Научная статья на тему 'BEHINING (CYDONIA OBLONGA MILL.) KELIB CHIQISHI, MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI VA QAYTA ISHLASH ISTIQBOLLARI'

BEHINING (CYDONIA OBLONGA MILL.) KELIB CHIQISHI, MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI VA QAYTA ISHLASH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

98
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Behi / tarkib / oʻsimlik / daraxt / meva / harorat / mevalar tarkibi / qayta ishlash / foiz / namlik / konserva. / Quince / composition / plant / tree / fruit / temperature / fruit composition / processing / percentage / moisture / preservation.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Bobur Jumanazar Oʻgʻli Haydarov

Behining morfologik xususiyatlari, kelib chiqishi, tarqalishi, saqlash va qayta ishlash toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keltirilgan. Respublikamizda yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan noyob belgi va xususiyatlarga ega meva turlariga, shu jumladan shifobaxsh ahamiyatga ega boʻlgan behi oʻsimligining qadimiy navlarini koʻpaytirish, ona bogʻlarini yaratish hamda yangi kasalliklarga bardosh beradigan, yuqori hosil beradigan selektsion navlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Information on the morphological characteristics, origin, distribution, storage and processing of quince is given. It is important to breed fruit species with unique characteristics and characteristics that are in danger of disappearing in our republic, including ancient varieties of medicinal quince plant, to create mother gardens, and to develop selective varieties that are resistant to new diseases and give high yields.

Текст научной работы на тему «BEHINING (CYDONIA OBLONGA MILL.) KELIB CHIQISHI, MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI VA QAYTA ISHLASH ISTIQBOLLARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

BEHINING (CYDONIA OBLONGA MILL.) KELIB CHIQISHI, MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI VA QAYTA ISHLASH ISTIQBOLLARI

Bobur Jumanazar o'g'li Haydarov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti

Behining morfologik xususiyatlari, kelib chiqishi, tarqalishi, saqlash va qayta ishlash to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Respublikamizda yo'qolib ketish xavf ostida bo'lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega meva turlariga, shu jumladan shifobaxsh ahamiyatga ega bo'lgan behi o'simligining qadimiy navlarini ko'paytirish, ona bog'larini yaratish hamda yangi kasalliklarga bardosh beradigan, yuqori hosil beradigan selektsion navlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Behi, tarkib, o'simlik, daraxt, meva, harorat, mevalar tarkibi, qayta ishlash, foiz, namlik, konserva.

Information on the morphological characteristics, origin, distribution, storage and processing of quince is given. It is important to breed fruit species with unique characteristics and characteristics that are in danger of disappearing in our republic, including ancient varieties of medicinal quince plant, to create mother gardens, and to develop selective varieties that are resistant to new diseases and give high yields.

Keywords: Quince, composition, plant, tree, fruit, temperature, fruit composition, processing, percentage, moisture, preservation.

Представлена информация о морфологических особенностях, происхождении, распространении, хранении и переработке айвы. Важное значение в нашей республике имеет выведение древних сортов айвы, обладающих уникальными признаками и характеристиками, находящихся под угрозой исчезновения, в том числе имеющих лечебное значение, создание материнских садов, а также выведение селекционных сортов, способных противостоять новым заболеваниям и давать высокие урожаи.

ANNOTASIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Ключевые слова: айва, состав, растение, дерево, фрукты, температура, состав фруктов, обработка, процент, влажность, консервирование.

Kirish. Behi juda qadimiy ekin hisoblanadi. O'rta Osiyoda eramizdan oldin ma'lum bo'lib, bizga Eron davlatining shimoliy qismlaridan kirib kelgan. O'zbekistonda urug'idan ko'paytirish natijasida, mahalliy sharoitimizga moslashgan mevalari tubdan farqlanadigan, xo'jalik va tovarlüik belgilari hamda daraxt shakli yaxshilangan, madaniy formalari yaratilgan. [1]

Behi darxtlarining ildizi asosan 20-70 santimetr chuqurlikka tarqaladi. Ildiz sistemasining yer yuziga yaqin joylashishi, o'simlikning tuproq unumdor va sernam bo'lishiga talabchanligini ko'rsatadi. Behining o'ziga xos biologik xususiyatlaridan biri boshqa mevalarga nisbatan kech gullashidir. O'suv davri 210-240 kun davom etadi. Daraxtlari 270 C sovuqqa chidamli. [2]

O'zbekistonda ikki turdagi behi: oddiy jaydari behi (Cydonia oblonga Mill) va Yapon behi (Chaenomeles Japonica Hinde) uchraydi. Madaniy holda oddiy jaydari behi tarqalgan. Oddiy behining bo'yi 6-8 metr, shoh-shabbasi piramidasimon yoki tarvaqaylagan. Yapon behisidan xushmanzara o'simlik sifatida foydalaniladi. Barcha turdagi meva ekinlar qatorida, behi o'simligini parvarishlashda ham tashqi muhit omillari katta ahamiyatga ega. Behi o'simligi issiqqa talabchan. Uning yaxshi o'sib rivojlanishi hamda meva kurtaklarining shakllanishi uchun o'rtacha optimal harorat 15-200 C daraja hisoblanadi. Namlik ham, behi o'simligi uchun muhim ahamiyatga ega, lekin namlik yetishmagan hollarda qurg'oqchilikka yaxshi chiday oladi. Bunda u, bug'lanishni kamaytiradi va tuproqning o'ta namsizligiga qarshi barglarini burushtiradi. Tuproq namligi normal bo'lganda sifatli va mo'l hosil beradi. U olma va nokka nisbatan tez - 2-3 yilda hosilga kiradi. Behi qurg'oqchilikka chidamli, olma va nokka nisbatan issiqqa ko'proq talabchan, sovuqqa ham nisbatan bardoshli (-270 C ) hisoblanadi. O'ta past (-300 C) haroratda meva kurtaklari, bir yillik va qarigan eski shoxlari nobud bo'ladi. Behi erta hosilga kiradi va 35-40 yilgacha mo'l hosil beradi, 50-60 yilgacha umr ko'radi. Meva shoxlari 5-8 yilgacha hosil berib, so'ngra quriydi. Shu sababli ularni yil sayin o'stirib turishga alohida e'tibor berish, meva shohlarining pastki qismida yon meva novdonchalarini hosil qilish uchun ularni o'z vaqtida qisqartirib turish zarur.

Behining mahalliy tur urug' ko'chatlari behi uchun eng yaxshi payvandtak hisoblanadi. Bulardan Namangan viloyati uchun Shirin va Nordon, Farg'ona viloyati uchun oddiy Quva (chillagi behi),

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Buxoro viloyati uchun Turush, Xorazm viloyati uchun Almurut behi, Samarqand viloyati uchun yirik mevali Samarqand navlari tavsiya etiladi. Respublikamizning qolgan boshqa viloyatlari uchun eng yaxshi mahalliy navlarning urug' ko'chatlaridan foydalanish mumkin. "Ayva-A" va "VA29" tipdagi payvandtaklar behi uchun eng yaxshi payvandtak hisoblanadi.

O'zbekistonda yetishtiriladigan behi tarkibida 75-84 foiz suv, 8,5-15 foiz shakar, 0,2-1,5 foiz organik kislotalar, olm ava limon kislotalar, 0,2-1,0 foiz pektin, 0,4-0,7 foiz oshlovchi moddalar va tosh hujayralar bor. [3]

Behini saqlashda havo harorati, gaz muhiti, nisbiy namlikni ahamiyati kata. Ularda modda almashinuvi bo'lib, u mevlaraning rangi konsistensiyasi ta'mi va hushbo'yligi katta ta'sir etadi. Mevalar yuqori sifatligiga ma'lum muddat saqlangandan keyin erishiladi. Shundan so'ng modda almashinuvi buziladi, fiziologik prosess yuzaga keladi va mevalarning rangi, ta'mi va xushbo'yligi buziladi.

Turli navlarda bunday o'zgarishlar natijasi kasalliklarga chidamsiz bo'ladi va saqlanayotgan mahsulotni tovar sifatini yomonlashadi. Mevalar qanchalik ko'p zich joylashgan bo'lsa, shunchalik CO2 ko'p to'planadi va fiziologik buzilish ro'y beradi.

Behining saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib yetilish xususiyati bilan aniqlanadi. Behi mevasini terish odatda havo quruq paytda teriladi, uning ustidagi tuki saqlanib qolishi muhim hisoblanadi. Tuk behining saqlash chidamliligini oshiradi. Behi uzilgandan so'ng 4-8 soatdan kechiktirmasdan meva omboriga olib borilishi kerak. Behini saqlashda havo harorati 0-10 C, nisbiy namligi 85 foiz bo'lgan omborlarda saqlanadi. [4]

Behi mevasidan yuqori sifatli konservalar tayyorlash birinchi navbatda xom-ashyoning sifatiga bog'liqdir. Shuning uchun yuqori oziq-ovqat va texnologik sifatga ega tarkibida ko'p foydali moddalar, vitaminlar, aniq ta'm, xushbo'ylik, konsistensiya, rang shakli, o'lchamlari bo'yicha standart talablarga javob beradigan mevalargina qayta ishlash uchun olinadi. Konserva tayyorlash jarayonida xom-ashyoni tayyorlashda suvini siqib olishdagi quyqim ulushi juda kam bo'lishi kerak.

Xulosa shuni aytishimiz mumkinki, yuqori sifatli konserva mahsuloti olish uchun xom-ashyoni yetilish darajasi, rangi hamda o'lchamlari bir tekis bo'lishi kerak. Shuning uchun ularni ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha birga qayta ishlash jarayonida saralash va katta-kichikligiga qarab ajratish zarur, shu tarzda tayyorlangan xom-ashyo yaxshi ishlanadi, unda turli jarayonlar ancha tekis kechadi, mahsulot yaxshi ko'rinish, yuqori sifatlilik va idishlarga ixcham joylashadi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

REFERENCES:

1. Namozov I.Ch., Xoliqov A. Behining (Cydonia oblong mill) Morfo-biologik xususiyatlari va istiqbolli navlarini o'rganish. Academic Research in Educational Sciences

2. Mirzayev M.M., Sobirov M.K "Bog'dorchilik" Toshkent. "Mehnat" 1987

3. Ostanaqulov T.E., Narziyeva S.X., G'ulamov B.X. Toshkent 2010

4. Bo'riyev X.Ch., Jo'rayev R.J., Alimov O.A. "Meva sabzavotlarni saqlash ularga dastlabki ishlov berish" "Mehnat" Toshkent 2002

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.