Научная статья на тему 'SHAFTOLINING ISTIQBOLLI NAVLARI'

SHAFTOLINING ISTIQBOLLI NAVLARI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
68
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nav / barg bujmalog‘i / novda / gul / kasallik / zamburug‘ / bardoshli / moyillik / hosildorlik / tukli / tuksiz / shaftoli / bog‘ / ichki imkoniyat

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Mahmudov Adham Azizovich, Yuldasheva Go‘Zal Qahhor Qizi

Yangi, istiqbolli navlar hisobiga shaftoli bog‘lari maydonlarini kengaytirish hosildorlikni keskin oshirish hamda mahsulot eksportni ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Shaftolining yangi bog‘larini yuqori ichki imkoniyatga ega bo‘lgan tuksiz shaftolining Muyassar, Ifora, Superlola tuklilardan Chempion, Krasnaya Moskva, Vostok, Elbert navlari hisobiga barpo qilish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAFTOLINING ISTIQBOLLI NAVLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SHAFTOLINING ISTIQBOLLI NAVLARI 1Mahmudov Adham Azizovich, 2Yuldasheva Go'zal Qahhor qizi

1 Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot

instituti Farg'ona ilmiy-tajriba stansiyasi qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi

2 Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot

instituti Farg'ona ilmiy-tajriba stansiyasi tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.8000960

Annotatsiya. Yangi, istiqbolli navlar hisobiga shaftoli bog'lari maydonlarini kengaytirish hosildorlikni keskin oshirish hamda mahsulot eksportni ko'paytirish imkoniyatini beradi. Shaftolining yangi bog'larini yuqori ichki imkoniyatga ega bo'lgan tuksiz shaftolining Muyassar, Ifora, Superlola tuklilardan Chempion, Krasnaya Moskva, Vostok, Elbert navlari hisobiga barpo qilish mumkin.

Kalit so'zlar. Nav, barg bujmalog'i, novda, gul, kasallik, zamburug', bardoshli, moyillik, hosildorlik, tukli, tuksiz, shaftoli, bog', ichki imkoniyat.

Kirish. Ma'lumki shaftoli er yuzida tarqalgan eng xushta'm mevalardan (mango, apelsin, shaftoli ) biri hisoblanadi. Farg'ona viloyatida shaftolining turli nav va shakllari keng tarqalgan. Ayniqsa, tuksiz shaftolining turli navlari bu o'lkada qadimdan etishtirib kelinadi. Lekin keyingi yillarda shaftoli hosilini cheklovchi omillar ichida kasalliklar har qiluvchi o'ringa chiqmoqda. Ushbu maqolada shaftoli hosili va meva sifatiga kuchli ta'sir ko'rsatayotgan barg bujmalog'i un-shudring kasalliklariga alohida to'xtab o'tilgan.

Tadqiqot uslubiyoti. Tadqiqotlar 2022 yili Farg'ona ilmiy tajriba stansiyasinig dengiz sathidan 550 metr balandlikda joylashgan, unumdorligi past, tosh-shag'alli erida barpo qilingan 13 ta navdan iborat kolleksiya bog'ida amaldagi ilmiy uslubiyotga muvofiq o'tkazilgan [1].

Tadqiqotlarda shaftolining barg bujmalog'i zamburug'i bilan zararlanishi quyidagi ballarda baholandi: 0 ball-barglar mutlaq sog'lom (immun); 1 ball- 10 foizgacha barglar zararlangan, bir yillik novdalarning faqat uchki qismini g'ubor qoplagan (bardoshli); 2 ball - 1125 foiz barglar zararlangan, yosh novdalarning to'rtdan bir qismini g'ubor qoplagan (o'rtacha bardoshli); 3 ball - 26-50 foiz barglar zararlangan, yoki novdalarning yarmini g'ubor qoplagan (moyil), 4 ball- 50 foizdan ortiq barglar zararlangan, novdalar kuchli zaralanib, uchki qismi quriy boshlagan (yuqori moyillik).

Tadqiqot natijalari.

Ma'lumki, bog'larda etishtirilayotgan shaftoli navlari ichida un-shudring va barg bujmalog'i kasalliklariga immun, yuqori chidamli navlar mavjud emas. Ayrim mualliflarning fikricha, yuqoridagi kasalliklarga yuqori bardoshli, immun navlar qatoriga boshqa tur danakmevalilar bilan chatishtirish hisobiga olingan gibridlarni kiritish mumkin (Eremin, 2011). Lekin bunday usulda olingan gibrid shaftolining xo'jalik ahamiyati past bo'ladi.

Shaftoli bog'larini eng ko'p zararlovchi kasalliklardan biri barg bujmalog'i bo'lib, uning qo'zg'atuvchisi zamburug' hisoblanadi. Zamburug' sporalari novda yoriqlari, kurtaklar ichiga kirib olib qishlaydi va bahorda shaftoli daraxti barglarini zararlashni boshlaydi. Barglarda oq yoki qo'ng'ir, keyichalik qizg'ish tus oladigan, g'ubor qoplagan shishlar paydo bo'ladi, barg bujmaloqlana boshlaydi. Kasallik keyinchalik bir va ikki yillik novdalarni ham zararlaydi. Tadqiqotlar olib borilgan shaftoli navlarida barg bujmalog'i kasalligidan umuman

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

zararlanmaydigan navlarning yo'qligi, barcha navlarning turlicha zararlanishi aniqlandi (1-jadval).

1-jadval

Shaftoli navlarida barg bujmalog'i kasalligiga chidamlilikni o'rganish (2022 y).

№ Nav kasallanish (ball) bardoshlilik

bargda mevada

Tuksiz

1 Lola (naz) 2 1 O'B

2 Oq luchchak 3 1 M

3 Qizil luchchak 3 2 M

4 Muyassar 2 1 O'B

5 Zarg'aldoq 2 1 O'B

6 Ifora 1 0 B

7 Superlola 1 1 B

Tukli

1 Chempion(naz) 1 1 B

2 Elberta 1 0 B

3 Start 0 O'B

4 Vostok 1 1 B

5 Kras.Moskva 1 1 B

6 Anjir shaft. 2 1 O'B

Izox. Kasallikka nisbatan YUB - yuqori bardoshli;

B - bardoshli; O'B -o'rtacha bardoshli; M - moyil;

Lekin shaftolining tuksiz navlari tuklilarga nisbatan ko'proq zararlanishi ma'lum bo'ldi. Tuksiz navlar uchun étalon, Lola navida barglarning 11 foizidan ko'prog'i zararlanganligi uchun 2 ball bilan baholanib, kasallikka o'rtacha bardoshli nav deb, topilgan.

Etalon navga nisbatan kasallikka bardoshlilik xususiyatini Ifora va Superlola navlari ko'rsatdi. Ularda zararlanish darajasi barg va mevada o'rtacha 1 ball bilan baholanib, bardoshli nav sifatida e'tirof etildi. Tuksizlar ichida kasallikka moyillik xususiyati (3 ball) Oq luchchak, Qizil luchchak navlarida aniqlandi. Yuqorida aytib o'tilganidek tukli navlar barg bujmalog'i kasalligidan tuksizlarga nisbatan kam zararlangan. Chunki o'rganilayotgan tukli navlar ichida kasallikka moyil navlar qayd etilmagan. Jumladan, tuklilar uchun etalon Chempion navida zararlanish 10 foizdan kam bo'lib (1 ball), barg bujmalog'iga nisbatan bardoshlilik xususiyatini ko'rsatdi. Shuningdek Elbert, Vostok, Krasnaya Moskva, navlari ham barg bujmalog'i bilan kasallanish borasida 1 ball bilan baholanib, kasallikka bardoshli ekanligi qayd etildi.

Demak, tadqiqotlarimizga asoslanib shaftolining tuksiz navlaridan Ifora, Superlola, tuklilardan Elbert, Chempion, Vostok, Krasnaya Moskva navlarini barg bujmalog'i kasalligiga chidamli navlar sifatida e'tirof qilinadi.

Shaftolini zararlovchi un-shudring kasalligi hosildorlik va meva sifatini pasaytirib yuborishi mumkin. Tajribada o'rganilayotgan tuksiz navlar ichida etalon hisoblangan Lola navining un-shudring kasalligidan zararlanishishi 1 ball bilan baholanib, bardoshli nav sifatida qayd etilgan (2-jadval). Shuningdek kasallikka bardoshli (1 ball ) nav sifatida Zarg'aldoq, Ifora, Superlola navlari aniqlangan. O'rganilayotgan 6 ta tukli navlardan faqat Vostok navida bargning zararlanishi 2 ball, mevaning zararlanishi 1 ball bilan baholanib, un-shudring kasalligiga nisbatan o'rtacha bardoshliligi qayd etilgan. Qolgan barcha navlar kasallikka bardoshli, deb baholangan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

2-jadval.

Shaftoli navlarida un shudring kasalligiga

chidamlilikni o'rganish (2022 y)._

№ Nav kasallanish (ba l) bardoshlilik

Bargda mevada

Tuksiz

1 Lola (naz) 1 0 B

2 Oq luchchak 2 1 O'B

3 Qizil luchchak 2 1 O'B

4 Muyassar 2 1 O'B

5 Zarg'aldoq 1 1 B

6 Ifora 1 0 B

7 Superlola 1 0 B

Tukli

1 CHempion (naz) 1 0 B

2 Elberta 1 0 B

3 Start 1 0 B

4 Vostok 1 O'B

5 Kras.Moskva 1 0 B

6 Anjir shaft. 1 0 B

Izox. Kasallikka nisbatan YuB - yuqori bardoshli; B - bardoshli;

O'B -o'rtacha bardoshli; M - moyil;

Hosildorlik har bir navning eng muhim qimmatli xo'jalik belgisi hisoblanib, tadqiqotlar turli shaftoli navlarining hosildorlik bo'yicha har xil potensial imkoniyati borligidan dalolat beradi. Tuksiz navlar ichida bir tup meva hosili etalon sifatida olingan Lola navida 30,8 kg ni tashkil qilgan bo'lsa, Ifora navida 34,1 kg, Superlola navida 43,4 kg miqdorida aniqlangan (3-jadval).

Bir tupdagi hosil Muyassar navida (29,6 kg) etalon nav darajasida bo'lgan bo'lsa. Oq luchchak (22 kg), Zarg'aldoq (25 kg) va Qizil luchchak (27 kg) navlarida eng kam miqdorda qayd etilgan. Tukli shaftoli navlari ichida bir tup daraxt hosili bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich etalon nav hisoblangan Chempion navida (34,1 kg) aniqlangan bo'lsa, boshqa barcha navlarda har bir tup daraxtdan nisbatan kam meva terib olingan. Elbert va Vostok navlarida bir tup meva hosili mos ravishda 32 -31 kg miqdorda yoki etalonga yaqin ko'rsatkich qayd etilgan bo'lsa, eng kam ko'rsatkich 24,4 kg - Start navida aniqlangan.

Hosildorlik tuksiz navlar ichida nazorat varianti sifatida olingan Lola navida gektariga 154 sentner miqdorida aniqlangan bo'lsa, Ifora navida 170,5 sentner, Superlola navida 217, 1 sentnerni tashkil qilib, mos ravishda 16,5 va 63,1 sentner qo'shimcha hosil olingan.

3-jadval.

Shaftolining turli navlarida hosi dorlik (2022 y.)

hosildorlik,

s/ga

№ Nav 1 tupdagi meva

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

hosili, kg

1ga maydonda nazoratga nisbatan

Tuksiz

1 Lola (naz) 30,8 154 0

2 Oq luchchak 22 110 -44

3 Qizil luchchak 27 135 -19

4 Muyassar 29,6 147,3 -6,7

5 Zarg'aldoq 25 125 -29

6 Ifora 34,1 170,5 16,5

7 Superlola 43,4 217,1 63,1

Tukli

1 Chempion (naz) 34,1 170,6 0

2 Elberta 32 160 -10,6

3 Start 24,4 119 51,6

4 Vostok 31 155 15,6

5 Kras.Moskva 28 140 30,6

6 Anjir shaft. 27,5 137,5 -33,1

Shuningdek Muyasssar navida nazorat variantiga yaqin ko'rsatkich qayd eti

hosildorlik 147,3 sentnerni tashkil qilgan. Qizil luchchak va Zarg'aldoq navlarida esa Lola naviga nisbatan mos ravishda 19-29 sentner kam hosil olingan.

Tukli navlar hosildorligini taxlil qilishdan ma'lum bo'lishicha, étalon Chempion navida hosildorlik 170,6 sentnerni tashkil qilgan bo'lsa, boshqa barcha tukli navlarda hosildorlik nisbatan kam bo'lgan. Etalon nav hosildorligiga yaqin ko'rsatkichlar Vostok va Elbert navlarida qayd etilgan bo'lib, hosildorlik mos ravishda 155-160 sentnerni tashkil qilgan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shunday qilib, tadqiqot natijalari hosildorlik imkoniyati bo'yicha eng yaxshi navlar sifatida tuksizlardan Muyassar, Ifora, Superlola, tuklilar ichida Chempion, Vostok, Start navlarini tavsiya qilish mumkinligini ko'rsatmoqda.

Yangi navlar hisobiga shaftoli bog'lari maydonlarini kengaytirish hosildorlikni keskin oshirish hamda shaftoli hisobiga eksportni ko'paytirish imkoniyatini beradi. Shaftoli maydonlarini hosildorlik bo'yicha yuqori ichki imkoniyatga ega bo'lgan hamda kasalliklarga nisbatan chidamli bo'lgan tuksiz shaftolining Muyassar, Ifora, Superlola navlari, tuklilardan Chempion, Krasnaya Moskva, Vostok, Elbert-1 navlari hisobiga kengaytirish mumkin.

REFERENCES

1. Программа и методика сортоизучения плодовых, ягодных и орехоплодных культур/под ред. Е.Н. Седова. Орел, 1999. 606 с

2. Еремин В. Г. "Подбор и создание сортов и подвоев персика для интенсивных технологий возделывания"., Авторефератдиссертации Краснодар, 2011 г., 48 c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.