Научная статья на тему 'SUGʻORILADIGAN YERLARDA TARQALGAN BEGONA OʻTLAR VA ULARNING KELTIRADIGAN ZARARLARI'

SUGʻORILADIGAN YERLARDA TARQALGAN BEGONA OʻTLAR VA ULARNING KELTIRADIGAN ZARARLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

2265
1678
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xoʻjaligi ekinlari / begona oʻtlar / tur tarkibi / bir yilliklar / ikki yilliklar / koʻp yillik / bir pallali va ikki pallali begona oʻtlar / keltiradigan zarari / koʻpayishi. / crops / weeds / the component type / annual weeds / biannual / perennial weeds / monocotyledonous and dicotyledonous weeds / damage / increase.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sh. X. Rizayev, S. F. Djurayeva

Ilmiy maqolada dunyo dehqonchiligida begona oʻtlarning turlari, biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va koʻpayishi, qishloq xoʻjalik ekinlariga keltiradigan zararlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The scientific article describes the types of weeds in world agriculture, their biological properties, distribution and reproduction, the damage they cause to crops.

Текст научной работы на тему «SUGʻORILADIGAN YERLARDA TARQALGAN BEGONA OʻTLAR VA ULARNING KELTIRADIGAN ZARARLARI»

SUG'ORILADIGAN YERLARDA TARQALGAN BEGONA O'TLAR VA ULARNING KELTIRADIGAN ZARARLARI

Ilmiy maqolada dunyo dehqonchiligida begona o'tlarning turlari, biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va ko'payishi, qishloq xo'jalik ekinlariga keltiradigan zararlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi ekinlari, begona o'tlar, tur tarkibi, bir yilliklar, ikki yilliklar, ko'p yillik, bir pallali va ikki pallali begona o'tlar, keltiradigan zarari, ko'payishi.

The scientific article describes the types of weeds in world agriculture, their biological properties, distribution and reproduction, the damage they cause to crops.

Keywords: crops, weeds, the component type, annual weeds, biannual, perennial weeds, monocotyledonous and dicotyledonous weeds, damage, increase.

Kirish. Yer yuzi aholisining tez ko'payib borishi bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sish imkoniyatlari cheklanganligi o'rtasidagi tafovut oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasi yildan yilga keskinlashib borayotganligini ko'rsatmoqda. BMT ning Oziq - ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti hamda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda dunyoda deyarli har to'qqiz odamning biri yoki sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to'yib ovqatlanmaslik, mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda. Bulardan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini "daladan dasturxonga" sxemasi bo'yicha iste'molchiga yetkazib berishda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, har yili dunyo bo'yicha qariyb 1,3 milliard tonna miqdoridagi salkam 1 trillion dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari nes-nobud bo'ladi. Buning

Sh. X. Rizayev

ToshDAU SF dotsenti, q-x.f.d.

S. F. Djurayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTASIYA

ABSTRACT

asosiy sababi, avvalo, atrof muhitning ekologik jihatdan buzilishi,

October 5-6

urbanizasiya, ya'ni shaharlashuv jarayonlari, meliorasiya va tuproq unumdorligini pasayishi, qishloq xo'jalik ekinlari kasallik, zararkunanda va begona o'tlardan himoya qilish bo'yicha ilmiy asoslangan metodologiyaning yetarli emasligidir [7; 149-152-b.; 10; 441-443-b.].

Bugungi kunda qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda va yuqori, sifatli hosildorlikni ta'minlashda bir qator intensiv texnologiyalarni qo'llash bilan birga, ularni kasallik, zararkunanda va begona o'tlardan himoya qilish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Materiallar va metodlar. Dala tajribalarida begona o'tlar aniq usulda hisobga olinadi, bunda, qator orasi ishlanmaydigan ekinlar uchun oddiy yog'och reykadan tomonlari 100 sm dan, ya'ni 1 m ni tashkil etuvchi ramka yasaladi. Begona o't hisoblanishi lozim bo'lgan dalaning ikki dioganali bo'ylab yurilib, xarakterli bo'lgan kamida 10 joyga ramka qo'yiladi. 10 ta nuqta ichidagi begona o'tlar sanalib, qo'shiladi va 10 ga bo'linib, 1 m dagi begona o'tlar soni aniqlanadi. So'ngra gektarga hisoblab chiqiladi. Begona o'tlarni aniqlash davomida oila va turlarga ajratilib, dalaning qaysi turdagi begona o'tlar bilan ifloslanganligiga baho beriladi

Qator oralari ishlanadigan ekin dalalarida hisoblash maydoni 1 m bo'lib, maydon to'g'ri to'rtburchak shaklda ikki egatni qamrashi lozim. Bunda to'g'ri to'rtburchakni tomonlari, qator orasi 90 sm qilib ekilganda 90 va 111 sm; 70 sm da 70 va 143 sm; 60 sm da 60 va 166 sm; va 45 sm da esa 90 va 111 sm bo'lishi kerak. Hisoblangan begona o'tlar kam yillik va ko'p yilliklarga ajratilib, yangiligida texnik tarozida tortiladi. So'ngra ular ochiq havoda quritilib yana vazni aniqlanadi. Olingan barcha (10 yoki 15) ma'lumotlar qo'shilib, kuzatishlar soniga bo'linadi. Natijada yog'och ramka yuzasi uchun begona o'tlarning o'rtacha miqdori topiladi. Keyin u gektariga aylantirilib hisoblanadi va dalaning begona o'tlar, ularning turlari buyicha ifloslanish darajasi ball bilan aniqlanadi [12; 76-b.].

Olingan natijalar va ularning tahlili. Dunyoning dehqonchilik qilinadigan ekin maydonlarida 30000 dan ortiq turdagi begona o'tlar tarqalgan va ulardan 1800 turi har yili juda yuqori iqtisodiy zarar keltiradi [2; 3-5-b.]. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, hozirgi paytda begona o'tlarning tur va miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. Masalan, o'tgan asrning 90 yillaridan keyin MDH mamlakatlarida begona o'tlarning 2 mingdan ortiq turi uchragan bo'lsa, O'zbekistonda esa 72 ta oilaga mansub bo'lgan begona o'tlarning 841 ta turi aniqlangan va ularning 519 turi bir yillik, 322 turi esa ko'p yillik begona o'tlarga to'g'ri keladi.

[12; 76-b.].

Ammo, qishloq xo'jaligiga keltirilayotgan zarar bo'yicha bir yillik

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

begona o'tlar ko'proq ustunlik qiladi. Ko'p yillik o'q ildizli begona o'tlar-21%, ildizpoyalilari 7 va qolgan barcha biologik guruhlardagi begona o'tlar -2% atrofida uchraydi [1; 110-b.; 11; 38-46-b.].

Asosiy qishloq xo'jaligi ekinlari 200 dan ortiq turdagi begona o'tlar bilan raqobatda bo'lsa, 10 dan 60 tagachasi esa har qaysi oziq-ovqat va yem - xashak ekinlarini ifloslantiradi [2; 3-5-b.; 8; 295-299-b.]. Bu qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlarning ekologik holatini yomonlashishiga olib keladi.

Dunyo bo'yicha begona o'tlar, kasallik va zararkunandalar ta'sirida ekinlar hosilini yo'qotilishi juda yuqori: donli ekinlar 500-510 mln. t, qand lavlagi 65-75, kartoshka 125-135, sabzavotlar 78-79 mln.t, bu ko'rsatkichlar jami yig'ishtirib olinadigan hosilning 30-40 % yoki baholanganda 75 mldr. AQSh dollarini tashkil etadi [4; 41-42-b.]. Begona o'tlar keng tarqalgan dalalarda madaniy o'simliklarning hosildorligi sabzavot ekinlarida 10,0 % ga, don va dukkaklilarda 13,4 %, kartoshkada 6,5 %, qand lavlagi 8 %, g'allazorlarda 10,6 % ga pasayishiga sabab bo'lishi aniqlangan [6; 454-b.].

Ma'lumotlarga ko'ra, Rossiya Federasiyasining qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtiriladigan yerlarining begona o'tlardan holi maydonlari amalda yo'q va ular bilan ifloslanganlik darajasi ko'pchilik yerlarda o'rtacha va kuchli bo'lib, 1 gektar yerning haydalma qatlamida 100 mln donadan 3-4 mlrd. donagacha begona o'tlarning urug'larini, ko'p yillik begona o'tlarning vegetativ ko'payuvchi kurtakchalarini ko'rish mumkin [3; 14-16-b.]. Q.Mirzajonov, R.Raxmonovlarni [5; 35-b.]

л

ma'lumotlariga qaraganda, birgina bug'doyzorda bug'doyiqni ildizi 495 m/m ni, bir gektarda 4950 km ni tashkil etib, 3000 donagacha urug' qoldirib, kuzgi bug'doy hosiliga kuchli zarar keltirishi ko'rsatilgan.

Begona o'tlar bilan samarali kurashish uchun ularning asosiy biologik xususiyatlarini, jumladan, yashash muddati, ko'payishi usuli va faol o'sish vaqtlarini bilish zarur.

Ular kuchli yashash xarakteriga ega bo'lib, bu to'g'rida quyidagilarni keltirib o'tamiz: bitta o'simlik bir necha yuz va minglab urug'lar hosil qilishi mumkin. Bir tup olabuta 100 ming, sho'ra esa 500-700 ming urug' bera oladi. Shuning uchun ham, urug' xosil qilgan begona o'tlar dalani ifloslantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Urug'larning shamol yoki suv yordamida uzoq masofalarga tarqalishi, tuproqda urug'lar uzoq muddatdan so'ng ham unib chiqish qobiliyatini saqlashi. Masalan, itqo'noq urug'i -55, qorakurmak -13, jag'-jag' -35, eshaksho'ra va so'mizo't - 40, qo'ypechak -50 va itgunafsha -57 yildan so'ng ham unib chiqishi mumkin. Urug'larning tuproqda har xil vaqtda

October 5-6

648

unishi - eshaksho'raning urug'lari 10 yoki 40 yildan so'ng unib chiqishi mumkin. Ko'p yillik begona o'tlarning kuchli, rivojlangan, tarkibida ozuqa moddalari ko'p bo'lgan ildiz va ildizpoyalari mavjudligi, ba'zan begona o'tlarning urug'lari go'ng, suv va silosda hamda chorva mollarining oshqozonidan o'tgandan so'ng ham, unib chiqish xususiyatini saqlaydi. Begona o'tlarning urug'i har xil muddatlarda unib chiqaveradi, shuning uchun dalalarda yil davomida begona o'tlarni uchratish mumkin. Agar ular bir vaqtda unib chiqqanda edi, ularni yo'qotish ancha oson bo'lar edi [9; 64-67-b.].

Begona o'tlar urug'ining soni turg'un emas, unib chiqish muddatiga ko'ra u o'zgarib turadi. Masalan, bangidevona bahorda unib chiqsa, bir tupida 10640 dona, kechroq, ya'ni yozda yoki kuzda unib chiqsa 309 dona urug' hosil qiladi. Eshaksho'ra esa yuqoridagiga muvofiq, 413470 va 224 dona urug' hosil qiladi. Bu urug'ning ichki (biologik) hamda tashqi (ekologik) sabablariga bog'liq bo'lsa kerak. Chunonchi, bahorda o'sib chiqqan o'tlar tuproqda qolib ketgan o'tgan yillardagi "eski" urug' bo'lib, biologik zaruriyatga ko'ra, sovuq tushguncha yangi avlod qoldirish uchun o'sishiga ko'ra rivojlanishi ustunlik qiladigan o'tlar bo'lib, ko'p urug' hosil qiladi. Yozda yoki kuzda o'sib chiqqan o'tlarning kam urug' hosil qilishiga yorug'lik, yorug' kunning qisqaligi, foydali temperaturaning yetishmasligi va boshqa iqlim sharoitlari noqulayroq bo'lishi kabi ekologik faktorlar sabab bo'lishi mumkin [7; 149-152-b.; 10; 441-443-b.]. Demak, muayyan turga mansub begona o'tlar qancha erta unib chiqsa, shuncha ko'p urug' hosil qilar ekan.

Ma'lumki, begona o'tlar urug'idan tez ko'payadi, lekin ko'pchiligi vegetativ organlari: poya bo'laklari, bachki ildizi va ildizpoyasidan ham ko'payadi, bularga asosan g'umay, ajriq, qo'ypechak, bo'ztikan misol bo'ladi. Vegetativ organlaridan ko'payuvchi o'simliklarning ildizpoyasi mayda bo'laklarga qirqilganda ham uning hayotchanligi susaymay, balki har bir bo'lakning o'simta chiqarish qobiliyati

л

saqlanadi. Masalan, 1 m yerdagi kuchli o'sgan bug'doyiq ildizida 26000 ta kurtak borligi aniqlangan, ya'ni gektariga 260 mln. donani tashkil etadi, chunki ularning har biri sharoit vujudga kelganda yangi o'simta chiqarishi mumkin. 1 gektar yerdagi ildizining umumiy uzunligi 1318 km ni tashkil etib, ildizi 1 yilda 74 % gacha ko'payishi mumkin [8; 295-299-b.; 9; 64-67-b.].

Dalalarga begona o'tlarning tarqalishi va ko'payishining asosiy sabablari quyidagilar:

- ko'pchilik begona o'tlar tez ko'payadigan, urug'lari keng tarqaladigan bo'ladi;

- atrof-muhitning noqulay sharoitlariga tez moslashib ketadi;

October 5-6

- urug'dan va o'sish a'zolaridan ko'payadi;

- urug'larning unib chiqish qobiliyati nisbatan yuqori va uzoq muddat saqlanadi;

- begona o'tlar urug'ining shamol, suv, hayvonlar va tuproqqa ishlov beriladigan mexanizmlar yordamida oson tarqalishi;

- agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli qo'llamaslik;

- kuzgi shudgorni o'z vaqtida va sifatli qilib 30-35 sm chuqurlikda o'tkazmaslik;

- ekiladigan madaniy o'simlik urug'ining yaxshi tozalanmasligi;

- kechki muddatlarda urug' ekish;

- ekinlarni almashlab ekishni qo'llanilmasligi;

- mahalliy go'ngni dalalarga chiritmasdan berilishi yoki sharbat qilib oqizilishi;

- dala chetlari, ariq bo'ylari va yo'l yoqalarini begona o'tlardan tozalanmasligi kabilarni keltirish mumkin.

Xulosa. Respublikamizning sug'oriladigan yerlarida yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori, sifatli va ekologik sof mahsulot yetishtirishga kuchli to'sqinlik qiladigan omillardan biri, bu - dalalarda tarqalgan bir, ikki va ko'p yillik begona o'tlar bo'lib, begona o'tlarga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ekin maydonlarida tarqalgan begona o'tlar miqdori va keltiradigan zararlarini bilgan holda qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni taqoza etadi. Bu vaqtda, begona o'tlarning biologik va agroekologik xususiyatlarini hisobga olib, ekinlar agrofitosenozda raqobat bardoshligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda begona o'tlar sonini va ularning salbiy oqibatlarini ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi, tuproqqa turli ishlov berish usullari, chuqurligi, gerbisid turi va me'yorlarini to'g'ri tanlash, dala ishlarini eng qulay muddatlarda sifatli qilib o'tkazish, o'simliklarni raqobat bardoshligini oshirishga hamda begona o'tlarga qarshi fitosenotik bosimni oshiradi.

REFERENCES

1. Гомолицкий П.Н. Сорные растения поливных земель Узбекистана. -Ташкент: Фан, 1982. - 110 с.

2. Денисов Е.П., Косачев А.М., Солодников А.П Химические меры борьбы с сорняками в посевах семенной люцерны // Новое сельское хозяйство. - 2012. №2. С. 3-5.

3. Долбилин, А.В. Влияние основной обработки почвы на засоренность и продуктивность яровой пшеницы. Образование, наука,

практика: инновационный аспект: сборник материалов

October 5-6

международной научно-практической конференции. Том I / Пенза: РИО ПГСХА, 2011. - С. 14-16.

4. Лыков А.М., Сафонов А.Ф. Агротехнические меры борьбы с сорными растениями на полях озмой пшеницы в ЦЧ РФ //Ж. Земледелие. - М. -2009. -№

5. -С. 41-42.

5. Mirzajonov Q., Raxmonov R. Begona o'tlarga qarshi agrotexnik kurash choralari // J. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. -2016. -№ 8. -B. 35.

6. Никитин, В.В. Сорные растения флоры СНГ /В.В. Никитин. Л: Наука. 1983. -454 с.

7. Ризаев Ш.Х. Сорные растения зерновых полей и меры борьбы с ними. Актуальные проблемы современной науки. Информационно аналитеческий журнал, Россия. № 2, 2017.149-152 с.

8. Ризаев Ш.Х. Влияние ресурсосберегающих технологий обработки почвы на сорные растения и урожайность озимой пшеницы. Современное состояние, традиции и инновационные технологии в развитии АПК: Матер. Межд. научно-прак. конф. Башкирский ГАУ.-2020,-с. 295-299.

9. Rizayev Sh.X. Effekt of agrotechnikal measures on the agrophysikal properties of the soil. International Journal of Innovation Engineering and Management Research [IJIEMR]". ISSN. 2456-5083. Vol-09, Issue-11 Nov-2020. -P: 64-67.

10. Buriev A.A., Oripov R.O. Rizayev Sh.X. Influence of repeated sowing on agrophysical soil properties, water permeability and yield of winter wheat. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT). ISSN: 2509-0119. © 2020 International Journals of Sciences and High Technologies. Vol. 24 No. 1 December 2020, pp. 441-443.

11. Rizayev Sh.X. The influence of agro-technical and chemical weeds control measures and yield of autumn wheat in Zarafshon valley of Uzbekistan. Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22 (67&68): 38-46 England. 2021 ISSN: 0972-2025.

12. Фетюхин И.В., Авдеенко А.П., Авдеенко С.С., Черненко В.В., Рябцева Н.А. Методы учета структуры сорного компонента в агрофитоценозах. Учебное пособие. Персиановский. 2018. 76 с.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.