Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA VA XORIJIY DAVLATLARDA MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHIDAGI OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI'

MAMLAKATIMIZDA VA XORIJIY DAVLATLARDA MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHIDAGI OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

6167
262
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim / sifat / tizim / maktabgacha ta'lim / psixologik-pedagogik / education / quality / system / preschool education / psychological pedagogy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xosiyatxon Xusniddinovna Аlieva

Ushbu maqolada ta'lim sifatini boshqarish va nazorat qilish, uzluksiz ta'lim tizimi maktabgacha ta'lim sifatini faqatgina uning psixologik-pedagogik jihatlari nuqtai nazardan ko'rib chiqishganligini qayd etish va ta'lim sifatini obyektiv baholash zaruriyati hamda tegishli baholash to’g’risida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, it is noted that the management and control of the quality of education, the system of continuing education considers the quality of preschool education only in terms of its psychological and pedagogical aspects, and the need for objective assessment of education quality written on.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA VA XORIJIY DAVLATLARDA MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHIDAGI OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-868-872

MAMLAKATIMIZDA VA XORIJIY DAVLATLARDA MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHIDAGI OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT

ISHLARI

Xosiyatxon Xusniddinovna Alieva

Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim sifatini boshqarish va nazorat qilish, uzluksiz ta'lim tizimi maktabgacha ta'lim sifatini faqatgina uning psixologik-pedagogik jihatlari nuqtai nazardan ko'rib chiqishganligini qayd etish va ta'lim sifatini obyektiv baholash zaruriyati hamda tegishli baholash to'g'risida yozilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, sifat, tizim, maktabgacha ta'lim, psixologik-pedagogik.

ABSTRACT

In this article, it is noted that the management and control of the quality of education, the system of continuing education considers the quality of preschool education only in terms of its psychological and pedagogical aspects, and the need for objective assessment of education quality written on.

Keywords: education, quality, system, preschool education, psychological pedagogy.

KIRISH

Ta'lim sifatini boshqarish va nazorat qilish, uzluksiz ta'lim tizimini to'la boshqarish tizimlarini shakllantirish hamda tadbiq qilish - davlat ta'limi siyosati, hozirgi zamon talabi ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

Ta'lim sifati ustuvorligi ta'lim siyosatining yadrosi sifatida maktabgacha ta'lim muassasasidan boshlab, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida boshqaruvning samarali mexanizmlarini yaratish muammosini nihoyatda dolzarb qilib qo'yadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning har tomonlama rivojlanishi, unda "komil inson" asoslarini shakllanishi va yuzaga kelish davri - noyob davr deb belgilanganligi tufayli maktabgacha ta'lim, ayniqsa muhim rol o'ynaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Barcha tarbiyachilar maktabgacha ta'lim sifatini faqatgina uning psixologik-

pedagogik jihatlari nuqtai nazardan ko'rib chiqishganligini qayd etish qiyin emaski, Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 868 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-868-872

bu u haqdagi tushunchani yaxshi shakllantirish uchun yetarli emas. Bunga nafaqat psixologiya va pedagogika, balki, falsafa, sotsiologiya, boshqaruv fanlariga oid bilimlarning integratsiyalashuviga asoslangan fanlararo yondashuv sharoitidagina erishish mumkin.

Maktabgacha ta'lim muassasasi bozor munosabatlari sharoitida sifatni ta'minlovchi ta'lim tashkiloti sifatida namoyon bo'lishi ham o'rganilmoqda. Shunday vaqtda o'ziga xos xususiyatlarini bilmasdan bunday sharoitda ta'lim sifatini takomillashtirish konsepsiyasini yaratish mumkin emas.

Maktabgacha ta'lim tizimini uning sifatiga muvofiq modernizatsiyalashning tahlili quyidagilar o'rtasidagi bir qator ziddiyatlarni namoyon qildi:

• maktabgacha ta'lim muassasalarining ijtimoiy belgilangan maqsadlarga erishish usul va vositalarini tanlash doirasidagi bir talay huquq va vakolatlari hamda ularni amalga oshirishning ilmiy- asoslangan mexanizmi mavjud emasligi;

• maktabgacha ta'lim muassasasida shaxs va jamiyatning sifatli ta'lim olishga ehtiyoji va kutayotgan natijasi, talablarini qondirish uchun sharoit yaratishga qo'yiladigan talablar hamda real amaliyotning haqiqiy holati;

• ta'lim sifatini boshqarishga ijodiy yondashuvdan foydalanish zaruriyati hamda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlarida sifatni boshqarish obyektini tizimli ko'ra bilish mayjud emasligi tufayli ta'lim jarayonining alohida tomonlariga lokal ta'sir amaliyoti;

• maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim sifatining zarur darajasini ta'minlash maqsadida faoliyat va rivojlanish jarayonlarining o'zaro aloqalarini o'rnatish zaruriyati hamda maktabgacha ta'lim pedagogik tizimlarini asosan ular ega bo'lgan potensialni qo'llab-quvvatlash va erishilgan natijalarni saqlab qolishga yo'naltirish;

• ta'lim sifatini obyektiv baholash zaruriyati hamda tegishli baholash texnologiyalarning yetarlicha ishlab chiqilmaganligi.

Insoniyat o'z taraqqiyoti mobaynida har biri o'z alohida xususiyatlariga ega bo'lgan bir necha davrlarni bosib o'tdi. Sivilizatsiya taraqqiyotining u yoki bu davrining o'ziga xosligini belgilovchi ustuvor .belgi sifatida "inson - inson" va "inson - tabiat" tizimlaridagi munosabatlar maydonga chiqadi.

Tadqiqot yo'nalishidagi mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar tahlili sifatga yo'naltirilgan maktabgacha ta'limning maqsadli funksiyalari quyidagilardan iborat ekanligini e'tirof etish imkonini berdi:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 j ISSUE 1 j 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-868-872

• Birinchi, salomatlikni asrovchi funksiya, bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi jarayoni ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib tashkil etilishda va amalga oshirilishda namoyon bo'ladi, shuningdek, bola vujudining aniq ekologik va ijtimoiy muhitda barqaror hayotchanligini saqlashga yo'naltirilgan bo'ladi;

• Ikkinchi - rivojlantinivchi funksiya, ta'lim jarayonining "madaniyatli kishi" asosini shakllantirishga qaratilganligidan iboratdir, bu "...bolaning aqliy, ma'naviy va jismoniy layoqatlarini to'laqonli" ("Bola huquqlari to'g'risida konvensiya", 29-modda) rivojlantirishda barcha bolalarga teng dastlabki shart-sharoitni ta'minlash (BMT konvensiyasi) bilan to'la bog'liqdir;

• Uchinchi - tuzatuvchi funksiya, bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarni malakali tuzatishni amalga oshirish bilan bog'liq;

• To'rtinchi - bola yoshi rivojlanishning yangi bosqichiga o'tishida uzviylikni ta'minlash funksiyasi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini ta'minlashga yo'naltirilgan prinsiplarga quyidagilar kiradi:

• barcha asosiy yo'llar bo'yicha bolaning to'laqonli rivojlanishini ta'minlash prinsipi;

• bolaning yosh va shaxsiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun maktabgacha ta'limning o'zini-o'zi qoplashi prinsipi;

• ta'lim jarayonini amaliy tashkil etish prinsipi, u yetakchi va o'ziga xos bolalar faoliyat turlarining o'zaro bog'liqligiga, bola rivojlanishining amaliy asoslarini predmetli boyitishni taqozo qiluvchi zaruratga asoslanadi;

• maktabgacha ta'limning shaxsga qaratilganlik tavsifi;

• bola tomonidan ijtimoiy-madaniy tajribani ijodiy "o'zlashtirishni" ta'minlash prinsipi, u ijodiy faoliyatni shakllantirish vositalarini "ishga solishni" nazarda tutadi;

• ularni amalga oshirish maqsadlari va vositalarining birligi prinsipi.

Maktabgacha ta'lim sifati - natija haqida bola shaxsini rivojlantirish nuqtai

nazaridan bolalar quyidagi shaxsiy natijalarni qanday egallaganiga qarab so'z yuritish mumkin: tizimli tabaqalanadigan malakalilik:

• til malakasi, bolaning o'z fikrlari, istaklari va niyatlarini nutq vositasida va nutqsiz vositalarda erkin ifodalashni nazarda tutadi;

• ijtimoiy malaka, har bir insonga oliy qadriyat sifatida yondashishni, uning o'ziga xosliklari va manfaatlarini tushunish mahoratini, uning hissiy holatidagi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 j ISSUE 1 j 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-868-872

o'zgarishlarni payqashni, vaziyatga qarab muloqot usullarini tanlashni o'z ichiga oladi;

• intellektual malaka, o'z maqsadiga erishish uchun bolaga yangi xatti-harakatlarini ijro etishga va ularni bajarishga yordam beruvchi umumiy intellektual faoliyatni shakllanganligini nazarda tutadi;

• jismoniy malaka, bolaning o'z yosh darajasiga mos keluvchi turli harakat turlarini egallaganligini ko'rsatadi;

• ixtiyorivlik. bola tomonidan qoidalar va me'yorlarga muvofiq o'z xatti-harakatini boshqarish ko'nikmasida namoyon bo'ladi;

• mustaqillik. kundalik hayotda va ishda paydo bo'ladigan turli vazifalarni bola tomonidan kattalarning yordamisiz mustaqil kun tartibiga qo'yish va hal qilishni ta'minlaydi;

• mas'uliyat. "mumkin" va "mumkin emas", "yaxshi" va "yomon", "xohlayman" va "kerak" o'rtasida tanlov vaziyatida paydo bo'ladi;

• tashabbuskorlik. bolaning o'z istaklariga javob beruvchi o'yinlarni, samarali faoliyat turlarini tashkil etishga urinishda va ularga o'z tengdoshlarini jalb qilish mahoratida ifodalanadi;

• ijodkorlik. ish jarayonida paydo bo'ladigan hamda o'z originalligi va variativligi bilan ajralib turnvchi yangi mahsulot yaratishda namoyon bo'ladigan turli muammolarni ijodiy hal qilishga bolaning layoqatini ko'rsatadi;

• xatti-harakat erkinligi. bolaning ijtimoiy qabul qilingan qoidalar va taqiqlarga rioya qilishini taqozo etuvchi harakat va faoliyat yo'nalishi, ular o'rtasida quyidagi to'rttasi eng muhim hisoblanadi: o'zgaga, o'zingga, tabiatga, boshqa odamlar yasagan narsalarga ziyon yetkazma;

• xavfsizlik. bolada o'z xatti-harakatlarining oqibatlarini his qilish va ko'ra bilish layoqati borligi bilan tavsiflanadi, bu unda me'yor, ehtiyotkorlik tuyg'ularining shakllanishi bilan bog'liq;

O'z-o'zini anglash va o'zini baholashga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, u bolada o'z timsolini shakllantirishda, kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarda o'z o'rnini anglashda, o'z imkoniyatlarini baholashda, hali ko'p o'qish keraklgini tushunishda namoyon bo'ladi. Bu shaxsning asosiy tavsiflari tizimi - maktab yoshigacha bolaning asosiy rivojlanish dasturi konsepsiyasida taqdim etilgan. Maktabgacha ta'lim sifatiga ta'sir qiluvchi tashqi muhit omillariga ijtimoiy buyurtmali maqsadlardan tashqari maktabgacha ta'limga davlat me'yorlari (talablari),

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-868-872

shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'lim berish uchun zarur bo'lgan tashqi resurslar (kadrlar, axborot, moddiy va hokozo) kiradi.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, maktabgacha ta'limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini ta'minlashdan iborat.

REFERENCES

1. I Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologiyasi.- Т.: O'zbekiston, 1999.

2. I Davletshin M.G., Sh.Do'stmuhamedova, M.Mavlonov, S.To'ychiyeva 'Tosh davrlari va pedagogik psixologiya" o'quv metodik qo'llanma. Т.: 2004.

3. I Davletshin M.G., Sh.Do'stmuhamedova, M.Mavlonov, S.To'ychiyeva 'Tosh davrlari va pedagogik psixologiya" o'quv metodik qo'llanma. T.:2004.

4. http://hozir.org/

5. https://dtm.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.