O'ZBEKISTONDA YETISHTIRILAYOTGAN ODDIY XO'JAG'ATNING ISTIQBOLLI
NAVLARI
1Abdullayeva Hilola Ravshanovna, 2Tadjiboyev Xasanoy Rustambek o'g'li
1Akademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik uzumchilik vavinochilik ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent, O'zbekiston, 2Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti tadqiqotchisi,
Andijon, O'zbekiston 1 hilola.abdullayeva amail.ni, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10930757
Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston sharoitida yetishtirilayotgan xo'jag'atning oddiy navlarining vegetatsiya davrida fenologik fazalarning o'tishi hamda ularning o'zaro farqlari va mevalarining sifat ko'rsatkichlari, mevasining og'irligi bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari berilgan. Shuningdek mevalarningpishish muddatlariga qarab hamda hosildorligi yuqori bo'lgan maqbul xo'jag'at navlari tavsiya qilingan.
Kalit so'zlar:. Xo'jag'at, nav, hosildorlik, kurtak bo'rtish, gullash darajasi, pishish, qand miqdori, meva sifati, kimyoviy tarkibi.
Аннотация. В статье представлены результаты исследований, проведенных по переходу фенологических фаз в течение вегетации распространенных сортов хозяйства, выращиваемых в условиях Узбекистана, их взаимным различиям и показателям качества плодов и массы плодов. Также в зависимости от срока созревания плодов рекомендованы оптимальные сорта с высокой продуктивностью.
Ключевые слова: Порода, сорт, продуктивность, бутонизация, уровень цветения, созревание, сахаристость, качество плодов, химический состав.
Abstract. The article presents the results of the research conducted on the transition of phenological phases during the growing season of the common varieties of the farm grown in the conditions of Uzbekistan and their mutual differences and the quality indicators of the fruits and the weight of the fruit. Also, depending on the ripening period of the fruits, the optimal cultivars with high productivity were recommended.
Keywords: Breed, variety, productivity, budding, flowering level, ripening, sugar content, fruit quality, chemical composition.
Kirish. Dunyo bo'yicha xo'jag'at yetishtirish hajmi 886,5 ming tonnani tashkil qiladi. Rossiya Federatsiyasi xo'jag'at ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Rossiya Federatsiyasida malina ishlab chiqarish 197,7 ming tonnani tashkil etdi, bu xo'jag'at ishlab chiqarishning 22,30% ni tashkil qiladi. Xo'jag'at yetishtirish bo'yicha yetakchilik qilayotgan davlatlar Rossiya Federatsiyasi (197,7 ming tonna), Meksika (165,7 ming tonna), Serbiya (110,6 ming tonna), Polsha (103,9 ming tonna) va Amerika Qo'shma Shtatlari (81, 2 ming tonna) bo'lib, ushbu davlatlar xo'jag'at ishlab chiqarish hajmining 74,34 foizini tashkil qiladi. Boshqa davlatlarda esa jami 227,4 ming tonna xo'jag'at yetishtiriladi [1,3,5].
Xo'jag'atning shifobaxshligi qadim zamonlardan ma'lum. Uning quritilgan gulidan olinadigan damlamasi ilon va chayon chaqqanda qo'llanilgan. Tarkibida shakar, organik kislotalar, S, R, V9 vitaminlari hamda gemotogen birikmalarining garmonik birikkanligi malina mevasini yara kasalliklari, kamqonlik, qon tomirlari o'tkazuvchanligining buzilishi kabi turli xastaliklarda juda foydalidir [2,4,6,7]. Xo'jag'at yuqori nafas yo'llariga antiseptik ta'sir ko'rsatish hamda shamollashning oldini olish xususiyatlariga ega bo'lgan antibiotiklarga boy [8,10.]. Mevasining tarkibida shakar 5-10% gacha, organik kislotalar 0,5 dan 2,5% gacha, V1, V2, V6, V9, V12, S, D,
Ye, RR, R, K vitaminlar, oshlovchi moddalar, bo'yovchi moddalar (1,5% gacha), fosfor, temir, tuzlar, pektin (0,5-0,9%) bor Xo'jag'atning ho'l mevasi murabbo, sharbat, jem, kompot, qiyom va hokazo tayyorlashda foydalaniladi [9,11,12,13].
Tadqiqot uslublari va materiallari
Akademik Maxmud Mirzayev nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy tajriba ho'jaligida xo'jag'at navlarini o'rganish bo'yicha 2020-2022 yillar mobaynida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Ilmiy tadqiqotlar Butun Rossiya meva ekinlar seleksiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan "Mevalar, rezavor mevali va yong'oq o'simliklari navlarini o'rganish usuli va dasturi" (Oryol 1999) asosida o'tkazildi.
Fenologik fazalarini kuzatishda kurtaklarni bo'rtishi, gullash boshlanishi, qiyg'os gullashi va tugashi, mevalarning pisha boshlashi, qiyg'os pishishi va tugashi, barglarning rangini o'zgarishi, barglarni to'kilishi va vegetatsiyasining tugashi qayd etib borildi. Kurtaklarning yozilish sanasi sifatida aksariyat o'simliklarda kurtaklardan barg uchlari chiqa boshlagan kun qayd etildi. Kuzatuvlar kun ora amalga oshirildi.
Hosilni biologik hisob qilish bitta shox va bitta kurtak yuklamasini o'rganish, shuningdek hosil o'g'irlangan yoki payxon qilinishi natijasida tajriba bo'lmasiga zarar yetkazilgan hollarda hosilni aniq belgilash uchun o'tkaziladi. Lenta qilib ekilgan xo'jag'atda xar bir bo'lmada 3 m 2 lenta maydoni ajratiladi. Rezavor mevalarning bitta shoxdagi, bitta o'lchov metrdagi o'rtacha soni aniqlanadi, rezavor mevaning o'rtacha og'irligiga ko'paytiriladi, o'lchov metridagi hosil topiladi va gektar hisobiga aylantirilib hisoblanadi. Tajribalar 2020-2022 yillarda olib borilib, jadvallar o'rtacha uch yillik natijalar asosida taxlil qilindi. Tadqiqot obyekti sifatida turli ekologik guruhga mansub xo'jag'atning 9 ta navlari tanlab olindi.
Xo'jag'at mevalarining biokimyoviy tahlillari A.I Yermakova umumiy tahriri ostida nashr etilgan "Metodi bioximicheskogo issledovaniya rasteniy" (1972) uslubiy qo'llanmasida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq o'tkazildi. Xo'jag'at mevalarni kimyoviy analizi istiqbolli navlar bo'yicha Davlat komissiyasining laboratoriyasida yoki boshqa idoralarda qoidaga asosan 3-4 hosil bo'yicha o'tkazldi.
Xo'jag'at o'simliklari bo'yicha imkon boricha joylar sonining kattaligiga qarab (po'stloq savat, g'alvir, savat, yashiklar) har bir takrorlashda tanlovsiz namuna olinadi. Shunday qilib hamma takrorlashdan o'rtacha sinash uchun 2 kg., yirik mevalar bo'yicha 20 donadan kam bo'lmasligi kerak (yirik mevalilar bo'yicha).
Mevalari pishib o'tib ketgan, kasallik va zararkunadalardan zararlangan, mexanik shikastlangan mevalar namunalarga kiritilmaydi.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi
Tadqiqotlarimizda xo'j ag'at navlari 2020-2022 yillar davomida o'rganildi. Oddiy xo'jag'at navlarida fenologik fazalarning o'tishi kuzatilganda Barnaulskaya nazorat navida kurtaklarning bo'rtishi uch yilda o'rtacha 21 fevraldan boshlangan bo'lsa, Lyashka va Visluxa navlari ertaroq 12 kun oldin, ya'ni, kurtaklarning bo'rtishi 19-20 fevraldan boshlandi. Malboro navida 22 fevralda, ya'ni 1 kun nazoratga nisbatan kech boshlandi.
Xo'jag'at navlarida kurtaklarning yozilishi o'rtacha uch yillik kuzatuvda Barnaulskaya nazorat navida 28-fevralda boshlandi. Kurtaklarning yozilishi Lyashka (24/II) navida erta boshlandi. Visluxa va Malboro navlarida esa naorat navi bilan bir kunda (28/II) boshlandi. Ushbu fazada o'simliklarni holati turlicha baholanib Barnaulskaya nazorat navida 4 ballni, Visluxa navida 3 ballni, Malboro navida 4 ballni hamda Lyashka navida 3 ballni tashkil qildi.
Xo'jag'at navlarida gullashning boshlanishi Barnaulskaya nazorat navida 3-aprelda kuzatilgan bo'lsa, Lyashka navida 1 aprelda ya'ni nazoratga nisbatan 3 kun erta gulladi. Visluxa (4/IV), Malboro (5/IV) navlari esa nazoratga nisbatan 1-2 kun kech gullagani kuzatildi.
Xo'jag'at navlarida gullashning tugashi Barnaulskaya nazorat navida 4-mayda kuzatilgan bo'lsa, Lyashka (28/IV) navida nazoratga nisbatan 7 kunga erta tugadi. Malboro (6/V), Visluxa (8/V) navlarida gullashni tugashi nazoratga nisbatan 2-4 kunga kechroq kuzatildi. Gullash davomiyligi navlarda 27 kundan (Lyashka) 34 kungacha (Visluxa) davom etdi.
Oddiy xo'jag'at navlarida mevalarining pishishining boshlanishi Barnaulskaya nazorat navida 30-mayda boshlanib, pishishni tugashi 10-iyulgacha davom etdi. Navlar ichida pishishni boshlanishi Lyashka (28/V), navida nazoratga nisbatan 2 kun erta boshlangan bo'lsa, Visluxa(1/VI), navida nazoratga nisbatan 1 kun kechroq boshlandi. Xo'jag'at navlari mevalarining pishishini tugashi Malboro navida (9/VII), Lyashka (9/VII) navida nazoratga nisbatan erta tugagan bo'lsa, Visluxa(12/VII) nazoratga nisbatan kech tugadi. Navlar ichida pishish davomiyligi 40 kundan (Malboro) 42 kungacha (Visluxa) davom etdi (1-jadval)1-jadval
Oddiy xo'jag'at navlarini fenologik fazalarini o'tishi 2020-2022 yillar (1,5x0,5 m)
Kurtaklar ni Gullash Meva pishishi 2 s Barglarni to'kilishi 5-
n u k i n u k a g z o' S k igi l
Navlar bo' rtishi ochilishi O' simlik xolati, bal boshlanishi Tugashi igi iyl £ o v a ■a h s al lu O pishishini boshlanisl Tugashi igi iyl £ o v a ■a h s ih s £ Barglarning rangini boshlanishi tugashi y im o v « ■a a iy si t a t e g e >
Barnau lskaya( st) 21/ II 28/I I 4 03/ IV 4/ V 31 30/V 1 0/ V II 41 29/ IX 04/ XI 25/ XI 27 7
Visluxa 20/ II 28/I I 3 04/ IV 8/ V 34 1/VI 1 2/ V II 42 02/ X 09/ XI 28/ XI 28 1
Malbor o 22/ II 28/I I 4 05/ IV 6/ V 32 30/V 9/ V II 40 01/ X 02/ XI 24/ XI 27 6
Lyashk a 19/ II 24/I I 3 01/ IV 28/ IV 27 28/V 9/ V II 42 03/ X 05/ XI 25/ XI 27 7
Vegetatsiyaning oxiriga borib oddiy xo'jag'at navlarida barglarning rangini o'zgarishi hamda barglarning to'kilish fazalarida kuzatuvlar o'tkazildi.
Bunda oddiy xo'jag'atning Barnaulskaya nazorat navida barglaring rangi o'zgarishi 29 sentabrda kuzatilgan bo'lsa, barglarni to'kilishi 4 oktabrdan to 25 oktabrgacha davom etib shu
vaqtda o'simlik to'liq tinim davriga kirdi. Ushbu nazorat navida vegetatsiya davomiyligi 277 kunni tashkil qildi. Qolgan barcha navlarda barglarning rangini o'zgarishi navzorat navga nisbatan 2-4 kun kechroq boshlandi. Barglarning to'kilishi esa Malboro navida nazoratga nisbatan ertaroq boshlanib 2 oktabrdan to 24 oktabrgacha davom etdi hamda vegetatsiya davomiyligi 276 kunni tashkil qildi. Lyashka navida barglarni to'kilishi 5 oktabrdan to 25 oktabrgacha davom etdi. Vegetatsiya davomiyligi 277 kunni tashkil qildi. Visluxa navida esa barglarni to'kilishi eng kech boshlanib 9 oktabrdan to 28 oktabrgacha davom etdi. Vegetatsiya davomiyligi 281 kunni tashkil qildi.
Xo'jag'at navlarining umumiy hosildorligi 1 gektar maydon hisobida taxlil qilinganda quyidagi natijalar olindi:
2020-2022 yillarda oddiy xo'jag'atning Barnaulskaya nazorat navida 1 gektar maydonda o'rtacha 9460,7 kg.ni hosil olinib, hosildorlik 94,6 s/ga.ni tashkil etdi.
Navlar ichida Malboro navidan umumiy hosil 8538,6 kg.ni tashkil qilib, hosildorlik (85,4 s/ga.) nazorat naviga nisbatan 9,2 s kam hosil olindi. Visluxa navining umumiy hosili 9824,3 kg bo'lib, hosildorlik 98,2 s/ga.ni, nazorat naviga nisbatan esa 3,6 s ko'p xosil olindi. Lyashka navining umumiy hosili 9992,7 kg.ni, hosildorlik 99,9 s/ga.ni, ya'ni nazorat naviga nisbatan 5,3 s yuqori hosil olindi (2-jadval).
2-jadval
Xo'jag'at navlarining hosildorligi (13330 tup ko'chat/ga)
Xo'jag'at navlari Bir tupdagi hosil, g 1 ga maydondagi xosil, ga Hosildorliks/ga Nazoratga nisbatan qo'shimcha hosil, s/ga
Barnaulskaya (st) 0,711 9460,7 94,6
Visluxa 0,739 9824,3 98,2 +3,6
Malboro 0,642 8538,6 85,4 -9,2
Lyashka 0,751 9992,7 99,9 +5,3
O'rganilayotgan xo'jag'at navlarida biologik faol moddalarini aniqlash maqsadida ularning mevalarining tarkibidagi qand miqdori, quruq moddasi va kislota miqdorining mavjudligi aniqlandi. Xo'jag'at navlarining mevalarini kimyoviy tarkibini taxlil qilinganda Oddiy xo'jag'atning Barnaulskaya nazorat navida qand modda miqdori 12,6%, quruq modda miqdori 13,7%, va kislota miqdori 0,7%, bo'lgan bo'lsa, Visluxa navida qand modda 12,1%, quruq modda 13,2% va kislota 0,8%, Malboro navida qand moddasi 11,2%, quruq modda 14,1%va kislota0,9%, Lyashka navida qand moddasi 13,9%, quruq modda 14,9%va kislota 0,8% tashkil etdi. Oddiy xo'jag'at navlari ichida Lyashka (13,9%), navida eng ko'p qand moddasi borligi aniqlandi (3-jadval).
3-jadval
Xo'jag'at mevalarining kimyoviy tarkibi(2020-2022 yy.), 100 g da mg%
Navlar o'rtacha
qand miqdori, % quruq modda, % kislota miqdori, %
Yozgi hosil
Barnaulskaya (st) 12,6 13,7 0,7
Visluxa 12,1 13,2 0,8
Malboro 11,2 14,1 0,9
Lyashka 13,9 14,9 0,8
Xulosa
Xo'jag'at navlarini fenologik fazalarini o'tishi kuzatilganda meva pishishining boshlanishi nazorat naviga nisbatan Lyashka navida ertaroq kuzatildi.
Oddiy xo'jag'atning Visluha navi vegetatsiya davri uzoq davom etishi bilan ajralib turadi.
Visluxa navida esa umumiy hosil 9824,3 kg.ni tashkil qilib, hosildorlik 98,2 s/ga.ni, nazorat naviga nisbatan 3,6 s yuqori hosil olindi. Lyashka navida umumiy hosil 9992,7 kg.ni, hosildorlik 99,9 s/ga.ni, nazorat naviga nisbatan 5,3 s ko'p hosil olinib eng yuqori natija qayd etildi.
Tajribalarda shu narsa ma'lum bo'ldiki, xo'jag'atning Lyashka navi butun vegetatsiya davri davomida oddiy navlar ichida, kimyoviy tarkibidagi qand iqdori yuqoriligi bilan ajralib chiqdi.
REFERENCES
1. Abdullaev R.M; Yagudina S.I. Garden berries. -T. : Mehnat, 1988, p: 37-69.
2. Khilola Ravshanovna Abdullaeva, Akhmadjon Abdukodirovich Kosimov, Muxlisa Tuxtasin Kizi Xakimova Studying the drought-resistance of berry plants // Science and Education. 2023. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/studying-the-drought-resistance-of-berry-plants (data obraщeniya: 14.11.2023).
3. Kosimov, A. (2019). The study of heat resistance of Golden Currant (Ribes aureum Pursh) varieties. International Journal of Research and Development, 4(112), 30-32.
4. Mavlyanovich, A. R., Ravshanovna, A. K., & Abdukodirovich, K. A. (2020). Studying the drought-resistance of berry plants. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 304-315.
5. Abdukodirovich, K. A. (2022). INFLUENCE OF FORMATION METHODS ON PLUM YIELD AND TRADITIONAL FRUIT CHARACTERISTICS. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 1(1), 47-54.
6. Abdukodirovich, K. A. (2021). THE EFFECT OF DIFFERENT METHODS OF PRODUCTION ON THE PRODUCTIVITY OF CHILD VARIETIES AND THE COMMERCIAL CHARACTERISTICS OF FRUITS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(11), 411-415.
7. Ravshanovna, A. K., & Abdukodirovich, K. A. (2021). PROMISING VARIETIES OF GOLDEN CURRANTCULTIVATED IN THE CONDITION OF UZBEKISTAN.
8. Abdullaeva, K. R., Kosimov, A., & Tadjiboev, K. R. (2021). The Growth and Development of Raspberry Cultivars in the Condition of Uzbekistan. JournalNX, 7(05), 40-43.
9. 9.Tadjiboyev, X.R. (2024). SCIENCE AND EDUCATION INAGRICULTURE, Journal,2 (2)174-180.
10. https://tass.ru/spec/climate
11. https://aniq.uz/
12. http://uza.uz/oz/culture/
13. https://top-conferences.us/index.php/ICBPCS/article/view/66