PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
AMIR TEMURNING SIYOSIY HOKIMYATGA KELISHI HAQIDA
YANGICHA MULOHAZALAR
1Kurbanov Chinpo'lat Minasidinovich 2Fatxullayev Nuriddin Faxriddin o'g'li
1Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o'qituvchisi 2Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13292447 Annotatsiya: Ushbu maqolada biz ismi Tarix zarvaraqlarida yuksak nomlar bilan zikr qilinadigan va shu bilan birgalikda Yevropaning xaloskori, Rus davlatining shakllanishiga turtki bergan, qo'shinlari bilan hattoki Anqara va Moskva sarhadlarigacha borgan ulug' zot Amir Temurning siyosiy hokimyatga kelish tarixi va shu bilan bog'liq bo'lgan muhim siyosiy voqealarni manbalar va zamonamiz olimlarining ilmiy izlanishlari asosida baholi qudrat to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Xo'ja ilg'or, G'azna, Bomiyon, Mo'g'ullar, Barlos, Qavchin, Chig'atoy ulusi, Temur tuzuklari, Zafarnoma, Loy jangi, Sarbadorlar, Kesh, Balx, Xuroson, Movarounnahr, kuyov, o'lat, Dorug'a, Sipohsolor.
1 KIRISH
Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o'z oldiga ezgu va ulug' maqsadlar qo'yib, tinch-osoyishta yashamoqdamiz. Bunday go'zal va hotirjam hayotning ortida nomlari tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan yozishga arziydigan ne-ne buyuk shaxslar va ularning vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligi yo'lida bedor bo'lganligi va turli azobu-uqubatlarga sabr qilgan ota-bobolarimizning matonati turadi. Shu o'rinda alohida ta'kidlash joizki, tariximiz davomida shunday shaxslar o'tganki, ular na hukmdorning o'g'li va na bironta buyuk podshohning yaqin insoni emas edilar. Lekin shunga qaramay ular bazi bir hukmdor o'g'illari yeta olmagan ulug' darajalarga erishdilar. Yana shunday sarkardalar ham borki, ularning hukmdorlarga aloqasi borligi deyarli ularga manfaat keltirmay qo'ygan va ular ham buyuk davlatchilikni o'z iqtidorlari bilan bunyod etgan edilar. Ana shunday shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temur hisoblanadi. Mana, qariyb 7 asr davomida uning shonu-shuhrati, hayoti va faoliyatiga bo'lgan qiziqish jahonning turli mamlakatlarida tobora ortib bormoqda. Bu benazir zotning qanday milliy zamin va tarixiy sharoitda o'sib-ulg'aygani, qay tariqa shunday cho'qqilarga ko'tarilgani, zafarli yurishlari haqida, ularning nafaqat davlat arbobi va yengilmas sarkarda, ayni vaqtda inson sifatidagi fazilatlari, ichki dunyosi va kechinmalari haqidagi yangi ma'lumotlarni yetkazishga harakat qilamiz.
O'rta asrlarda avlodlar xotirasida o'z nomini abadiylikka muhrlagan tarixiy shaxslar, o'z manfaatlaridan ko'ra davlati va xalqining manfaatlarini ustun qo'yadigan buyuk siymolar, bir vaqtning o'zida bir necha fanlar bo'yicha izlanish olib borib, buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan qomusiy olimlar, Islomning chin etiqodini bilimdoni bo'lgan va Qur'on, Sunnat ilmlarini mukammal o'rgangan ulamolar o'tgan. Shu bilan birgalikda o'sha davrdan tarixiy va siyosiy voqealarni obyektiv va xolis yoritadigan tarixnavislik maktabining namoyondolari ham yetishib chiqdi . Ular biz hozir mavzusiga to'xtalib o'tadigan buyuk bobokalonimiz Amir Temurning siyosiy hokimyatga
kelishi, harbiy yurishlari va davlat boshqaruviga oid asarlar yozganlar. Misol uchun Ibn Arabshohning " Temur haqidagi taqdir ajoyibotlari", Sharafiddin ali Yazdiyning " Zafarnoma', G'iyosiddin Alining "Hindiston yurishi, Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari shular jumlasidandir. Biz yuqorida nomini zikr qilgan Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lib, asarda yoritilgan voqealar tarixchilar uchun Amir Temur hayotining ko'p qirralarini ochib beradi.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin
Shomiy qalamlariga mansub "Zafarnoma", Ibn Arabshoh bergan malumotlar, uning Sohibqironga bergan Xolisona tariflari va shu bilan birgalikda "Temur tuzuklari" asari asosida Amir Temurning siyosiy hokimyatga qadam qo'ygunga qadar bo'lib o'tgan voqealarni baholi qudrat tahlil qilinib, ma'lumotlar xolislik tamoyili bilan tarixiy taqqoslash, xronologik, retrospektiv, tanqidiy tahlih qilish metodlari asosida xulosalar chiqarildi.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Maqolada turli tillarda yozilgan o'nga yaqin manbalarda keltirilgan ma'lumotlar qiyosiy tahlil va tadqiq qilinib, o'rganildi. Jumladan, "Temur tuzuklari", Lyusben Kerenning Amir Temur saltanati, Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma", Ibn Arabshohning "Ajoyib Al-Maqdur Fi Tarixi Taymur" kabi tarixiy asarlar shular jumlasidandir.
4 NATIJALAR VA ULARNING TAHLiLi
Yuqorida keltirilganidek, manbalarda Amir Temur
ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul 1336-yil 9-aprel kuni Xo'ja ilg'or qishlog'ida(hozirgi Qashqadaryo viloyatining, Yakkabog' tumani) tavallud topgan. Uning otasi Amir Tarag'ay. Barlos urug'ining beklaridan bo'lgan. Temurning onasi Takina Xotun Keshning obro'li bekalaridan bo'lgan va o'z davrining zukko ayollaridan biri edi. Temurning bolaligi Keshda o'tdi.
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
Uning 1360-yilga qadar hayoti ayrim ma'lumotlar bilan izohlanadi [1. 17].
Afsuski Amir Temurning yoshligi haqida ko'p malumotlar ma'lum emas, sababi Amir Temur hukmdomi yoki biron bir strategik mintaqa hokimining farzandi emas edi, shu nuqtayi nazardan ham uning siyosiy hokimyatga kelguniga qadar bo'lgan manbalar "Qashshoq", balki taqdir charxpalagi aylanib Sohibqiron ham hukmdor farzandi bo'lganida, albatta "Saroy tarixchilari" shaxzodaning o'smirlik davri haqida ma'lumot berishgan bo'lar edi. Asosan Amir Temur haqidagi ma'lumotlar uning siyosiy hokimyatga chiqish davri, ya'ni 1360-yillardan boshlanadi.
Amir Temurning siyosiy hokimyatga kelishida eng muhim omil bu shubhasiz Ilsosxo'janing Movarounnahrga kirishi bilan bog'liq edi. Ilyosxo'ja haqida keyingi sahifalarda ma'lumot berib o'tamiz. Bir buyuk shaxsning vujudga kelishida uning "dushman"lari ham muhim ro'l o'ynaydi. Ta'bir joiz bo'lsa Sulton Jaloliddin Manguberdining (1198-1231) yetishib chiqishida ham Chingizxonning (1155-1227) o'rni katta desak mubolag 'a bo'lmasa kerak. Agar Mo'g'ullar bosiqni bo'lmaganda shubhasiz Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) o'g'li O'zlaqshohni valiahd qilar edi va Jaloliddin Manguberdi G'azna, Qobul, Bomiyon hududlarida oddiy hokim bo'lib o'tib ketgan bo'lardi. Sohibqironning siyosiy hokimyatga chiqishida ham yuqorida nomi zikr etilgan g'animning o'rni katta. Inson hayotida muvafaqqiyatga erishishi va iqtidorini namoyish qilishi uchun, xuddi shu holatga mos maydonga ega bo'lishi kerak va Amir Temurga ham shunday maydon kerak edi. Tabiiy savol tug'iladi Temurni u siyosiy maydonga kim eltadi? Bu siyosiy maydonga inson o'zidan o'zi chiqa olmaydi. Bu strategiyani amalga oshirish uchun inson hech bo'lmaganda hukmdor xonadonga yaqinlashishi kerak va Amir Temurda bu holatga asos bor edi. Chunki Temur ham aristokrat xonadon vakili bo'lgan. Amir Temur voyaga yetgan Barlos urug'i ham yetakchi urug'lardan edi va otasining ham xalq oldidagi obro'si yuksak bo'lgan.
XIV-asrning 40-50-yillariga kelib Chig'atoy ulusi hududlarida parokandalik va o'zboshimchalik hukm surgan edi. Ayni shu paytda hokimliklar o'rtasidagi nizolar, fitnalar davlatni iqtisodiy va siyosiy tarafdan parokanda eta boshlagan edi. Aksiga olib Qozonxon davrida (1338-1346) mamlakatda zulm va zo'ravonlik avj oldi. Xon zulmidan bezigan amaldorlar amir Qazag'an (1346-1357) huzuridan panoh topadilar. Tez orada ihtiloflar ortib ikki o'rtada jang bo'lib o'tadi hamda bu jang Amirning g'alabasi bilan tugaydi. Amir tabiiyki "Legitimligini" saqlash va urf-odat va qoidalarga amal qilish maqsadida taxtga Chingiz xonadoniga mansub bo'lgan Donishmandchaxon (13461348) va Bayonqulixonlarni (1348-1356) taxtga o'tkazadi. Lekin amalda mamlakat hayoti butkul Amirning qo'lida jamlanadi. Ammo keyinchalik Donishmandchaxon va Qazag'an o'rtasida ihtilof kelib chiqadi. Chunki hech qaysi inson taxtga "Qo'g'irchoq" xon sifatida chiqishni xohlamasligi tabiiy. Bu holat oxir-
oqibat ularni g'animga aylantiradi. Bunday qaltis vaziyatda Amir Qazag'an ajoyib xiylani amalga oshiradi, ya'ni Donishmandchaxonga nisbatan "Bu O'qtoyni avlodi, davlatni boshqarish uchun Chig'atoy avlodi" bo'lish kerak degan bahona bilan uni siyosiy sahnadan surib tashlaydi. Keyinchalik Amir Temur hayotida Amir Qazag'an xonadoniga yaqinlashish kuzatiladi va Temur Amir Qazag'anning nabirasi, Amir Husaynning singlisi bo'lgan Uljoy Turkon Og'oga uylanadi. Bu yaqinlashuv Temurni bir bekdan amir xonadoniga kuyov bo'lishiga olib keladi. 1358-yilga kelib Amir Qazag'anning kuchayib ketishi ba'zi hokimlarga ma'qul kelmaydi va Amir fitna qurboniga aylanadi. Uning o'g'li Amir Abdulla esa hokimyatni qo'lida tutib tura olmaydi va taxtga soxta xon Temurshoh (1358-1360) o'tkaziladi.
1360-1361-yillarga kelib Tug'luq Temurning Movarounnahrga ikki marotaba yurish qilishi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bu yurishlar xattoki Amir Temurning amakisi bo'lgan Amir Hoji Barlosni ham qo'rquvga solib qo'yadi [1. 16].
Bu haqida Temur Tuzuklarida quyidagicha: "Chunonchi Chingizxon avlodidan bo'lmish Tug'luq Temurxon Movarounnahr mulkini bosib olish qasdida Amir Xoji Barlos va Amir Boyazid Jaloyir nomiga yorliq jo'natib uning huzuriga borishimiz talab qilindi. Ular men bilan kengashdilar... Men ularga bunday yo'l ko'rsatdim: Tug'luq Temurxonni huzuriga borsangiz ikki foyda bir ziyon bo'lur, Xuroson tomonga o'tib ketishingiz ikki ziyon bir foyda bo'lur. Ular mening kengashimga kirmadilar va Xuroson tomon ketdilar", deb bayon qilinadi [2. 17-18].
Shu asnoda Amir Temur o'sha davrdagi pirlaridan biri bo'lgan Shayh Toybodiydan maslahat so'raydi va u olim Temurga Tug'luq Temurxonni huzuriga borishi kerakligini, yeru-osmon kamon bo'lsa, uni o'q doni taqdir bo'lsa va uning nishoni inson bo'lsa bu kamonning yagona mergani Yolg'iz Allohdir deb, unga jo'yali maslahatlarini beradi Toybodiyning javobidan keyin Temur Mo'g'ul xoni tomon yo'l oladi. Amir Temurning bu qarori, uning kelajakdagi mavqeyiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, Amir Temur o'sha yerda otasining do'sti amir Hamidni tanib qoladi. Amir Hamid Amir Temurni Tug'luq Temurxonning huzuriga olib kiradi va boshqa beklar, sarkardalar ishtirokida qabul marosimi bo'lib o'tadi. . Bizga ma'lum bo'lishicha qabul marosimlarida Temur bilan Mo'g'ul xoni o'rtasidagi farq juda katta bo'lgan. Tug'luq Temur oliy hukmdor darajasidagi shaxs, Temur esa bir bek, undan tashqari Mo'g'ul xoni atrofida Temurga o'xshagan yuzlab beklar bor edi va Temurning Mo'g'ul xoni xizmatiga kirishi u davr uchun katta muvaffaqqiyat edi. Qabul davomida Shahrisabz hududida Temurga Mo'g'ul xoni tarafidan Dorug'a lavozimi berilgan. Keyinchalik Tug'luq Temur 1361-yil Movarounnahrga ikkinchi marotaba yurish qiladi va ahdni buzib Movarounnahrni o'g'li Ilyosxo'jaga topshirib, Temurni Sipohsolor qilib belgilaydi. Bu holat ham Temur tuzuklarida: "Xijriy 762 (milodiy 1361-yil) yili Tug'luq Temurxon Movarounnahrga qo'shin tortib kelib, meni
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
o'z huzuriga chorlab noma jo'natdi. Men uning istiqboliga chiqdim va u bilan ko'rishdim. U oramizdagi ahdni buzib, Movarounnahrni o'g'li Ilyos Xojaga topshirdi, meni esa Sipohsolor qilib belgilagan. Bu ishga ortiqcha ro'yhushlik bildirmayotganimni sezib, bobom Qachuli Bahodir va o'zining bobosi Qabulxonlarning ahdnomasini ko'rsatdi. Po'lat taxtaga o'yib yozilgan ahdnomada "Xonlik Qobulxon avlodining qo'lida, sipohsolorlik esa Qachuli Bahodir qo'llarida bo'lsin, ular bir-biri bilan yovlashmasinlar" degan so'zlar bitilgan edi. Buni o'qib ko'rgach, ulug'lar ahdiga vafo qilishi yuzasidan Sipohsolorlikka rozilik berganligi bayon qilib o'tilgan [2. 20-21].
Bu voqealardan keyin Amir Temur hayotidagi, ta'bir joiz bo'lsa Amir Temurning bir umr oqsoqlanib qolishiga sabab bo'lgan, mashxur Seyiston jangi ro'y berdi. Bu jang haqida Sharafiddin Ali Yazdiy o'zining "Zafarnoma" asarida ham to'xtalib o'tadi. Amir Temur yurishlari davomida Boxtarzamin (Qadimgi baqtra) va Qandahor tomon ketayotganda hozirgi Afg'oniston hududida joylashgan Xilmand daryosiga qarorgoh quradi. Shu orada ming nafar otliq Turk va Tojik Temur qo'shiniga kelib qo'shiladi. Shu tariqa Seyiston hududiga tutashgan yerlar Amir Temurning tasarrufiga o'tadi. Bu xabar Seyiston voliysiga yetgach, elchi orqali Amir Temurga sovg'a-salomlar jo'natadi. Shu orada elchilar Seyiston hokimining iltimosini ham yetkazadilar, ushbu maktubda Seyiston hokimi o'z holini hamda "Dushmanlarim menga zulm qilib, qo'limdan yetti qal'amni tortib oldilar. Agar mendan dushman qo'lini qisqa qilsalar, askarlariga olti oylik oziq-ovqat yetkazib berardim", deb bayon qiladi [2. 28].
Bu xabardan so'ng Amir Temur Seyiston to monga lashkar tortadi va beshta qal'ani qisqa mudatda qo'lga kiritadi. Ushbu holatdan qattiq qo'rqib ketgan Seyiston hokimi o'z mavqeyidan ajralib qolishidan va Amir Temurning mintaqadagi ta'siri kuchayib ketishidan qo'rqib, o'z dushmanlaridan yordam so'raydi. Jang asnosida Amir Temur tirsagi va oyog'iga o'q tegib yaralanadi, lekin shunga qaramay dushman ustidan zafarli g'alabani qo'lga kiritadi. Rivoyatlarga ko'ra Temur o'z yaralari bitguncha ikki oy o'sha hududda turib qoladi. Bu paytga kelib esa Movarounnahrda ijtimoi-siyosiy va iqtisodiy masalalarda inqiroz kuchayadi.
Ilyosxo'janing hokimyat tepasiga kelishi mamlakat hayotini yaxshi tarafga o'zgartirmadi, mamlakatda Mo'g'ullarning jabru-zulmi ortib ketdi va xattoki vaziyat shu darajaga yetdiki Payg'ambar avlodlaridan bo'lgan Sayidlardan Yetmish kishi asirlikda saqlandi. Ilyosxo'janing loqaydligi va davlat ishlarida mas'ulyatsizligi uning huzuridagi ochko'z amaldorlarga juda qo'l keladi. Ana shunday tahlikali davrlarda Movarounnahr siyosiy hayotida Temur bilan birgalikda Amir Husayn ham katta ro'l o'ynay boshlaydi. Ta'kidlash joizki Balx va uning atrofidagi yerlar Husaynga tegishli edi. Shu davrga kelib Amir Temur qaynag'asi Amir Husayn xizmatiga kiradi va ularning ahilligi 1365-yilgacha davom etadi [1. 18].
Ularning birlashgan qo'shini Ilyosxo'jani mamlakat hududidan chiqarib tashlaydi. Bu haqida Fransiyalik olim Lyusen Keren o'z kitobida: "1363-yil otasi olamdan o'tgani sababli Mo'g'uliston xoni etib tayinlangan Ilyosxo'ja Kesh yaqinida kuchli va qaqshatqich mag'lubiyatga uchradi. Temurbek jang arafasida bir tush ko'rgan bo'lib tushida ilohiy bir ovoz agar u o'z vaqtida urush boshlasa, muvafaqiyatga erishishishini bashorat qilgan edi. ... oqshom cho'kkach Temurbek amirlarga dabdabali ziyofat uyushtirdi va ularga qimmatbaho sovg'alar ulashdi... majlis Temurbekka "Sohibqiron" ya'ni "Sayyoralar yaqinlashgan paytda tug'ilgan inson" deya nom berdi" deb yozadi [3. 22-23].
Keyin esa Ilyosxo'ja yangidan katta lashkar yig'ib avvalgi mavqeini qaytarish maqsadida Movarounnahr tomon harakat qila boshlaydi. 1363-1364-yillarda Amir Temur va Amir Husayn uch marotaba dushman ustidan g'olib bo'lishadi. Uchinchi jang 1364-yilda Toshariq degan joyda bo'lib, jangda xattoki Mo'g'ul sarkardalari bo'lgan Bekchik, Iskandarxon, Yusufxo'jalar asir olinadi. G'alabadan so'ng Temur va Husayn Samarqandga kelib an'anaga muvofiq Chig'atoy xonlari avlodidan bo'lgan Qobulshohni taxtga o'tkazishadi. Bu vaqtda esa Ilyosxo'ja Movarounnahr tomonga qaytadan yurish boshlaydi. Hal qiluvchi jang 1365-yil 22-may kuni erta tongda Chinoz va Toshkent oralig'idagi maydonda bo'lib o'tadi [1. 18-19].
Loy jangi haqida Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy manbalarda ma'lumotlar bor bo'lib, Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida bayon qilishicha: "Ikki tarafdagi qarovullar bir-birini ko'rub, cherik tartibig'a mashg'ul bo'lib, yasol bog'ladilar. O'ng qo'lda Xusaynbek azimat bila turdi. Xirovulda O'ljaytu Apardiy va Sher Bahrom va Po'lad Bo'g'a va Farhod va Malik bahodur va O'zga bahodurlar bo'lib erdilar... va Jeta cheriki ko'rdularki, bu Cherik nila urusha olmaslar, Yada toshi bilan xiyla va makr qildilar. Bovujud ulkim, javzo mavsumi erdi ancha yamg'ir to'kdikim, olam to'la suv bo'ldi va andoq balchiq bo'ldikim ot yeridan tebrana olmay va otliqu yayoqqa majoli harakat yo'q erdi" [4. 38].
Aslini olganda Mo'gu'ullar qo'shini son jihatdan raqibidan kam edi, lekin ular yuqorida ta'kidlaganimizdek "Yada" marosimini o'tkazadilar. Etnologiya fanidan ma'lumki o'troq xalqlar yomg'ir chaqirish uchun "Suz xotin - suzma xotin" marosimini o'tkazsalar, ko'chmanchilar esa "Yada" marosimini o'tkazganlar. Yada toshlarini bir-biriga urib duolar o'qishgan va bulut chaqirishgan. Bu jarayon ko'p hollarda effekt bergan, shuning uchun ham Turkiy xalqlar bu marosimdan voz kechmagan. Jang vaqtida qattiq jala quygan edi, xattoki vaziyat shu darajaga boradiki, kamonchilar jang asnosida deyarli foyda bermay qo'yadi, chunki kamon ovqlari yomg'irda ho'l bo'lib, mohir merganlar ham belgilangan joyga nishonga urusha olishmaydi. Undan tashqari Mo'g'ullar jangni yomg'irga moslashgan taktikada olib borishadi hamda bu holat ularning ustunligini ta'minlaydi. Shunday qaltis vaziyatda chap qanotni boshqarayotgan
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
Amir Temur Mo'g'ullarning ba'zi sarkardalarini mavh etishga muvoffaq bo'ladi, lekin Amir Husayn boshliq o'ng qanotning chekinishi vaziyatni salbiy tarafga o'zgartiradi. Sharafiddin Ali Yazdiy Zafarnomada ta'kidlanishicha Amir Temur Amir Husaynga ikki marotaba xabarchi jo'natadi, lekin Amir Husayn vaziyatni o'zgartirmaydi. Lekin ma'lum manoda Amir Husaynning taktikasi ham to'g'ri bo'lgan edi, chunki tarixchi Akbar Zamonovning ta'kidlashlaricha "Mo'g'ullar o'sha vaziyatda yolg'ondan chekingan, maqsad raqib tomonni o'rab olish bo'lib, Amir Husayn esa chekinishga buyuradi, chunki jang asnosida o'n ming qo'shin qurbon berib bo'lingan edi". Yana shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, bu jang Amir Temurning emas, aksincha Amir Husaynning mag'lubiyati edi. Bazilar Amir Temur umrida faqat Loy jangida mag'lub bo'lgan degan fikrda yuradilar, aslida ham shundaymi? Albatta yo'q! Chunki bu jangda Amir Temur Amir Husaynning qo'l ostidagi sarkardalaridan biri edi. Jangning barcha mas'uliyati har qanday holatda ham Amir Husaynning bo'yniga tushadi.
Amir Temur va Husayn mag'lubiyatga uchragandan keyin janubga chekinadilar. Amir Temur Keshga va Amir Husayn Amudaryo bo'yiga ketadi. Bu vaziyatda Samarqanddagi ahvol o'ziga yarasha shahar aholisining qo'lida qoladi. Bu holatda vatan himoyasi uchun "Sarbadorlar" harakati vujudga keladi. Bu harakat haqida ham Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma asarida ma'lumotlar uchraydu: "Jeta cheriki Samarqandg'a yetdilar va ul mahalda Samarqandning qal'asi yo'q erdi. Mavlonzoda Samarqandiy va Xurdaki Buxoriy va Abu Bakr Kalaviy shahar ahliga dedilarki: Ko'chaband va muhofizatg'a mashg'ul bo'ldilar. Va Jeta Cherikini qo'ymadilarkim shaharning yaqinida kelg'aylar. Qamal asru uzun bo'lg'on jihatidan ojiz bo'lub, Xudoyga yolbordilar. Alarning duolari musatjob bo'lub, hazrat Haqning lutfu-faryodlariga yetdi..." [4. 40]. Yuqorida ta'kidlanganidek xalq shahar mudofasini o'z qo'liga olgan edi. Shu o'rinda Mo'gu'llar mag'lubiyatining boshqa sabablarini ham ta'kidlash o 'rinli deb bilamiz. Ya'ni:
I. Mag'lubiyatga uchragan tomon chekinganda g'olib tomon mag'lublarning jasadini dafn etishi lozim, bu urush qoidasi. Lekin Mo'g'ullar ularni dafn etishmadi. Ma'lumki bahorning oxiri va yozning boshida yomg'ir yog'sa yomg'irdan keyin havo dim yoki jazirama bo'ladi. O'liklarni dafn etilmasligi keyinchalik hayvonlar o'rtasida o'lat tarqalishiga olib keladi. Vaziyat shu darajaga yetdiki to'rt kishiga bir ot to'g'ri kelar edi.
II. Qo'shinning ko'p qismi bo'lib o'tgan voqealardan keyin Mo'g'ulistonga qaytib ketib, Samarqandga katta bo'lmagan qismi hujum qiladi. Xatto ayrim tarixchilar o'rtasida Ilyosxo'ja Samarqandga kelmagan degan fikrlar ham bor.
III. Samarqandda mustahkam mudofaa tashkil etilgan bo'lib, jangdagi g'alabaga Mavlonzoda Samarqandiyning o'tkir va'zlari ham samarali ta'sir qiladi.
Jangdagi g'alabadan keyin Sarbodorlar xalqqa mol-mulk va o'ljalarni teng taqsimlash dav'ati bilan chiqadilar. Bu esa shubhasiz mahalliy aristokratiya vakillari tarafidan iliq qarshi olinmay ular shikoyat qilib Amir Husayn huzuriga borgan edilar. 1366-yil Konigil Mavzeyida Amir Husayn va sarbadorlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi. Avvaliga ularga yaxshi muomila qilinadi, keyinchalik esa ularni Samarqanddagi boshqaruvni izdan chiqarib yubordi va aristokratlarni mol-mulkini taladi degan ayblov bilan ularni qatlga buyuradi. Faqat Mavlonzodaning hayoti saqlab qolinadi. Chunki Amir Temurning o'zi oraga tushib uni qatl qilmasligini Amir Husayndan iltmos qiladi. Bu ishi bilan Amir Temurning nafaqat Samarqand, balki Movarounnahrdagi mavqeyi oshib ketadi. Chunki Mavlonzoda payg'ambar avlodidan edi. O'rta asr an'analariga ko'ra ikki toifa odamlarni qatl etish man etilgan, ular: Murattab qorilar va Sayidlar. Yuqoridagi holatlar haqida Nizomiddin Shomiy ham o'zining "Zafarnoma" asarida: "Amir Husayn Samarqandga yetgach Sarbadorlarni dorga osib, xalqni ularning shahridan qutqarishni buyurdi. Amir Sohibqiron Sarbadorlar Mavlonzoda uchun shafoat tilab, uni xalos etdi. Amir Husayn o'rnashib olgach, uning tabiatidagi
xasislik g'olib kelib mol to'plashga berilib ketdi......
Uljoy Turkon Og'oning ziragi va bilaguzugini olib topshirilgan edi. Mollarni Amir Husayn huzuriga keltirishganda, bularni tanidi, ammo uning bahridan o'tisha baxilligi yo'l qo'ymaganligi" haqida to'xtalib o'tgan [5. 50].
Amir Husayn o'z singlisini mol-mulkini ham tortinmasdan qabul qildi. Uljoy Turkon Og'oning vafoti Amir Temur va Amir Husaynni bir-biriga bog'laydigan oxirgi rishtaning ham uzulishiga olib kelgan edi.
1366-1370-yillarda Amir Temur o'z e'tiborini ichki ishlarga qaratadi. Bu vaziyatdan foydalangan Amir Husayn turli fitna-fasodlarga yo'l qo'yib, Temurga qarshi zimdan kurash boshlaydi. Amir Husayn Balxda hal qiluvchi jangga tayyorlanib, 1370-yil Balx, Qunduz va Badaxshonda qo'shimcha kuch to'plab uning otliqlari Termiz atroflarida paydo bo'ladi. Temur ham Biyo degan joyga qarorgoh qurib, jangga tayyorgarlik boshlaydi. Shu yerda Sohibqiron huzuriga Sayid Baraka tashrif buyurib, unga saltanat ramzi bo'lgan Nog'ora va bayroqni tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorot qiladi. Temur huzuriga Amir Kayxusrav, Joku Barlos va Zinda Chashmlar kelib qo'shiladilar hamda 1370-yil 29-martdagi Qurultoyda Suyurg'atmish xon deb e'lon qilinadi [1., 21].
Bu orada Amir Temur va Amir Husayn o'rtasida janglar ham bo'lib o'tgan edi. Vaziyat shu darajaga yetadiki xattoki Amir Husayn Qur'onni ushlab turib ham, xiyonatga qo'l uradi. Bu haqida Temur tuzuklarida ham hikoya qilib o'tilgan: Amir Husayn "Mening do'stlik va qarindoshlikni rioya qilishdan bo'lak niyyatim yo'q" -deb, Qur'on ustida qasam ichgan edi. Keyin o'sha Qur'onni menga jo'natdi. U yana "Agar senga aytgan gaplarimga xilof biron ish tutish niyatim bo'lsa va o'rtadagi ahdu-paymonni buzib senga yomonlik qilsam, shu ushlagan Qur'on - Xudoning
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ
kitobi meni ursin" degan so 'zlarni ham aytgan edi. Amir Temur uni musulmon deb bilgani uchun so'zlariga ishonganini ta'kidlaydi. Hamda shundan keyin u mening huzurimga yana odam yuborib: "O'rtadagi ahdu-paymonimizni yangilasak Xudo haqqi durust bo'lar edi" deb meni Chaq-chaq darasida uchrashishga dav'at edti. Uning maqsadi meni makru-hiyla, firib bilan qo'lga tushirish bo'lgan edi. Ahdu-paymon so'ziga ishonib bo'lmasligini bilsam ham, ammo Qur'on hurmatini saqlab, uchrashuvga borishga qaror qildim. Ehtiyot shart Chaq-chaq darasi atrofiga bahodirlarimdan bir guruhini yashirib qo'yib, keyin esa o'zim suyansa bo'ladigan ishonchli odamlarimni olib, uchrashuvga borish rejasini tuzgani haqida ma'lumotlar keltiradi [2. 50-51].
Keyinchalik shu narsa ma'lum bo'ldiki odatdagidek Amir Husayn yana xiyonat ko'chasiga kiradi. Shu orada Amir Husayn asir tushib, uni Xuttalon hokimi Amir Kayxusrav xun talabi bilan o'ldiradi. Sababi Amir Xusayn 1360-yilda uning ukasi Kayqubodni qatl ettirgan edi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Amir Temurning siyosiy hokimyatga kelgunga qadar bo'lgan davri nihoyatda mashaqqatli bo'lgan hamda bu davr mobaynida Temur hayotida nafsoniyatga tegish, ayriliq, xiyonat va raqiblarning quyishqonga sig'mas holatlari kuzatiladi. Masalan, Tug'luq Temur odat qoidalarini ro'kach qilib, Ilyos Xo'jani rahbar etib tayinladi va tabiiyki bir qulning, ikki xo'jayini bo'lmagandek, Movarounnahrdek strategik mintaqada
qo'shhokimyatchilikning amalda ilojisi yo'q bo'lib bu ishning halokatli oqibatlariga tariximiz ko'p bora guvoh bo'lgan. Aksiga olib Seyiston hokimi ham qo'y terisini yopingan bo'ridek o'zi yordam so'ragan insonga, o'zi hamla qildi va natijasini yuqorida ko'rib o'tdik. Ayni shu davrlarda Temur hayotida yana bir, mudhish voqea yuz berdi, u ham bo'lsa umr yo'ldoshi bo'lgan Uljoy Turkon Og'o Haqning rahmatiga qovushdi. Oradan ko'p o'tmay Amir Husayn bilan ham munosabatlar buzilgan edi. Loy jangidagi mag'lubiyat va Sarbadorlar harakati rahbarlarining qatl etilishi, bu munosabatlarni to'la qonli parchalaydi. Bunday holatlar albatta Amir Temurning yuqori marralarni egallashiga asos bo'ladi. Uning aqlu-zakovati kezi kelganda dushmanlarni ham do'stga aylantirar edi. Bu haqida Ibn Arabshoh o'zining "Ajoyib Al-Maqdur Fi Tarixi Taymur" yani Temur tarixida taqdir ajoyibotlari asarida quyidagi fikrlarni "...U xazil-mazah va yolg'onni yoqtirmas, o'yin-kulgiyu ko'ngil xushlikka maylsiz, garchi (so'zda) o'ziga ozor yetadigan biron narsa bo'lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi. U bo'lib o'tgan ishga aziyat chekmas va o'ziga hosil bo'ladigan yutuqdan shodlanmas edi. Temur tamg'asining naqshi rosti-rasti bo'lib, bu haqgo'y bo'lsang najot topasan demakdir... o'z aqlu-farosati bilan uchayotgan yulduzni to'g'ri yo'lga boshlay olardi" [6. 65] aytib o'tadi.
Yuqoridagi satrlar Ibn Arabshohning "Dard va alam ichida" yozgan so'zlari edi. Ta'bir joiz bo'lsa bu asar Amir Temur vafotidan ancha keyin yozilgan va bu
asarda Amir Temurni maqtashdan hech qanday manfaat bo'lmagan. Demak yuqoridagi voqealardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, Amir Temur siyosiy hokimyatga otasi Barlos urug'ining obro'li insonlaridan biri bo'lgani uchun emas, o'z aqlu-zakovatiga tayanib erishdi. Xiyonat, ayriliq va Do'stlarning dushmanlik yo'liga o'tishi Temurni g'oyatda kuchli va salobatli insonga aylantirdi.
ADABIYOTLAR:
1) B.J.Eshov, A.A.Odilov. O'zbekiston tarixi. II-kitob. Donishmand ziyosi. 2020.
2) Temur tuzuklari. Manaviyat. 2016.
3) Lyusben Keren. Amir Temur saltanati. Manaviyat.
4) Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Sharq. 1997.
5) Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. O'zbekiston. 1996.
6) Ibn Arabshoh. Ajoyib Al-Maqdur Fi Tarixi Taymur. Mehnat. 1992.