MAMLAKATIMIZ TURISTIK HUDUDLARINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
1Ergashev Rahmatulla Xidirovich, 2Jabborova Zuhra Abdig'ani qizi
1Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, 2Qarshi davlat universiteti doktoranti, Qarshi shahri, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.13903129
Annotatsiya. Ushbu maqolada turizm sohasinining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati, mintaqada turli tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish, o'z navbatida mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o'sishi va ma'lum omillar asosida rivojlanashi yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: turizm, ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar, rentabellilik, turistik xizmatlar, turistik imidj, iste'mol modellari.
Аннотация. В данной статье подчеркивается значение туристической сферы в социально-экономическом развитии страны, повышении конкурентоспособности различных отраслей региона и, в свою очередь, росте социально-экономического развития региона и его развитии на основе определенных факторы.
Ключевые слова: туризм, социально-экономические показатели, рентабельность, туристические услуги, туристический имидж, модели потребления.
Abstract. This article highlights the importance of the tourism sector in the socio-economic development of the country, increasing the competitiveness of various sectors in the region, and in turn, the growth of the socio-economic development of the region and its development based on certain factors.
Keywords: tourism, socio-economic indicators, profitability, tourist services, tourist image, consumption models.
Jahonda turizm sohasi iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli sohalaridan biri hisoblanmoqda. Butunjahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) hisob-kitoblariga ko'ra 2023-yilda global turizm hajmi 2019-yildagi eng yuqori ko'rsatkichlardan atigi 5 foizga past bo'ldi va 9.5 trillion dollarga yetadi[1]. Globallashuv jarayonlari insonlarning dunyo bo'ylab erkin harakatlanishiga keng imkoniyat eshigini ochib bermoqda. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga muvofiq, 2022-yilda dunyoda 900 milliondan ortiq xalqaro turistik sayohatlari qayd etilgan bo'lib, ular orasida yoshlar ulushi 33 foizni tashkil etadi[1]. Shu nuqtai nazardan turizm sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash muhim o'ringa ega ekanligini tasdiqlaydi va uni kelajakda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Yangi O'zbekistonda turizm sohasini sifat va miqdoriy jihatdan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda qisqa muddatdagi tanaffusdan so'ng turizm sohasida barqaror tiklanish tendensiyalari kuzatildi. Bugungi kunda yurtimizda turizm bo'yicha iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi va ko'magini shaklantirishning muhim shartlaridan biridir. Bu borada, quyidagi ustuvor yo'nalishlarda tadqiqotlar amalga oshirilmoqda: investitsion faoliyatni rag'batlantirgan holda xavfsiz turizm xizmatlari ko'rsatishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, turizmda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish, turizm industriyasini rivojlantirishning strategik modelini ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklik sharoitida mintaqalararo va jahon miqyosidagi loyihalarni yanada rivojlantirish. Ushbu strategik vazifani muvaffaqiyatli bajarish
uchun xorijda sinalgan va turizm sohasida innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqazo etadi.
Taxlil jarayonida mamalakatimizda turizm sohasida amalaga oshirilgan faoliyatning 20172023 yillar oralig'i belgilab olingan. Shu davr mobaynida malakatimiz hududi hamda Qashqadaryo viloyatida turizmning yuksalish davri va pandemiya sharoitidi yuzaga kelgan muammolar, ularni bartaraf etish davrida davlat tomonidan ko'rsatilgan amaliy yordam va chora-tadbirlar aks etgan. Aynan ana shu ketma-ketlikda tahlil jararyoni amalga oshirildi, uning natijalaridan tegishli xulosalar chiqarildi.
Olingan statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2023 yilda 5 mln 745 ming kishini tashkil etsa, 2017 yilga nisbatan 3 mln kishiga ko'payganini ko'rsatatdi. Ichki turizmda esa bu oraliq muddatda turistik dinamikasida katta farqqa ega. Xususan, 2017 yilda ichki turistlar oqimi 422 ming 935 kishini tashkil etsa, 2023 yilga kelib bu ko'rsatkich 14 mln 900 ming kishini tashkil etmoqda. Mamlakatimiz hududidagi turistik firma va tashkilotlar soni ham ortib 2023 yil natijalariga ko'ra 2404 taga etgan. Bu 2017 yilga solishtirib olganda turistik firma va tashkilotlarining 1655 taga ortganini bildiradi[2]. Turistik obektlar va
xizmat ko'rsatish tarmoqlarining rivojlanishi aholi daromadining ortishini ko'satmoqda.
1-jadval
Qashqadaryo viloyatida turizm sohasining iqtisodiy ko'rsatkichlari[3]
№ Ko'rsatkichla r 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023
1 Viloyatda turizm xizmat ko'rsatish hajmi, mlrd so'm 2019,3 3 3077,9 1 9019,9 1 4174,0 4 22951,8 8 22265,6 7 81215,3 9
2 Viloyatda turizm xizmat ko'rsatish hajmi, mlrd so'm 19016 54747 151649 7148 43400 55933 211800
3 TF va T tomonidan xizmat ko'rsatilganla r tashrif buyuruvchilar , kishi 420 422 635 870 960 1002 1270
4 Sotilgan yo'llanmalar soni, birlik 102 106 145 111 89 103 135
5 Ichki turizm 1816 1747 1649 48 1400 1433 1800
6 Turizm sohasida band kishilar soni 1600 1940 2600 2600 4600 5400 12500
Tarmoqni rivojlantirish bo'yicha Prezidentimiz tashabbbusi bilan sohani tez sur'atlarda rivojlantirishga yo'naltirilgan me'yoriy hujjatlar va ularning ijrosi bo'yicha ijchil harakatlar natijasi o'laroq keskin ijobiy jarayonlar sodir bo'lganini alohida ta'kidlamoqchimiz.
Turizm sohasni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash natijasida Qashqadaryo viloyatida ham qator o'zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, tashrif buyurgan turistlarga oqimining yuqoriligi ularga ko'rsatilayotgan xizmatlarning miqdorini oshishiga sabab bo'ladi. Qashqadaryo viloyati 2023 yilning so'nggida turizm sohasidan 81.215 mlrd so'm miqdorida daromadni qo'lga kiritdi. Bu ko'rsatkichlar 2021 yilda 22.951 mlrd so'mni tashkil qilgan. Bu esa daromadning o'tgan yilga nisbatan deyarli to'rt barobar ko'payganini ko'rsatadi. Turizmni rag'batlantirish maqsadida Qashqadaryo viloyatida davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lar asosida va xususiy tadbirkorlik subektlari tomonidan amalga oshirilgan turistik loyihalar soni 2020 yilda 2 ta tashkil qilgan bo'lsa, davlat boshqaruvining aralashuvi va ko'magi, turizmni rivojlantirishga asoslangan targ'ibot ishlarining natijasi o'laroq keyingi yillarda, xususan, 2021 yilda 30 ta, 2022 yilda esa 88 ta loyiha aalga oshirilgan. Natijaviy ko'rsatkichlar yana shuni ko'rsattadiki amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar aholi turmush tarzi va band kishilar sonini oshirishga yordam bermoqda. 2017 yilda shu sohada faoliyat yuritayotgan band kishilar soni 1600 tani tashkil etsa, 2023 yilga kelib 12500 ga yetgan (1-jadval).
Xulosa qilib aytganda bugungi kunda turizmni rivojlantirish uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar soni ortib bormoqda. Ular nafaqat normativ-huquiyasosga ega, balki ijroning ham to'laligicha amalga oshirilishi qatbiy belgilanmoqda. Xusuusan bu imkoniyatlardan yana biri soliq tushumlarining kamaytirilishi yoki butunlay ozod etilishi bilan belgilanmoqda. Turizm infratuzilmasi va uning tarkibiy subbektlaridan unduriluvchi soliq mexanizmlari shu mamlakat iqtisodiy ahvoli va turli modifikattsiyalaridan kelib chiqib belgilanmoqda. Davlat tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar o'z samarasini bermoqda. Bu holat turizm infratuzilmasini mablum yo'qotishlardan so'ng qayta tiklash va dunyo miqyosidagi o'rnini qayta egallashga imkon bermoqda. Jahon iqtisodiy doirasida turizmning salohiyatini oshirish maqsadida eng kichik bo'g'inlar ham o'z imkoniyatlarini to'liq sarf etmoqda.
REFERENCES
1. Официальный сайт Всемирного совета по туризму и путешествиям [Электронный ресурс]. - URL: https://www/unwto/org/news/tourism-on-track-for-full-recovery-as-new-data-shows-strong-start-to-2023
2. Rakhmatulla Khidirovich Ergashev, Zuhra Jabborova "The importance of innovative activity in tourism". Scholar Journal (ESJ) 4, April 2021. P 467-472.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi qoshidagi Turizm boshqarmasi malumotlariga asosan muallif tomonidan ishlab chiqilgan
4. Дворниченко В.В. История международного и национального туризма. М. Издательство МЭСИ, 2001.
5. Mamatqulov X.M., Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B. «Xalqaro turizm». Darslik. Toshkent -SamISI. 2008. -324 b.