Научная статья на тему 'QOVUN MEVASINI SAQLASHNING XALQ XOʻJALIGIDAGI AHAMYATI'

QOVUN MEVASINI SAQLASHNING XALQ XOʻJALIGIDAGI AHAMYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
201
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Qovun / quruq modda / vitaminlar / pektin / pavidlo / qovun asali / qoqi / quritish / osib saqlash / qovun navlari / toʻrxalta / toʻr stellajlar / qovgʻa / djem

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sharipov.S.Ya, Abdullayev.D.D, Shukurova.S.A

Ushbu maqolada qovun mevasini saqlashning turli usullari yaʼni muzlatish, murabbo, quritish hamda osib qoʻyib saqlash usullari, qovun mevasining shifobaxsh xususiyatlari, uni tarkibidagi makro va mikro elementlarni inson organizmiga qanday taʼsir qilishi, va saqlanuvchanligi yuqori boʻlgan qovun navlari va xalq xoʻjaligidagi ahamyati haqida toʻliq va batafsil maʼlumotlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOVUN MEVASINI SAQLASHNING XALQ XOʻJALIGIDAGI AHAMYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

QOVUN MEVASINI SAQLASHNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMYATI 1Sharipov.S.Ya, 2Abdullayev.D.D, 3Shukurova.S.A

1ToshDAU, Dotsent 2'3ToshDAU, Magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.8013493

AnatatsiyaUshbu maqolada qovun mevasini saqlashning turli usullari ya'ni muzlatish, murabbo, quritish hamda osib qo'yib saqlash usullari, qovun mevasining shifobaxsh xususiyatlari, uni tarkibidagi makro va mikro elementlarni inson organizmiga qanday ta'sir qilishi, va saqlanuvchanligi yuqori bo'lgan qovun navlari va xalq xo jaligidagi ahamyati haqida to'liq va batafsil ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Qovun, quruq modda, vitaminlar, pektin, pavidlo, qovun asali, qoqi, quritish, osib saqlash, qovun navlari, to'rxalta, to'r stellajlar, qovg'a, djem.

Kirish. Axolining oziq-ovqat iste'moli ratsionida poliz mahsulotlarining alohida o'rin tutadi. Ayniqsa qovun va tarvuz o'zining shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari poliz ekinlari oziq-ovqatlik axamyati-mahsulotning sershiraligi bilan belgilanadi [2]. Joriy yilning 17-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qishloq xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmonni imzoladi. Bunda, Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil bo'lmoqda.

Shu munosabat bilan so'nggi yillarda qishloq xo'jaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi, paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlarining davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada ko'paytirish hisobiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilmoqda, natijada oxirgi yillarda paxta-to'qimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi uchun ajratilgan qishloq xo'jaligi yerlarining 52 foizini tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasida qovunning 500 dan ziyod navlari mavjud bo'lib, shulardan asosan 160 dan ziyodroq navlar ekib kelinmoqda. Mamlakatimizda ekilayotgan barcha qovon navlari bir-biridan tashqi ko'rinishi, rangi, xidi, saqlanuvchanligi, katta-kichikligi, ta'mi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Qovun - qovoqdoshlar oilasi, bodring turkumiga mansub bir yillik o't o'simliklar turi; poliz ekini. Ildizi o'qildiz, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi. Palagi ingichka, yotib o'sadi. Barglari uzun bandli, palakda ketma-ket joylashgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasining shakli turli (yumaloq, ovalsimon, cho'zinchoq). Vazni 200 g dan 16-25 kg gacha. Po'sti qalin (1,5-2 sm), o'rtacha (1 -1,5 sm), yupqa (0,5 - 1,4 sm), eti yumshoq, sersuv, sershira, qumoq, ba'zilariniki tolali, rangi oq, qizil, sarg'ish, yashilroq. Urug'i oq, och sariq va sariq. Mevasi tarkibida 8-20% quruq modda, 18% qand (saxaroza), 0,1-0,7 kletchatka, folat kislota, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va boshqa mikroelementlar bor. [2,10]

Qovun shifobaxshligi bilan inson salomatligini ta'minlashda muxim ahamyat kasb etadi. U juda serqand (14-18 foiz) bo'lib, tarkibida S, A1, B2, PP vitaminlari hamda turli xil makroelement va mikroelementlarga boy bo'lib, unda temir tuzlari ham mavjud.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Qovun mevasi davolash vosetasi sifatida qadimdan mashxur. Zamonaviy tibbiyotda qovun urug'ining suti, shuningdek qovun urug'ining o'zi va chala yetilgan shirasi gijja haydovchi voseta hisoblanadi. Undan o'z vaqtida Ibn Sino ham ko'p foydalangan. Meva etini bod, o'pka sili, podagra kasalliklarini davolashda ishlatishga tavsiya etgan. Qovun qabziyat hollarda va bavosil kasalligida surgi hamda yo'tal va yallig'lanishga qarshi, siydik haydovchi, organizmdan gijjalarni tushiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Qovunni yumshoq eti hamda uning shirasi chanqoqni yaxshi qondiradi va nerv (asab)ni tinchlantiradi.

Qovun mevasi tarkibida organizm uchun zarur organik moddalar ( qand-saxaroza, fruktoza, glukoza, kletchatka, gemetsellyuloza, kraxmal, pektin moddalar, olma kislata, limon kislata, shovul kislata, karotin) va meneral moddalar ( magniy, fosfor, oltingugurt, xlor, marganes, temir, mis, ftor, rux va boshqalar) hamda S, Ye, V1, V2, V6, V15 kabi vitaminlar bo'ladi. Sanoatda qovun mevasidan murabbo, pavidlo, marmelat, qovun asali, djem, qovun qoqi tayyorlash hamda moy olishda keng foydalaniladi. [5,7].

Qovunni qishga saqlab qo'yish: Agarda siz qishda ham qovundan iste'mol qilishni xohlasangiz, unda bizlarning maslahatlar sizga qo'l keladi.

Muzlatish. qovunni bo'laklarga bo'lib, muzlatib oling, so'ng bitta paketga solib, muzxonaga solib qo'ying.

Murabbo. Albatta bunda qovunning foydali xususiyatlari yo'qoladi, ammo uning mazali ta'midan bahramand bo'lish mumkin. 50 millilitr suv, 1 ta limon sharbati va 700 gramm shakar solib, qiyom qaynatib oling. So'ng qiyomga qovunni mayda to'g'rab soling va qaynating, qaynatib bo'lgandan so'ng gazni o'chirib, 10 soatga qoldiring. Shu jarayonni ikki marotaba qaytaring va sterillangan bankalarga solib yoping [13].

V A

1-rasm. Qovundan tayyoralangan murabbo.

Quritish. Qovunni ob-havo sharoiti va qovun tilimlarining qalinligiga ko'ra, quritish 612 kunga boradi. Tayyorlash usuli: qovun o'rtasidan teng ikkiga ajratilib, urug'i olinadi. Pallalar eni 3-4 sm qilib tilimlanadi, pichoq bilan po'stidan ajratiladi va o'rtasi oxirigacha kesilmay bir juft qilib osib qo'yiladi. Shirasi o'rtacha navlardan 4,5-5,5, juda shirin navlardan 7,5-10,1% (o'rtacha 7%) qoqi tushadi. Asosan, qish va bahor fasllarida iste'mol qilinadi.

1-jadval

Qovun haqida umumiy ma'lumotlar

№ Qovun tarkibidagi moddalar miqdori Namligi 1t qovun qoqi tayyorlash uchun ketadigan qovun miqdori

1 Qand miqdori Quruq modda S vitamini 20 % 11,7- 15,2 t

2 38-75,7%, 76-91%, 15,4-83,7

1110

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

| | mg% | ~

Osib saqlash. Qovunni osib qo'yib, stellajlar va yashik yoki konteynerlarga joylab saqlanadi. Qovun meva bandi pastga qarab turadigan xolda qovg'a bog'lamlarga bog'lab yoki paxta ipdan to'qilgan to'rxaltalarga tik qilib joylab osib qo'yiladi. Qovg'a - daryo, ko'l va botqoqlarning bo'ylarida o'sadigan qamishdir. Uni o'rib olib, so'litib ko'yiladi. Ishlatish oldidan qaynoq suv bilan part qilinib, ajratiladi. Har bir dona qovunni uzunasiga va ko'ndalangiga qarab bog'lab chiqiladida, qovg'aning erkin uchlari arqoncha qilib o'rib qo'yiladi. [2]

2-rasm. Qovunni osib saqlash.

Qovun saqlanadigan to'rxaltalarni tayyorlash uchun ip yigirish korxonalarining chiqindilaridan foydalaniladi. Har bir to'rxalta kamida besh yil xizmat qiladi. Qovunni stellajlarda uzoq muddat saqlash uchun mevalar poxol, payraxa, qovg'adan diametri 18-20 sm va balandligi 6-8 sm qilib yasaladigan chambaraklarga meva bandini pastga qaratib, tik holda terib chiqiladi, chambaraklarni bir necha yil davomida ishlatish mumkin. Qovun ba'zan chambaraklarga emas, balki to'kib qo'yilgan don yoki qum ustiga tik qilib terilgan holda ham saqlanadi.

Qovunni uzoq muddat saqlashga oid horijiy tajribalardan Turkmanistonda qo'llaniladigan usul diqqatga sazovordir, bunda qovun qattiq tortilgan yirik ko'zli to'r stellajlarda qovg'a chambaraklari ustiga terib qo'yib saqlanadi.

Saqlashga yaroqli qovun navlari - qirqma, ananas, kassaba, arqoniy, oltin, tarpedo, baytqo'rg'oniy, ko'ktiva, olahamma, qo'ybosh-476, olapo'choq, qoraqand, umrboqiy, qorapo'choq, to'yona. Ushbu qovun navlari o'zining uzoq joylarga tashishga yaroqliligi hamda saqlanuvchanligi bilan boshqa qovun navlaridan ajralib turadi. Xulosa.

Qovun muzlatgichda va yerto'lalarda saqlanadi. Ammo uni uzoq vaqt saqlab qolish uchun siz ma'lum ko'nikmalarni bilishingiz kerak. Oddiy qoidalarga rioya qilgan holda, xushbo'y mevalar qish davomida stolda xizmat qilishi mumkin, shu bilan birga u ta'mi va xushbo'yligini yo'qotmaydi.

REFERENCES

1. X.CH. Buriyev, A.Ya.Nishonova "Polizchilik" Toshkent. 2020-yil.

2. A.Rasulov "Sabzavot, poliz va kartoshka maxsulotlarini saqlash". Toshkent 2019-yil

3. V.I.Zuyev, O.Qodirxo'jyev, M.M.Adilov, U.I.Akramov "Sabzovotchilik va polizchilik". Toshkent. 2017-yil.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

4. D.Y.Yormatova, M. Y. Ibrohimov, D. S. Yormatova "Meva-sabzavotchilik". Toshkent. 2009-yil.

5. T.E.Ostanaqulov, V.I.Zuyev, O.Q.Qodirxo'jayev. "Sabzavotchilik". Toshkent 2009-yil

6. D.Y.Yormatova, M.Y.Ibrohimov, D.S.Yormatova. "Meva-sabzavotchilik". Toshkent 2008-

yil

7. R.Mavlyonova, A.Rustamov, R.Khakimova, M.Turdiyeva "O'zbekiston qovunlari" Toshkent 2005-yil

8. samdu.uz

9. Vikipediya.org

10. Agro.uz

11. Qomus.info

12. Zamin.uz

13. Zira.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.