Научная статья на тему 'MALINA YETISHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MALINA YETISHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Malina / ko‘chat / hosil / rezavor meva / nav / ildiz / poya / ekish / sug‘orish / tos-shag‘al / oziqlantirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — S.X.Zakirova, R.F.Akbarov, Z.M.Rajavaliyeva

Bugungi kunda malinaning Barnaul, Visluxa, Kimberg, Progress, Malboro kabi navlar ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo‘lga qo‘yilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MALINA YETISHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

MALINA YETISHTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1S.X.Zakirova, 2R.F.Akbarov, 3Z.M.Rajavaliyeva

1FDU q.x.f.d., professor 2FarDU o'qituvchisi 3FDU doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.1093342 7

Annotatsiya. Bugungi kunda malinaning Barnaul, Visluxa, Kimberg, Progress, Malboro kabi navlar ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo 'lga qo'yilgan.

Kalit so'zlar: Malina, ko 'chat, hosil, rezavor meva, nav, ildiz, poya, ekish, sug'orish, tos-shag'al, oziqlantirish.

Аннотатция. Сегодня высаживают такие сорта малины, как Барнаул, Вислуха, Кюмберг, Прогресс, Мальборо и получают от них высокий урожай.

Ключевые слова: Малина, рассада, урожай, ягода, сорт, корень, стебель, посадка, полив, гравий, подкормка.

Abstract. Today, varieties of raspberries such as Barnaul, Vislukha, Kiimberg, Progress, Malboro are planted and a high yield is obtained from them.

Keywords: Raspberry, seedling, crop, berry, variety, root, stem, planting, watering, gravel, feeding.

Kirish. Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning yildan-yilga ortib borishi qishloq xo'jaligi ekinlarini etishtirish hajmini yanada kengaytirish va yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan doimiy ta'minlashni talab etadi. So'ngi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifati va eksport salohiyatini oshirish borasida jadal islohotlar olib borilmoqdaki, bu hozirdanoq agrar sohada o'z natijalarini bera boshladi. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda agrar sohaning o'rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4549-son qarorida belgilangan vazifalar muhim strategik vazifalardan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda etishtiriladigan sarxil meva-rezavor ekinlar ichida er tuti, qorag'at (smorodina), xo'jag'at (malina), krijovnik va chakanda (oblepixa)ga aholi o'rtasida talab katta. Ular juda mazali, parhezbop taom bo'lib, qayta ishlash uchun juda yaxshi xomashyo ham hisoblanadi. Rezavor mevalar xushbo'y mazasi, tarkibida organizm uchun zarur bo'lgan vitaminlar va mineral tuzlarning ko'pligi hamda shifobaxsh xususiyatlari tufayli sevib iste'mol qilinadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan ovqatlanish instituti tavsiyasiga ko'ra, odam bir yilda 92 kg meva va rezavor iste'mol qilishi kerak. Shundan 14,4 kilogrammi rezavorlar bo'lib, jumladan, qulupnay va xo'jag'at 3,8 kilogramm, qora, oltinsimon va qizil qorag'at 5,1 kg krijovnik 1,7 kilogrammni tashkil etishi lozim.

O'zbekistonda O'rta Osiyoning boshqa respublikalari sharoitida rezavor ekinlar etishtirishda katta istiqbolga egadir. Mavjud tabiiy-iqtisodiy omillar bilan sug'orishni birga olib borganda qulupnay, qorag'at, xo'jag'atdan yuqori hosil olish, tog'li hududlarda esa - xo'jag'at,

maymunjon (ejevika), qora qorag'at, daryo sohillarida esa chakanda etishtirish imkoniyatlari mavjuddir.

Rezavor ekinlar tez hosilga kirishi hamda muttasil har yili meva berishi bilan ajralib turadi. Ularni bachkisidan, novdalarini qalamcha qilib, parxesh qilib, tuplarini bir necha bo'laklarga bo'lib ko'paytirish mumkin, bu davriy xususiyatga ega emas. Xo'jag'at ko'pgina navlarining bir yillik shoxlari yozning ikkinchi yarmidan boshlab, kech kuzgacha yaxshi hosil beradi.

Xalq tabobatida yurak xastaligi, buyrak, jigar, taloq, o't yo'llari kasalliklarida, oshqozon katari (shilliq pardalarining yallig'lanishi)ning hamma turlarida rezavor mevalar iste'mol qilish tavsiya etiladi. Qorag'at tibbiyotda singaga qarshi vosita sifatida mashhurdir, u yurak - tomir va boshqa kasalliklarni davolashda foyda beradi.

Bugun respublikamizda foydali va erta hosilga kiruvchi rezavor mevalarga bo'lgan talab ortmoqda. O'rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropa davlatlarida keng tarqalgan malina o'simligi respublikamizning ayrim tumanlarida etishtirib kelinmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda etishtirilayotgan rezavor mevalardan biri bo'lmish malinaning Barnaul, Visluxa, Kimberg, Progress, Malboro navlari ekilib ulardan yuqori hosil olinishi yo'lga qo'yilgan.

Tadqiqot maqsadi: Yuqorida keltirib o'tilgan muammolar va ularning echimlariga qaratilgan ko'plab vazifalardan kelib chiqqan holda biz ham mazkur maqolamizda yurtimizda parvarish qilinayotgan malina o'simligining yangi serhosil navlarini ajratib olish maqsadida amalga oshirayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarimizning boshlang'ich ma'lumotlarini yoritishni o'rinli deb bildik.

Tadqiqot ashyosi: Xo'jag'at(malina)ning mahalliylashgan Malbro, Kimberg, Barnaul, Visluxa navlariga xos bo'lgan meva vazni, o'simlikni bo'yi, o'sish ko'rsatkichlarini aks ettiruvchi ma'lumotlar ushbu tadqiqotning ashyosi hisoblanadi.

Tadqiqot amalga oshirilgan joy: Ushbu tadqiqotlar Farg'ona viloyati Farg'ona tumani aholi tomorqa xo'jaliklari va Farg'ona tumani Novkent qishlog'i Dorivor o'simliklarin etishtirish va asalarichilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirildi.

Tadqiqotni o'tkazish uslublari: Mazkur tadqiqotlarni olib borishda xo'jag'at(malina)ning mahalliylashgan Malbro, Kimberg, Barnaul, Visluxa naviga xos bo'lgan mevani tashqi ko'rinishi, o'simlikning bo'yiga, chilpish natijasiga qarab bir necha guruhga ajratildi va ular orasidan eng yirik hamda tashqi ko'rinishiga ko'ra aynan bir xil bo'lgan namunalari saralab olindi. Namunalar uch qaytariqda maxsus torozida o'lchanib, vazni aniqlandi. Ma'lumotlarga matematik statistik ishlov berish B.A.Dospexov uslubi bo'yicha (M. 1985) amalga oshirildi. Natijalar qiyosiy tahlil qilindi.

Natijalar: Tadqiq etilayotgan xo'jag'at(malina)ning mahalliylashgan Malbro, Kimberg, Barnaul, Visluxa naviga xos bo'lgan mevani tashqi ko'rinishi, o'simlikning bo'yiga, chilpish natijasiga qarab bir necha guruhga ajratildi va ular orasidan eng yirik hamda tashqi ko'rinishiga ko'ra aynan bir xil bo'lgan namunalari saralab olindi. Namunalar uch qaytariqda amalga oshirildi. Sanab ajratib olingan 100 dona mevaning vazni ko'rsatkichlari uch takrorda o'lchanib, o'rganilganida birinchi takrorda malinaning Malbro navida 100 dona mevaning vazni 203-205 grni 1 ta dona mevaning vazni esa o'rtacha 2,03-2,06 gr. ko'rsatkichlarni aks ettirgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi takrorlarda 2,07 hamda 2,1 gr ko'rsatkichli ma'lumotlarning aks etgani kuzatilgan. Shu bilan birga Visluxa navida 100 dona mevaning vazni 190-203 grni 1 ta dona mevaning vazni esa o'rtacha 1,9-2,03 gr. ko'rsatkichlarni aks ettirgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi takrorlarda 2,01 hamda 2,04 gr ko'rsatkichli ma'lumotlarning aks etgani kuzatilgan. Shuningdek, Kimberg navida 100 dona mevaning vazni 130-160 grni 1 ta dona mevaning vazni esa o'rtacha 1,3-1,7 gr.

ko'rsatkichlarni aks ettirgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi takrorlarda 1,5 hamda 1,8 gr ko'rsatkichli ma'lumotlarning aks etgani kuzatilgan

Umumiy o'rtacha ko'rsatkich esa 130-240 gr. ni tashkil etgani aniqlandi. O'rganilgan belgi ko'rsatkichi bo'yicha populyatsiyaning o'zgaruvchanlik ko'lami qaytariqlar bo'yicha 1,5 dan 2,04 foizgacha kuzatilib, o'rtacha 1,64 foizda ekanligi aniqlangan.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga tayanib xulosa qiladigan bo'lsak, malinaning respublikamiz dehqonlari tomonidan mahalliylashtirilgan "Malbro" naviga xos bo'lgan meva tashqi ko'rinishiga qarab saralash va fenotiplash asosida ajratib olingan namunalarining yuz ta meva vazni ko'rsatkichlari ushbu tadqiqotlar davom ettirilgan taqdirda xo'jag'at(malina)ning kelgusida yanada serhosil navlarini yaratish imkonini beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, rezavor mevalilar hosildorligini oshirish hamda yuqori sifatli meva olish uchun navlarni tanlash va agrotexnikani qo'llashdan tashqari, o'simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish tadbirlarini vaqtida o'tkazish katta ahamiyatga ega [12, 13].

REFERENCES

1. Kazakov I V, Kichina V.V. Malina. Izd. M., 1985.

2. Abdullayev R.M, Abdullayeva R.H. Rezavor mevalar etishtirish. T., 2021.

3. Yagudina S.I. Rezavor mevalar. T., 1966.

4. I.T.Normuratov, D.U.Janakova, E.T.Berdiev. Rezavor mevachilik. O'quv- qo'llanma. T.2020

5. Rajametov Sh va boshqalar. Meva, rezavor meva va tok ko'chatzorlarini tashkil qilish (o'quv qo'llanma). Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO). T.2018.

6. С.Зокирова, Р.Акбаров, НДодирова, Н.Махсталиев. Характеристика галечниковых почв Ферганской области и их пути к улучшению. Universum. Химия биология 2020 февраль "2(68).

7. S.Zakirova, R.Akbarov, N.Qodirova. Changes of the mobile forms of phosphorus in sands under influence of fertilizers. «European Science Review #3-4 2020.

8. С.Закирова, Р.Акбаров, С.Исмаилова, Ш.Парпиева Улучшение плородие галечниковых почв в Ферганской долине. Наука сегодня теоретические и практические аспекты. Материалы международной научно-практической конференции 25 декабря 2020 г. Вологда 2020.

9. С.Зокирова, Р.Акбаров, НДодирова Фаргона водийсининг эрозияланган адирли тош-шагалли оч тусли буз тупрокларида сугориш тизимини урганиш ФарПИ Илмий-техника журнали. 2020 Том 24. Махсус сон №1 3-;исм.

10. S.Zakirova, Р.Акбаров, X.M.Madaminova, D.Sh.Muxtorjonova. Farg'ona viloyatining och tusli tosh-shag'alli bo'z tuproqlarda malina etishtirish. Научные импульс. Международный современные научно-практические журнал. Москва 2023.

11. S.X.Zakirova, Z.M.Rajavaliyeva. Och tusli tosh-shag'alli bo'z tuproqlarda malina etishtirish usullari (Farg'ona tumani misolida). International scientific journal science and innovation special issue "Actual issues of agricultural development: problems and solutions", June 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.