Научная статья на тему 'INVESTITSIYA FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

INVESTITSIYA FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4008
440
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / investitsiya afzalliklari / kengaytirilgan ko’p omilli yondashuv / tavakkalchilik / baholash ko’rsatkichlari. / investment / investment advantages / extended multi-factor approach / risk / evaluation indicators

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Davlyatova, Gulnara Mukhamedjanovna

Maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishning afzalliklari hamda investitsiyalarni kiritishda kengaytirilgan ko’p omilli va tavakkalchilik bilan bog’liq yondashuvlar, korxonalar miqyosida investitsiya faoliyatini baxolash ko’rsatkichlari bilan bog’liq masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AFFECTING INVESTMENT ACTIVITY AND THEIR FEATURES

The article highlights the advantages of using investments in the development of the country's economy, as well as issues related to the expanded multifactorial and risky approaches to investing, indicators for assessing investment activity at the scale of enterprises.

Текст научной работы на тему «INVESTITSIYA FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Volume: 3 31.05.2023

Year: 2023 Issue: 5 Published: http://alferganus.uz

Citation:

Davlyatova, G.M. (2023). Factors affecting investment activity and their features. SJ International journal of theoretical and practical research, 3 (05), 17-25.

Davlyatova G.M. (2023). Investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar va ularning o'ziga xos xususiyatlari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (05), 17-25.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.8158999

T. 3 №5 2023

SJIF 2023:5.971 QR-Article

Davlyatova, Gulnara Mukhamedjanovna

Associate Professor of the Department of Economics, PhD Fergana Polytechnic Institute

UDC 330.322

FACTORS AFFECTING INVESTMENT ACTIVITY AND THEIR

FEATURES

Abstract. The article highlights the advantages of using investments in the development of the country's economy, as well as issues related to the expanded multifactorial and risky approaches to investing, indicators for assessing investment activity at the scale of enterprises.

Keywords: investment, investment advantages, extended multi-factor approach, risk, evaluation indicators

Davlyatova Gulnara Muxammedjanovna

"Iqtisodiyot " kafedrasi dotsenti, i.f.n., Farg'ona politexnika instituti

INVESTITSIYA FAOLIYATIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishning afzalliklari hamda investitsiyalarni kiritishda kengaytirilgan ko'p omilli va tavakkalchilik bilan bog'liq yondashuvlar, korxonalar miqyosida investitsiya faoliyatini baxolash ko'rsatkichlari bilan bog'liq masalalaryoritilgan. Kalit so'zlar: investitsiya, investitsiya afzalliklari, kengaytirilgan ko'p omilli yondashuv, tavakkalchilik, baholash ko'rsatkichlari.

^aB^HTQBa Ty^Hapa MyxaMeg^aHQBHa

© ©

17

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

T. 3 №5 2023

ISJIF 2023:5.971

доцент кафедры "Экономика", к.э.н., Ферганский политехнический институт

ФАКТОРЫ ВЛИЯЮЩИЕ НА ИНВЕСТИЦИОННУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ И

ИХ ОСОБЕННОСТИ

Аннотация. В статье освещаются преимущества использования инвестиций в развитие экономики страны, а также расширенный многофакторный и риск-ориентированный подходы к инвестированию, вопросы, связанные с показателями инвестиционной деятельности в масштабах предприятий.

Ключевые слова: инвестиции, инвестиционные преимущества, расширенный многофакторный подход, риск, показатели оценки.

Kirish

"Investitsiya - iqtisodiyot drayveri sanaladi. Mamlakatning iqtisodiy siyosati bugungi kunda investitsiyalarga bog'liq bo'lib qoldi. 2022 yil davomida O'zbekistonga jami 240 trln so'm investitsiyalar jalb qilingan, shulardan 8 mlrd dollari to'g'ridan to'g'ri kirib kelgan va eksport miqdori 19 milliard dollarni tashkil etadi. Davlat investitsiya dasturi doirasida 3,7 mlrd dollarlik 158 ta yirik loyihalar ishga tushdi va mamlakatda 25 000 ga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi. Mazkur loyihalarning ko'pchiligi energetika va tog'-kon metallurgiya sanoati, qishloq xo'jaligi, yengil sanoat va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalariga to'g'ri keladi.

Endilikda 2023 yilda 30 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan, uning 25 milliard dollari xususiy investitsiyalar bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan bo'lib, kafolat va imtiyozlarni o'zida aks ettiruvchi bir qancha me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qo'yilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etish uchun bularning o'zi kifoya qilmaydi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib o'rinlarni egallash uchun yangi zamonaviy g'oyalarni o'ylab topish zarurati yuzaga kelmoqda[15]. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish — iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilg'or xorij texnologiyalari, nou-xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aksariyat jabhalarga xorij investitsiyasini kiritish hamda iqtisodiyotning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Bugungi kunda investitsiyalar masalasi iqtisodiy tadqiqotlarning muhim yo'nalishlaridan biriga aylangan. Ushbu sohada iqtisodiy tadqiqotlar olib borgan bir qator

@ ®

18

T. 3 №5

RESEARCH!_ .

ISJIF 2023:5.971

xorijiy va mahalliy olimlarni sanab o'tishimiz mumkin, jumladan, L.D. Gitman, M.D. Djonk, G'ozibekov D.G'., Mahmudov N.M., Madjidov Sh.A., Imomov X.X, Yuldashev R.Z., SHodmonov SH.SH., G'afurov U.V., Shoha'zamiy Sh.Sh., Rashidov O.Yu., Qurbonov X.A., Qosimov M.S., Samarxo'jaev B.B., Kenjaev N.I. va boshqa olimlar tadqiqotlarida investitsiyalar mavzusi alohida o'ringa ega. Iqtisodchi olimlar L.D. Gitman, M.D. Djonklar fikricha, investitsiya - bu shunday vositaki, u orqali pulning qiymatini saqlash yoki ko'paytirish va ijobiy miqdorda daromad olishi imkonini ta'minlanadi[4]. Mamlakatimizdagi yetakchi iqtisodchi olimlar Sh.Sh. Shodmonov va U.V. G'afurovlar muallifligida yozilgan "Iqtisodiyot nazariyasi" darsligida investitsiyalarga shunday ta'rif beriladi, investitsiyalar - asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko'paytirishga, ishlab chiqarishquvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko'rinishidir. Yuqorida qayd etib o'tilgan iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida mamlakat iqtisodiètini rivojlantirishda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etishning nazariy jihatlari èritib berilgan bo'lsada, biroq investitsiya faoliyatiga baho berishda asosiy yondashuvlar - kengaytirilgan ko'p omilli va tavakkalchilik bilan bog'liq yondashuvlarga hamda korxonalar miqyosida investitsiya faoliyatini baxolash ko'rsatkichlariga kam ahamiyat berilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotni olib borishda analiz va sintez usullaridan, tizimli va majmuaviy yondashuv usullardan foydalanilgan.

Tahlillar va natijalar.

Ma'lumki, har qanday mamlakat rivojlangan davlatlar amaliyoti va nazariyasini o'rganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir davlat ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori ko'rsatkichlarga erishish, aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun milliy hamda xorijiy hamkorlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishi maqsadga muvofiqdir[8]. Bu borada u yoki bu mamlakatda shakllangan investitsiya muhiti va u orqali investitsion faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Qaerdaki, samarali investitsion faoliyati mavjud bo'lsa, o'sha tomonga iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch - investitsiyalar oqimi tezlashadi.

Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiya faolligi sur'atlariga, bu esa, iqtisodiyot bir tekis o'sib borishi va taraqqiy etishini belgilovchi investitsiya faoliyatiga bog'liq. Investitsiya faoliyati muayyanligini bu boradagi faoliyatning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy hamda boshqa shart-sharoitlarni umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillarning o'zaro bog'liq majmui u yoki bu mamlakat iqtisodiyotidagi hal qiluvchi investitsiya faoliyati hisoblanadi. Demak, investitsiya faoliyati haddan tashqari ko'p o'lchovli, murakkab va serma'no tushunchadir.

Investitsiya faoliyatiga baho berishda quyidagi asosiy yondashuvni -kengaytirilgan ko'p omilli va tavakkalchilik bilan bog'liq yondashuvlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Kengaytirilgan, ko'p omilli yondashuvda investitsiya faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi quyidagi omillar baholanadi:

@ ©

19

T. 3 №5 2023

RESEARCH!_ .

ISJIF 2023:5.971

- hududning mehnat va energetika resurslari bilan ta'minlanganlik darajasi,

bioiqlimiy, ilmiy-texnikaviy salohiyati va infratuzilma rivojlanganligi kabilarni o'z ichiga oluvchi iqtisodiy salohiyatini;

- xo'jalik yuritishning umumiy shart-sharoitlari - ekologik xavfsizlik, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanganligi va tugatilmagan qurilishlar hajmini;

- bozor infratuzilmasi rivojlanganligi, xususiylashtirish, inflyatsiya va ularning investitsiya faolligiga ta'siri, aholining investitsiya jarayoniga jalb qilinganlik darajasi, tadbirkorlik, raqobat muhitini rivojlanganligi, mahalliy bozor sig'imi, xo'jaliklararo aloqalar jadalligi, eksport imkoniyatlari, chet el kapitali mavjudligi;

- siyosiy omillar: aholining hokimiyatga bo'lgan ishonchi, ijtimoiy barqarorlik darajalari, milliy-diniy munosabatlar holati;

- ijtimoiy va madaniy omillar: aholining turmush darajasi, tibbiy xizmat rivojlanganligi, jinoyatchilik darajasi, real ish haqi ko'rsatgichi, mahalliy aholining o'z va chet el tadbirkorlariga munosabati, chet el mutaxassislari uchun ishlash sharoitlari;

- tashkiliy-huquqiy omillar: hokimiyatning chet el investorlariga munosabati, qarorlar qabul qilishdagi tezkorlik darajasi, axborot almashinuvining erkinligi, qonunni himoya qiluvchi organlar faoliyati samaradorligi, mahsulotlar, kapital va ishchi kuchlarining joylashishi va harakatlanishi uchun shart-sharoitlar mavjudligi, shuningdek, tadbirkorlarning xulq va ish yuritish sifatlari;

- moliyaviy omillar: byudjet daromadlari, aholi jon boshiga byudjetdan tashqari fond mablag'lari bilan taminlanganlik darajasi, omonatlar miqdori, chet el valyutasida kredit olish imkoniyati, bank ssudalarining foizi darajasi, banklararo hamkorlikning rivojlanganligi, uzoq muddatli kreditlarning solishtirma qiymati, zarar bilan ishlaydigan yoki iqtisodiy inqirozga uchragan korxonalar ulushi.

Ko'p omilli yondashuvning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: investitsiya faoliyati va investitsiya xavfi darajasi kategoriyalarining o'zaro bog'liqligi, investitsiya faoliyatining asosiy kapital va iqtisodiyotning real sektoriga bo'lgan investitsiyalar bilan bog'liqligi, uning ob'ektiv xususiyatlariga diqqat - e'tibor, alohida olingan investorlar xohish-irodasiga bog'liq emasligi, ushbu yondashuvning ko'p qatlamli xususiyatga egaligi.

Tavakkalchilik bilan bog'liq yondashuvda investitsiya faoliyatining tashkil etuvchilari sifatida ikkita asosiy mezonni -investitsiya salohiyati va investitsiya tavakkalchiligi darajalarining holati; investitsiya tavakkalchiligi va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat darajalarining bog'liqligini ko'rsatish mumkin.

Investitsiya salohiyati makroiqtisodiy ko'rsatkichlar asosida baholanib, o'z ichiga quyidagilarni oladi:

> hududda ishlab chiqarish omillari va iste'mol talabining mavjudligini; xo'jalik faoliyati natijalarini;

ilm-fan rivojlanishi va yutuqlarining joriy qilinganlik darajasini; etakchi investitsiya institutlarning rivojlanganligini; majmuali infratuzilma bilan ta'minlanganligini.

Investitsiya tavakkalchiligi darajasi investitsiyalar va ulardan keladigan daromadni yo'qotish ehtimoli nuqtai nazaridan, keng qamrovli ko'rsatkichlar asosida, shuningdek,

> > > >

20

T. 3 №5

RESEARCH!_ .

ISJIF 2023:5.971

investitsiya salohiyatining har bir tashkiliy qismi va har bir tavakkalchilik bo'yicha hududiy reyting baholanadi.

Uchinchi yondashuvda yuqoridagi ko'rsatkichlar bilan bir qatorda inson omili, rivojlanishning moddiy bazasi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat va siyosiy tavakkalchilik darajasi omili, iqtisodiyotning holati va uni boshqarish darajalari kabilar hisobga olinadi.

Chet ellarda investitsiya faoliyatiga baho berish uslublari bir-biridan farq qiladi, odatda, bu borada makroiqtisodiy sohaga nisbatan baho ishlatiladi. Masalan, Yaponiyada investitsiya faoliyatining bayoniy tavsifi berilib, miqdoriy baho qo'llanilmaydi. AQSHda u birlashtirilgan to'rtta ko'rsatkich (ishbilarmonlik faolligi, xo'jalik tizimining rivojlanish salohiyati, investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi, soliq siyosatining asosiy tashkil etuvchilari) asosida aniqlanadi.

Xalqaro tajribalar shuni ko'rsatadiki, investitsiya faoliyatini baholashning ob'ektivlik darajasini oshirish uchun zamonaviy iqtisodiyot fani tomonidan ishlab chiqilgan bir qator muhim uslubiy qoidalarni hisobga olish zarur. Ular quyidagilarni ko'zda tutadi:

Birinchidan,barcha turdagi investitsiyalar uchun ma'lum investitsiya faoliyati zarur. Amalda kapital (sanoat, savdo, qarz, aktsionerlik) investitsiya kabi turlicha bo'ladi, investorlar esa, bir biriga mos tushmaydigan maqsadlarni ko'zlaydi. Qarz kapitali qisqa vaqt ichida maksimum foyda olishga qaratilgan bo'lib, moliyaviy investitsiyalar orqali, sanoat kapitali uzoq muddat davomida korxona faoliyatiga barqaror ta'sir o'tkazishga intilib, real, bevosita investitsiyalar orqali harakat qiladi.

Ikkinchidan,investitsiya faoliyati manfaatlar muvozanatiga asoslangan bo'lishi kerak, chunki investitsiyalarni qabul qiluvchi ham, yetkazib beruvchi ham kabi turlicha maqsadlarni ko'zlaydi: ularning birinchisi minimum mablag'lar asosida maksimum maqsadlarni ko'zlasa, ikkinchisi - maksimum foyda olish va mahalliy bozorlarni mumkin qadar tezroq egallashga intiladi.

Uchinchidan,investitsiya faoliyati, bir tomondan, uzoq vaqt davomida barqaror, ikkinchi tomondan, yetarli darajada uddaburon tadbirkor, mamlakatda shakllanayotgan ijtimoiy ishlab chiqarish omillariga (ilmiy-texnikaviy, tadbirkorlik, boshqaruv, texnologik) nisbatan yuz berayotgan o'zgarishlarni hisobga ola biladigan bo'lishi darkor.

To'rtinchidan,investitsiyalar inson kapitali rivoji, barcha faoliyat sohalaridagi ishchi va xizmatchilarning malakasi yuksalishi bilan aniq bog'langan bo'lishi lozim.

Beshinchida,investitsiya faoliyati xo'jalikning iqtisodiy barqarorligi va ishlab chiqarish tizimlari xavfsizligiga rahna solmasligi kerak.

Oltinchidan,investorlarning va investitsiyalanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim manfaatlari muvozanatini ta'minlash maqsadida, jalb qilinayotgan investitsiyalar samaradorligini va investitsiya faoliyati qulayligini majmuiy jihatdan baholash talab etiladi. Shu sababdan nafaqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi, balki ularni joriy etishning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlarini ham hisobga olish darkor.

Kam qamrovli yondashuv tarafdorlari investitsiya jozibadorligi uchun asosiy ko'rsatkich sifatida foydalanilayotgan aktivlarning foydalilik darajasini ikki xil variantda hisoblashni qabul qilishadi:

- tovarlar va xizmatlar realizatsiyasidan olingan yalpi foydaning foydalanilayotgan aktivlar umumiy summasiga nisbati bo'yicha;

21

T. 3 №5

RESEARCH!_ .

ISJIF 2023:5.971

- sof foydaning foydalanilayotgan aktivlar umumiy summasiga nisbatiga ko'ra.

Ushbu yondashuv sodda va hammabop bo'lib, tadbirkorlik faoliyatining bosh

maqsadi - foyda va qo'yilmalar qaytimini hisobga oladi. Uni turli xo'jalik tizimlaridagi investitsiya faoliyatini tadqiq qilish uchun qo'llash mumkin. Biroq bu yondashuvda manfaatlar muvozanati aks etmagan, investitsiyalar bilan resurs omillari o'rtasidagi ob'ektiv bog'liqlik inkor etiladi, qolaversa, investitsiya faoliyati rivojlanishning innovatsion turi va iqtisodiy barqarorlik bilan bog'lanmagan.

Investitsiya faoliyatini baholashning ko'p omilli usuli uslubiy talablarga ko'proq to'g'ri keladi. Uning afzallik tomonlari: resurs-omillarning o'zaro ta'sirini hisobga olish; baho berishda sub'ektivlikni kamaytiradigan statistik ma'lumotlardan foydalanish; iqtisodiyotning turli darajalariga alohida-alohida yondashuv; investitsiyalarning mumkin bo'lgan barcha manbalarini maksimal darajada samarali qo'llashni ta'minlashga intilishda namoyon bo'ladi.

Tavakkalchilik darajasi bilan bog'liq baholash usuli, avvalo, strategik investorda qiziqish uyg'otadi. U nafaqat investitsiyalash uchun jozibadorlikni aniqlab qolmay, balki, investitsiyalarni qo'yiladigan yangi ob'ektga xos xavf darajasi bilan hozirda mavjud, investor uchun biznes yuritish odatiy bo'lgan tavakkalchilik darajasini qiyoslaydi. Ushbu yondashuvda, shuningdek, investorning ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaatlari hisobga olinadi.

Zamonaviy iqtisodiy tafakkurning yetakchi yo'nalishlaridan bo'lgan institutsionalizm investitsiya faoliyati tahlili uchun yangi imkoniyatlar beradi. Shuni ta'kidlash joizki, investitsiya faoliyati iqtisodiyotning institutsional tizimida alohida tuzilmani tashkil etib, u ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va ilmiy-texnikaviy yangilanish jarayonida faol investitsiya faoliyati orqali ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan eng qulay darajada foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish vazifasini bajaradi.

Xulosa

Fikrimizcha, investitsion faollikni baholashni boshqaruvning tashkiliy darajasi hamda xo'jalik yuritish ob'ektidan kelib chiqib, tabaqalashgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, korxona darajasida investitsiyalarning mutlaq hajmidan tashqari quyidagilar investitsion faollikning baholovchi ko'rsatkichi bo'lib xizmat qilishi mumkin:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- eski asosiy fondlar va ishlab chiqarish uskunalari hamda ularning yangi investitsion qo'yilmalar ishtirokida yaratilgan yangi turlari o'rtasidagi nisbat. Bu ko'rsatkich korxonaning moddiy-texnika bazasi holati hamda uning fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy yutuqlariga muvofiqligini tavsiflaydi;

- ishlab chiqarish umumiy hajmida korxona tomonidan yangi investitsion resurslarni kiritish asosida ishlab chiqarilgan yangi mahsulot ulushi. Bu ko'rsatkich investitsion faoliyatni ishlab chiqarish bilan bog'laydi va korxonaning raqobatbardosh mahsulotni yaratish hamda bozorda o'zining barqaror o'rnini shakllantirish sohasidagi ishlarini tavsiflaydi;

- xarajatlarning, shu jumladan korxona ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga yo'naltirilgan sarflarning daromadlarni «aktiv» va «passiv» qismiga nisbati. Bu ko'rsatkich nafaqat mazkur maqsadga qilingan kapital

@ ©

22

SJIF 2023:5.971

qo'yilmalarning umumiy miqdorini, balki qo'yilmalarning tarkibiy tuzilishini ham tavsiflaydi;

- investitsiyalarning umumiy hajmida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasining o'sishi bilan bog'liq sarf-xarajatlarning ulushi. Bu ko'rsatkich korxonaning qo'l mehnatini qisqartirish hamda bir vaqtning o'zida texnika vositalari yordamida bajariluvchi ishlar darajasining o'sishi sohasidagi investitsion faoliyatini tavsiflashi mumkin. SHuningdek, bu ko'rsatkich yakka tartibdagi yoki seriyali ishlab chiqarishning ommaviy ishlab chiqarishga o'tkazilishini tahminlash imkonini beradi;

- investitsiyalarning umumiy hajmida jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning ulushi. Bu ko'rsatkich nafaqat korxonaning hamkorlik aloqalarini, balki uning ishlab chiqarish faoliyatida xorijiy kapitalning ishtirokini ham tavsiflaydi. U shuningdek xususiy va xorijiy investitsion faollikni tizimga solish hamda shu orqali zarur taxminlarni qilish imkonini beradi;

- yangi (qo'shimcha) investitsiya qo'yilmalari hisobiga ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan, olingan foyda yoki daromadning qo'shimcha o'sishi. Bu ko'rsatkich investitsiyalashning foydaliligini tavsiflaydi va bevosita investitsiyalarning samaradorligi, ya'ni qo'yilmalarning pirovard natijalari bilan bog'liq.

Shunday qilib, бизнинг фикримизча investitsion faollik - bu birinchidan, investitsiya faoliyatining tahliliga, ikkinchidan, to'g'ri baholovchi ko'rsatkichlarni tanlashga, uchinchidan, investitsiyaga oid rejalarning ular samaradorligi bilan bog'liqligini ta'minlashga asoslangan holda ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning yaxlit tizimidir. Har qanday holda ham investitsiya faolligi - bu korxonalarning hayotiy faoliyatini yaxshilashga hamda ularning milliy iqtisodiyotning rivojlanishidagi ulushini ko'paytirishga qaratilgan yo'ldir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-4947-sonli farmoni. T.: 7.02.2017 y.

3. Abdullaeva Sevara Khasanovna. Issues of development of textile industry. Collection of materials of the international scientific and practical conference (May 27, 2020). 503-506 p. https://ru-science.com

4. Abdullaeva Sevarakhon KHasanovna / Issues of Ensuring Economic Stability in the Textile Industries. // JournalNX - 2020. VOLUME 6, ISSUE 12 Doi

https://media.neliti.com/media/publications/335549_-issues-of-ensuring-economic-

stability-in-de5aaaf9.pdf

5. Abdullaeva, S. (2019). Improving of organizational mechanism of leasing. // Scientific Bulletin of Namangan State University - 2019. Doi https://uzjournals.edu.uz/cgi/viewcontent.cgi?article=1669&context=namdu

CC

®

23

T. 3 №5

RESEARCH!_ .

ISJIF 2023:5.971

6. Abdullaeva, S.X., Davlyatova, G. M., (2022). Тукимачилик саноати корхоналарининг иктисодий баркарорлигини инновацион ривожлантириш масалалари. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (б-S), 7-21.Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6945934

7. Almatova D.S.(2018). "Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish" mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishi avtoreferati. Toshkent.

8. Bollaert, H., Lopez-de-Silanes, F., & Schwienbacher, A. (2021). Fintech and access to finance. Journal of corporate finance, 6s, 101941.

9. Davlyatova, G. M. & Abdullaeva, S. H. (2022). Iqtisodiyotda tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirish asosida to'qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (5), 1S-29. doi: 1G. 52S1/zenodo. 69455SG

10. Davlyatova, G. M., & Kurpayanidi, K. (2020). Iqtisodiyotni rivojlantirishning asoslari va xususiyatlari. Farg'ona, Klassik - ISBN: 978-9943-6663-7-5.120 b. Doi: http://doi.org/10.17605/0SF.I0/RJCY5

11. Davlyatova, G. M., & Kurpayanidi, K. (2020). Marketing as the main factor in introducing innovative products to the market. International Multidisciplinary. Research Journal, 1G(5), 430.

12. Davlyatova, G. M., Abdullaeva, S.H. Ensuring economic stability of textile enterprises based on the development of inter-sectoral relations in the economy //AL-FERGANUS, (p. 6-32) Iqtisodiyotda tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirish asosida to'qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash (alferganus.uz)

13. Davlyatova, G.M. (2020). To'qimachilik sanoati mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish. [Development of a marketing strategy to increase the export potential of textile products]. Collection of materials of the international scientific and practical conference (May 27, 2020). 653-656 p. https://ru-science.com

14. Davlyatova, G.M., Abdullaeva, C.X. (2019) Systemic principles and regularities of commercial enterprise as a socio-economic system. // Journal of Economy and Business., (6-1). p.95. Doi https:// dx.doi.org /10.24411 /2411-0450-2019-10827. https://cyberleninka.ru/article/n/18235040

15. Diaconu, M. (2012). Characteristics and drivers of venture capital investment activity in Romania. Theoretical & Applied Economics, 19(7).

16. Imomov, H.H. (2005). Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O'quv qo'llanma. T.:Iqtisod-moliya, 188 bet.

17. Khokhlova, G., Kretova, N., & Burov, V. (2019, November). The problems of investment activity of entrepreneurship and methodological aspects of credit risks assessment. In IOP Conference series: materials science and engineering (Vol. 667, No. 1, p. 012038). IOP Publishing.

18. Kurpayanidi, K.I. (2022). Activation of regional innovation activities. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (6-S), 32-42. Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7188440

@ ®

24

Т. 3 №5 2023

RESEARCH_ .

ISJIF 2023:5.971

19. Pathak, H. S., Brown, P., & Best, T. (2019). A systematic literature review of the factors affecting the precision agriculture adoption process. Precision Agriculture, 20, 1292-1316.

20. Sirojiddinov, I. Q., & Xodjibaeva, I. V. (2021). Factors affecting regional investment potential. Asian journal of multidimensional research, 10(5), 404-409.

21. Zhusupalieva, C.T., Mukhsinova, Sh. O. (2022). The use of digital technologies in the analysis of entrepreneurship development in the Republic of Uzbekistan. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (6-8), 42-57.

22. Гозибеков, Д.Г. (2003). Инвестицияларни молиялаштириш масалалари.-Т.:Молия, 332 бет.

23. Давлятова, Г. М. (2021). О некоторых направлениях развития промышленности Узбекистана на перспективу. [About some directions of development of the industry of Uzbekistan for the future] Экономика и бизнес: теория и практика, (10-1), 101-105.

24. Инвестиции и инвестиционная деятельность организаций : учебное пособие / Т.К. Руткаускас [и др.] ; под общ. ред. д-ра экон. наук, проф. Т.К. Руткаускас.— Екатеринбург : Изд-во Урал. ун-та, 2019.— 316 с.

25. Куприянова, Т. А. (2020). Инвестиционные инструменты как основа инвестиционной деятельности. Финансы и кредит, 26(1), 213-227.

26. Курпаяниди К. И., Илёсов А.А. (2022). Саноат мах,сулотлари экспортининг ташкилий-иктисодий механизмларини такомиллаштириш (ФарFOна вилояти саноат тармоFи мисолида): монография / Курпаяниди К. И., Илёсов А.А..; М. A. Икрамов тахрир остида. -ФарFOна политехника институти. AL-FERGANUS, 184 б. ISBN 9789943-7707-5-1 Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.6618980

27. Курпаяниди, К. И. (2022). Теоретические аспекты развития предпринимательства. Экономика и бизнес: теория и практика. 3-1(85). - С. 186188. - Doi 10.24412/2411-0450-2022-3-1-186-188 .

28. Курпаяниди, К. И. (2022). Факторы и направления развития институтов в сфере малого предпринимательства. Проблемы современной экономики, 3.

29. Осадчий, В. В. (2020). Основы инвестирования. Правила начинающим инвесторам. Управленческий учет, (4), 35-38.

30. Ошовская, Н. В., & Захарчук, Н. Н. (2019). Теоретические основы инвестиционной деятельности предприятия. In Формирование финансово-экономических механизмов хозяйствования в условиях информационной экономики (pp. 142-143).

31. Темиркулов, А. А. (2019). Государственное управление инвестиционной деятельностью. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)), 97-101.

© ®

25

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.