Научная статья на тему 'BARQAROR RIVOJLANISHDA TURIZM VA UNING ATROF-MUHITGA TA'SIRI'

BARQAROR RIVOJLANISHDA TURIZM VA UNING ATROF-MUHITGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
17
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
turizm / turist / mehmondo‘stlik industriyasi / madaniy-meros ob'ektlari / atrof-muhit / tabiat / barqaror rivojlanish / barqaror turizm / yashil turizm / tabiiy-ekologik muhit / sayyoh / chiqindilar / antropogen ta’sir.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sh.D.Shoyimardonqulova

Ushbu maqolada barqaror rivojlanish sharoitida turizm rivojlanishining o’ziga xos tomonlari, uning jahon va milliy iqtisodiyotlarda egallagan o’rni tobora ortib borishi bilan birga, agar ushbu tarmoq oqilona tashkil etilmasa va yuritilmasa, mazkur tarmoqning atrof-muhitga ta’sirining salbiy jihatlari ham ortib borishi misollarda yoritilgan. Ozbekistonda, jumladan, Buxoro viloyatida turizm iqtisodiyotning drayver tarmoqlaridan hamda istiqbolli sohalardan biri sifatida uning rivojlanishi bilan atrof-muhitga, shahar muhitiga ta’siri tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARQAROR RIVOJLANISHDA TURIZM VA UNING ATROF-MUHITGA TA'SIRI»

BARQAROR RIVOJLANISHDA TURIZM VA UNING ATROF-MUHITGA

TA'SIRI Sh.D.Shoyimardonqulova

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminstr universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11032724

Annotatsiya. Ushbu maqolada barqaror rivojlanish sharoitida turizm rivojlanishining o'ziga xos tomonlari, uning jahon va milliy iqtisodiyotlarda egallagan o'rni tobora ortib borishi bilan birga, agar ushbu tarmoq oqilona tashkil etilmasa va yuritilmasa, mazkur tarmoqning atrof-muhitga ta'sirining salbiy jihatlari ham ortib borishi misollarda yoritilgan. Ozbekistonda, jumladan, Buxoro viloyatida turizm iqtisodiyotning drayver tarmoqlaridan hamda istiqbolli sohalardan biri sifatida uning rivojlanishi bilan atrof-muhitga, shahar muhitiga ta'siri tadqiq qilingan.

Калит сузлар: turizm, turist, mehmondo'stlik industriyasi, madaniy-meros ob'ektlari, atrof-muhit, tabiat, barqaror rivojlanish, barqaror turizm, yashil turizm, tabiiy-ekologik muhit, sayyoh, chiqindilar, antropogen ta'sir.

Аннотация. В данной статье рассматриваются уникальные аспекты развития туризма в условиях устойчивого развития, а также его возрастающая роль в мировой и национальной экономике, если же данная отрасль не будет правильно организована и разумно управляется, негативные аспекты воздействия этой отрасли на окружающую среду будут также увеличиваться. что показано на примерах. В Узбекистане, в том числе в Бухарской области, туризм как один из драйверов и перспективных отраслей экономики, изучен с точки зрения его развития и влияния на окружающую среду и городскую среду.

Ключевые слова: туризм, турист, индустрия гостеприимства, объекты культурного наследия, окружающая среда, природа, устойчивое развития, устойчивый туризм, зелёный туризм, природно-экологическая среда, путешественник, отходы, антропогенное влияние.

Annotation. This article discusses aspects of tourism development in the context of sustainable development, as well as its increasing role in the global and national economy. If not properly organized and managed wisely, the negative aspects of the industry's environmental impact will also increase. In Uzbekistan, including in the Bukhara region, tourism is one of the drivers and promising sectors of the economy; several examples have shown the negative impact on the natural and urban environment.

Keywords. tourism, tourist, hospitality industry, cultural heritage sites, environment, nature, sustainable development, sustainable tourism, green tourism, natural-ecological environment, traveler, waste, anthropogenic influence.

O'zbekiston BMT tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanish global maqsadlari doirasida barqaror rivojlanishning milliy maqsadlarini qabul qilgan hamda iqtisodiy islohotlarni ushbu milliy maqsadlarga erishish doirasida amalga oshirib kelmoqda. Barqaror rivojlanish maqsadalariga erishishda mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlarida samarali islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, mamlakat iqtisodiyotining drayver va istiqbolli tarmoqlaridan biri - turizm sohasida ham.

Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga ko'ra, butun jahon yalpi ichki mahsulotining 10 foizdan ortig'i, dunyodagi investisiyalarning 7 foizi, soliq tushumlarining 5 foizi, jahondagi iste'molchilik xarajatlarining 11 foizi va har 16 ta yangi yaratilayotgan ish o'rnining bittasi aynan turizm va mehmondo'stlik industriyasining hissasiga to'g'ri kelmoqda. Turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha. U daromadliligi bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Yana bir muhim tomoni, kam xarajat bilan ko'p ish o'rinlari yaratish imkonini beradi.

Mamlakatimizda bu soha izchil rivojlanmoqda. Jumladan, 2022 yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravar oshgan. Soha eksporti 1 milliard 600 million dollarni tashkil etgan. Ichki turizm dasturlari doirasida 11 milliondan ziyod aholi sayohat qilgan. Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani natijasida u yerga qo'shimcha 2 million sayyoh kelgan1.

O'zbekistonda 8,2 mingdan ziyod madaniy-meros ob'ektlari mavjud bo'lib, ularning 209 tasi UNESKOning umumjahon madaniy meros ob'ektlari ro'yxatiga kiritilgan.

Biroq, hududlarda turizm rivojlanishi bilan birga uning atrof-muhitga, tabiatga salbiy ta'siri ko'lami ham ortib bormoqda. Masalan, turistlar sonining ortishi, hududlarda suv iste'molini oshishiga, ko'kalamlashtirilgan hududlarga inson yuklamasining ortishiga, transport oqimining ortishi, buning oqibatida atmosferaning ifloslanishi kuchayishiga, tarixiy obidalar va zamonaviy arxitektura yodgorliklariga anropogen ta'sirning oshishi oqibatida ularning degradasiyasi kuchayishi kabi holatlar bunga misol.

Albatta, turizmning rivojlanishi ob'ektiv zarurat va har bir hudud, mintaqa uchun muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Uning atrof-muhitga, tabiatga ta'sirini kamaytirish, ta'sir ko'lamini pasaytirish maqsadida barqaror turizm, yashil turizm tamoyillarini qo'llashni taklif qilamiz.

"Barqaror turizm" bu turizmning mavjud resurslari va xizmatlaridan tabiatga va ijtimoiy muhitga zarar yetkazmasdan foydalanish hamda turizm industriyasining doimiy o'sib borishidir. Barqaror turizm asosan 3 ta tamoyilga asosalanadi: 1) tabiiy muhitni asrab-avaylash, bunda turizm sohasi o'z rivojlanishi jarayonida atrof-muhitga zarar yetkazmasligi lozim. 2) ijtimoiy-madaniy, bunda turistlar mahalliy urf-odatlarni, an'analarni va qadriyatlarni hurmat qilish lozim, mahalliy aholi hudud turizmidan daromad olishi lozim. 3) iqtisodiy, barcha iqtisodiy jarayonlarning samarali faoliyati ta'minlanishi, bunda barcha manfaatdor tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy foyda ko'rishi lozim.

"Barqaror turizm" va "yashil turizm" atamalari adabiyotlarda yangi terminlardan bo'lib, hali ko'pigina mualliflar ularning qo'llanilishida ikkalasini bir-biriga o'rindosh sifatida ishlatishadi. Ya'ni, "yashil turizm" bu "barqaror turizm" deb ta'riflab ketishadi. Biroq, muallif, "yashil turizm" bu "barqaror turizm"ning bir qismi bo'lib, "barqaror turizm" "yashil turizm"ga nisbatan kengroq qamrovli tushuncha deb ta'kidlaydi. "Yashil turizm"da faqat turizmning atrof-muhitga zarar yetkazmasdan foydalanish, rekreasiya resurslarining samarali, zararsiz foydalanilishi ekanligi, "barqaror turizm" esa turizmning nafaqat atrof muhitga zarar yetkazmasdan, ekologik xavf-xatarlardan xoli foydalanilishi, balkim, uning makroitqisodiy va hududiy, mikroiqtisodiy jihatdan, barcha turizm tarmoqlarining barcha hududlarda samarali o'sishi ham tushuniladi.

turizm qo'mitasi ma'lumotlari. https://uzbektourism.uz/research/statistics.

Turizmning atrof muhitga ta'siri ko'lamini ko'plab misollarda ko'rish mumkin. Ma'lumki turist doimiy harakatda, sayohatda bo'ladi va shu sabab barqaror turizmda barqaror mobillik talab etiladi. Atrof muhitning ifloslanishini namoyon qiluvchi indikatorlardan biri - atmosferaga korbanad angidrid gazi (SO2)ning chiqarilishidir. Atmosferaga chiqariladigan korbanad angdrid gazining 72 foizi transportdan, 24 foizi uy xo'jaligidan, 4 foiz mahalliy ishlab chiqarish faoliyati (sanoat va qishloq xo'jaligi)dan shakllanadi. Jami transport chiqindilari ichida aviatashishlar chiqindisi 55 foizni tashkil etmoqda. Buni jami turizmdagi 40 foiz ulushni tashkil etadi. Agar bu raqamni atmosferaning umumiy ifloslanishi bo'yicha olib qarasak, turizm atmosferaning 75 foiz ifloslanishiga sabab bo'lmoqda .

Turizm industriyasi rivojlanishi kelgusida ekoturizm, turistlarning tabiat rusurslaridan, rekreasion resurslardan bahra olishi yo'nalishida rivojlanishi ortib borishi bashorat qilinadi. Chunki, industriyaning rivojlanishi, shahar aglomerasiyalarining kengayishi insonlarni tabiiy muhitda dam oluvchi sifatida oqimini oshiradi. Bu o'z navbatida tabiatga ular tomonidan salbiy munosabatning ortishiga olib kelishi mumkin.

Barqaror turizm bo'yicha Global kengash (GSTC) barqaror turizmning jahon miqyosida ham mintaqalar miqyosida ham rivojlanishini qo'llab-quvvatlovchi va muvofiqlashtiruvchi umumbashariy organ sanaladi. Mazkur organ jahon miqyosida biosistemalarning tabiiy rivojlanishini muhofazalash maqsadida turli dasturlarni qabul qilgan. Jumladan, Galapagoss orollarida tabiiy muhit tiklanuvchanligini saqalash maqsadida yillik turistlar oqimi sonini 12 ming tashrif miqdorida belgilagan bo'lsada, keyinchalik bu raqam Ekvador hukumati tomonidan iqtisodiy maqsadlarda 50 ming tashrif ko'rinishida o'zgartirilgan.

Buxoroning turistik salohiyati katta bo'lib, bu boy tarixiy-madaniy merosi, zaminda islom olamining buyuk siymolari abadiy qo'nim topganligi, etnografik va madaniy imkoniyatlari, o'ziga xos cho'l landshafti, tabiiy-ekologik resurslari bilan izohlanadi. Ammo shahar turizmidagi asosiy yo'nalish «Buxoroning tarixiy markazi» hisoblanib, bugungi kunda jami sayyohlikning 72 foizi shu yo'nalish doirasida amalga oshiriladi2

2016 yildan boshlab yangi yo'nalish - ziyorat turizmiga e'tibor qaratildi. Islom dini va ilmini rivojlantirishga hissa qo'shgan ajdodlar qo'nim topgan joylarni obodonlashtirish va ziyorat maskanlariga aylantirish harakati boshlandi. Bu aholisining asosiy qismi islom e'tiqodida bo'lgan Malayziya, Indoneziya, Singapur, Turkiya va boshqa musulmon davlatlardan sayyohlar kelishini ko'paytirdi.

Mamlakatda mavjud imkoniyat va salohiyatni hisobga olib, turizmni iqtisodiy jihatdan foydali sohaga aylantirishga katta ahamiyat qaratilganligi o'z natijalarini bermoqda. 2022 yilda Buxoro shahrida 144 ta mehmonxona, 159 ta mehmon uyi, 37 ta xostel, 2 ta kvartira faoliyat yuritgan3. Shu yilda shaharga 2 265 389 nafar (shundan 48 924 nafari xorijiy) sayyohlar tashrif buyurgan. Bu ko'rsatkich 2020 yilga nisbatan ichki turizmda qariyb 9,3 barobarga (2020 yilda 243,5 ming nafardan oshiq), xorijiy sayyohlar soniga nisbatan 3,6 barobarga (2020 yilda 13,5 ming nafardan oshiq) ortganini ko'rsatadi.

Turizm xizmatlari tufayli birgina 2021 yilda hudud iqtisodiyoti 478,9 mlrd. so'm (shundan xorijiy sayyohlardan 79,9 mlrd. so'm) foyda ko'rdi. Bu 2020 yilga nisbatan 9,7 barobarga (49,3

2 Хидирова Г. Минтацавий туризм бозорини ривожлантириш (Бухоро вилояти мисолида). -Му^аррир, 2018. - Б. 60.

3 Buxoro shahri pasport ko'rsatkichlari. 2021 yil 1 iyul holatida.

Тошкент.

mlrd. so'm)4, 2010 yilga nisbatan 27 barobar (17,7 mlrd. so'm)5 oshganligini ko'rsatadi. Bu shaharni turizm markaziga aylantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlarning natijasidir.

Buxoro viloyatida jami 829 ta madaniy meros ob'ektlari mavjud bo'lib, ularning 139 tasi (16,7 foiz)ga sayyohlar tashrif buyuradi. 829 ta madaniy meros ob'ektidan, 287 ta arxeologiya yodgorliklari, 507 ta arxitektura ob'ektlari, 17 ta monumental san'at asarlari va 18 ta diqqatga sazovor joylardir. Shuningdek, viloyatda xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyuradigan 200 tadan ortiq turizm namoyish ob'ektlari mavjud bo'lib, ular turistik marshrutlarga kiritilgan.

Biroq, butun dunyo mamlakarlarida bo'lgani kabi, O'zbekistonda ham turizmning rivojlanishi bilan birga uning mamlakat mintaqalarida hudud muhitiga, atrof-muhitga, ayniqsa, tarixiy va madaniy yodgorliklarga ta'siri ko'lami ham ortib bormoqda. Shu sababdan turizmning rivojlanishining ijobiy va salbiy tomonlarini solishtiramiz (1-jadval).

1-jadval6.

Turizm rivojlanishining ijobiy va saliy tomonlari solishtiruvi

Turizm rivojlanishining ijobiy tomonlari Turizm rivojlanishinnig salbiy tomonlari

- Turizmga xizmat qiluvchi shaxobchalar, ob'ektlarning shakllanishi, ularning ko'payishi shahar infratuzilmasi rivojlantiradi; - Turistlar sonining oshishi savdo-sotiq rivojlantiradi; - Turizm servisi ob'ektlarining ko'payishi va savdo shaxobchalarining ortishi yangi ish o'rinlari yaratadi, mahalliy aholi ish bilan ta'minlanadi; - tadbirkorlarning daromadi ortadi; - hududda madaniy hayot rivojlanadi; - shaharning obodonligi, ko'kalamzorligi yaxshilanadi; - aholining turmush tarzi yaxshilanadi; - turli xalqlar madaniyati kirib keladi; - yuqoridagilarning evaziga umumiy hisobda aholining turmush tarzi, hayot farovonligi yuksaladi. - Shahar tabiiy-ekologik muhitiga yuklama ortadi, suvdan, daraxtlardan, tuproqdan intensiv (tez-tez) foydalanish ularning qayta tiklanishi imkonini pasaytiradi, ularning ifloslanishi, degradatsiya (buzilishi)ni oshiradi; - turizm infratuzilmasining shakllanishi shahardagi yashil maydonlarning kamayishiga olib keladi; - shaharda yashil maydonlarning kamayishi va beton, asfatlangan maydonlarning ko'payshi havo o'rtacha haroratining ortishiga olib keladi; - hududda shunday ham cheklangan tabiiy resurslar (suv, havo) iste'moli ortadi; - chiqindilar ko'payadi; - tarixiy yodgorliklarga va madaniy ob'ektlarga inson ta'sirining ortishi evaziga bunday ob'ektlarning nurashi, emirilishi tezlashadi.

Ijobiy va salbiy tomonlarning ayrimlarini misollarda ko'rib chiqamiz:

Turizmga xizmat qiluvchi shaxobchalar, ob'ektlarning shakllanishi, ularning ko'payishi shahar infratuzilmasi rivojlantiradi. Mamlakatda mavjud imkoniyat va salohiyatni hisobga olib, turizmni iqtisodiy jihatdan foydali sohaga aylantirishga katta ahamiyat qaratilganligi

4 Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasining 2021 yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti.

5 Buxoro shahar pasportining 1991-2021 yillardagi ma'lumotlari.

6 Muallif ishlanmasi.

o'z natijalarini bermoqda. 2022 yilda Buxoro shahrida 144 ta mehmonxona, 159 ta mehmon uyi, 37 ta xostel, 2 ta kvartira faoliyat yuritgan7.

Turistlar sonining oshishi savdo-sotiq rivojlantiradi. Shu yilda shaharga 2 265 389 nafar (shundan 48 924 nafari xorijiy) sayyohlar tashrif buyurgan. Bu ko'rsatkich 2020 yilga nisbatan ichki turizmda qariyb 9,3 barobarga (2020 yilda 243,5 ming nafardan oshiq), xorijiy sayyohlar soniga nisbatan 3,6 barobarga (2020 yilda 13,5 ming nafardan oshiq) ortganini ko'rsatadi.

Turizm servisi ob'ektlarining ko'payishi va savdo shaxobchalarining ortishi yangi ish o'rinlari yaratadi, mahalliy aholi ish bilan ta'minlanadi. 2023 yilning yanvar-avgust oylarida 15 ta yangi turistik tashkilotlar faoliyati yo'lga qo'yilishi orqali ularning soni 2022 yildagi 119 tadan hozirda 134 taga oshdi. Ishga tushirilgan 15 ta tashkilotda 56 ta yangi ish o'rni yaratildi. 2023 yilning yanvar-avgust oylarida turizm va unga yondosh sohalarda 10 950 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi8.

Tadbirkorlarning daromadi ortadi. So'nggi 5 yil davomida turizm eksporti hajmi 3,7 barobarga ortib, 37,2 mln. AQSh dollaridan 2022 yilda 138,2 mln.ga yetdi.

Shahar tabiiy-ekologik muhitiga yuklama ortadi, suvdan, daraxtlardan, tuproqdan intensiv (tez-tez) foydalanish ularning qayta tiklanishi imkonini pasaytiradi, ularning ifloslanishi, degradatsiya (buzilishi)ni oshiradi. Buxoro shahrida 300 ming nafardan ortiq doimiy va 100 mingdan ortiq vaqtincha yashovchi aholi, jami 400 mingdan ortiq aholi kunlik faoliyat olib borsa, bularga Buxoroga kelgan turistlarning o'rtacha kunlik soni 10 ming kishini qo'shsak, raqam kunlik 2,5 foizga ortishini ko'ramiz. Masalan O'zbekistonda maishiy maqsadlarda 1 kishi boshiga 1 sutkada o'rtacha 400-450 litr suv sarflanishini hisobga olsak, 10 ming kishiga suv iste'moli 4 ming tonnaga ortishini ko'ramiz.

Turizm infratuzilmasining shakllanishi shahardagi yashil maydonlarning kamayishiga olib keladi. Buxoro shahrida yashil maydonlar 2000-2022 yillar davomida aholi jon boshiga 7,1 m2 dan 6,05 m2 ga tushgan9.

Shaharda yashil maydonlarning kamayishi va beton, asfatlangan maydonlarning ko'payshi havo o'rtacha haroratining ortishiga olib keladi. To'g'ri tashkil etilgan yashil maydonlar havo haroratini 6-8°C, tuproq va asfalt yuzasidagi haroratni 15-24°C gacha tushiradi . Shuningdek, yashil o'simliklar quyosh radiasiyasini yutish, suvni bug'lantirish xususiyatlari orqali havo namligini oshirib, ifloslangan havoni 85 foizgacha tozalab beradi.

Tarixiy yodgorliklarga va madaniy ob'ektlarga inson ta'sirining ortishi evaziga bunday ob'ektlarning nurashi, emirilishi tezlashadi. Buxorodagi 15 ta karvonsaroyning 13 tasi, 4 ta tim va toqlarning barchasi, 11 ta me'moriy ansamblning 5 tasida turli (kafe, restoran, savdo kompleksi, musiqa maydoni kabilar) maqsadlarda foydalanilmoqda. Buxoro tarixiy markazidagi obidalarning aksariyati loy bilan yopishtirilgan xom va pishgan g'ishtdan qurilgan. Yillar davomida loy, g'isht va boshqa qurilish xomashyolari tabiiy va antropogen ta'sirlar natijasida o'z xususiyatini yo'qotmoqda10. Masalan, 2021 yilning 30 iyul kechasi Abdullaxon madrasasining orqa tomon devorining bir bo'lagi ham ko'p yillik texnogen va antropogen jarayonlar (issiq va

7 Buxoro viloyati turizm boshaqarmasi ma'lumotlari. 2022 yil hisobot ma'lumotlari.

8 Buxoro viloyati turizm boshaqarmasi ma'lumotlari. 2022 yil hisobot ma'lumotlari.

9 Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hisobot va ma'lumotlari (2010-2022).

10 Yuldosheva B. Buxoro shahrining ekologik holati va atrof-muhit muhofazasi muammolari. Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Buxoro-2023. - B. 21

sovuq iqlim, yog'ingarchiliklar, yer osti suvlarining ko'tarilishi, insonlarning texnik ta'siri) sababli o'pirilib tushdi11. Albatta bunday salbiy misollarni ko'p keltirish mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkinki, turizm industriyasi rivojlanishi kelgusida ekoturizm, tarixiy turizm yo'nalishlarida rivojlanishi ortib borishi bashorat qilinadi. Chunki, industriyaning rivojlanishi, zamonaviy shaharlarda madaniy turistik maskanlarning kengayishi insonlarni tabiiy muhitda dam oluvchi hamda tarixiy maskanlarga qiziquvchilar oqimini oshiradi. Bu o'z navbatida tabiatga va tarixiy yodgorliklarga ular tomonidan salbiy munosabatning ortishiga olib kelmasligi lozim. Bir so'z bilan aytganda, turizm barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida rivojlanib borishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Pearce, D. Blueprint for a Green Economy / D. Pearce, A. Markandya, E. Barbier. - London: Earthscan Publications Ltd., 1989. - 192 p.

2. Sh Y. D. Ensuring Sustainable Growth of Uzbekistan's Economy on the Basis of Efficient Use of Investments //Journal of Marketing and Emerging Economics. - 2021. - Т. 1. - №. 2. - С. 1-4.

3. Burxonov S., Khamidov O., Yavmutov D. Buxoro viloyatida sug 'oriladigan yerlardan samarali

foydalanish muammolari va ularni yaxshilash yo 'llari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2023. - Т. 41. - №. 41.

4. Dilshod Y., Sardor B. O'ZBEKISTONDA "YASHIL" IQTISODIYOTGA O'TISHI:

ISTIQBOL YO 'NALISHLAR VA USTUVOR VAZIFALAR //Journal of new century innovations. - 2022. - Т. 10. - №. 2. - С. 159-168.

5. Yuldosheva B. The current state of green spaces and their historical changes in Bukhara City //BIO Web of Conferences. - EDP Sciences, 2024. - Т. 84. - С. 01039.

6. Порфирьев, Б. Н. «Зеленая» экономика: общемировые тенденции развития и

перспективы // Вестник Российской академии наук. - 2012. - Т. 82, № 4. - С. 323-333.;

7. Kennet, M. Green Economics: Setting the Scene. Aims, Context, and Philosophical Underpinning of the Distinctive New Solutions Offered by Green Economics / M. Kennet, V. Heinemann // International Journal Green Economics. - 2006. - Vol. 1, N 1/2. - P. 68-102.

8. Хидирова Г. Минтакавий туризм бозорини ривожлантириш (Бухоро вилояти мисолида). - Тошкент. Мухдррир, 2018. - Б. 60.

9. Buxoro viloyati turizm boshaqarmasi ma'lumotlari. 2022 yil hisobot ma'lumotlari.

10. Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hisobot va ma'lumotlari (2010-2022).

11. Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi 2022 yilgi hisoboti. Buxoro. 2023. - 45 b.

11 Buxoroda «Abdullaxon» madrasasi devori qulab tushdi. https://bugun.uz/2021/08/03/buxoroda-abdullaxon-madrasasi-devori-qulab-tushdi--video/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.