Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ MAQOLLARDAN FOYDALANISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ MAQOLLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Matkarimova Shaxoza Maxamadjonova, G‘Ofurova Robiyaxon Muhammadjon Qizi

Maqol xalq og‘zaki badiiy ijodining keng tarqalgan janrlaridan biridir. Maqollar asosan hayotiy tajribalar asosida maydonga keladi. Asrlar bo‘yi og‘izdan-og‘izgadunyoqarashi, jamiyat va mehnatga munosabati, ota-onaga hurmat va Vatanga cheksiz sadoqat motivlari mujassamlashgan. Shuningdek, maqollarda xalq orzu-umidlari, insonparvarlik hislari ufurib turadi. Maqollar mavzu jihatidan boy, xilma-xil va rang-barangdir.Ularda ona -Vatanni sevish, do‘stlik, birodarlik, dushmanga nafrat, ahillik va birdamlik g‘oyalari, yaxshilik, halollik, to‘g‘rilik hamda rostgo‘ylik ulug‘lanadi, yomonlik, yolg‘onchilik va qalloblik esa qoralanadi:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ MAQOLLARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ MAQOLLARDAN FOYDALANISH 1Matkarimova Shaxoza Maxamadjonova, 2G'ofurova Robiyaxon Muhammadjon qizi

1FarDU tadqiqotchisi 2FarDU maktabgacha ta'lim yo'nalishi 21.40-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11045113

Maqol xalq og'zaki badiiy ijodining keng tarqalgan janrlaridan biridir. Maqollar asosan hayotiy tajribalar asosida maydonga keladi. Asrlar bo'yi og'izdan-og'izgadunyoqarashi, jamiyat va mehnatga munosabati, ota-onaga hurmat va Vatanga cheksiz sadoqat motivlari mujassamlashgan. Shuningdek, maqollarda xalq orzu-umidlari, insonparvarlik hislari ufurib turadi. Maqollar mavzu jihatidan boy, xilma-xil va rang-barangdir.Ularda ona -Vatanni sevish, do'stlik, birodarlik, dushmanga nafrat, ahillik va birdamlik g'oyalari, yaxshilik, halollik, to'g'rilik hamda rostgo'ylik ulug'lanadi, yomonlik, yolg'onchilik va qalloblik esa qoralanadi: Maktabgacha ta'lim muassasalarida mashg'ulotlarda maqollardan foydalanish bolalarning nutq malakasini shakllantirishi, ularda hayotiy tushunchalarning boyitishi, eng asosiysi, har bir maqol mazmunidagi insoniy fazilatlar; vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ota-onaga hurmat, kichiklarga izzat, do'stlik va uni qadriga yetish, kamtarinlik, rostgo'ylik, halollikka o'rgatish va aksincha, yomon illatlardan holi bo'lishga da'vat etilishi masalalari o'z aksini topgan. Jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida nutqiy vazifalarni hal etish uchun u yerda turli shartsharoit yaratish muhim zamin hisoblanadi. Bunday sharoit bolalarda gapirish, atrofdagilarni nomlash, nutqiy muomalaga kirishish istagini tug'dirishi kerak. Bola nutqini to'g'ri shakllantirishning umumiy vazifalarini aniqlashtirar ekanmiz, uning tarkibiy qismlariga to'xtalishga to'g'ri keladi. O'zaro aloqadorlikdagi bunday vazifalarni shartli ravishda yettitaga ajratish mumkin. Ular til va nutqning asosiy komponentlariga muvofiq keladi.

1. Lug'atni o'stirish. Maktabgacha yoshdagi bolalar tilning asosiy lug'at fondidan so'z o'zlashtiradi. Ularni tanlash atrofdagilarning lug'ati, bolaning atrof hayotni mo'ljal olishi va boshqalar bilan bog'liq bo'ladi. Maktabgacha ta'lim muassasida lug'at ustida ishlash dasturi mavjud. U tarbiyachiga bolalarni so'z tanlashga o'rgatish uchun mo'ljal olishga yordam beradi. Tarbiyachi, avvalo, bolaning atrofdagilar bilan normal muomalada bo'lishi uchun muvofiq so'zlarni tanlaydi. Bunday so'zlarni bolaning o'z holicha tanlashi qiyin tartibsiz ravishda, sekinlik bilan, qiyinchilik va xatolar bilan o'zlashtiradi. Tarbiyachi maxsus usullarda yo'nalish beradi. Natijada u bola zarur so'zlarning ma'nosini bilib va tushunibgina qolmasdan, balki ularni o'z nutqida faol qo'llay olishiga, bolalarda so'zga qiziqish va e'tibor oshishiga ham erishadi. "Nega shunday deyiladi?", "Shunday deyish mumkinmi?", "Shunday qilib yaxshiroq, aniqroq aytish kerak?" kabi usullar shular jumlasidandir. Og'zaki nutq madaniyatiga o'rgatib, tarbiyalay borib, bolalarni qo'pol iboralar va oddiy so'zlashuvdagi so'zlardan qochish, ularni adabiy tildagi muqobillari bilan almashtirishga o'rgatadi. Lug'at ishi bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirishga bog'liq ravishda amalga oshiriladi. Qaysi bir narsa va hodisani bildiruvchi so'zlar to'g'risidagi xabar o'sha ob'ektlar bilan tanishtiruvchi umumiy o'quv-tarbiyaviy jarayonda beriladi.

2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Lug'at til uchun qurilish materiali hisoblanadi. Grammatika so'zlarning o'zgarishi va ularning gapda ko'shilish yo'llarining me'yorlarini o'rgatadi. Byndan tashqari, tilning konstruktiv modellarini (so'z yasash, so'z o'zgartirish) belgilaydi.

Bola atrofdagilardan grammatik shakllangan nutq eshitadi. Eshitganlarini fikr qilib, grammatik qurilishni o'zlashtiradi, til modelini anglaydi. Tarbiyachi bolalar bilan xilma-xil nutqiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

amaliyotlar tashkil etadi. Til o'rgatish tizimiga turli mashqlar kiritadi. Bu mashqlar bolalar e'tiborini ancha murakkab, shu bilan birga, ular uchun zarur jumla yoki birikma, ibora tuzilishlariga tortadi. Shuningdek, bu mashqlar ular nutqida ona tilining morfologiyasi va sintaksisiga oid ma'lum qoidalarni mustahkamlaydi. ("Biz orzuga erishsak ... "-nutqda istak maylini qo'llash mashqi. "Karim Ahmadning kitobini so'radi " - bosh va qaratqich kelishiklaridagi otlarni qo'llash mashqi. "Men boshlayman, sen esa tugalla"- soda yoyiq gaplarni, bog'lovchisiz qo'shma gaplarni qo'llash mashqi va boshqalar.) Tarbiyachi bolalarni ular uchun yangi bo'lgan grammatik shakllar bilan tanishtiradi, ancha qiyin shakllarni to'g'ri qo'llash ko'nikmalarini mustahkamlaydi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng avvalo, tilning tovush qurilishini, tovushni to'g'ri talaffuz qilish ko'nikmasini egallashi kerak. Nutqning tovush tomoni ustidagi ish o'zbek tili fonetikasi va orfoepiyasi ma'lumotlariga asoslanadi. Bola taqlid qilib va odatlana borib, kattalarning ta'sirida so'zlarda tovush tizimini, ona tilining intonatsion (ohang) qurilishi, so'zlarning talaffuzini mo'ljalli ravishda o'zlashtirib oladi. Bolaning nutqiy muomala chog'ida fe'l-atvor madaniyatiga o'rgatish ham muhimdir. U so'zlaganda, samimiy ohang, so'zlovchiga diqqat bilan qarash, yangi jamoada o'zini tuta bilish va boshqalarga odatlanishi kerak. Nutqning eng muhim xususiyati uning ifodaliligidir. Bolalarda bu fazilatni tarbiyalash ularning ertangi kuni uchun zarurdir. Chunki bunday bolalar ulg'ayib, ko'pchilik oldida so'zlashda chechan bo'ladilar, notiqlikda o'zini ko'rsata oladilar. Shuning uchun bolalarda tabiiy ifodali nutqni tarbiyalash lozim. Ularning nutqi ifodalarga boy, so'zlashganda ko'zlari charaqlab, yuzlarida va harakatlarida fikri va his-hayajonlari aks etib tursin. Maktabgacha yosh ana shunday odat va ko'nikmalarni hosil qilishga eng qulay davrdir.

4. So'zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish. Bolalarda o'zlariga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, suhbatni qo'llab-quvvatlash, savolga javob berish va so'rash ko'nikmalarini hosil qilish lozim. Bog'lanishli so'zlashuv nutqining darajasi bolaning lug'at boyligi va tilning grammatik kurilishini qay darajada egallaganligi bilan bog'liqdir. So'zlashuv nutqi suhbatdosh bilan muomala sifatida suhbat chog'ida o'zni tuta bilish, odobli bo'lish, madaniyat saqlash kabilarni ham taqazo etadi. Tarbiyachi bolalar suhbatining mazmundor bo'lishiga ta'sir ko'rsatadi, bir-birlaridan yangiliklarni bilib olish xohishlarini rag'batlantiradi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarga, agar ular kattalardan mehnatlari, dam olishlari va boshkalarni so'rasalar, ko'p narsalarni bilib olishlari mumkinligini ham aytib qo'yishi kerak.

5. Hikoya qilishga (monologik nutqqa) o'rgatish. Monologik nutqni egallash mustahkamlanadi. Bog'lanishli nutq tafakkurning, uning turli xususiyatlarining shakllanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, hikoya bolaning so'z boyligini hosil kilishiga, jumla tuza olishiga, mazmunni kompozitsiyaga sola olishiga yordam beradi. Bunda bolada ko'rgazmali bo'lmagan har qanday og'zaki hikoyani tinglay olish, ularni tushunish, so'ng esa tinglaganlariga taqlid qilish, ya'ni o'ziga ham qayta hikoya qilish ko'nikmalari hosil bo'ladi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga o'zlari ham oddiy hikoyalar tuzish o'rgatiladi. Ularning mazmunida ham, shaklida ham bolaning mustaqilligi va ijodiy faolligi ifoda topishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasida shoshilmasdan, o'z fikrini o'ylab, tinglovchilarga murojaat qilib hikoya qilish ko'nikmalari tarbiyalanadi. Shuningdek, notanish davrada, masalan, bayramlarda, kattalar ishtirokida, boshqa guruhlarda so'zlashga ham odatlantiriladi. Bu esa nutkning takomillashuviga yordam beradi, topqirlikni, jamoada o'zini tuta bilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

6.Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Maktabgacha ta'lim muassasasidagi tarbiyalanuvchilar bolalar adabiyotining eng yaxshi asarlari bilan tanishtiriladi. Tarbiyachi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

bolalarda ayrim oddiy ko'nikmalarni tarbiyalaydi. Bular badiiy asarni tinglash va tushunish, uning qahramonlari to'g'risida mulohaza bildirish kabilardan iboratdir. Bolalar ayrim mazmunan sodda va oson she'rlarni eslab kolishlari, ifodali o'qishlari, yod aytishlari lozim. Bu vazifalarning barchasi bolada axloqiy qiyofa va estetik tuyg'ularni tarbiyalash bilan chambarchas bog'liq. Tarbiyachi har bir bolada suratlarni tomosha qilish va o'qishga qiziqish uyg'otishi, kitob bilan to'g'ri muomala qilishga, o'z bilimlarini o'rtoqlari bilan baham ko'rishga o'rgatishi kerak. Shunga erishish kerakki, bog'chada badiiy so'z bolalarning doimiy hamrohiga aylansin. U kundalik so'zlashuv nutqida yangrab tursin, tantanali, bayramona kayfiyat baxsh etsin, inssenirovkalar, dramalashtirilgan o'yinlar, kinofilmlar orqali jonlanib, bolalar bo'sh vaqtini to'ldirib tursin.

7.Bolalarni savodxonlik ta'limiga tayyorlash. Maktabgacha ta'lim muassasida bolalar nutqini o'stirish bo'yicha butun pedagogik ish ularni maktabda o'qishga boshqalarni tinglash, ularning suhbatiga aralashib, fikr va munosabat bildirish, zarur bo'lganda, o'rtog'ining javobini to'lg'azish yoki tuzatish ko'nikmalari darkordir. Nutq bolalarga tahlil predmet bo'lib qoladi. Bu esa ularga kata qiyinchilik bo'lib tuyuladi. Maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun quyidagi sifatlar muhim ahamiyat kasb etadi: pedagog tomonidai aytilganlarni tinglay olish, o'z fikrini yoyiq sodda gaplarda, uncha katta bo'lmagan bog'lanishli hikoyalarda, aniq, ochiq-oydin, grammatik jihatdan turli ifodalay olish. Bu ko'nikmalar bolalarda, asosan, yuqori va tayyorlov guruhlarida maqsadli-mo'ljalli yo'nalishda hosil qilinadi. Shu bilan birga, olti yoshli bolalarga savod o'rgatish ishlari ham olib boriladi. Bolalar nutqning tovush tahlili bilan shug'ullanadilar, uch so'zdan gap tuzadilar va boshqalar. Shunday qilib, biz bolalar nutqini o'stirishning yettita asosiy vazifasini ajratamiz. Bu vazifalarning ko'pchiligi maktabgacha ta'lim muassasining barcha yosh guruhlarida hal etiladi. Faqat ularning aniq mazmuni hap xil bo'ladi. Chunki u bolalarning yosh imkoniyatlariga bog'liqdir. Ko'rsatilgan vazifalarning har biri ham ta'limiy, ham tarbiyaviy jihatga ega. Nutq o'stirish jarayonida shaxsning aqliy sifatlari shakllanadi, axloqiy, estetik tarbiyaning muhim vazifalari hal etiladi.

REFERENCES

1. Yuldasheva Dilafruz Maxamadaliyevna, Bekmagambetova Roza Karpikovna, Matkarimova Shaxnoza Maxamadjonova. Bolalar poetik matnlarini pedagogik dizayn vositasida o'rgatish. FarDU. Ilmiy xabarlar- Научный вестник. ФерГУ. DOI: 10.56292/SJFSU/vol29_iss1/a4

2. Yuldasheva , D., Ermatova , M., & Abdumalikova , N. (2024). Jahon tilshunosligida matn tadqiqi haqida. Farg'ona Davlat Universiteti, 30(1), 75. Retrieved from https://iournal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/3560

3. D.M.Yuldasheva.Professor A.Mamajonov-uslubshunos olim Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 8| 2023

4. D.M.Yuldasheva. Muallif nutqi agnonimlari(Siddiq Mo'min ijodida misolida). Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 volume 2 | special issue 8| 2023

5. Yuldasheva, D., & Abdug'aniyeva, D. . (2023). BOLALAR NUTQIDAGI LINGVISTIK XUSUSIYATLAR NAZARIYASI. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 1(4), 5254. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/12199

6. Yuldasheva D.M. Pedagogisal Features Of Mental Development Of Presshool Shildren. Solid State Teshnalogy.Volume: 63 Issue:6 Publisation Year:2020. 14221-14225

7. Yuldasheva D.M.Anthropotsentris Approash To Shildren'S Speesh Study. Sestion 2: Linguistiss Theory,Applied Linguistiss. Sollestion Of Materials Of The International Online Sonferense.Www.Researsh-Support-Senter.Som 2020.92-95

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

8. Yuldasheva D.M. The Methods Of Speesh Development Of Presshool Shildren. Epra Internashinal Jurnal Of Multidissiplinary Researsh(Ijmr). Impast Fastor: 7.6.11.November.

9. Юлдашева Д.М. Использование зоонимов в колыбельной песне-«алла», как аспект этнолингвистики. cyberleninka.ru

10. ДМ Юлдашева, Д Аскарова, М Зох,идова. Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences 2

11. D Yuldasheva. Anthropotcentric approach to children's speech study. Конференции.

12. Ю.Д Махамадалиевна. Использование зоонимов в колыбельной песне-«алла», как аспект этнолингвистики. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. 12 (Ulricas ...

13. YD Maxamadalievna, M Matmusaeva. On Lingvofolcloristic Units. International Journal of Culture and Modernity 11, 169-171

14. YD Maxamadalievna, MX Madaminovna. Gnoseological Substantiation of Cognitive Development Children. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology 2 (4), 7-11

15. YD Maxamadalievna. USE OF PRESIDENTIAL NAMES IN UZBEK CHILDREN'S TEXTS. Gospodarka i Innowacje. 22, 68-70

16. D Yuldasheva, S Umarova . MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA O 'YINLAR TEXNOLOGIYASI. Scientific progress 3 (2), 746-751

17. ДМ Юлдашева. Синтактик такрорларнинг бадиий-эстетик имкониятлари. Международный журнал/ Искусство слова

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.