Научная статья на тему 'TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILADIGAN OSH LAVLAGINI YETISHTIRISH'

TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILADIGAN OSH LAVLAGINI YETISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
9
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Osh lavlagi / ildiz meva / ekish muddati / ekish sixemasi / sug'orish / qator oralig'iga ishlov berish / xosildorlik / o'simlik / nav / duragay / tuproq / sabzavot / qator orasi / ishlov berish / maydon / hosil / o’sish / rivojlanish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — J.J.Qodirov, Egamberdiyeva.D.M

Takroriy ekin sifatida osh lavlagi yetishtirishda uning hosildorligi va ildiz mevalarning sifatli bo’lishida o’tkazilgan agro texnik tadbirlar bilan bir qatorda ekish muddatlarini to’g’ri tanlash kata ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILADIGAN OSH LAVLAGINI YETISHTIRISH»

TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILADIGAN OSH LAVLAGINI YETISHTIRISH

1J.J.Qodirov, 2Egamberdiyeva.D.M

1q.x.f.n dotsent, 2FarDU 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10932400

Annotatsiya. Takroriy ekin sifatida osh lavlagi yetishtirishda uning hosildorligi va ildiz mevalarning sifatli bo'lishida o'tkazilgan agro texnik tadbirlar bilan bir qatorda ekish muddatlarini to'g'ri tanlash kata ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Osh lavlagi, ildiz meva, ekish muddati, ekish sixemasi, sug'orish, qator oralig'iga ishlov berish, xosildorlik, o'simlik, nav, duragay, tuproq, sabzavot, qator orasi, ishlov berish, maydon, hosil, o'sish, rivojlanish.

Аннотация. При выращивании свеклы как повторной культуры очень важно правильно выбрать сроки посадки, а также проводимые агротехнические мероприятия для ее продуктивности и качества корнеплоди.

Abstract. In the cultivation of beetroot as a repeated crop, it is very important to choose the right planting dates, along with the agro-technical measures carried out for its productivity and the quality of tubers.

Farg'ona viloyatida xar yili 90-100 ming gektar boshoqli don hamda bir necha 10 ming gektar ertangi sabzavot hamda dukkakli ekinlardan bo'shagan maydonlarni takroriy sabzavot, poliz, yem- xashak va makkajo'xori kabi ekinlar yetishtirish imkoniyatini beradi keying yillarda aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan taminlash va eksportbop mahsulot yetishtirishda takroriy ekinlar katta o'rinlarni egallab kelmoqda.

Bularni ichida ildiz mevali ekinlar sabzi, tump, sholg'om va osh lavlagi xalqimizda asosiy va ko'p ishlatiladigan sabzavot mahsulotlariga kirib yurtimizda shu jumladan viloyatimizda kegingi paytlarda bularni ayniqsa osh lavlagini ekin maydoni va hosildorlik ortib bormoqda.

Lavlagi(qizilcha) sabzavot ekinlari ichida serxosil ekin bo'lib, hamma yerda o'saveradi. Tarkibida inson organizimi uchun zarur bo'lgan ko'plab vitaminlar bilan bir qatorda to'yimli bo'lgan qanda uglevod va organic moddalar borki ular to'yimli ozuqa bo'libgina qolmay uning dorivorlik hususiyati ham bebaho hisoblanadi. Osh lavlagi ildiz mevasidan tashqari bargida ham ko'plab darmondorilar borligi sababli turli hil salatlar va taomlar tayyorlashda foydalaniladi. Uning seret ildizi(lavlagisi) uzoq saqlanadi va yil bo'yi iste'mol qilinadi. Respublikamizda lavlagi umumiy sabzavot maydonining qarib 3.5% ni tashkil etadi.

Oshlavlagi "marevix" oilasiga mansub, ikki yillik o'simlik. Osh lavlagi boshqa ildizmevali sabzavotlarga qaraganda issiqlikni ko'proq talab qiladi. Ildizmevalarning ichida bu eng yorug' sevar ildizmevali o'simlig. Uning o'sish rivojlanishi uchu tuproq namligi 7580% bo'lishi eng maqbul xisoblanadi

Yurtimiz hududida deyarli barcha viloyatlarda osh lavlagining 15 dan ortiq navi keng tarqalgan. Viloyatimizda yetishtirilayotgan osh lavlagining bir qismi keying yillarda qo'shni respublikalar va xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Lavlagining urug'i 6-8 gradusda unadi. U sabzi sholg'om va turupga qaraganda sovuqqa chidamsiz, lekin boshqa sabzavotlarga nisbatan suvsizlikka ancha chidamlidir. Dastlabki o'suv davrida tez tez sug'orilganda u jadal rivojlanadi

Yengil va og'ir tuproqlarda xam yahshi parvarish qilinganda yuqori hosil beraveradi. Lavlagi yerda juda ko'p oziq moddalarni oladi, binobarin uni yahshi o'g'itlangan yerlarga ekish kerak.

Farg'ona viloyatida osh lavlagini takroriy ekin sifatida ekish muddatlarini o'rganish maqsadida Farg'ona shaxar "Karim ota" fermer xo'jaligida osh lavlagini Pablo F1 duragayini turli muddatlarda ekib o'sish rivojlanish va hosildorligini o'rganish maqsadida dala tajribasi o'tkazdik.

Pablo F1 Ertapishar nav. O'sish davri 80-90 kun. Ildizmeva shakli yumaloq, po'sti, eti to'q qizil, uzunligi 15-17 sm, diametri 13-14 sm, sersuv, shirin. Vazni 160 g.

Hosildorligi 40-45 t/ga. Qayta ishlashga yaroqli, kasalliklarga chidamli.Gollandiyaning "BEYZOZADEN" firmasi duragayi. 2003-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

1-jadval

Takroriy ekin sifatida turli muddatlarda ekilgan osh lavlagini o'stirish agro texnik tadbirlari va hosildorligi.

Ekish muddati Sug'orishlar Qator oralariga O'rtacha 1 dona Hosildorlik

soni ishlov berishlar ildiz mevaning Sn\Gk

soni og'irligi

10-iyul 8 6 285 427

20-iyul 6 5 240 228

30-iyul 5 4 195 190

5-avgust 4 4 185 180

Bunda quyic agi muddatlarda 1-iyul, 20 -iyul, 30-iyul, 5-avgust 7X15 sm ekish

sxemada ekib o'tkazildi. Bunda o'tkazilgan agro texnik tadbirlarni qo'llanishini o'rganganimizda 1-jadvaldan ko'rinib turibdiki. Ekish muddatlari urug'liklarni unib chiqishiga keskin tasir qilmasada lekin erta muddatda (l-iyulda)da o'tkazilganda (30-iyul) ga qaraganda sug'orishlar soni 3-4 marotaba ko'p bo'ganligi ko'rinib turibdi yani yozning o'ta issiq davrida unib chiqgan nihollarni saqlab qolish maqsatida tez tez sug'orib turish lozim bo'ldi. 30-iyul va 5-avgusat kuni ekilgan urug'larimiz ham bir xil muddatda unib chiqgan bo'lsada kegingi o' suv davri bir oz salqin davrga to'g'ri kelgani uchun ularni sug'orish oralig'i uzoq, sug'rishlar soni esa kamroq o'tkazildi. Shuningdek unib chiqgan o'simliklar yozning jazirama issiq kunida unib chiqganiga qaraganda kamroq sreasga tushganligi sababli o'sish va rivojlanish faol davom etdi. Sug'orishlar soni ko'p bo'ganligi sababli birinchi va ikkinchi variyantda ekilgan maydonlarimizda qator oralariga ishlov berish ham yuqoridegiga o'xshash 3-4 marotaba ko'p o'tkazildi. Shuning bilan bir qatorda erta ekilganda yirik ildiz mevalar 250 - 500 gmlik mevalar ulushi 12-15%ni tashkil etib o'rtacha 1 dona ildiz meva og'irligi 285 g ni tashkil etkanligi ko'rinib turibdi.

Nostandart ildiz mevalar miqdori yuqori bo'lganligi (12-15%) aniqlangan. Shuningdek kechki muddatda 5 - avgustda ekilgan variyatnda ham aksincha mayda 50 - 80 grli ildiz mevalar ulushi 5 - 6% bo'lganligi aniqlandi

Tajribadagi ham texnik tadbirlarni qulay muddatlarda tejam bilan o'tkaizilishi hamda sifatli yuqori hosil olish 3 -variyant 30 - iyulda aniqlandi yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki bizning sharoitimizda osh lavlagini 20 - 30iyul atrofida ekilishi sifatli hosil berish bilan bir qatorda erta ekilganga qaraganda 2-3marotaba sug'orishlar va qator oralariga ishlov berishni tejash mumkinligini ko'rsatdi.

REFERENCES

1. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi.-Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2002. -B.217.

2. Ostonaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxo'jaev O.K. Mevachilik va sabzavotchilik (Sabzavotchilik). Darslik. Toshkent.. 2019. -B.552.

3. Ostonaqulov T.E. O'zbekistonda tuganakmevali ekinlar. Toshkent.2020. -B.324.

4. Ostonaqulov T.E. Kartoshka yetishtirish. Toshkent. Agrobank. 2021.-B.96.

5. Ostonaqulov T.E. Kartoshkachilik. Toshkent.2023. -B.320.

6. O'zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan ekinlar Davlat reestri. Toshkent, 2022.-B.103.

7. Metodika issledovaniy po kulture kartofelya (VNIIKX). Moskva.1967.-S.210.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.