Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING HARBIY BOSHQARUV SIYOSATI'

AMIR TEMURNING HARBIY BOSHQARUV SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy boshqaruv sohasi / Temur tuzuklari / harbiy mansablar / ko‘ra uch yuz o‘n uch amirlar / sarkardalarning uch avlodivakillari / yetti qo‘l.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Azada Rahmatullaeva Rustamovna

Mazkur maqolada Amir Temurning harbiy boshqaruv sohasidagi islohotlari, “Temur tuzuklar”ida bu yangiliklarningbayon etilishi, o‘nboshi, yuzboshi va mingboshilar xalqchil (demokratik) saylov asosida saylangani va tumanbegi va amir ul-umaroning esa Sohibqiron tomonidan tayinlangani, mahoratli qo‘mondonlarning uch avlodini g‘alabalarni ta’minlashga qo‘shgan hissalari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по социальным наукам , автор научной работы — Azada Rahmatullaeva Rustamovna

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING HARBIY BOSHQARUV SIYOSATI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

AMIR TEMURNING HARBIY BOSHQARUV SIYOSATI

Azada Rahmatullaeva Rustamovna

Tarix kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent

100149, O'zbekiston Ozodarakhmatullayeva@mail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13302580 Annotatsiya: Mazkur maqolada Amir Temurning harbiy boshqaruv sohasidagi islohotlari, "Temur tuzuklar"ida bu yangiliklarningbayon etilishi, o'nboshi, yuzboshi va mingboshilar xalqchil (demokratik) saylov asosida saylangani va tumanbegi va amir ul-umaroning esa Sohibqiron tomonidan tayinlangani, mahoratli qo'mondonlarning uch avlodini g'alabalarni ta'minlashga qo'shgan hissalari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: harbiy boshqaruv sohasi, Temur tuzuklari, harbiy mansablar, ko'ra uch yuz o'n uch amirlar,sarkardalarning uch avlodi vakillari, yetti qo'l.

KIRISH

O'zbekistonning yangi taraqqiyoti davrida mamlakatimizda olib borilayotgan islohot va yangilanishlar ko'lamida milliy harbiy san'at tarixini chuqur o'rganishga ham alohida e'tibor berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan milliy harbiy san'at tarixi hamda zamonaviy jang amaliyotlarini chuqur o'rganib, qo'shinlar tayyorgarligi usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo'yildi, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga "Temurbeklar maktabi" nomi berildi[1], harbiy qasamyod qilishdan oldin, "Temur tuzuklari" asaridan sinov topshirishi kerakligi ta'kidlandi[2].

Amir Temur qudratli saltanatni barpo etishda va xavfsizligini himoya etishda harbiy ilm-fanga, ma'naviyatga asoslangan.

Sharq olimi Ibn Xaldun "Xotiralari"da Sohibqironning xizmatlariga quyidagi yuksak baho berilgan: "Amir Temur Odam ato davridan to shu paytgacha siz kabi podshoh chiqqan emas... asabiyatda ularga yer yuzidagi hech bir podshoh, Xusrav ham, Qaysar ham, Iskandar ham, Buxtannasr ham teng kela olmaydi. Xusrav forslarning kattasi va shohidir. Lekin forslar qayerda-yu, turklar qayerda! Qaysar va Iskandar Rum podshohlaridur. Lekin rumliklar qayerda-yu, turklar qayerda! Buxtannasr bobiliylar va nabotiylarning kattasidir. Lekin ular turklarga teng kela olarmidi ![3]"

Amir Temurning harbiy boshqaruv sohasidagi islohotlari o'sha davr tarixiy manbalarida yoritilgan va "Temur tuzuklari" Amir Temur jang san'atini o'rganishda eng muhim manbalardan hisoblanadi. Ushbu asarda sipoh saqlab turish, sipohga ulufa berish, askarlarni eng quyi martabadan oliy martabagacha tarbiyalab ko'tarish, katta nog'ora va bayroq berish, sipohning yaroq-jabduqlari va anjom - jihozlari, navkarning begiga va bekning navkariga muomala qilish va boshqa tuzuklari keltirilgan.

2

TAD

QIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada xolislik tamoyili bilan tarixiy taqqoslash, xronologik, retrospektiv, tanqidiy tahlil qilish, mantiqiylik metodlari asosida xulosalar chiqarildi.

3

MAV

ZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Amir Temur davriga oid asosiy manbalar "Temur tuzuklari", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Ibn Xaldunning "Tarjimai hol", Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi", tadqiqotlardan L.Bobrov "Marshal« saxibkirana", H.Dadaboyev "Ajdodlarimizning harbiy mahorati", V.L. Kvint Amir Temurning strategik yetakchiligi: "Tuzuklar"ga izohlar.

4

NATI

JALAR VA ULARNING TAHLILI

"Tuzuklar"ning yaratilgan davri, muallifi, originalligi xususida bahsli mulohazalar mavjud[4]. Bizningcha, asarning yozilish xususiyatiga ko'ra, ya'ni "Amr qildimki", "Buyurdimki", "Belgilab qo 'ysinlarki", -kabi iboralarga tayangan holda asar Sohibqironning saltanat va harbiy boshqaruviga oid amr va farmonlari, buyruqlari jamlangan kitob sanaladi.

"Tuzuklar"da barcha vazirlarga katta talablar qo'yilgan (ayni damda sipoh, harbiy ishlar bo'yicha vazirga ham tegishli): "Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat muomalalarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to'g'rilik bilan, asli-nasli tozaligini ko'rsatib, ajoyib tarzda bajaradi. Olgulik joyidan olib, bergulik yerga beradi. Ruxsat etuvchi va taqiqlovchi buyruqlarida uning aslligi bilan toza naslligi ko'rinib turadi. (Hech kimga) dushmanlik va jabr-zulm qilmaydi. Xoh sipohdan, xoh raiyatdan bo ' lsin, har kimning nomini yaxshi so'zlar bilan tilga oladi. Birovdan yomonlik axtarmaydi, aytsalar eshitmaydi. Agar birovdan yomonlik ko'rgan bo'lsa, unga nisbatan shunday muomala qiladiki, u (oxiri) yomonligidan qaytadi. O'ziga yomonlik qilgan odamga nisbatan shunday yaxshilik qiladiki, u (oxiri) oldiga bosh egib keladi. Aqlli, bilimdon va hushyor vazir shunday bo'ladiki, agar saltanat ishlarida chigil-jumboq uchrasa, aqlu farosat uni barmog'i bilan uni yechib yuboradi [5]."

Rossiyalik harbiy tarixchi t.f.d. Leonid Bobrov[6] va Rossiya Fanlar Akademiyasi professori V.L. Kvint[7] tadqiqotlarida Amir Temurga "harbiy san'at dahosi", degan yuksak baho berilgan.

Amir Temur harbiy boshqaruv sohasida islohotlar o'tkazib, tajribalar asosida takomillashtirib borilgan.

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Qo'shin tarkibi o'nlik - "ayl"- "aylboshi", yuzlik -"xo'shun", "qoshun" - uni yuzboshi - "qoshunboshi", minglik - "hazora"- mingboshi - "mirihazora", o'n minglik - "tuman" tumanbegi, "tuman og'asi" kabi birikmalar va harbiy mansablardan tashkil topgan.

O'nboshi, yuzboshi va mingboshilar xalqchil (demokratik) saylov asosida saylangan va "Tumanbegi" va "Amir ul-umaro" esa Sohibqiron tomonidan tayinlangan. Jumladan, "Sipoh saqlab turish tuzugi"ga ko'ra: "Amr qildimki, qachonki asl sipohiylardan ish ko'rgan, jangu jadal bilan suyagi qotgan o'n kishi yig'ilsa, bularning qaysi birining shijoati, botirligi ortiqroq bo'lsa, qolgan to'qqiztasi o'z roziligi va ma'qullashi bilan uni o'zlariga sardor qilib otini o'nboshi deb atasinlar. O'n nafar o'nboshi jam bo'lsa, o'z ichlaridan eng oqilona ish ko'rgan, jang maydonlarida toblanib, tajriba orttirgan, bahodirlikda nomi chiqqan birovni amir qilib, uni yuzboshi deb nomlasinlar. O'nta yuzboshilar yig'ilib, amirzodalardan aqllisi va shijoatli, bahodirini saylab uni mingboshi desinlar va "amiri hazora" deya murojaat qilsinlar [8]."

Jami boshqaruvda o'n ikki nafar amir bo'lgan, ularga birinchidan to o'n ikkinchi darajagacha amirlik unvoni berilgan. Quyi toifadagi amir (sarkarda) o'zidan yuqori toifadagi sarkardaga so'zsiz bo'ysungan. Qo'shinlarni boshqarish uchun o'n ikkita amirlar tayinlangan.

Birinchi amir mingta jangchi, ikkinchi amir - ikki ming jangchi, uch ming kishilik qo'shilmaga uchinchi amir sarkardalik qilgan. Shu tartibda o'n ikkinchi amir olti mingdan - o'n ikki minggacha askardan iborat birlashmaga qo'mondonlik qilganlar.

O'n ikki amirning har biriga bittadan bayroq va nog'ora berilgan.

Amir ul-umaroga bayroq, nog'oradan tashqari tuman tug'I [9] va chortug' [10] ham taqdim etilgan. Mingboshiga bir tug' va karnay, yuzboshi va o'nboshiga bittadan katta nog'ora berilgan [11].

"Amirlik va hukmdorlik martabalari tuzuki"ga ko'ra, "... eng yaqin navkarlarimdan uch yuz o'n uch kishiga amirlik mansabi berishni buyurdim [12]".

Qo 'shin bo 'linmalariga Sharq xalqlari an 'analariga ko 'ra uch yuz o 'n uch bek boshchilik qilganlar: 100 tasi - o'nbegi, 100 tasi - yuzbegi, 100 tasi - mingbegi va 13 tasi tumanbegilar. Bu masalaga L.Kvint Sharq xalqlari an'analari sifatida qaragan[13]. Ammo masala to'ldirishni talab etadi.

Aynan uch yuz o 'n uch sonining ilohiyligini shunday asoslash mumkin:

- Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asari "Muqaddima"sining "Payg'ambarlar haqida so'z, alayhissalom" qismida mashhur sahoba Abu Zar G'iforiyning ma'lumotiga ko'ra, ilohiy bilim, kitob aynan 313 ta payg 'ambarlarga yuborilgan [14].

- Qur'oni Karimning Qamar Surasida keltirilgan Badr urushida son va qurol jihatidan katta ustunlikka ega bo'lgan, ya'ni dushman to'qqiz yuz ellik jangchisi, yetti yuz tuya, yuzta oti, yetarlicha qurol va boshqa zarur ashyolari bo'la turib, esa uch yuz o 'n uch kishidan iborat musulmonlarning Allohning madadi bilan g'olib chiqishi [15];

www.in-academy.uz

Uch yuz o 'n uch amirlar maxsus tayyorgarlikdan o'tgan "Xos soqchilar" ya'ni "Xos ul-xos navkarlar" ya'ni, hukmdorga yaqin eng ishonchli kishilar bo'lib, saralangan zodagonlar maxsus bo'linmasi - shaxsiy gvardiya hisoblangan. "Tuzuklar"da: "ular asli toza, pok naslli, aql-farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, istiqbolni va moziyni o'ylab ish tutadigan kishilar edi. ... Mening bu uch yuz o'n uch amirlarimning barisi aql-xush egalari, bazmu razm sherlari, mahoratli sarkarda, lashkar to'pini buzib, uni mag'lub etuvchi kishilar edi", deyilgan[16].

Amir Temur askarlarning kelib chiqishi toifasidan qat'iy nazar, adolatli va xalqchil ravishda tarbiyalab yetishtiradigan tizimni shakllantirgan. Bu haqda "Askarni eng quyi martabadan oliy martabagacha tarbiyalab ko'tarish tuzuki[17]"da avvalo askarlarning iqtidori va qobiliyatini tarbiyalashga ahamiyat berilgani ma'lum bo'ladi.

Ibn Arabshoh, askarlarni muhoraba maydonida devlarga o'xshatsa, ularning ma'naviy dunyosini esa maloikalarga qiyoslaydi.

Nazm:

(Ular) turkjangchilaridan iboratyigitlarki, ularning ovozlari momaqaldiroq tovushini na his qiladi, na sehr qoldiradi.

Muqobolada ular husnda maloikalar misoli,

Muqotalada ular devlar kabidir.[18]

Saltanatni mustahkam harbiy himoya etish va g'alabalarni ta'minlashda iqtidorli qo'mondonlarning ham o'rni katta bo'lgan. Tarixiy manbalarda saltanatga sidqidildan xizmat qilgan mahoratli lashkarboshilarning qahramonliklariga oid ma'lumotlar talaygina.

L.Bobrov[19] va H.Dadaboyev[20] bosh qo'mondonlarning yoshi, malakasi va harbiy mahorati darajasiga ko'ra uch avlod guruhiga ajratganlar:

L. Bobrov mahoratli nomdor bosh qo'mondonlarning tarjimai holini manbalardagi dalillar bilan asosli tadqiq etgan harbiy zafarlarga erishishga nomdor lashkarboshilarning harbiy mahoratiga ham bog'liqligini asoslaydi. Bunda olim Amir Temur va uning sarkardalarining janglardagi ishtiroki nihoyatda mufassal tasvirlangan Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiy, G'iyosiddin Ali, Muiniddin Natanziy, Ibn Arabshoh, Rui Gonsales de Klavixoning asarlariga asoslangan. Olim Amir Temurni "Temurlang" (xromoy Temur) laqabini haqoratomuz deb hisoblab, ilmiy tadqiqotlarda bunday atalishini noto'g'ri hisoblaydi va Sohibqironni "Buyuk o'zbek harbiy sarkardasi", deb ataydi.

Shuningdek, L.Bobrov[21] va H.Dadaboyev[22] bosh qo'mondonlarning yoshi, malakasi va harbiy mahorati darajasiga ko'ra uch avlod guruhiga ajratganlar:

Birinchi avlodni - "eski gvardiya", ya'ni 1350-60-yillarda Sohibqironning markazlashgan saltanat barpo etishi davrida siyosat sahnasiga chiqqan vaqtdan umrining so'nggi onlarigacha unga sadoqat bilan hamfikr, hamnafas bo'lgan safdoshlari tashkil etgan.

Ikkinchi avlodni - sohibqiron farzandlari Jahongir mirzo, Umarshayx mirzo, Mironshoh mirzo, Shoxrux mirzo, shuningdek, ota kasbini davom ettirgan

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

lashkarboshilar ya'ni, oliy harbiy elita, ya'ni keksa qo'mondonlarning o'g'illari, sohibqironning do'stlari, tengqurlari, sobiq safdoshlarining farzandlari tashkil etgan. Ularning ko'pchiligi 25 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan.

Uchinchi "nabiralar avlodi"ni - tug'ma lashkarboshilar, ularni Amir Temurning nabiralari tashkil etgan.

"Amir Temurning jahon harbiy san'ati rivojiga qo'shgan hissasi" mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiyada xorijiy tadqiqotchi olimlar Fredrik Bopertyui-Bressan, L.A.Bobrov, F.Robert Baumann, Refaat Hussin kabi olimlar Amir Temurning jahon harbiy san'ati rivojiga qo'shgan hissasini yuqori baholadilar[23].

H.Sodiqovning "Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati[24]", "O'zbekiston harbiy san'ati tarixi[25]" nashrlari bir muncha batafsil tahlilga ega, ilmiy qiymati bilan ajralib turadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa sifatida Amir Temurning harbiy boshqaruv sohasidagi islohotlari asosan to'plangan tajribalar asosida amalga oshirilgan va harbiy ilm-fan rivojiga qator yangiliklar kirilgan. Bunda:

- harbiy boshqaruvda "Tuzuklar"ga tayanilgan va "kengash" va "mashvarat"larning o'rni katta bo'lgan;

- qo'shin bo'linmalariga Sharq xalqlari an'analariga ko'ra uch yuz o'n uch nafar iqtidorli lashkarboshilar qo'mondonlik qilganlar;

- o'nboshi, yuzboshi, mingboshilarni saylashda xalqchil saylov tizimiga amal qilingan, tumanboshilar va amir-ul umaro Sohibqiron tomonidan tayinlangan;

- qudratli qo'shin tuzilishi, yasol harbiy boshqaruv tizimida yangi harbiy an'ana va qadriyatlar tadrijiylik asosida rivojlantirilgan, yangi mansab va lavozimlar joriy etilgan.

ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Farmoni. Toshkent sh., 2017 yil 5 iyul, PF-5106-son. https://lex.uz/acts/3255680.

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. - B. 92-93.

3. X,a6n6ymaeB A. H6H XangyH. "TaprnMan xorf'gaH / AMHp TeMyp Ba y^yr6eK 3aMOHgomrapn xompacnga: (Pncona) / E.AxMegoB, y.yBaTOB, F.KapHMOB Ba 6om^. - T.: Y^HTyBHH, 1996. - E. 42-43.

4. Ahmedov B. "Temur tuzuklari" tarixiy manba sifatida // Sharq mash'ali. - T., 1992. № 1, 2; Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. - Toshkent: O'qituvchi, 1994. - B. 361; Uvatov U. "Temur tuzuklari Makkadamikan?" // Amir Temur saboqlari: 2.

- B. 75-100; Temur tuzuklari. 1996. - B. 7-8; Qissai Temur. -B. 6, 20; Rahmatullayeva O. O'zbekistonda "Temur tuzuklari" asarining o'rganilishi // Tarixiy manbashunoslik muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2008 yil, 25 aprel. - T.: O'zMU, 2008. - B. 371-374.

5. Темур тузуклари. 2018. - Б. 106-107.

6. http: tass.ru/sibir-nevs/2691051. "Новосибирские историки первыми в мире восстановили биографии полководцев Тамерлана", "Маршалы Сахибкирана. К вопросу о высшем комадном составе армии Амира Тимура последней трети XIV - начала XV вв."

7. Квинт В.Л. Амир Темурнинг стратегик етакчилиги: "Тузуклар"га изохдар / В.Л.Квинт (сузбоши, изохлар). -СПб., 2021. - Б. 11.

8. Temur tuzuklari. 2018. - B. 98-99.

9. O'rta asrlarda uchiga qo'tos, ot yoli yoki dumi, yarim oy yoki kerilgan besh panja tasviri o'rnatilgan lashkarning bayroqsimon nishon belgisi; ushbu tug' atrofida to'plangan harbiy bo'linma ma'nosida ham keltirilgan.

10. Harbiy bo'linma amirining darajasini bildiruvchi uchi o'tkir nayza, bayroqning bir turi.

11. Temur tuzuklari. 2018. - B. 119.

12. Temur tuzuklari. 2018. - B. 111.

13. Квинт В.Л. Амир Темурнинг стратегик етакчилиги: "Тузуклар"га изохдар / В.Л.Квинт (сузбоши, изохлар). -СПб., 2021. - B. 99.

14. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Muqaddima. 2022. -B. 62.

15. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tavfsiri Hilol. 5-juz. - T.: Hilol - Nashr, 2021. - B. 664. (Qur'oni Karimning Qamar Surasi).

16. Temur tuzuklari. 2018. - B. 111.

17. Temur tuzuklari. 2018. - B. 113.

18. Ибн Арабшох. Амир Темур тарихи. 1 китоб. - Б. 220.

19. Qarang batafsil TASS: http:tass.ru/sibir-nevs/2691051. Marshalbi» Saxibkirana. K voprosu o vbisshem komadnom sostave armii Amira Timura posledney treti XIV - nachala XV vv. "

20. Dadaboyev H. Ajdodlarimizning harbiy mahorati. - T.: Akademnashr, 2016. - B. 144-146.

21. http:tass.ru/sibir-nevs/2691051. Marshalbi» Saxibkirana. K voprosu o vbisshem komadnom sostave armii Amira Timura posledney treti XIV - nachala XV vv."

22. Dadaboyev H. Ajdodlarimizning harbiy mahorati. - T.: Akademnashr, 2016. - B. 144-146.

23. Amir Temurning jahon harbiy san'ati rivojiga qo'shgan hissasi: Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari to'plami, 2022 yil 8 aprel /(fals.f.d. (DSc), professor, polkovnik R.S.Samarovning umumiy tahriri ostida]. - T.: O'R QK Akademiyasi, 2022. - 290 b.

24. Соди^ов X,. Амир Темур салтанатида хавфсизлик хизмати. - Т., 2018. - 570 б.

25. Узбекистан харбий санъати тарихи: китоб-альбом / Ж.Х.Исмаилова, Л.Г. Левтеева; масъул мухаррир: Ю.Р.Буряков. - Т.: Узбекистон, 2012. - 208 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.