Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATI TARIXIY QADAMJOSI XO‘JA ILM KON XONAQOSINING YANGI IMKONIYATLARI'

QASHQADARYO VILOYATI TARIXIY QADAMJOSI XO‘JA ILM KON XONAQOSINING YANGI IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Jabborova Z., Xamidova M.

Turizm ko‘pchilik mamlakatlar milliy daromadini oshishida munosib ulushga egadir. Global iqtisodiyotning muhim sektori sifatida turizm industriyasining jahon iqtisodiyotidagi o‘rni ham ortib bormoqda. Aynan turizm iqtisodiyotning yuqori daromadli sohasi bo‘lib, jahon tovar va xizmatlar bozorini jadallashtirishga, aholi bandligini taminlashga, duyonning turli mamlakatlari va mintaqalari o‘rtasida yaqin aloqani rivojlantirishga yordam beradi. Xususan mamlakatimiz miqyosida ham turizm salohiyatining o‘rni oshib bormoqda. Yirik turistik markazlardan biri hisoblangan Qashqadaryo vohasida ham bir qator tarixiy, madaniy va ekoturistik obyektlar o‘rin olgan. Turizm sohasni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash natijasida Qashqadaryo viloyatida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati ham yirik tusritik markazlardan biri bo‘lib, turizmning hozirgi holati jadal rivojlanish boqichida. Viloyatga tashrif buyuruvchi turistlar soni ortib bormoqda. Bu ko‘rsatkichlar nafaqat mahalliy sayyohlar oqimida, balki xorijiy mamalkatlardan tashrif buyurgan turistlar orasida ham sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATI TARIXIY QADAMJOSI XO‘JA ILM KON XONAQOSINING YANGI IMKONIYATLARI»

QASHQADARYO VILOYATI TARIXIY QADAMJOSI XO'JA ILM KON XONAQOSINING YANGI IMKONIYATLARI

Jabborova Z.

tayanch doktorant, Qarshi davlat universiteti.

Xamidova M. tayanch doktorant, Qarshi davlat universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11148122

Turizm ko'pchilik mamlakatlar milliy daromadini oshishida munosib ulushga egadir. Global iqtisodiyotning muhim sektori sifatida turizm industriyasining jahon iqtisodiyotidagi o'mi ham ortib bornoqda. Aynan turizm iqtisodiyotning yuqori daramadli sohasi bo'lib, jahon tovar va xizmatlar bozorini jadallashtirishga, aholi bandligini taminlashga, duyonning turii mamlakatlaгi va mintaqalaгi o'гtasida yaqin aloqani rivojlantirishga yordam beradi.

Xususan mamlakatimiz miqyosida ham tuгizm salohiyatining o'mi oshib bormoqda. Yirik turistik markazlardan biri hisoblangan Qashqadaryo vohasida ham biг qatoг tarixiy, madaniy va ekotuгistik obyektlaг o'rin olgan. Tuгizm sohasni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash natijasida Qashqadaryo viloyatida ham qator o^garish^ amalga oshiгilib kelinmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati ham yirik tusritik maгkazlaгdan biгi bo'lib, turizmning hoziгgi holati jadal гivojlanish boqichida. Viloyatga tashrif buyuruvchi turistlar soni ortib bormoqda. Bu ko'гsatkicЫaг nafaqat mahalliy sayyoЫaг oqimida, balki xorijiy mamalkatlardan tashrif buyuгgan tuгistlar orasida ham sezilaгli o'zgaгisЫaгni ko'гsatmoqda.

Bundan tashqari Qashqadaryo viloyatida ichki turizm ham yaxshi rivojlangan. 2022-yil 4-kvartal hisobotiga ko'гa tashrifchilaг soni 1433 ming kishini tashkil etadi. Turizm turiari ulishi bo'yicha qaгalganda ziyorat tuгizmi bo'yicha kelganlaг soni 49 mingni, MICE turizmi 14 ming, eko turizm 42 ming, gastranomik 35 mingni tashkil etadi [1].

Ushbu hududlar turistik xizmatlar tizimini takomillashtirish maqsadida yagona Qashqadaiyo viloyati tarixiy, madaniy va boshqa tarnoqlami o'zida biriashtirilgan onlayn baza yaratildi. Qashqadaгyo bo'ylab virtual sayohat deb nomlangan ushbu saytda Qashqadaryo viloyati hududidagi turistik obyekt^ bo'yicha barcha ma'lumotlaг jamlangan. Bundan tashqari ushbu sayt o^ali ushbu turistik hududla^a onlayn sayohat qilish imkoniyati mavjud [2]. Quyida sayt imkoniyatlaridan foydalangan holda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan qadimiy Xo'ja Ilm Kon ziyoratgohi haqida ma'lumotga ega bo'lamiz.

Xo'ja Ilm Kon xonaqosi 1345-yilda Kitob tumani Xo'ja Ilm Kon qishlog'ida yaratilgan. Islom sufiylik tariqati a'zosi Xo'ja Abduboki ya'ni keyinchalik Xo'ja Ilm Kon deb atalgan olim dafn etilgan. Shu sababli majmuaga shu insonni nomi berilgan.

Bu ziyoratgoh ulug'donishmand, shayx, tasavvuf ilmining zabardast targ'ibotchisi, kutublar kutubi Mavlono Abdulboqi Xojagi Emkanagiy ibn Mavlono darvesh Muhammad Vaxshuvoriy (1510-1600) nomlari bilan bog'liqdir. Ushu kishi Xojagon Naqshbandiya yo'nalishidagi tasavvufning azim pirlaridan biri fiqh hadisshunoslik ilmining buyuk allomasi bo'lgan. Mavlono Xojagi Imkanagiy 15121599 yillarda yashagan. Kesh viloyatida naqshbandiya tariqatining Imkana maktabiga asos solgan. U kishining sa'y-harakatlari bilan naqshbandiya tariqati uzoq Hindistonga ham yetib borgan va Sirhind maktabi yuzaga kelgan. Mavlono Imkanagiy yashagan davrda Shayboniylar saltanati tanazzulga uchrab, Movaraunnahr hukmdorligi ashtarxoniylar qo'liga o'tgan, bunda Xojagi Imkanagiyning xizmati katta bo'lgan. Manbalarda yozilishicha, mavlono Ashtarxoniy Boqi Muhammadga taxtni egallashidan oldin: "Askaring kamligidan andisha qilma! Va bu oyati karimani o'qigin: Qanchadan-qancha ozchilik guruhlar Alloh izni bilan ko'pchilik guruhlar ustidan g'olib kelmishdur", deydi. Bu so'zlar sulton dilida ishonch paydo qilib, 3-4 minglik qo'shini bilan dushmanning 50 ming lashkarini yengadi. Keyinchalik Xojagi Imkanagiy hurmatiga ashtarxoniy hukmdorlar Imkana qishlog'ida yirik me'moriy inshootlar majmuasi qurdirishadi. XVII asrga mansub usti gumbaz shaklida yopilgan xonaqo oldidagi sag'anada Xazrati Xojagiy Imkanagiy hamda o'g'illari Mavlono Xojagiy Abo'l Qosim dafn etilgan. Xo'ja Imkonagiy majmuasi yirik me'moriy yodgorlik majmuasidan iboratdir. Xo'ja Ilm Kon degan nom aslida Xo'ja Imkonagiy nomidan olingan bo'lib, o'z davrining mashhur sufiylaridan biri sanalgan Muhammad Darvesh Vaxshuvoriy naqshbandiylik tariqatining yirik vakili Mavlono Yoqub Charxiyning murudi sanalgan. Xo'ja Imkonagiyning farzandi va murudi Abo'lqosim Xo'ja Imkonagiyga kelib bu yerda xonaqo qurgan. Xonaqo oldida esa otasiga daxma qurdiradi. Bu voqealar (1601-1605) yillarda ro'y bergan. Abo'lqosim Xojaning o'zi esa 1621-yilda vafot etgan. 1601-1602 yillardan boshlab Movlono Xo'ja Imkonagiy xonaqosi va mozori atrofida ziyoratgoh bilan bir qatorda sufiylik tariqati ham shakllanadi.[3] Ushbu ziyoratgoh bugungi kunda nafaqat mahalliy aholi orasida balki xorijiy tursitlar orasida ham mashhurdir. O'tgan yillar davomida ushbu ziyoratgohga alohida e'tibor qaratildi. Davlat tomonidan ajratilgan mablag' hisobidan majmua qayta tamirlandi va turistlarni qabul qilish imkoniyati yanada oshirildi. Kirish qismida maxsus yorliqlar orqali tashqi fasad qismi yanada boyitildi. Kiraverishda joylagan bir necha qator zinapoyali yo'lak qayta tamirlandi, xonaqoh ko'rinishi qayta tiklandi. Amalga oshirilgan ushbu o'zgarishlardan so'ng tashrifchilar soni yanada ortdi. Ushbu majmua internet saytga joylashtirilgan so'ng xorijiy turistlar qiziqishi yanada ortdi. Keltirilgan statistik ma'lumotlarga ko'ra ushbu majmua ta'mirlanishidan oldin yiliga 72 kishi (mahalliy sayyohlar) ni qabul qilgan. Amalga

oshirilgan o'zgarishlar va targ'ibot ishlaridan so'ng yiliga 142 ta mahalliy va 32 ta xorijiy turistlar tashrifi kuzatilgan.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda Qashqadaryo turizmini rivojlantirish uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar soni ortib bormoqda. Ular nafaqat normativ-huquiy asosga ega, balki ijroning ham to'laligicha amalga oshirilishi qatiy belgilanmoqda. Xusuusan, bu imkoniyatlardan to'liq foydalanish va o'z imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsion texnologiya, g'oyalardan samarali foydalanish zarur. Bugungi zamonaviy o'zgarishlar davrida jahon talablari darajasida xizmat ko'rsatish imkoniyatlarining yaratilishi turizm istiqbolli yo'lining asosi desak yanglishmagan bo'lamiz.

Davlat tomonidan turizmni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar o'z samarasini bermoqda. Bu holat turizm infratuzilmasini ma'lum yo'qotishlardan so'ng qayta tiklash va dunyo miqyosidagi o'rnini qayta egallashga imkon bermoqda. Jahon iqtisodiy doirasida turizmning salohiyatini oshirish maqsadida eng kichik bo'g'inlar ham o'z imkoniyatlarini to'liq sarf etmoqda.

Adabiyotlar:

1. Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasi 2020-2023 yillik hisoboti asosida.

2. https : //virtualtour. uz/

3. https : //virtualtour. uz/

4. Ким Т.Б. Инновационное развитие сферы туризма в условиях модернизации экономика. Докторская диссертация. СамИСИ, 2019 - 156 с/

5. Tuxliyev I.S. Turizm: nazariya va amaliyot. - T.: "Fan va texnologiya", 2018. - 400 b.

6. Tuxliyev I.S., Qudratov G.H., Pardayev M.Q. Tuizmni rejalashtirish. Darslik. - T.: "Iqtisod va moliya". 2010 - 238 b.;

7. Ergashev R.Kh., Jabborova Z. "The importance of innovative activity in tourism". Scholar Journal (ESJ) 4, April 2021. - P. 467-472.

8. Официальный сайт Всемирного совета по туризму и путешествиям [Электронный ресурс]. - URL: https://wttc.org/en-gb/Research/Economic-Impact (дата обращения 1.05.2020)

9. Badalov O'. Qashqadaryo viloyatini rekreatsiya-turistik resurslaridan samarali foydalanishning geografik jihatlari // FarDU xabarlari. № 6. 2023. - B. 3034.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.