Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI VA MARKAZIY DAVLAT BOSHQARUVINING TAKOMILLASHUVI'

AMIR TEMURNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI VA MARKAZIY DAVLAT BOSHQARUVINING TAKOMILLASHUVI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1159
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / sohibqiron / Tarag‘ay / barlos / Chig‘atoy ulus / beklik / Movarounnahr. / Amir Temur / sahibqiran / Taragai / barlos / Chigatai ulus / beklik / Movarounnahr.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nimatjonov, Hasanjon Zohirjon o‘g‘li

Ushbu maqolada Sobibqiron Amir Temurning tavallud topgan davrida Movarounnahrning siyosiy ahvoli, Amir Temurning siyosat maydoniga qay tarzda kelgani va markaziy davlat boshqaruvini takomillashtirgani haqida ma’lumotlar ilmiy asosda yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AMIR TEMUR'S COME TO POWER AND THE IMPROVEMENT OF THE CENTRAL STATE ADMINISTRATION

This article analyzes the political situation of Movarounnahr during the birth of Sobibqiron Amir Temur. Information about how Amir Temur came to the political arena and improved the central state administration is covered on a scientific basis.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI VA MARKAZIY DAVLAT BOSHQARUVINING TAKOMILLASHUVI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

AMIR TEMURNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI VA MARKAZIY DAVLAT BOSHQARUVINING TAKOMILLASHUVI

Nimatjonov Hasanjon Zohirjon o'g'li

Qo'qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti 102 02/23 guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Sobibqiron Amir Temurning tavallud topgan davrida Movarounnahrning siyosiy ahvoli, Amir Temurning siyosat maydoniga qay tarzda kelgani va markaziy davlat boshqaruvini takomillashtirgani haqida ma'lumotlar ilmiy asosda yoritilgan.

Kalit so'zlar: Amir Temur, sohibqiron, Tarag'ay, barlos, Chig'atoy ulus, beklik, Movarounnahr.

ABSTRACT

This article analyzes the political situation of Movarounnahr during the birth of Sobibqiron Amir Temur. Information about how Amir Temur came to the political arena and improved the central state administration is covered on a scientific basis.

Key words: Amir Temur, sahibqiran, Taragai, barlos, Chigatai ulus, beklik, Movarounnahr.

KIRISH

Amir Temur turkiy barlos urug'ining biy (urug' oqsoqoli)laridan bo'lish Muhammad Tarag'ay va Buxoro shariat gonunlari sharh-lovchisining qizi Takina Mohbegimlarning farzandi bo'lib, 1336-vilda Shahrisabga yaqin Xo'ja Ilgor qishlog'ida tavallud topgan. Uning to'liq ismi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asing 60-yillarida mo'g'ullarning Chig'atoy ulusi hukmronligi davom etayotgan edi. 1346-yili Chig'atoy ulusi xoni Qozonxon Amir Qazog'on tomonidan oldiriladi. 1358-yilda Amir Qazog'on ham o'ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O'lkaning turli hududlarida mustagillik da'vosi bilan ish ko'rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so'fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy xavf tug'dirayotgandi. Ulus o'ntacha mustaqil bekliklarga bo'lingan bo'lib, ularning beklari o'rtasida doimo nizo, janjal bo'lardi. Buning ustiga o'z hukmronligini mustah-kamlash maqsadida 1360-yilda Movarounnahrga katta qo'shin tor-tib kelgan Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temur? xuruji ham dard ustiga chipon bo'lgan edi. Bunday galtis vaziyatda siyosiy kurash maydonida hozir bo'lgan yosh Temurbek oldida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

nihoyatda ehtiyotkorlik, aql-zakovat bilan ish ko'rish, o'z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlarni to'plash, so'ngra qulay imkoniyat tug'ilishi bilan yurt dushmanlariga gaqshatqich zarba berish vazifasi turardi. Temurbek uddaburonlik bilan o'ziga xos taktika qo'llab, o'zining bosh orzu-maqsadlaridan voz kechmagan holda, vaziyat taqo-zosi bilan vagtdan yutish, ishonchli kuch topish uchun vaqtincha 1361-yilda Tugluq Temur xizmatiga kiradi. Biroq bir yil muddat o'tar-o'tmay Balx hokimi, Amir Qazog'onning nabirasi Amir Husayn bilan do'stlashib, u bilan birgalikda yurt birligi va ozodligini tiklash-ga kirishadi. U 1362-1364-yillarda mo'g'ul qo'shinlariga bir necha marta zarba beradi. Tug'luq Temurning og'li Ilyosxo'ja 1365-yil bahorida Movaro-unnahrga yurish qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo'yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va Amir Husayn qo'shinining Ilyosxo ja bosh-liq - mo'gul go'shinidan kutilmaganda yengilishi Amir Temur uchun juda katta saboq boldi. Ilyosxo ja qo'shinlari Samargandga tomon yurdi. Mahalliy aholi mudofaaga ko'tarildi, bu harakat sar-badorlar harakati nomi bilan mashhur. Harakatga tolibi ilm vaki-li Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy va mohir mergan Xordaki Buxoriylar boshchilik giladilar. Jome masjidida to'plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonozoda da' vati bilan mo'-g'ullarga qarshi kurashda faol qatnashadilar. Ilyosxo'ja Samarqandda katta zarbaga uchrab Movarounnahrdan chiqib ketishga majbur bo'ladi. Samarqandda hokimiyat sarbadorlar qo'liga o'tadi. Ular xalg turmushini yaxshilashga garatilgan tadbirlar ko'radilar, mo'g'ullarga tarafdorlik qilganlarning yer va mulklari musodara etiladi. Samarqand sarbadorlari g'alabasidan xabar topgan Amir Husayn va Amir Temur 1366-yil bahorida Samarqandga keladilar. Amir Husayn hiylasi bilan sarbadorlar boshliqlari go'lga olinib, o'ldiriladi. Amir Temurning sa'y-harakatlari tufayligina Mavlonozoda tirik goladi. Amir Husayn Movarounnahrda Amir Temurni goldirib o'zi Xurosonga ketadi. Amir Temurning keyingi jo'shqin faoliyati davomida uning Amir Husayn bilan ittifoqi mustahkam bo'lolmadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tabiatan shuhratparast, hokimiyatparast shaxs bo'lgan Amir Husayn ganday qilib bo'lmasin Amir Temurga pand berish, unga hiyonat qilishdan qaytmaydi va do'stlik munosabati yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat'iy qilingan edi. Ammo Amir Husaynning kongli makr va g'addorlik o'y-xayolidan bo'shamasdi» (Sh. Yazdiy. «Zafarnoma». 207-bet).

Xalqimizda «birovga choh qazisang, o'zing yiqilasan» deyilganidek, Amir Husayn ham o'zi qazigan chohga o'zi viqildi. Vaziyat taqozosi bilan Amir Temur Amir Husayn o'rnashib olgan Balga 1370-yilning bahorida qo'shin tortib boradi va uni mahv etadi. Shun-dan so'ng Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

bo'lib qoldi. Samarqand mamlakat poytaxtiga aylandi. Yurtni boshqarish jilovini qo'lga kiritgan Amir Temur oldida hali g'oyatda katta, murakkab vazifalar ko'ndalang bo'lib turardi. Eng asosiysi, mamlakat hududlarini birlashtirish, yagona markazlashgan davlat tuzishdan iborat bosh vazifani hal etish kerak edi. Busiz mamlakat taraqqiyoti-ni olga bostirish, uning dovrug'ini jahon miqyosiga ko tarish mum-kin emasdi. Shu boisdan, dastlab Sirdaryo va Amudaryo oralig idagi hududlar diplomatik yo 1 bilan birlashtirildi. Amir Temur sharqiy hududlarni mo'g'ullar ta'siridan ozod etish uchun 1370-yil oxiri va 1371-yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qiladi. Mog'ul xoni Kepak Temurga gaqshatich zarba beradi, Farg'ona mulki va boshga bir qator hududlar egallanadi. Ko'p o't-may, Afgoniston shimolidagi Shibirg'on viloyati ham uning tasar-rufiga olindi. Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mog'uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar qilgani tilga olinadi. Uning qudratli mog'ul hukm-dorlaridan sanalgan Amir Qamariddin bilan olib borgan ko'p yillik urushlari mamlakatining sharqiy hududlarini mog'ullar asoratidan xalos gilish, yurt tinchligi, osoyishtaligini qaror toptirishga qaratilgan edi. O'z

tasarrufida Qoshgar, Issiqko'l va Yettisuv vohasini birlashtirgan hamda 1369-yili Ilyosxon jani taxtdan ag'darib, Mog'uliston xoni bo'lib ko'tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389-villar davomida Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jang-u jadallar oqibatida Movarounnahrga qarashli asosiy sharqiy hududlar uning tarkibiga go'shib olindiki, bu hol yurtimiz hududida markazlashgan davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

• 1361 - 1365-yillar Mo'g'uliston xoni Tug' luq Temur-ning

o'gli llyoso jaga qarshi urushi

• 1370-yili Amir Husaynga qarshi Balga yurish va uni bartaraf

etishi.

• 1370-1371-yillarda Farg'ona, O'tror, Yassi, Toshkent, Hisor,

Amir Temur Badashon, Qunduz bo'ysundirildi.

tomonidan • 1381-yili Hirot, Seyiston, Mozandaron, Saraxs, Sabza-vor

markazlashgan bo'ysundiriladi.

qudratli • 1371-1389-yillarda jami 7 marta Mo'g'uliston hukm-dori

davlatga asos Amir Qamariddinga qarshi jang-u jadallar olib boril-di va

solinishi sharqiy, shimoliy hududlar yurtga birlashtirildi.

* 1371-, 1373-, 1375-, 1379-, 1388-villarda Xorazmdagi

sofiylar sulolasi hukmdorlari: Husayn, Yusuf va Sulay-mon

so'fiylarga qarshi olib borilgan urushlar va Xorazm-ning yurt

tarkibiga go'shib olinishi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Jadvaldan ko'rinib turganidek, Amir Temur o'z saltanati tarkibi-ga Xorazm mulkini ham qo'shib olish uchun ko'p sa'y-harakatlarda bo'ladi. Chingizon tomonidan Jo'ji ulusiga berilgan Xorazm yer-lari Oltin Ordadan mustagil bo'lib, hokimiyat tepasida Qo'ng'irot so'fiylari turardi. Keyinroq ikkiga bo'linib, janubiy qismi Chig'a-toy ulusiga boysundirilgan edi, ammo Qo'ng'irot so'fiylari janubiy qismni ham fath etadi. Amir Temur esa butun Xorazmni o'z ulusi-ning tarkibiy qismi, deb hisoblar edi. Shu bois, Xorazmni o'z tasar-rufiga olish uchun bir necha marta yurish giladi. 1388-yilda bo'lgan so'nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon so'fiy hukmronligi ag'darilib, bu o'lka Amir Temur saltanati tarki-biga uzil-kesil qo'shib olindi. Shunday gilib, Amir Temur bir necha yillar davom etgan qonli kurashlar, muhim tadbirlar, kezi kelganda diplomatik aloqalarni muvaffaqiyatli qo'llash natijasida mamlakatni mo'g'ullar zulmidan ozod etdi, siyosiy tarqoqlik, o'zaro nizolarni bartaraf qildi. Movarounnahr va Xuroson hududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan davlat barpo etishga muvaffaq bo'lindi. Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o'z qudratini jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maq-sadida XIV asrning 80-yillaridan e'tiboran xorijiy yurtlar tomon ko'p-lab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386-1388-yillardagi «uch yillik», 1392-1396-yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1399-1404-yillardagi «yetti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkazorti hududlari, Shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq yerlari, Kichik Osiyoning talay qismi egal-lanadi. Shu tariqa qudratli saltanat vujudga kelib, uning dovrugi butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta'kidlash joizki, Sohibqironning ko'plab jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqla-ma nuqtayi nazardan baho berib bolmaydi. Negaki, bu yurishlar goho mamlakat hududlariga tajovuz qilgan ajnabiy kuchlarga zarba berish, goho mugaddas islom ta'limoti g'oyalarini, ularni tahqir-lovchilaridan himoya qilish yoxud Sohibqiron yurtiga muttasil dushmanlik gilib kelgan xorijiy davlatlarga nisbatan so'nggi chora sifatida amalga oshirilgan. Jumladan, Amir Temurning Oltin Orda xoni To'xtamishga garshi bir necha marta (1389-, 1391-, 1395-yy.) olib borgan jang-u jadallari, eng avvalo, yurt osoyishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta'minlash magsadiga yo'naltirilgan edi. Ayniqsa, To'xtamishning Xorazm yerlariga da'vosi bunda muhim sabablardan biri bo'lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O'rdaning mahv etilishi esa, tabiiyki, uning tarkibiga kirgan hududlarning, chunonchi, rus knyaz-liklarining mustagillikka erishuvida alohida ahamiyatga ega bo'lganligi ham tarixiy faktdir. Shuningdek, Sohibqiron qo'shinining Turkiya sultoni Boyazid kuchlari bilan 1402-yilda Anqara yaqinida bo'lib o'tgan hayot-ma-mot urushi ham, avalo, turk sultonining qaysarligi, manmanligi, murosasizligi, adolat talabiga qo'l siltaganligi tufayli yuz bergan. Bu beomon jangni o'z foydasiga hal etgan Amir Temur esa ayni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

paytda, o'z qudratini nafaqat Sharqda, balki G'arbda ham namoyish etishga musharraf bo'ladi. Shu buyuk g'alabadan so'ng G'arbiy Yevropaning Angliya, Fransiya, Ispaniya singari nufuzli davlatlari va ularning hukmdorlari Amir Temur bilan yaqindan aloga bog'lash, hamkor-lik gilish, ayniqsa, savdo-sotiq munosabatlarini ornatishga faol yo'l tutganliklari buning yaqqol dalilidir. Darhagiqat, Amir Temurning naqadar uzoqni kora bilish salohiyatini uning Yevropa hukmdorlari — Fransiya qiroli Karl VI (13801422), Angliya qiroli Genrix IV(1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) bilan diplomatik alogalari va yozishmalaridan ham bilsa bo'ladi. Jumla-dan Fransiya qiroli Karl VI ga yo'llagan maktubida savdo aloqalarini yo'lga qo'yishni taklif qilib «Dunyo savdo ahli bilan obod bo'lajak», degan fikrni bildirgan edi. Fransiya qiroli 1403-yil 15-iyunda yozgan javob xatida taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildiradi. Bu davrga kelib, Buyuk Ipak yo li shuhratining yanada ortishi davomida Movarounnahr va Xuroson dunyoning turli mamlakatlari bilan har jihatdan yaqindan bog'lanib, xalgaro karvon savdosining eng muhim markaziga aylandiki, bu esa Vatanimizning iqtisodiy, madaniy va ma'naviy yuksalishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Amir Temur qudratli saltanatni barpo etar ekan, uni odillik bilan idora qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga ham alohida ahamiyat berdi. U o'zbek davlatchiligining somoniylar, qora-xoniylar, g'aznaviylar, saljugiylar, xorazmshohlar davrida tarkib topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy davrning talab-chtiyojlariga moslab yanada takomillashtirdi, ularga yangicha ruh, mazmun va saygal berdi. Amir Temur o' zigacha shakllangan o'zbek davlatchiligining asos-lariga izchil amal gilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jid-diy hissa go'shai. Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, jami-yat rivojida barcha ijtimoiy tabagalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta'minlashga alohida e'tibor berdi. Shundan kelib chigib, Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo'lib jamiyat ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqeyi, manfaatlarini, shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab bergan. Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya'ni dargoh va vazirlik-lardan iborat bo'lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o'zi tur-gan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko'rsat-masi bilan hal etilgan. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklari, mahalliy hoki-miyat idoralari va umuman saltanada kechayotgan jarayonlar bilan bog'liq ishlar oliy devon zimmasida bo'lgan. Oliy devonda har kuni 4 vazir, ya'ni ijroiya idoralari nomidan bosh vazir, harbiy vazir, mulk-chilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo'lib, o'ziga xos ravishda humdorga hisob berib turgan. Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruviga xos eng muhim xususiyatlaridan biri unda adolat me'zoniga alohida ahamiyat berilganligidir. U har

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

doim «Kuch - adolatda!» deb ta'kidlar va unga amal qilardi. Uning davlat boshqaruvi tizimi masalalariga bag'ish-langan mashhur tuzuklarida ham har bir ishda adolat me'zoniga amal qilishlik, nohaqlik, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik g'oyasi chuqur ifodalanganligi bejiz emas. Zero, xoh moliya-soliq tizi-mida, xoh savdo-tijorat sohasida yoxud mulkiy masalalarda bo'Isin, hamma narsada odilona, gonunchilik goidalari, talablariga asoslanib ish yuritish Amir Temurning qat'iyat va izchillik bilan o'tkazgan davlatchilik siyosatining asosiy me'zoni bolgan. O'z amali, mansa-bini suiiste' mol qilish, poraxorlik, maishiy buzuqlik kabi og'ir jino-yatlar sanalib, ularni sodir etuvchilar qattiq jazolangan. Amir Temur tuzuklariga asos gilib olingan davlatchilik siyosatining muhim jihati yana shundan iboratki, uning davrida har bir sohaga kadrlar tan-lash, lavozimlarga tayinlashda ularning iqtidoru qobiliyatiga, bilimu iste'dodiga, nasl-nasabiga alohida e'tibor berilgan. Davlatga sadoqat bilan xizmat qilgan xodimlar doimo rag'batlantirilib, martabala-ri oshirib borilgan.

Ushbu maqolada Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari oz davrida uning saltanatini yanada mustahkam bolishiga olib kelgan va hozirgi kunda kundan-kun gullab-yashnab borayotgan Mustaqil Ozbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar ham davlat boshqaruv sohasida mamlakatimizning ertangi kuniga bolgan ishonchni yanada mustahkamlab, buyuk davlat arbobi Amir Temur tajribasini chuqur organib, amalda buyuk bobolarimiz tajribasidan unumli foydalanilayotganining isboti sifatida ko'rish mumkinAmir Temur buyuk davlat asoschisi.Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan.Amir Temur nomi tarixda Movarounnaxr va buyuk Turkiston o'lkalarida ilm-fan homiysi sifatida ham qolganini ta'kidlash lozimdir. Ma'lumki, u nafaqat o'z mamlakatini, balki o'zga o'lkalarni ham obod qilish uchun katta kuch va g'ayrat sarflagan.Darhaqiqat o'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo'yoq bilan o'chirildi, unitilishga mahkum etildi.Lekin o'zbek xalqi o'z ajdodlarini, o'z bahodirlarini unitmadi, hamisha yuragida, qalb to'rida saqladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOT (REFERENCE)

1. Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova- "Ozbekiston Tarixi-2016" 152-158-betlar

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.