Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONNING QURUQ SUBTROPIK MINTAQASI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN ANOR NAVLARINING QANDDORLIGI VA TOVARBOPLIK XUSUSIYATLARI'

O’ZBEKISTONNING QURUQ SUBTROPIK MINTAQASI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN ANOR NAVLARINING QANDDORLIGI VA TOVARBOPLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
108
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
anor / nav / vegetatsiya davri / shifobaxshlik / vitamin / qanddorlik / rang / yiriklik / diametr / degustatsiya bahosi.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Choriyeva Zarxol Qodirovna, Azizova Marvar, Vohidova Nozanin

Ushbu maqolada O’zbekistonning quruq subtropik mintaqasi (Surxondaryo viloyati) tuproq-iqlimi sharoitida yetishtirilgan anor navlari mevasining yirikligi, qanddorligi va degustatsiya bahosini qiyosiy o’rganish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunda anorning rayonlashtirilgan va istiqbolli Sulu-anor, Rubin Ispanskiy, Oleg, Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Vesna, Alisa, Yeni qirmizi, Yeni glyusha, Azerbayjan, Irandali, Qozoqi anor, Qizil anor (nazorat) kabi navlari iste’molbop yetilgan mevalarining diametri, sharbatidagi qand miqdori va ta’m sifatlariring degustatsiya bahosi qiyosiy taqqoslangan. O’rganilgan kollektsion anor navlari orasida Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Qozoqi anor, Qizil anor navlari mevasi va anor donalarining yirikligi, vaznining kattaligi va ta’m sifatlarining yuqoriligi (4,4-4,6 ball) bilan ajralib turgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству , автор научной работы — Choriyeva Zarxol Qodirovna, Azizova Marvar, Vohidova Nozanin

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONNING QURUQ SUBTROPIK MINTAQASI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN ANOR NAVLARINING QANDDORLIGI VA TOVARBOPLIK XUSUSIYATLARI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

УДК:634.12.632

O'ZBEKISTONNING QURUQ SUBTROPIK MINTAQASI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN ANOR NAVLARINING QANDDORLIGI VA TOVARBOPLIK

XUSUSIYATLARI Choriyeva Zarxol Qodirovna

Toshkent Davlat Agrar Universiteti doctaranti Azizova Marvar magisrant Vohidova Nozanin talaba Tel: +998977076885 galiyazar@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7362223 Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonning quruq subtropik mintaqasi (Surxondaryo viloyati) tuproq-iqlimi sharoitida yetishtirilgan anor navlari mevasining yirikligi, qanddorligi va degustatsiya bahosini qiyosiy o'rganish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunda anorning rayonlashtirilgan va istiqbolli Sulu-anor, Rubin Ispanskiy, Oleg, Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Vesna, Alisa, Yeni qirmizi, Yeni glyusha, Azerbayjan, Irandali, Qozoqi anor, Qizil anor (nazorat) kabi navlari iste 'molbop yetilgan mevalarining diametri, sharbatidagi qand miqdori va ta'm sifatlariring degustatsiya bahosi qiyosiy taqqoslangan. O'rganilgan kollektsion anor navlari orasida Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Qozoqi anor, Qizil anor navlari mevasi va anor donalarining yirikligi, vaznining kattaligi va ta'm sifatlarining yuqoriligi (4,4-4,6 ball) bilan ajralib turgan.

Kalit so'zlar: anor, nav, vegetatsiya davri, shifobaxshlik, vitamin, qanddorlik, rang, yiriklik, diametr, degustatsiya bahosi.

Аннотация. В данной статье представлены результаты научного исследования по сравнительному изучению размера плодов, сахаристости и вкусовой ценности сортов граната, выращенных в почвенно-климатических условиях сухого субтропического региона Узбекистана (Сурхандарьинская область). При этом диаметр съедобных спелых плодов районированных и перспективных сортов граната, таких как Сулу-анор, Рубин Испанский, Олег, Вандерфул, Мягкосемянный сладкий, Весна, Алиса, Ени кирмизи, Ени глуша, Азербайджан, Ирандали, Казахский гранат, Сравнивали красный гранат (контроль), количество сахара в соке и дегустационную оценку вкусовых качеств. Среди собранных сортов граната сорта Чудесный, Мягкосемянный сладкий, Казахский гранат, Красный гранат отличались размерами плодов и косточек граната, их массой и высокими вкусовыми качествами (4,4-4,6 балла).

Abstract. This article presents the results of a scientific study on the comparative study of the fruit size, sugar content and tasting value of pomegranate varieties grown in the soil and climate conditions of the dry subtropical region of Uzbekistan (Surkhandarya region). In this case, the diameter of edible ripe fruits of regionalized and promising varieties of pomegranate such as Sulu-anor, Rubin Ispansky, Oleg, Vanderful, Myagkosemyannyy sladkiy, Vesna, Alisa, Yeni kirmizi, Yeni glusha, Azerbaijan, Irandali, Kazakh pomegranate, Red pomegranate (control), the amount of sugar in the juice and the tasting evaluation of the taste qualities were compared. Among the collected varieties of pomegranate studied, Wonderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Kazakh pomegranate, and Red pomegranate varieties were distinguished by the size of fruit and pomegranate seeds, their weight and high taste qualities (4.4-4.6points).

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Anor lotin tilidan tarjima qilinganda (granatus) «oila ma'nosini anglatadi». Mevasi taxminan 700 donachalardan iborat bo'ladi. Tabiatda ushbu mevaning o'ndan ortiq turlari uchraydi va ular o'z ranggi hamda ta'mi bilan farqlanib turadi. Anorning vegetatsiya davri 180210 kun atrofida. Gullashi yozning boshiga, mevalarining pishishi esa sentyabr-oktyabr oylariga to'g'ri keladi. Daraxt ekilgandan so'ng 3-4 yildan boshlab meva tuga boshlaydi. Anor navlarining hosildorligi nav, ob-havo va yetishtirish sharoitlariga ko'ra o'rtacha 150-200 t sentner atrofida o'zgaradi. Anor eng shifobaxsh mevalardan biri hisoblanadi. Uning yangi mevasi sharbati tarkibida inson organizmi uchun juda ham foydali bo'lgan vitaminlar, minerallar, 14-20% gacha qand, organik kislotalar, shuningdek temir va tanin moddasi mavjud. Shu sababli anor mevalari qadimdan tabobatda keng qo'llanib kelinadi. Binobarin, atoqli tib olimi Ibn Sino anorning shifobaxsh xususiyati to'g'risida shunday yozadi: «Agar ertalab anor, tushlikda taomni piyoz bilan va kechasi asal tanovvul qilinsa, qon ko'z yoshidek toza bo'aldi». Anorning boshqa shifobaxsh xususiyatlaridan biri shundaki, uning sharbati inson organizmida endokrin kasalliklarining rivojlanishini bartaraf etadi. Bundan tashqari anor jigar va buyrak ishini faollashtiradi. Uni muntazam bartaraf etish yurakni mustahkamlaydi [3, 1].

Tadqiqot usullari. Tadqiqotda O'zbekistonning quruq subtropik iqlimi (Surxondaryo viloyati) sharoitida bugungi kunda yetishtirib kelinayotgan rayonlashtirilgan, shuningdek istiqbolli anor navlari mevasining tovar sifatlari, jumladan uning yirikligi, donalarining rangi, qanddorligi va degustatsiya bahosi qiyosiy o'rganilgan. Tadqiqot ob'ekti sifatida anorning rayonlashtirilgan va istiqbolli Sulu-anor, Rubin Ispanskiy, Oleg, Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Vesna, Alisa, Yeni qirmizi, Yeni glyusha, Azerbayjan, Irandali, Qozoqi anor, Qizil anor (nazorat) kabi navlari xizmat qilgan. Anor mevalarining mexanik tahlili va desutatsion baholash mevalar iste'molbop yetilgan muddatda, ya'ni sentyabr oyining oxirida o'tkazilgan. Anor navlari mevalarining diametri, qanddorligi va degustatsiya bahosini aniqlash mevali va rezavor mevali o'simliklar navlarini o'rganish uchun tavsiya etilgan uslubiy qo'llanmada [2] keltirilgan ko'rsatmalar bo'yicha amalga oshirilgan.

Tadqiqot natijalari.Surxondaryoning quruq subtropik mintaqasi sharoitida yetishtirilgan ushbu 13 ta navning ta'mi deyarli bir hil ifoda bilan baholandi - nordon-shirin. Ammo ularning o'ziga xos ta'm sifatlari ballar bilan ifodalanganda sezilarli farqlanish kuzatildi. Nazoratga nisbatan eng yuqori ta'm bahosi (4,7 ball) yumshoq urug'li anorlar - Vanderful va Myagkosemyanniy sladkiy navlariga qo'yildi. Qolgan navlarning ta'm bahosi nazorat darajasida yoki undan biroz pastroq bo'ldi va navlar bo'yicha mos holda 4,0-4.5 ballni tashkil etdi (2-jadval).

2-jadval

Kollektsion anor navlari mevasining degustatsiya bahosi, 5 balli shkala bo'yicha

(2021 yil 26 sentyabr kuni terilgan)

Navlarni nomlanishi Tashqi ko'rinishi Ta'mi Ta'm bahosi Donalari-ning rangi Umumiy bahosi

Sulu-anor 4,5 Nordon shirin 4,2 4,2 4,2

Rubin Ispanskiy 4,0 -//- 4,5 4,5 4,3

Oleg 4,0 4,0 4,0 4,0

Vanderful 4,5 4,7 4,0 4,4

Myagkosemyanniy 4,5 4,7 4,5 4,5

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

sladkiy

Vesna 4,2 4,0 4,0 4,1

Alisa 4,3 4,0 4,0 4,1

Eni qirmizi 4,0 4,0 4,5 4,1

Eni glyusha 4,0 4,0 4,5 4,1

Azerbayjan 4,9 4,5 4,4 4,6

Irandali 4,0 4,0 4,0 4,0

Qozoqi anor 5,0 4,5 4,5 4,6

Qizil anor - naz. 5,0 4,5 4,5 4,6

Anor donachalarining ranggi bo'yicha o'rganilgan navlar nazoratga yaqin yoki undan biroz pastroq ballga ega bo'ldi va mos holda 4,0-4,5 ball oralig'ida bo'ldi. Yuqorida tahlil qilingan ballar umumlashtirilganda o'rtacha eng yuqori degustatsiya bali Myagkosemyanniy sladkiy, Azerbayjan va Qozoqi anor navlarida aniqlandi. Ularning umumiy degustatsiya bahosi nazorat varianti bilan deyarli bir xil (4,5-4,6 ball) ifodaga ega bo'ldi. Qolgan navlarning umumiy degustatsiya bahosi nazoratdan sezilarli past bo'ldi va 4,0-4,4 ball oralig'ida o'zgardi.

Ma'lumki anor mevalarining tovarboplik sifatlari uning tashqi ko'rinishi, yirikligi, anor donachalarining rangi, yirikligi, urug'larining seziluvchanlik darajasi va ta'm sifatlari bilan o'lchanadi. Tadqiqotda o'rganilgan kollektsion anor navlari mevalarini mexanik tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, eng yirik mevalar, ya'ni mevaning balandligi (h), bo'ylama va ko'ndalang diametrlari (di, d2) bo'yicha ustunlik Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Qozoqi anor va Qizil anor (nazorat) navlarida qayd etildi. Bunga bog'liq ravishda ushbu navlarda bir mevaning o'rtacha vazni navlar bo'yicha mos holda 190-215 g atrofida o'zgardi va nazoratga yaqin ko'rsatkichlarda bo'ldi. Qolgan navlarning mevasi nazorat navining ushbu fiziologik ko'rsatkichidan pastroq bo'ldi va o'rtacha 158 g dan 188 g gacha o'zgardi (1-jadval).

1-jadval

Kollektsion anor navlari mevasining mexanik tahlili va qanddorligi (2021 yil 26 sentyabr

kuni terilgan)

Navlar nomi Mevaning mexanik tarkibi ko'rsatkichlari Umumiy qand miqdori, %

h d1 d2 m

Sulu-anor 6,8 6,9 6,4 183 16,9

Rubin Ispanskiy 7,0 8.1 8.3 180 17,5

Oleg 7,0 7,2 7,0 188 16,4

Vanderful 7,4 8,2 8,4 190 15,1

Myagkosemyanniy sladkiy 7,9 8,3 8,2 210 18,5

Vesna 6,3 7,0 6,8 169 15,8

Alisa 6,0 6,8 6,7 158 14,9

Eni Kirmizi 6,0 7,1 7,0 161 15,3

Eni Glyusha 6,3 7,2 7,1 170 15,5

Azerbayjon 6,8 7,3 7,2 178 16,1

Irandali 6,3 6,9 6,9 161 15,7

Qozoqi anor 6,5 6,7 6,1 171 17,8

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Qizil anor - naz. 7,8 8,2 8,3 215 18,1

Jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, o'rganilgan navlar meva sharbatining qanddorligi bo'yicha ham o'zaro farqlandi. Bunda nazoratga nisbatan eng yuqori qanddorlik Myagkosemyanniy sladkiy navida qayd etildi. Ushbu nav sharbatining umumiy qanddorligi 18,5% ni tashkil etdi. Meva sharbatining qanddorligi bo'yicha nazoratga yaqin ko'rsatkichlar Rubin Ispanskiy va Qozoqi anor navlarida ham aniqlandi. Ushbu navlarning qanddorligi mos holda 17,5 va 17,8% ni tashkil etdi. Qolgan navlarda qanddorlik ko'rsatkichi nazoratdan sezilarli past bo'ldi va 14,9-16,9% atrofida o'zgardi.

Anor navlari mevalarida o'tkazilgan degustatsiya natijalari shuni ko'rsatdiki, mevasining tashqi ko'rinishi bo'yicha nazorat - Qizil anor naviga yaqin ko'rsatkichlar Qozoqi anor va Azerbayjan navlarida - 4,9-5,0 ball qayd etildi. Qolgan navlarning tashqi ko'rinishi nazoratdan past bo'ldi va navlar bo'yicha mos holda 4,0-4,5 balla atrofida o'zgardi.

Xulosa. 1. Eng yirik mevali, ya'ni mevaning balandligi (h), bo'ylama va ko'ndalang diametrlari (di, d2) bo'yicha ustun navlar sifatida Vanderful, Myagkosemyanniy sladkiy, Qozoqi anor va Qizil anor (nazorat) navlarini ko'rsatish mumkin. Ushbu navlarda bir mevaning o'rtacha vazni 190-215 g atrofida o'zgardi.

2. Eng yuqori qanddorlik Myagkosemyanniy sladkiy 18,5% ni tashkil etdi. Rubin Ispanskiy va Qozoqi anor navlarining qanddorligi ham birmuncha yuqori va nazorat naviga yaqin bo'lib, mos holda 17,5 va 17,8% ni tashkil etdi. Qolgan navlarda qanddorlik ko'rstkichi nazoratdan sezilarli past bo'ldi va 14,9-16,9% atrofida o'zgardi.

3. Meva va anor donachalarining tashqi ko'rinishi, ranggi va ta'm sifatlari bo'yicha eng yuqori umumiy degustatsiya bali Myagkosemyanniy sladkiy, Azerbayjan va Qozoqi anor navlarida 4,5-4,6 ball, qolgan navlarning umumiy degustatsiya bahosi esa nazoratdan sezilarli past bo'ldi va 4,0-4,4 ballni tashkil etdi.

REFERENCES

1. Енилеев H.Sh., Абдикаюмов З.А., Нормуратов И.Т. Субтропические плодовые культуры. - Таshкент, 2020. - С. 88-94.

2. Программа и методика сортоизуcчениya плодовых, yaroдных и орехоплодных культур // Всероссийский научно-исследовательский институт селекции плодовых культур. - Орел, 1999. - 608 с.

3. Король субтропических фруктов. - https://yuz.uz/ru/news/korol-subtroпичeсkix-фруктов.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.