APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
/ I
: Ш
А шШш
i .Ш А к
1 fi M
úW, FINANCE f\ND
APPLIED SÇIENCES
^ /, ...I ,.■,,.!»»►■""'
ARTICLE INFO
WAYS OF MANAGEMENT AND IMPROVEMENT ATTRACTING INVESTMENTS TO THE REGIONS OF THE
COUNTRY Karimkulov Jasur Imomboevich
Tashkent State University of Economics, DSc, professor +99893 384 05 61, [email protected] ORCID: 0000-0002-9241-9153 Abdukakhorov Bekzod Utkir ugli Graduate student of Tashkent State University of Economics +998935584148, [email protected]. ORCID: 0000-0001-5111-9042 https://doi.org/10.5281/zenodo.11542682 ABSTRACT
The article considers the possibilities of activating the flow of investments to the regions, managing investments and improving it. During the scientific work, a general conclusion was formed on the problem situations related to the process of attracting investments to existing enterprises in the country and how to eliminate them, and a number of methods of investment management in our country were proposed.
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Investment activity,
mechanism, investor,
administrative command, investment management, foreign investments, modern technologies, financial resources, financial and credit system, shares, interest rates, foreign economic activity.
ПУТИ УПРАВЛЕНИЯ И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРИВЛЕЧЕНИЕ ИНВЕСТИЦИЙ В РЕГИОНЫ СТРАНЫ
Каримкулов Жасур Имомбоевич
Ташкентский государственный экономический университет,
д.э.н., профессор
+99893 384 05 61, [email protected]. ORCID: 0000-0002-9241-9153 Абдукахоров Бекзод Уткир угли
Магистрант Ташкентского государственного экономического университета +998935584148, [email protected]. ORCID: 0000-0001-5111-9042 https://doi.org/10.5281/zenodo.11542682
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
В статье рассмотрены возможности активизации притока инвестиций в регионы, управления инвестициями и их улучшения. В ходе научной работы
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Инвестиционная деятельность, механизм, инвестор,
административная команда, инвестиционный менеджмент, иностранные инвестиции, современные технологии, финансовые
был сформирован общий вывод о проблемных ситуациях, связанных с процессом привлечения инвестиций на действующие предприятия страны и способами их устранения, а также предложен ряд методов управления инвестициями в нашей стране.
ресурсы, кредитная акции, ставки,
финансово-система, процентные
внешнеэкономическая деятельность.
MAMLAKAT HUDUDLARIGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNI BOSHQARISH VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YOLLARI
Karimqulov Jasur Imomboyevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, i.f.d, professor +99893 384 05 61, [email protected] ORCID: 0000-0002-9241-9153 Abduqaxorov Bekzod O'tkir o'g'li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti +99893 558 41 48, [email protected]
ORCID: 0000-0001-5111-9042 https://doi.org/10.5281/zenodo.11542682
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS
Investitsion faoliyat,
mexanizm, investor,
ma'muriy-buyruqbozlik, investitsiyalarni boshqarish, chet el investitsiyalari, zamanoviy texnologiyalar, moliyaviy resurslar, moliya-kredit tizimi, aksiyalar, foiz stavkalari, tashqi iqtisodiy faoliyat.
Maqolada hududlarga investitsiyalar oqimini faollashtirish, investitsiyalarni boshqarish va uni takomillashtirish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Ilmiy ish davomida mamlakatdagi mavjud korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish jarayoni bilan bog'liq muammoli vaziyatlar va ularni qanday bartaraf etish yuzasidan umumiy xulosa shakllantirilgan hamda mamlakatimizda investitsiyalarni boshqarishning bir qator usullari taklif qilingan.
Kirish. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri bu investitsion faoliyatni takomillashtirish va uning o'sishini ta'minlovchi yangi mexanizmlarni
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
ishlab chiqish hisoblanadi. Investitsion faoliyatni shakllantirish va chet ellik investorlarni mamlakatga jalb qilish juda murakkab jarayon bo'lib, bu ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tayotgan barcha mamlakatlar uchun zarurdir. Chunki investitsiyaviy faoliyat va investitsiyalarni boshqarish ko'plab omillarga bog'liq, binobarin, ularni boshqarishning biror bir usuli alohida, aniq ko'rinishda xech qanday adabiyotda yaqqol tarzda ko'rsatib o'tilmagan. O'zbekiston iqtisodiyotining o'sishi, eng avvalo, chet el investitsiyalarini o'zlashtirish va zamanoviy texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi progressiv va raqobatbardosh ishlab chikarishni harakatga keltirish asosida ta'minlanishi mumkin. Mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirishda samarali tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilinganini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli Farmoni[3] hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-sentabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158 sonli Farmonida[2] ham o'zining isbotini topadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mamlakat hududlariga investitsiyalarni faol jalb etish va ularni boshqarishda turli xil iqtisodchi olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. Xususan, iqtisodchi olimlaridan professor D.G'. G'ozibekov ham shu soha bo'yicha ilmiy ish qilgan va investitsiyalarga quyidagicha tavsif bergan: "Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag'lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko'zlangan samarani olishdan iborat bo'ladi"[4]
Yuqorida keltirib o'tilgan iqtisodchi olimlar investitsiya loyihalariga turlicha ta'riflar berib o'tishgan. Qonunchilik borasida esa investitsiyalarga O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi O'RQ-598 sonli Qonunida quyidagicha ta'rif berilgan. Investitsiyalar - investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo'lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar. [1]
Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolada investitsiyalar oqimini faollashtirish, investitsiyalarni boshqarish va uni takomillashtirishda verbal sharhlash, tizimlashtirish va tasniflash, ilmiy abstraksiyalash kabi tadqiqot usullari qo'llanilgan. Shuningdek, ilmiy maqolani tayyorlashdada mahalliy hamda xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar. Xo'jalik subyektlarida hamon moliyaviy resurslarning kamligi investitsiya kiritish darajasini chegaralab qo'yuvchi muhim sabab bo'lib kelmoqda. Taklif etilayotgan ishlab chiqarish omillari - ishchi kuchi, asbob-uskunalar, konstruksion materiallar, texnologiyalar, aholining to'lov qobiliyatiga ega qismidan yuqori bo'lmoqda. Bu esa investitsion faoliyat natijasidagi ishlab chiqarilayotgan tarmoq mahsulotlari bahosi boshqa mahsulotlarga nisbatan narxning pasayishiga sabab bo'ladi. Bozor islohotlari ba'zi korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelmoqda va ularning holatini yaxshilash bo'yicha davlatimiz tomonidan dasturlar ishlanmoqda.
Bu holat faqat real foydaning qisqarishiga emas, balki rentabellik darajasi pasayishiga, zarar bilan ishlayotgan korxonalarning ko'payishi, qarzlar va majburiy to'lovlarning o'z
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
vaqtida to'lanmasligi darajasi oshishida ham namoyon bo'lmoqda. Qarzlarning ortishi yetkazib beruvchi va iste'molchining moliya - kredit siyosatiga munosabatining natijasi bo'lib, korxonalarning yangi sharoitda ishlashga salbiy munosabatini keltirib chiqarmoqda.
Yana bir tomoni, pul inflyasiyasi va shartnomaviy intizomning sustliti sabab qarzlar o'z vaqtida to'lanmasligi ayrim korxonalar va banklarning moliyaviy maifaatlari doirasiga kirib, o'z vaqtida hisob-kitoblarning qilinmasligidan qo'shimcha daromad olish uchun foydalanish, mablag'larning vositachi, moliya-kredit operatsiyalariga jalb etish, penyalarning olinishi hollariga olib kelayapti.Investitsion faoliyatni isloh qilishda xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy va investitsiyaviy faoliyatiga ham muhim o'rin ajratiladi. Korxonalar mol-mulkini hamda aksiyalarini sotish hisobiga kapital mablag'larni moliyaviy ta'minlash uchun qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'ladi. Ammo aksiyalarga talab sustligi va ularning asosiy qismi korxonada faoliyat yuritayotgan mehnat jamoasiga biriktirilganligi sababli bir qator hollarda xususiylash-tirish investitsion samaradorligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Yana shuni ta'kidlash lozimki, ichki va tashqi investorlarni jalb etish uchun erkin bozorda o'z aksiyalarini sotishda ularning manfaatdorliklari hisobga olinmagan hollar mavjud, korxonalarda qiziqtirish mexanizmi deyarli yaratilmagan. Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni aksiyalarni sotish va ikkilamchi bozorda ularning narxini ko'tarish hisobiga qo'shimcha mablag'larni jalb etish manbaiga endi aylanmoqda. Inflyasiya su'ratlarining pasayishi, bank foiz stavkalari qisqarishi va davlat qisqa muddatli obligatsiyalarning daromadi iqtisodiyotdagi real sektorga katta miqdorda kredit resurslarini jalb qilishga ko'mak berishi lozim. Biroq hozircha bu zahiralar yetarli emas. Shu sababli ishlab chiqarishni kengaytirayotgan korxonalar oldida investitsiya manbalarini izlash muammosi ham yuzaga keladi.
Mamlakat ichkarisida moliyaviy zahiralar taqchilligi sezilayotganligi tufayli ko'plab korxonalar sarmoya ajrata oladigan, zamonaviy ishlab chiqarish va boshqaruv texnologiyasiga ega bo'lgan hamda chet el bozoriga chiqishga yordam beruvchi xorijiy hamkorlar topishga intilmoqdalar. Investitsiyalarni keng ko'lamda jalb etishga xalq xo'jaligini tarkibiy qayta qurishga erishishning muhim sharti, deb qaralmoqda. Asosiy muammo shundaki, tadbirkorlarimizning o'ziga xos manfaatlari har doim ham bir-biriga mos tushavermaydi.
Ko'plab sabablar tufayli xorijiy investorlarning asosiy qismi iqtisodiyoti o'tish davrida bo'lgan mamlakatlarga qo'yiladigan sarmoyalarga faqatgina dividend va foizlar ko'rinishidagi pul ishlash yo'li deb qaramaydi. Ular bunday sarmoyalarni umumiy strategiyasining bir qismi, deb hisoblashadi. Xorijiy tadbirkorlarning asosiy maqsadi ertasi bor bo'lgan bozorda mustahkam o'rnashish, moliyaviy oqimlar ustidan nazorat o'rnatish, import va valyuta cheklashlarini chetlab o'tish va ba'zan raqobatchi korxonani bozordan siqib chiqarishdan iborat. Shu sababli ham xorijiy investorlarga iqtisodiyotni ko'tarishdagi asosiy xarakterlantiruvchi kuch sifatida qarash mumkin emas. Xorijiy investorlarni jalb etish, chet el tadbirkorlariga imtiyozlar yaratishda, avvalambor, mamlakat manfaatidan kelib chiqish lozim. Shuni nazarda tutish kerakki, agar korxona ustidan nazorat xorijlik tadbirkorlarga tegishli bo'lsa, u holda qaror qabul qilish va daromad mamlakatdan tashkariga ko'chadi. Korxona egalari nuqtai nazaridan foydali bo'lgan qaror mamlakat iqtisodiyoti uchun zararli bo'lishi mumkin. Misol uchun, agar korxona tugatiladigan bo'lsa, uning xodimlari daromadi ham yo'qoladi, davlat daromadi qisqaradi, buning ustiga, davlat ishsiz xodimlarni ishga
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
joylashtirish harajatlarini o'z zimmasiga olishi kerak bo'ladi. Aynan shu sababli ham xorijiy hamkorlarni jalb etish, bu loyihada ishtirok etayotgan barcha tomonlar manfaatdorligi mutanosibligiga asoslanish lozim.O'zbekistondagi va shuningdek, iqtisodiyoti o'tish davrida bo'lgan boshqa mamlakatlardagi korxonalarning ko'plab rahbarlari xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda.
Ammo tadqiqotlar, shu jumladan, mamlakatimizda o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ularning harakatlari bir-biriga birmuncha zid. Bir tomondan, ma'muriyatlar o'z korxonalari ustidan nazoratni saqlab qolish istagida bo'lsa, boshqa tomondan, xorijiy investorlar o'tish davri uchun xos bo'lgan ko'plab ishlab chiqarish obyektlari va moliyaviy muammolarni hal etishni o'z zimmasiga oladi, deb hisoblaydi. Korxona rahbarlari va tashqi investorlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni qiyinlashtiruvchi sabablardan biri sifatida ularning investitsion jarayonni tasavvur etishlari masalasi qiyin kechishini tushunishlarini ko'rsatish mumkin. Korxona raxbarlarining fikricha, investitsion jarayonning birmuncha murakkab bosqichi sarmoya jalb etish va uni sarmoyadorga qaytarish, ya'ni hamkorlikning o'zaro oldi-berdi bosqichidan iborat. Olingan mablag'ni samarali o'zlashtirish va foyda olish ular uchun muammo hisoblanmaydi. Ularning o'z sarmoyalari qo'yilgan korxonani bevosita boshqarishda qatnashishga yoki bunday korxonalarni nazorat qilishga intilishlari shu bilan izohlanadi. Ayni kunlarda birmuncha muhim muammolardan biri - yangi mahsulotlar ishlab chiqara olish va hozirda tayyorlanayotgan tovarlar sifatini ko'tarish, ularni xalqaro bozorga chiqara olish va sotishdir. Bundan kelib chiqadiki, sarmoya qo'yishning asosiy yo'nalishi ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, kadrlarni qayta tayyorlash hamda mahsulot sotish tizimini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Shunday qilib, ko'plab korxonalar aylanma mablag'larning surunkali yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda, bu shu tashkilotlar rahbarlarigagina emas, balki potensial investorlarga ham ma'lum. Korxona rahbarlari olingan mablag'dan turli-tuman imkoniyatlarni qidirib, o'z muammolarini, avvalo, ish haqi masalasini hal etib olishga umid qilsa. investorga o'z sarmoyasining bunday kelajagi juda ma'qul bo'lavermaydi. Aksiyadorlar jamiyati ma'muriyati o'rtasidagi o'zaro munosabatlar bo'yicha boshqaruv me'eriy hujjatlarini amalda tatbiq etish mexanizmini yaratish zarur. Kapital tizimini shunday isloh qilish zarurki, nihoyat mulk egasi kim ekanligini bilish lozim.
Birorta ham investor egasi noma'lum bo'lgan korxonaning aksiyasini sotib olmaydi. Shu sababli xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining davlat tomonidan aniq chegarasini belgilash kerak. Shunday qilib, iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish jarayonini oddiy sxema ko'rinishida quyidagicha bayon etish mumkin: strategik maqsad-iqtisodiy hisob, tavakkalchilik darajasini baholash, uni eng kam darajaga tushurish yo'llarini topish. Agar faoliyatning bunday uzviyligi aniq va to'liq bajarilsa, u holda xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga umid qilish mumkin.
Korxonalarning investitsion faolligi jadallashuviga ta'sir etuvchi omillardan yana biri mamlakatdagi valyuta siyosatidir. Albatta bu borada hozirgi paytda ijobiy siljishlarni ko'rish mumkin. Chunonchi, Markaziy bankning rasmiy kurslari va bozor kurslari o'rtasidagi keskin farq qisqartirilishi eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchilar valyuta tushumlarini rasmiy sotilishi natijasida sezilarli moliyaviy yo'qotishlarning oldi olinib, ularning eksportga maxsulot ishlab chiqarish faoliyati rag'batlantirilmoqda.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Mamlakatimizda investitsiyalarni boshqarishning quyidagi usullarni taklif sifatida ko'rsatishimiz mumkin:
- tahliliy usul, bunda jalb qilingan investitsiyalar monitoring qilinadi, investitsiyalarni jalb qilish, kiritish uslubi, shakli, yo'nalishi qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan nazorat qilib boriladi.
- iqtisodiy usul, bunda iqtisodiy qulay sharoitlar yaratish orqadi jalb qilingan investitsiyalarni boshqarish mumkin;
- ijtimoiy usul, investorlarning mablag'larini jalb qilish orqali mamlakatdagi aholi ish bilan ta'minlanadi va farovonlik darajasi oshadi;
- meyoriy-huquqiy usul, bunda mavjud meyoriy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish orqali davlat tomonidan boshqariladi;
- moliyaviy usul, bunda moliyaviy rag'batlantirishlar orqali investor-larning mablag'larini boshqarish mumkin. Ya'ni asosan sodiqlarning yengillashtirilishi va foiz stavkalarining tushirilishi bilan, investorga qo'shimcha moliyaviy imtiyozlar yaratib, investorning mablag'larini boshqarish mumkin;
- informatsion usul, bunda axborot shaffofligini yaratish orqali investitsiyalarni boshqarish mumkin;
- integratsion usul, bunda chet el investorlarini jalb qilib ularga mamlakatning investorlarini bog'lash orqali mahalliy investorlarning faolligini oshirish va yangi investitsiyalarni jalb qilib, ularni ushbu usulga asoslanib boshqarish mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki bu usulda chet el investorining darajasi, tajribasi va imkoniyatini inobatga olgan holda unga investitsiya loyihasidan olinadigan foyda ulushini boshlang'ich yillarda yuqoriroq belgilash talab etiladi. Keyinchalik shartnomada belgilangan tartibda ma'lum vaqtdan so'ng foyda ulushi mahalliy investorniki bilan tenglashtiriladi.
- malaka oshirish usuli, bunda mahalliy yetakchi kadrlarni chet el mamlakatlaridagi loyihalarga biriktirish, orqali mamlakat kelajagi uchun zarur innovatsion va intellektual investitsiyalarni boshqarish mumkin
Xulosa. Investitsiyalarning ustuvor yo'nalishlarini aniq belgilash ilmiy asoslangan, investitsiya qarorlarini qabul qilish, investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarni barcha shart-sharoitlarni hisobga olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi.Shu sababli investitsiyalarning hajmi yidan yilga o'sib bormoqda va mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirsh uchun katta yordam ko'rsatmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini ta'minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, mablag'larni eng ustuvor yo'nalishlarda hamda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog'liq yo'nalishlarda mujassam qilish Respublikada o'tkazilayotgan investitsiya siyosatining asosiy tamoyillaridir. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda iqtisodiyotimizga investitsiyalarni boshqarish bo'yicha usullarni joriy qilib talab etiladi va uni amalga oshirish lozim..
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
References:
1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi O'RQ-598 sonli Qonuni. Manba: https://lex.uz/ru/docs/-4664142?ONDATE=07.06.2022
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-sentabrdagi ""0'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158 sonli Farmoni. Manba: https://lex.uz/ru/docs/-6600413
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli Farmoni. Manba: https://lex.uz/ru/docs/-5841063
4. G'ozibekov D.G'., Qoraliyev T.M. (1993) Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. Toshkent: "Iqtisod-moliya". 232-b.
5. Abduqaxorov Bekzod O'tkir o'g'li. (2024). Investitsion jozibadorlik va investitsiya muhiti tushunchalarining ilmiy-nazariy asoslari. "MOLIYA-IQTISOD", 2(1), 118-123. Retrieved from https://sciencepromotion.uz/index.php/M0LIYA-IQTIS0D/article/view/1330
6. Abduqaxorov Bekzod O'tkir o'g'li (2024). Innovatsion iqtisodiyot tushunchasining mazmun mohiyati. "Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot", 3-son, 421-425. Retrieved from https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/1341
7. Karimqulov, J., Umirzoqov, J., & Abduqaxorov, B. (2022). DIRECTIONS OF INVESTMENT ATTRACTION THROUGH SPECIAL ECONOMIC ZONES. Science and Innovation, 1(7), 506-512.
8. Abduqaxorov, B. (2024). INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA LOYIHALAR BOSHQARUVINI AMALGA OSHIRISHNING NAZARIY TAMOYILLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(4), 304-308. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss4-pp304-308
9. Абдукахоров, Б. (2024). Innovatsion iqtisodiyot innovatsiyalarning asosiy yo 'nalishi sifatida. Общество и инновации, 5(3/S), 318-327.
10. Абдукахоров Б.У. (2022) Повышение инвестиционной привлекательности экономических регионов Узбекистана и улучшение условий для привлечения иностранных инвестиций, Студенческий вестник: электрон. научн. Журн, № 14(206). URL: https://studvestnik.ru/journal/stud/herald/206
11. Abdukakhorov B.U. (2022) "SPECIAL ECONOMIC ZONES AS A FACTOR OF REGIONAL DEVELOPMENT", Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), pp. 613-616. Available at: https://giirj.com/index.php/giirj/article/view/2331
12. Gafurov, Olimjon. "VALYUTA KREDIT MUNOSOBATLARINI TASHKIL ETISHDA DAVLATNING VALYUTA KREDIT SIYOSATI O'RNI." Евразийский журнал академических исследований 4.4 Part 2 (2024): 89-98.
13. Ochilov, Bobur, Jahongir Hoshimov, and Javlonbek Butayev. "IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA MAMLAKAT INVESTITSION JOZIBADORLIGI: NAZARIYA VA AMALIYOT (Monografiya)." (2024).
14. Gafurov, Olimjon, Humoyun Kholmuminov, and Sevinch Abrueva. "Directions of attracting foreign capital and specific characteristics of the eurobond transaction." (2023).
15. Хошимов, Ж. Р., Б. Б. Очилов, and С. С. Наримонов. "ИНВЕСТИЦИОННАЯ ПОЛИТИКА: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА." (2024).
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
16. Abdullayevich N. I. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING O'RNI //TA'LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR. - 2022. - С. 9596.
17. Bakhtiyarovich, O. B. (2022, June). PROSPECTS AND PRIORITIES OF FOREIGN INVESTMENT DEVELOPMENT IN THE NATIONAL ECONOMY. In E Conference Zone (pp. 9698).
18. Navruzov, I. (2022). MILLIY IQTISODIYOTGA TO'G'RIDAN-TO'G'RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI. Iqtisodiyot va ta'lim, 23(6), 297-300.
19. Sugahara S., Ochilov B. The Experience of The Japanese State in Increasing Investment Activity in Uzbekistan //YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. - 2023. - Т. 1. - №. 11-12.
20. Tursunkulovich, S. R. (2024). O 'ZBEKISTONDA MONETAR SIYOSAT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. " MOLIYA-IQTISOD", 2(1), 1-11.
21. Шомуродов, Р. Т. (2024). РОЛЬ МОНЕТАРНОЙ ПОЛИТИКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. " MOLIYA-IQTISOD", 4(1), 1-11.
22. Ravshan, Shomurodov. "ISSUES OF IMPROVING MONETARY POLICY IN UZBEKISTAN BASED ON FOREIGN EXPERIENCE." Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук 4.5 (2024): 333-345.