu maqolamizda buyuk sohibqron bobomiz Amir Temur shaxsi haqida yevropalik elchi Klavixoning, shaxsan Amir Temurning buyrug‘i bilan “Zafarnoma” asarini yozgan Nizomiddin Shomiy, Amir Temurga dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan Ibn Arabshoxlarning fikrlari vata’surotlari haqida bayon qilingan. Sohibqironga G‘arb mamlakatlari nega “Temurlang” deb nom berganligi asoslanib beriladi. Amir Temur Sohibqiron deb atalish sababi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lamiz. Amir Temur har tomonlama yetuk shaxsligi haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Amir Temurning mashaqatli va zafarli hayot yo‘li hamda vafoti haqida ma’lumotlar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MANBALARDA AMIR TEMUR AJDODLARI TARIXINING AKS ETISHI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

MANBALARDA AMIR TEMUR AJDODLARI TARIXINING AKS ETISHI

Avazxonov Tohir

Toshkent Amaliy fanlar universiteti Tarix 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13383629 Annotatsiya: Ushbu maqolamizda buyuk sohibqron bobomiz Amir Temur shaxsi haqida yevropalik elchi Klavixoning, shaxsan Amir Temurning buyrug'i bilan "Zafarnoma" asarini yozgan Nizomiddin Shomiy, Amir Temurga dushmanlik kayfiyatida bo'lgan Ibn Arabshoxlarning fikrlari va ta'surotlari haqida bayon qilingan. Sohibqironga G'arb mamlakatlari nega "Temurlang" deb nom berganligi asoslanib beriladi. Amir Temur Sohibqiron deb atalish sababi haqida ham ma'lumotga ega bo'lamiz. Amir Temur har tomonlama yetuk shaxsligi haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Amir Temurning mashaqatli va zafarli hayot yo'li hamda vafoti haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Amir Temur, faqih, shayx, Sohibqiron, Temurlang, sagziylar, Seyiston, Sayid Baraka, nog'ora, Zayniddin Xavofiy.

1 KIRISH

G'arb olimlari azal-azaldan Amir Temurni mo'g'ullardan kelib chiqan deb kelishadi. Lekin aslida turkiylardan chiqan hisoblanadi. G'arb olimlari bilan Sharq olimlari o'rtasida bu holat bo'yicha tortishuvli vaziyatlar davom etib kelmoqda. G'arb olimlarining ba'zilarigina Amir Temur shaxsini o'rganib uning mo'g'ul emasligini va oddiy oiladan emas balki asilzodalardanligini anglab yetadi. Sohibqiron hijriy 736-yil (milodiy 1336-yil 9-aprel)da Qashqadaryo vohasining Shahrisabz (Kesh) atrofida Xo'ja Ilg'or qishlog'ida, hozirgi Yakkabog' tumanida, Tarag'ay xonadonida tavallud topgan. [1, B. 12] Otasi Tarag'ay Bahodir mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan barlos qavmidan chiqqan o'rtahol beklardan bo'lib, Chig'atoy xonlaridan Qozonxon (1338-1346) lashkarida xizmat qilgan. Xo'ja Ilg'or qishlog'i va uning atrofidagi yerlar unga qarashli edi. Onasi Takina begim ham Buxorolik mashhur faqih Toj-ash sharia (shariat toji) tahallusi bilan mashhur bo'lgan Ubaydulla ibn Masudning avlodidan bo'lgan. Tarag'ay Bahodir o'g'lini 7 yoshida madrasaga o'qishga bergan. Bu o'z navbatida Amir Temurning otasi kambag'al emasligi va ilm ma'rifatga befarq emasligidan dalolat. Shu yerda bahs va munozarali joyi mavjud Ibn Arabshoh asarlarida Amir Temur tarixini shaxsiy adovati tufayli uni buzib talqin qiladi. Klavixoning shaxsiy adovati bo'lmasada Ibn Arabshoh bilan ba'zi joylarini buzib talqin qilgan. Klavixo eshitganlarimga ishoch hosil qilib so'ng yozdim deb o'z so'zlari bilan tasdiqlagan. "Temurbekning otasi chig'atoylardan bo'lgan barlos zodagonlaridan bo'lib uncha badavlat bo'lmagan. Uning uch yoki to'rt otliq xizmatkori bo'lgan. Amir Temurda ham to'rt-besh otliqni taminlay oladigan daromad bo'lgan. Men eshitganlarimga ko'ra deydi Klavixo Amir Temur o'sha to'rt-besh otliqlari bilan dastlab qaroqchilik bilan faoliyatini boshlagan. [2, B. 149]

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada Amir Temur shaxsi haqidagi ma'lumotlar

xolislik bilan tarixiy taqqoslash, xronologik, tanqidiy tahlil qilish metodlari asosida xulosalar chiqarildi.

3 ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqolada arab, fors, ispan manbalarida keltirilgan ma'lumotlar asosida tadqiqot olib borildi. Xususan arab manbalaridan Ibn Arabshoxning "Ajoyib Al-Maqdur Fi Tarixi Taymur" (Amir Temur tarixi), fors tilida yozilgan manbalardan Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" si, Ispaniyalik elchi Klavixoning "Samarqandga - Amir Temur saroyiga sayoxat kundaligi (1403-1406 yillar)" kabi asarlar shular jumlasidandir.

4 TAHLIL VA NATIJALAR.

Amir Temur Qur'oni Karimni yod olganligi sababli ham "Sohibiqiron" taxallusi berilgan deyilsa, Muhammad Alining "Amir Temur solnomasi"da Sohibqiron so'zining arabcha saodatli, zafarli, g'olib ma'nolari bor. Ilmi nujum(astrologiya)da va afsonalarda Zuxra (Venera) Mushtariy (Yupiter) bu ikki sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli laxzalardur, uni qiron deydilar, shunday vaqtda tug'ilgan bola o'sha qiron soxibi hisoblanadi. [3, B. 8] U yoshlik chog'laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo'lib, kamondan nishonga o'q uzish, ot choptirish turli mashq va harbiy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lishni yoqtirgan. 12 yoshiga to'lganida "u bollarga xos o'yinlardan orlanadigan bo'ldim va vaqtimni o'z tengqurlarim bilan o'tqazdim" deydi. Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor (ov) qilish san'atini mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz bo'lib yetishadi. U o'z tengqurlarini guruhlarga bo'lib, jang mashqlarini o'tkazgan. 17 yoshga to'lganida otasining butun mulkini o'zi mustaqil boshqara boshlagan: "...Men deydi Temur, otamning barcha yilqi va mollarini to'pladim; qo'ylarni yuz-yuztalab ajratdim. Qo'chqorlarini sovliqlaridan ajratdim. Otamning har o'n quliga birini boshliq qilib qo'ydim".[4, B. 31] Amir Temur aql-zakovati, shijoati va jasorati to'g'risidagi shuhrat uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan avval Joku Barlos, so'ngra Amir Qazog'on (1346-1358) bilan yaqinlashtirgan. Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir Joku Barlosning qizi Turmish Og'oga uylantiradi. 1362-yilda Amir Temur Qazog'onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og'oni o'z nikohiga olgan.

Amir Temurning qiyofasi haqida so'z borsa albatta biz Ibn Arabshox ma'lumotlariga yuzlanamiz. Bu yerda fikr-mulohaza yurutishimiz lozim bo'lgan jihatlar

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

mavjud. Sababi barchamizga ma'lumki Ibn Arabshox Amir Temurga shaxsiy adovati tufayli Amir Temur tarixini buzub talqin qiladi. Ushbu holatda Ibn Arabshoxning barcha ma'lumotlariga ham ishonayvermasdan boshqa manbalarga ham murojat etib fikr-mulohaza yurutish lozim. Ibn Arabshohning quyidagi iboralari g'oyatda asoslidir: "Amir Temur jismu jasadi kelishgan, qaddi-qomati tik uzun bo'yli, go'yoki qadimgi pahlavonlar avlodlari misoli bo'lib, boshi katta, g'oyatda kuchli va salobatli, oqish yuzini och qizil rang jonlantirgani bilan hech bir dog'siz, bug'doyrang emas. Qo'l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo'g'on, pochalari go'shtli, bo'yi basti kamoliga yetgan, sersoqol, ikki ko'zi bamisoli ikki shamdek bo'lsa-da, shodligi bilinmas, yo'g'on ovozli edi, u o'limdan qo'rqmas, yoshi saksonga yetgan bo'lsa-da (Ibn Arabshoh albatta bu joyda asossiz fikr yuritadi -mualliflar) iztirobsiz, vazmin, badani to'la va pishiq bo'lib, go'yo zich (qalin) tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg'onni yoqtirmas, o'yin-kulgi-yu ko'ngilxushlikka maylsiz, garchi unda o'ziga ozor yetadigan biron so'z bo'lsa ham haqiqat (to'g'ri so'zlik) unga yoqar edi. U bo'lib o'tgan ishga aziyat chekmas va qo'lga kiritiladigan yutuqlardan shodlanmas edi". [5, E. 65]

Amir Temur "Temurlang" nomini olishiga sabab bo'luvchi voqea haqida 3 xil qarash mavjud. Ularning tahlili quyidagicha:

I. Ibn Arabshox "Amir Temur" asarida shunday yozadi: " ... askarlari orasida ochlik hukm surayotgan edi. U Seyistondagi bitta hovliga kirib yelkasiga qo'yni ko'tarib olib chiqib ketayotgan payt cho'pon ko'rib qolib quvadi va kamondan ikki o'q otadi biri Temurning soniga ikkinchisi kaftiga tegadi. Allohning madadi bilan cho'pon Temurni yarim tanasini ishdan chiqaradi deydi". [6, B. 76]

II. Rui Gonzales de Klavixo "Samarqandga - Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi"da eshitganlarini quyidagicha bayon qiladi: "Boy chorvadorlar yurti hisoblangan Seyistonga 500 nafarga yaqin otlig'i bilan talon-taroj etish uchun kelishidan xabardor bo'lgan xalq ularga qarshi tayyorlana boshlashadi. Bir kuni Temur qo'shinlari qo'ylar suluviga hujum qilishganda ularga tashlanishib ko'p otlig' askarlarini o'ldiradilar. Amir Temur otdan yiqilib o'ng oyog'i va ikki kichik barmog'idan jarohatlanadi va ikki barmog'idan ajraladi va oyog'i bir umrga oqsoq bo'lib qoladi". [7, E. 150]

III. Nizomidin Shomiyning Zafarnomasida esa "Seyiston hokimiga qarshi kuchli dushman paydo bo'lgan edi. Hokim Amir Temurdan yordam so'raydi va unga kattadan-katta oltinlar vada qiladi. Amir Temur vadasini bajarib u dushman kuchlarini yo'q qiladi lekin afsuslar bo'lsinki Seyiston hokimi vadasini bajarmaydi va unga qarshi sagziylarni yuboradi. Sagziylar yoki Seyistonliklar Amir Temurni yengaolmasligiga ishonch hosil qilishgach unga hammalari birdan tashlanishadi. Shu o'rtada qo'liga o'q tegib qo'li majruh bo'lib qoladi". [8, E. 36-37] Shu o'rinda bir masalaga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Amir Temur rostdan ham oyog'i oqsoq edi. Lekin Nizomiddin Shomiy Amir Temurni

oqsoq deyaolmas edi. Bunga jurat etaolmas edi. Sababi barchaga ma'lumki hukmdor buyrug'i asosida yoziladigan har bitta asarda faqat hukmdorni maqtov va olqishlar bilan yozish lozim bo'lgan.

Amir Temurning saltanat taxtiga kelishi haqida ham, yana biz Shomiyga, Ibn Arabshoxga va Klavixoning ma'lumotlariga yuzlanib ularni solishtirib, tahlil qiladigan bo'lsak quyidagicha xulosa hosil bo'ladi:

Ibn Arabshoxning "Amir Temur tarixi" asariga to'xtaladigan bo'lsak, Ibn Arabshoh Amir Temurni taxtga chiqishi haqida quyidagicha ta'riflaydi: "..Kesh shahrida Shamsuddin al-Foxuriy ismli bir shayx bor edi. Amir Temur faqir bo'lib egnida bittagina paxtadan qilingan choponini sotib uning puliga echki olib shayx yoniga borib meni bir duo qiling ishlarim yuksalsin deydi. Shayx o'zining sheriklari bilan birgalikda hammalari uni duo qilib qo'yishadi. Amir Temurning o'zi o'ylagani kabi darajasi oshib borayveradi. Kunlardan bir kuni yo'lidan adashib bir otboqar yoniga borib qoladi va uning mahoratini sezib qolgan otboqar uni o'zi bilan qolishini so'raydi va Temur rozi bo'ladi. So'ng otboqar kunlardan bir kun Temurni sulton yoniga otlar bilan yuboradi. Ma'lum vaqt o'tganidan so'ng otboqar vafot etadi va asosiy rolni Temur o'ynay boshlaydi. Uning martabasi oshib borayverib Sulton Husayning o'zi singlisini unga nikohlab beradi. Kunlardan bir kuni Amir Tumurning gapi xotiniga yoqmay tortishib qoladi va u Temurning yuziga nasl-nasabini ta'na qiladi. Bu Temurga yoqmaydi va qilichini chiqarib unga tashlanadi u qochib yon beradi deb o'ylagandi lekin unday qilmadi va uni o'ldirib ko'madi. Shu ondan boshlab bir-birlariga qarshi adovat hosil bo'ladi. Bu orada Temurning pirlari ham muhum rol o'ynaydi. Temur pirlari haqida doyim bitta gapni qaytarardi: "Saltanatda erishgan barcha narsalarim va fatx qilgan qalalarim Shamsuddin al-Foxuriy duosi sababli, Shayx Zaynuddin Xavofiyning himmati tufayli, barcha topgan barakatlarim esa Sayid Baraka yordamida bo'lgan" degan. Oxir oqibat 1370-yil 28-fevral-29-mart kuni Amir Husayni o'ldirilishi bilan hokimyatni egallaydi". [9, B. 72-75]

Rui Gonzales de Klavixoning "Kundaligi"da quyidagicha keltiriladi: "Samarqand hokimi juda aholining barcha qatlamiga yoqmas edi. Amir Temur Seyistondagi jarohatini davolab bo'lgan edi va xalq undan podshoni o'ldirib taxtni egallashini so'rashadi. Ish shu darajaga borib yetadiki kunlardan bir kuni Samarqand tashqarisida xalq podshohga hujum qiladi va podshoh toqqa qochadi. Bir kishidan hayotini saqlab qolish uchun uyidan joy berishini so'raydi uyning egasi esa Amir Temurga xabar berishni afzal biladi. Amir Temur uni qatl etib Samarqandni bosib olishga yo'l oladi. Hokimyatni qo'lga olgach uning haramini ham o'ziga oladi. O'sha hukmdorning ayoliga uylanadi. Uning ismi Kano (Saroy Mulkxonim) bo'lib u bosh malika bo'ladi". [10, E. 151]

Nizomiddin Shomiyning "Zafarnomasi"da esa quyidagicha keltiriladi: "Amir Husayn xalqiga zulm qilaboshlaydi. Uni bu hislatidan xabar topgan Amir Temur Amir Husayn bilan jang qilishga majbur bo'ladi.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

Bu jangda sarkardalar ikki qismga bo'linib ketib jang qilishadi. Amir Temur Termizgacha quvub kelganida Sayid Baraka Amir Temurga katta nog'ora va qilich beradi. Bu o'z navbatida yurishni to'xtatmasdan oxirigacha borib zafar quchishidan dalolat edi". [11, Б. 79-81] Barchamizga ma'lumki musulmon olamida din peshvolaridan nog'ora va qilich olish uning saltanatga erishishidan dalolat.

Sohibqiron Amir Temur Xitoy safariga borayotib 1405-yil 11-fevral kuni O'tror shaxriga yetganda qattiq, og'rib qoldi va isitmasi ko'tarila boshladi. Kasallik kundan-kun kuchayardi, ammo Sohibqironning es-hushi, aqli joyida edi. Sohibqiron o'zining barcha gunohlari uchun tavba qildi. Sohibqiron Amir Temur Ko'ragon 1405-yil 18-fevral chorshanba kuni sha'bon oyining o'n yettisida, namozshom va xufton orasida jon omonatini topshiradi. Amir Temur Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan. Amir Temurning bu holga kelib qolishiga sabab haddan ziyod ko'p yurishlar uyushtirgani edi. Klavixoning ma'lumotlariga ko'ra: "...Podshox elchilarni yaxshiroq ko'rish uchun yaqinroq kelishlarini so'raydi. Sababi Amir Temur shu darajada qarib qolgan edi va ko'zi xira ko'rib kipriklarini ochishga ham madori yo'q edi". [12, Б. 156] Bu paytda endigina 1404-yilda yetti yillik yurishdan qaytgan edi hechqancha vaqt o'tmasdan Xitoyga yurishi yo'lda ahvoli og'irlashishiga olib kelgan. Shu o'rinda Amir Temurning vafoti haqida Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnomasi"da quyidagicha keltiriladi: "Sohibqiron yetti yillik yurishidan qaytganiga 5 oy o'tar-o'tmas Xitoy sari yuzlanadi. O'trorga 1405-yil 11-fevralda kelib to'xtaydi. Sababi isitma qilaboshlaydi. Amir Temur shu ondan boshlab qilgan barcha gunohlari uchun tavba qilaboshlaydi. Tabib Mavlono Fazlullox Tabriziy qanchalik harakat qilmasin ahvol kundan-kunga yomonlashib borardi. Vaziyat shu darajaga borib yetadiki Amir Temur huzuriga Saroy Mulkxonimdan bo'lak hech kim kirmaydigan bo'lib qoladi. Amirlar va beklarni huzuriga chorlab so'nggi vasiyatini qiladi: Valiahd etib Jahongir Mirzoning farzandi Pir Muhammadni taxtga qo'yinglar o'zlaring ham hukmdorga sidqidildan hizmat qilinglar deydi". Oradan bir necha soniya o'tar-o'tmas Amir Temur jon taslim qiladi. Bu voqea 1405-yil 18-fevral chorshanba kuni sodir bo'ladi. Amir Temur 36 yil hukmronlik qildi. 36 ta o'g'illari va nabiralari Temurning izdoshlari sifatida hukmronlik qildi". [13, Б. 295-297] 5 XULOSA VA TAKLIFLAR Tahlilar natijasida Sohibqiron Amir Temur shaxsining hayot yo'llari qay holda kechganligi keltirilib o'tildi. Klavixoning asarida Amir Temur shaxsi haqida ma'lumotlar aynan ko'rganlaridan tashqari eshitganlarini ham tushurgani o'z navbatida bazi jihatlarida farq qilsada, Ibn Arabshoh va Klavixoning asarlari boshqa asarlarga nisbatan o'z qimmatliligi bilan ajralib turadi. Ushbu ikki tarixiy shaxsning kamchiliklari boshqa tarixchi olimlarning asarlaridan mutlaqo farq qilishi va ba'zi ma'lumotlar xato keltirilishi natijasida yoshlarni xato fikrlashiga olib keladi. Shunday holatlarda Amir Temur shaxsiga bir

tomonlama qaror qabul qilmaslik lozim. Misol uchun sobiq sovet davrida Amir Temurning tarixini buzub talqin qilib xalqimiz ongiga Anir Temurni yomon otliq qilib ko'rsatishgan. Bunga sabab albatta ularning milliy qahramonlik ruhi paydo bo'lmasligi uchun Amir Temur shaxsini quyidagicha tasvirlaydilar: "...past bo'yli, yelkador, oqsoq yani oyog'i ikki xil, qonxo'r hukmdor, johil va shu kabi boshqa so'zlar bilan tarixni buzub talqin qilishgan". Mustaqillik davri munosabati bilan Amir Temur tarixini qayta tiklash ishlari olib borish natijasida Amir Temurga otilgan toshlar qaytib olindi. Bu ishlarni bajarish uchun bir qancha tarixchi olimlar Amir Temur davridagi manbalarni o'rganish natijasida qayta tiklangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

[1] Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома. -Тошкент: Шарк. 1997. - 384 Б.

[2] Руи Гонсалес де Клавихо. Самаркандга - Амир Темур саройига саёхат кундалиги (1403-1406 йиллар). Таржимон: Тогаев О. - Тошкент: Узбекистан. 2010. - 264 Б.

[3] Muhammad Ali. Amir Temur solnomasi. -Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2008. - 52 B.

[4] Амир Темур Курагон. Зафар йули. Нашрга тайёрловчи Ашраф Ахмад. - Тошкент: Нур. 1992. 31-бет.

[5] Ибн Арабшоx. Амир Темур тарихи. 2-китоб, -Тошкент: Мехнат. 1992, - 192 б.

[6] 6. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Ajoyib Al-Maqdur Fi Tarixi Taymur. I kitob. -Toshkent: Fan. 2018. - 256 b.

[7] Руи Гонсалес де Клавихо. Самаркандга - Амир Темур саройига саёхат кундалиги (1403 -1406 йиллар). Таржимон: Тогаев О. - Тошкент: Узбекистон. 2010. - 264 Б.

[8] Низомиддин Шомий. Зафарнома. Таржимон: Уринбоев А. - Тошкент. Узбекистон. 1996. - 528 Б.

[9] Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Ajoyib Al-Maqdur Fi Tarixi Taymur. I kitob. -Toshkent: Fan. 2018. - 256 b.

[10] Руи Гонсалес де Клавихо. Самаркандга - Амир Темур саройига саёхат кундалиги (1403 -1406 йиллар). Таржимон: Тогаев О. - Тошкент: Узбекистон. 2010. - 264 Б.

[11] Низомиддин Шомий. Зафарнома. Таржимон: Уринбоев А. - Тошкент. Узбекистон. 1996. - 528 Б.

[12] Руи Гонсалес де Клавихо. Самаркандга - Амир Темур саройига саёхат кундалиги (1403 -1406 йиллар). Таржимон: Тогаев О. - Тошкент: Узбекистон. 2010. - 264 Б.

[13] Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома. -Тошкент: Шарк. 1997. - 384 Б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.