Научная статья на тему '“MALINA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI VA UNDAN JEM TAYYORLASH TEXNALOGIYASI”'

“MALINA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI VA UNDAN JEM TAYYORLASH TEXNALOGIYASI” Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

253
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
malina / malinadan tayyorlangan jem / kasalliklardan himoya / malina tolasi / ovqat hazm qilish uchun yordam / shirinliklar uchun bezak. / Raspberry / raspberry jam / disease protection / raspberry fiber / digestive aid / garnish for desserts

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Aziza Akram Qizi Eshonqulova

Maqolada Ózbekiston hududida kam yetishtiriladigan rezavor meva malina yetishtirish agrotexnikasi, malinaning botanik taʼrifi, oʻsimlikning barcha xususiyatlari va undan jem tayyorlash jarayonlari haqida adabiyotlardan olingan maʼlumotlar hamda uy sharoitida jem tayyorlanganligi toʻgʻrisida bayon etilgan. Shuningdek, malinaning foydali xususiyatlari, ovqatlar uchun sous va shirinliklarga bezak sifatida foydalanish haqida maʼlumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the agrotechnics of raspberry, a berry that is rarely cultivated in Uzbekistan, the botanical description of raspberry, and information from the literature about all the properties of the plant and the process of making jam from it, as well as its preparation at home. It also mentions the beneficial properties of raspberry leaves and fruits, as well as their use as sauces and decorations for desserts

Текст научной работы на тему «“MALINA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI VA UNDAN JEM TAYYORLASH TEXNALOGIYASI”»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

"MALINA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI VA UNDAN JEM TAYYORLASH TEXNALOGIYASI"

Aziza Akram qizi Eshonqulova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali talabasi

ANATATSIYA

Maqolada Ózbekiston hududida kam yetishtiriladigan rezavor meva - malina yetishtirish agrotexnikasi, malinaning botanik ta'rifi, o'simlikning barcha xususiyatlari va undan jem tayyorlash jarayonlari haqida adabiyotlardan olingan ma'lumotlar hamda uy sharoitida jem tayyorlanganligi to'g'risida bayon etilgan. Shuningdek, malinaning foydali xususiyatlari, ovqatlar uchun sous va shirinliklarga bezak sifatida foydalanish haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: malina, malinadan tayyorlangan jem, kasalliklardan himoya, malina tolasi, ovqat hazm qilish uchun yordam, shirinliklar uchun bezak.

ABSTRACT

The article describes the agrotechnics of raspberry, a berry that is rarely cultivated in Uzbekistan, the botanical description of raspberry, and information from the literature about all the properties of the plant and the process of making jam from it, as well as its preparation at home. It also mentions the beneficial properties of raspberry leaves and fruits, as well as their use as sauces and decorations for desserts.

Keywords: Raspberry, raspberry jam, disease protection, raspberry fiber, digestive aid, garnish for desserts

Asosiy qism: Malina (xójagat, buldurgun) - ra'noguldoshlar oilasi rubus turkumiga mansub ko'p yillik chala buta; mevasi rezavor (3g). Yevrosiyoning mo'tadil va subtropik mintaqalarida keng tarqalgan. Malinaning oddiy yoki qizil ( Rubus idaeus), dag'al tukli yoki amerika malinasi ( Rubus trigosus), g'arbiy yoki maymunjonsimon malina ( Rubus occidentalis) va boshqa turlari uchraydi. O'rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropada o'stiriladi.

Ko'p yillik ildizli, poyasi ikki yillik. Buta balandligi 1-1.5m, barglari toq patsimon, murakkab ketma-ketlikda joylashgan. Gullari ikki jinsli, o'zidan changlanadi. Mevasi qizil ba'zan sariq, Ózbekistonda may oxiri-iyun boshlaridan pishadi, remontantli ( bir mavsumda qayta yoki

May 12-13

507

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ko'p marta gullab, hosil beradigan) navlari avgustning ikkinchi yarmida ikkinchi marta meva beradi.

Mevasi tarkibida qand ( 5.7-11.5%), organik kislota (1-2%), V va C vitaminlari (9.1-44 mg%), karotin, xushbo'y moddalar, kaliy tuzlari, pektin, shilliq, bo'yoqlar, to'yintiruvchi moddalar mavjud.

Mevasi asosan, yangiligida iste'mol qilinadi, konserva sanoatida qiyom, jem, sharbat, murabbo tayyorlanadi. Quritilgan mevasi ( damlama) tibbiyotda terlatuvchi dori sifatida, sharbati suyuq dorilar ta'mini yaxshilashda ishlatiladi.

Malina ildiz bachkilari, ildizi va qalamchalaridan ko'paytiriladi. Ko'chati o'tqazilgach ikkinchi yili hosilga kiradi. O'zbekistonda malina simyog'ochga osib o'stiriladi. Malina oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi o'tkazadigan, yerosti suvlari kamida 1.5m chuqurlikda bo'lgan yerlarda yaxshi o'sadi. O'zbekistonda malinaning Barnaul, Visluxa, Progress, Marlboro navlari ekiladi.

Kasalliklari: oq dog'larnish, makrosprioz, volt va boshqa zararkunandalari: qo'ng'izlar, bargxórlar, shilluqurt, o'rgimchakkana, qalqondorlar.

Kurash choralari: agrotexnika tadbirlarini o'z vaqtida ótkazish, g'unchalash davrida va hosil yigishtirilganidan keyin 1%li kolloid S ( oltingugurt ) eritmasini purkash.

O'simlikning xususiyatlari: Xalq tabobatida malina ishtaha ochuvchi, ichki va tashqi qonni to'xtatuvchi, o'pka shamollaganda balg'am ko'chiruvchi, istima tushiruvchi omil sifatida qo'llaniladi. Barglarini choy o'rnida damlab ichish tanga rohat bag'ishlaydi. Husnbuzar, qizamiq, ekzema va turli toshmalarda, teri kasalliklarida malinadan ichki va tashqi muolaja qilish lozim. 1stakan qaynagan suvga 10g maydalangan malina barglaridan solib, 0.5 soatga tindirib qo'yiladi. Ushbu damlamani ichish yoki paxtani shimdirib, kasallangan joyga qo'yish mumkin. Malina barglaridan tayyorlangan choy vitaminga boydir. Bo'g'im va buyrak kasalliklarida, shuningdek, allergiyasi borlarga malina mevasidan iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.Malina tarkibida shakar moddasi kamligi, qarishga qarshi antioksidantlarga boyligi, insonni saraton kasalligidan himoya qiladi, malina tarkibida tola ko'pligi tufayli ovqat hazm qilishga yordam berib, ichakda foydali bakteriyalaning rivojlanishiga yordam beradi hamda kuchli immunitet va ijobiy kayfiyatni ta'minlashi bilan boshqa mevalardan far qiladi

Malinadan jem tayyorlash jarayonlari: Malinadan tayyorlangan jem inson organizmiga va sog'lig'iga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Malinadan jem tayyorlash jarayoni ikki xil usulda: sanoat uslubida va uy

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

sharoitida tayyorlash mumkin. Uy sharoitida tayyorlash oson hisoblanadi. Malinadan jem tayyorlash uchun malina olib kelinadi, kalibirovka va inspeksiya qilinadi hamda yaxshilab yuvib tozalanadi. Tozalangan malinalarni chuqur idishga solib, ustidan shakar solib qo'yiladi va dam olishi uchun tindiriladi. Tayyor bo'lguncha, jemni solish uchun shisha banklar yuvib tozalanib quritiladi. Yuvilayotgan banklarga yaxshilab etibor berish kerak. Chunki konserva mahsulotlarini yorilgan, yaroqsiz banklarga solish xavfli hisoblanadi.Tindirilgan malina va shakar aralashmasini blenderda ezib olinadi va urug'laridan ajratiladi. Agar urug'lar bilan jem qilinsa, dag'al bo'lib qoladi. Blenderda hosil bo'lgan massaga oz miqdorda suv quyib, past olovda asta sekin qaynatish kerak. Qaynash jarayonida hosil bo'lgan ko'priklar olib tashlanadi. Chunki ko'pik bilan qilinsa, jem rangi tiniq chiqmay qolishi mumkin. Qaynab hosil bo'lgan jemni banklarga solib yopib qo'yiladi. Shu bilan tayyorlamoqchi bo'lgan jemlarimiz tayyor bo'ladi. Bu jem tabbiyligi va uy sharoitida tayyorlanganligi bilan boshqa konservalar dam farq qiladi.

Natijalar: Tayyorlagan jemimizning tami o'rtacha shirin ( chunki malinaning tami nordon shirin bo'lgani uchun), rangi to'q qizildan oddiy qizilgacha, hidi yoqimli shirin, ko'rinishi issiq vaqtida suyuq, sovishi bilan quyuqlashib boradi, eng sovugan vaqtda jelatinga o'xshash qattiq, cho'ziluvchan holatda bo'ladi. Tayyor jemni iste'mol qilish yoki shirinliklar hamda tort uchun bezak sifatida foydalanish mumkin.

Xulosa: Ózbekistondan kam yetishtiriladigan malina turlarini ko'paytirish. Malinadan jem tayyorlash texnalogiyasini uy sharoitidan sanoat miqyosiga ko'tarish kerak. Chunki malina eng shifobaxsh, foydali xususiyatlari boshqa mevalardan yuqori bo'lgan meva hisoblanadi. O'zbekiston hududida bu ekin turini ko'paytirish, mevasi- poya bargidan hamda mevasidan tabobatda foylanish chora tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Buning natijasida, aholini sifatli mahsulot bilan taminlash hamda sog'lig'i to'g'risida qayg'urishdan iborat.

REFERENCES:

1. Kazakov I.V. Kichkina V.V "Malina" 1985-yil

2. R. Abdullayev, S.Yagudina. " Tomorqada yetishtiriladigan rezavorlar," 1989-yil

3. A.J.Choriyev, Q.O.Dodayev. T.A.Ismoilov, D.T.Qoraboyev. " Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va konservalash texnalogiyasi"

4. gastratourism.uz

5. www.agro.uz

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.