Научная статья на тему 'OLMA QURITISH VA ULARNI SAQLASH'

OLMA QURITISH VA ULARNI SAQLASH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
1212
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
olma / olma navlari / quritish maydoni / yig’ib-terib olish / saralash / quritish / quruq mahsulot / sanitariya talablari.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Shaxnoza Yulbarsovna Dexqonova, Xondamir Baxtiyor O’G’Li Turg’Unboyev, Zulayxo Abdulhamid Qizi Mamajonova

Maqolada quritishbop olma navlarini uzish, tashish, navlarga ajratish, inspektsiyalash, yuvish, ishqor eritmasiga botirib olish (blanshirlash), namini baravarlash, quritish hamda quruq mahsulotni saqlash haqida adabiyotlardan olingan ma’lumotlar berilgan. Olma yangiligida, qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. Dorivorlik xususiyatiga ega. Quritilgan olma hammaga manzur bo’ladi va har qanday taom tarkibida foydali ahamiyatga ega. Buning asosida mamlakatda quruq mahsulot eksportini rivojlantirish bilan birga qishloq xo’jaligi sohasida bir qator ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritishi mumkin. Shu jumladan, quruq mahsuotlarni yuklash-tushirish va saqlash juda qulay, shu bilan birga quruq mahsulotlar har xil ekspeditsiyalar va yo’lovchilar uchun ham bebaho sifatli mahsulotdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLMA QURITISH VA ULARNI SAQLASH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

OLMA QURITISH VA ULARNI SAQLASH

Shaxnoza Yulbarsovna Xondamir Baxtiyor o'g'li Zulayxo Abdulhamid qizi Dexqonova Turg'unboyev Mamajonova

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada quritishbop olma navlarini uzish, tashish, navlarga ajratish, inspektsiyalash, yuvish, ishqor eritmasiga botirib olish (blanshirlash), namini baravarlash, quritish hamda quruq mahsulotni saqlash haqida adabiyotlardan olingan ma'lumotlar berilgan. Olma yangiligida, qayta ishlangan holda iste'mol qilinadi. Dorivorlik xususiyatiga ega. Quritilgan olma hammaga manzur bo'ladi va har qanday taom tarkibida foydali ahamiyatga ega. Buning asosida mamlakatda quruq mahsulot eksportini rivojlantirish bilan birga qishloq xo'jaligi sohasida bir qator ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritishi mumkin. Shu jumladan, quruq mahsuotlarni yuklash-tushirish va saqlash juda qulay, shu bilan birga quruq mahsulotlar har xil ekspeditsiyalar va yo'lovchilar uchun ham bebaho sifatli mahsulotdir.

Kalit so'zlar: olma, olma navlari, quritish maydoni, yig'ib-terib olish, saralash, quritish, quruq mahsulot, sanitariya talablari.

O'zbekistonda olmazorlar meva daraxtlari ekilgan maydonning 65% dan ko'prog'ini tashkil etadi. Uning 500 ta navi standart nav hisoblanadi va sinab ko'rilmoqda. Olmaning tur va navlari biologik xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi, muhit sharoitiga oson moslashadi. Shu sababli olma daraxtini respublikamizning janubiy va shimoliy xududlarida ham ko'plab ekib o'stirish mumkin. Olma hushta'm bo'lganligidan yangi uzilganida ham, qayta ishlangan xolda ham foydalanish mumkin. Olmadan konserva, pavidlo, pastila, pyure, marmelad, murabbo, vino, sharbat, kompot uchun qoqi va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.

Olma quritishda texnologik jarayonlarni bajarilish tartibi: 1.Olma xom ashyosni qabul qilish. Bir-xil o'lchamda saralangan quritishbop olmalarni 25-30 kg qoplarda korxona omborxonasiga tarozidan o'tkazib qabul qilinadi va 8-16o C da havo haroratida saqlanadi.

2. Olmalarni suv vannasida yuvish. Archilgan olmalar transportyor orqali yuvish vannasiga solinadi va suvda yuviladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

3. Blanshirovka qilish (suv yordamida). Yuvilgan va kesilgan olmalarni suv yordamida 1-2 daqiqa davomida blanshirovka qilinadi va yumshatilgan olmalar ish stoliga yuboriladi.

4. Olmani qoldiq po'stidan tozalash (qo'l yordamida). Ish stoli zanglamaydigon po'lat listdan tayyorlangan bo'lib atrofida 3-6 tadan ishchi qo'l yordamida olmalarda qolib ketgan po'stlog'larni tozalaydilar. Po'stloqlar yumshab qolgani uchun tozalash oson bo'ladi.

5.Tozalangan olmani suv vannasida yuvish. Tozalangan olmalar suv vannasida 1-2 daqiqa davomida yengil chayib olinadi va transportyor orqali kesish mashinasiga yuboriladi.

6. Olmalarni kichik bo'lakchalarga kesish. FAMILS-2 kesish mashinasida pichoqlar yordamida olmalar mayda bo'lakchali shakllarda 3-4 mm qalinlikda kesiladi va transportyor orqali blanshirlash mashinasiga yuboriladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

8. Kesilgan olmalarni blanshirlash. Blanshirlash mashinasida 70-80o C da olmalar bug' ta'sirida blanshirovka qilinadi, so'ngra shnekli taqsimlagich orqali qiya transportyorga 8-15 mm qalinlikda yoyib beriladi.

9. Olmalarni quritish. Yoyilgan olma bo'lakchalari transportyor bilan konvektiv quritish kameralariga kirib ketadi. Transportyor issiqqa chidamli polimerli setkadan iborat bo'lib, havo almashnuvi ta'minlanadi. Quritish qurilmasi 24-ta quritish kamerasidan iborat. Har bir kamera uzunligi 2-metrni tashkil qiladi, jami 48-metr uzunlikdagi quritish kameralaridan quritiladigan olmalar transportyorda xarakatlanadi. Bunda quritish kameralaralarning boshlanaishida 130o C va ohirida 40o C haroratda issiq havo ta'minlanadi, namlangan havoni chiqarib yuborish uchun quritish kameralari vitlyatorlar bilan ta'minlanagan.

Har bir to'rta quritish kameralari orasida ochiq joy bo'lib, u yerda transportyorlar qiya joylashtirilgan va shnekli aralashtirgich- taqsimlagich bilan ta'minlanagan. Ya'ni quritilayotgan olma bo'laklari aralashadi va bir tekisda transportyorga taqsimlanadi bunda olmalarni kuyib ketishi sodir bo'lmaydi va bir tekisda quriydi (taklif qilingan yangilik).

10. Quritilgan olmalarni qabul qilish bunkerida sovitish. Quritish qurilmasi ohirida quritilgan olmalarni qabul qilish bunkeri joylashtrilgan va pol qismi po'lat simli setkadan iborat. Bunkerda olmalar 30-40 daqiqa davomida aktiv shamolatish usulida sovitiladi.

11. Qurtilgan olmalarni qoplash va omborga tashish. Quritilgan tayyor mahsulotlar transportyor orqali fotoseparatorga yuboriladi va sortlarga ajratiladi so'ngra qoplarga joylash jihozlariga yuboriladi va 12-15 kg vaznda qoplarga qoplanadi.

Quritilgan olma mahsulotining mineral moddalar tarkibi

Mahsulot Minerallar tarkibi, mg/100g.

Natriy Kaliy Kaltsiy Magniy Fosfor Temir

Quritilgan olma 59 987 105 56 294 3

Tayyor mahsulotning vitaminlar tarkibi va energetik qiymati

Mahsulot Vitaminlar, mg/ 100 g. Energetik qiymati

Karotin B1 B2 PP C kkal kJ

Quritilgan olma 40 0,12 0,30 2,6 10 275 1151

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Mevalar o'ta quritilib yuborilsa, mahsulot sifatsiz bo'lib, kamayib ketadi. yetarli darajada quritilmagan mevalar esa saqlashga yaramaydib tez buzilib qoladi.

Yaxshi qurimagan mevani uzoq saqlab bo'lmaydi, chunki tezda mog'orlaydi, chiriydi, bu uning iste'mollik qiymati pasayishiga sabab bo'ladi. Juda qurib ketgan mevalarning rangi xiralashadi, mazasi buziladi, vitaminlari kamayadi. Namligi bir xil bo'lishi uchun quritilgan mahsulot omborga 10-12 kun qo'yiladi. Bu muddat o'tgandan keyin quruq mevalar sifati bo'yicha navlarga ajratiladi, turli aralashmalardan tozalanadi va zararkunandalardan saqlash maqsadida idishlarga joylanadi.

Olmani quritishga mo'ljallangan navlarini quritishimizda asosan, quritish texnologiyasi bilan bir qatorda quritish jarayonida ehtiyot choralarini ham qo'llashimiz zarur. Bundan maqsad, sifatli quruq mahsulot olish hamda olingan quruq mahsulotni nes-nobud qilmasdan aholi iste'moli uchun yil davomida yetkazib berishdir. Ho'l mevalarni quritish bu qadim-qadimdan bizgacha yetib kelgan texnologik usullar yordamida amalga oshiriladi. Hozirda zamonaviy texnologiyalar asosida quritish usullari ham jadal rivojlanmoqda. Quritilgan olmani saqlashda saqlash tartib qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Ushbu maqola quritishbop olma navlarini terish, tashish, navlarga ajratish, inspektsiyalash, yuvish, ishqor eritmasiga botirib olish (blanshirlash) paytida ehtiyot choralarini qo'llash, namini baravarlash, quritish hamda quruq mahsulotni saqlash haqida.

1. SHoumarov X.B., Islamov S.YA. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. - Toshkent, 2011.

2. R.Oripov, I.Sulaymonov, E.Umurzaqov "Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi". Toshkent, "Mehnat", 1991.

3. M.M.Mirzaev, V.V.Kuznetsov "Pomologiya Uzbekistana" Uzbekistan, 1983.

4. X.Bo'riyev, R.Rizaev. "Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi". Toshkent, 1966.

5. X. Bo'riyev, R. Jo'raev, O. Alimov "Meva sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish" Toshkent, 2002.

6. SHirokov ye.P. Praktikum po xraneniyu i pererabotki plodov i ovoщey. - M.: Kolos,

7. R.J.Jo'raev, M.M.Adilov "Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologisi". Toshkent, 1999.

8. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O'zbekiston mevachiligi. T., "O'qituvchi", 1981.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1989.

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

9. Ostonaqulov T.E., Narziyeva X. va B.G'ulomov "Mevachilik asoslari" Toshkent,

10. J.Ermakova, X. Daminov, G. Madumarova "Procedure for drying peaches and storage of dried product The American journal of agriculture and biomedical engineering" Volume 3, Issue 05, 2021

11. Azizov A.SH., YUsupov N.SH., Soliyeva M., Ermakova J.M. "Study of methods for identification and storage of morphological features of grapes grown in the conditions of Fergana region" Impact Factor 5.312 The American journal of agriculture and biomedical engineering Volume 02, 2020

12. Alisher, V., Komiljonovna K. H., Botirovna, S. M., & Yulbarsovna, D. S. (2020). BAMIYA-SHIFOBAXSH O'SIMLIK VA UNI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 3479-3482.

2011.

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.