Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSION YONDASHUV'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSION YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / yoshlar / bola / bilim / ko‘nikma / rivojlanish / xarita / kasbiy / tarbiyachi / maktabgacha / yosh / mehnat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azimova Saodat Sherboyevna, Otamurodova Nigora Nabiyevna

Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni mehnatga asta-sekin qiziqtirish, ularning kasbiy mehnatga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otish, mehnat faoliyatining boshlang‘ich ko‘nikmalarini o‘rgatish va mehnatsevarlikni rivojlantirish kerak. Tarbiyalanuvchilarni kattalar bilan birgalikda ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilgan holda kasbiy mehnatning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetishlariga yordam berishi kerakligi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSION YONDASHUV»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSION

YONDASHUV

1Azimova Saodat Sherboyevna, 2Otamurodova Nigora Nabiyevna

1G'uzor tuman 2-IMTT uslubchisi 2G'uzor tuman 2-IMTT defektologi https://doi.org/10.5281/zenodo.11082407

Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni mehnatga asta-sekin qiziqtirish, ularning kasbiy mehnatga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otish, mehnat faoliyatining boshlang'ich ko'nikmalarini o 'rgatish va mehnatsevarlikni rivojlantirish kerak. Tarbiyalanuvchilarni kattalar bilan birgalikda ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilgan holda kasbiy mehnatning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetishlariga yordam berishi kerakligi keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, yoshlar, bola, bilim, ko'nikma, rivojlanish, xarita, kasbiy, tarbiyachi, maktabgacha, yosh, mehnat

Abstract. In this article, it is necessary to gradually interest preschoolers in work, to arouse their passion for professional work, to teach the basic skills of work and to develop diligence. It is stated that it is necessary to help the students to understand the social importance of professional work by involving them in socially useful work together with adults.

Keywords: Education, youth, child, knowledge, skills, development, map, professional, educator, preschool, age, work

Аннотация. В данной статье необходимо постепенно заинтересовывать дошкольников к труду, вызывать у них страсть к профессиональной деятельности, обучать основным навыкам труда и развивать трудолюбие. Утверждается, что необходимо помочь учащимся понять социальную значимость профессиональной деятельности, вовлекая их в общественно-полезный труд вместе со взрослыми.

Ключевые слова: Образование, молодежь, ребенок, знания, умения, развитие, карта, профессионал, педагог, дошкольное учреждение, возраст, работа

Respublikamiz maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilishda, shiddat bilan o'zgarayotgan davr talablariga tayangan holda boshqaruv xodimlarining ehtiyojlariga e'tibor qaratish va ularning yuqori malakali boshqaruvchi sifatida kasbiy kompetentliligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmonida tasdiqlangan "O'zbekiston — 2030 strategiyasi"da har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish, ta'lim tizimi islohotlari doirasida maktabgacha ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to'liq qamrovini ta'minlash maqsad qilib belgilangan. Bolalarni maktabgacha ta'lim va tayyorlov guruhlari bilan to'liq qamrab olish, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini yuz foiz kompyuter sinfi bilan ta'minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang'ich kompyuter savodxonligi ko'nikmalarini shakllantirish, yuz foiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta'minlash esa mazkur maqsad va vazifalarning samaradorlik ko'rastkichlari sifatida belgilangan .

Eng avvalo, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligi, zamonaviy talablarga javob beradigan bilim va ko'nikmalarni shakllantirish ko'p jihatdan barcha maktablarimizda zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, barkamol avlodni tarbiyalashda oila,

mahalla va maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamkorligi konsepsiyasining maqsad va vazifalarini amaliyotga joriy etilishiga bog'liq. Shu bilan birga, o'tgan davr mobaynida kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladigan bir qator jiddiy muammolar yuzaga keldi. Jumladan, pedagogik kollabratsiyaning metod, vositalari va texnologiyalari ilmiy-metodik jihatdan asoslanmagan. Bu pedagogik amaliyotda ham o'z ta'sirini ko'rsatib, tarbiyalanuvchilarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida o'zining salbiy jihatini ko'rsatmoqda.

Maktabgacha ta'lim tizimida savodxonlikka o'rgatish metodikasi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, maktabga tayyorlov guruhda savodxonlikka o'rgatishda sodda va murakkab gaplarni nutqida qo'llash, so'zdagi tovushni ornini bilish, tovushlarni farqlash, so'zlarni bo'g'inga bo'lish, harflarni tanish, harflarga tegishli so'zlarni topish, bo'g'in o'qish, bo'g'inli kartochkalar yordamida bo'g'inlardan sozlar tuzish, so'z, tovush, bo'g'in, gap haqida tushunchaga ega, peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o'qiy olish ko'nikmalarini shakllantirishdan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda ta'lim-tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan uyg'unligini ta'minlash prinsipiga qat'iy amal qilish kerak. Bola rivojiga individual yondashuv, shaxsiyatini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, his-tuyg'ularini e'tiborga olish zarur. Shu asosda tarbiyachilarning tarbiyaviy ishlarining mazmuni, shakllari, vositalari va metodlarini o'zlashtirishlariga erishiladi. Tarbiyachilar bolalarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish metodlarini ham egallashlari lozim. Bularning barchasi tarbiyalanuvchilarda ma'naviy xislatlarni tarkib toptirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari bolalarda ijobiy xislatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda, ularning xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarini oldini olish, ularni bartaraf qilish tajribasiga ham ega bo'lishlari kerak. Ko'pincha maktabgacha ta'lim tashkilotiga yangi kelgan bolalarda tortinchoqlik, injiqlik, guruh hayotiga imoslashmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Bunday holatlarni bartaraf etish, bolalarni jamoa hayotiga moslashtirish, ularni muloqot vaziyatlariga olib kirish, ruhiy osoyishaliklarini ta'minlash pedagog-tarbiyachilarning muhim vazifalari sirasiga kiradi. Bolalar xarakteridagi salbiy jihatlarni bartaraf qilishga ko'maklashish, ularni to'g'rilik va haqgo'ylikka o'rgatish, irodasini mustahkamlash pedagog-tarbiyachilarning muhim vazifalaridandir.

Bunda tarbiyachilar jamoaviy ta'sir ko'rsatish metodidan foydalanishlari kerak. Tarbiyachilar bolalarni tevarak-atrofdagi voqelik bilan tanishtirish, ularni shu jarayonda ishtirok etishlari uchun tayyorlashi kerak.Bolalar oldiga aniq, o'rtacha murakkablikdagi vazifalar qo'yilgandagina, ularda tashabbuskorlik, qiziquvchanlik, faollik ko'rsatish istagi namoyon bo'ladi. Natijada bolada mas'uliyat hissi paydo bo'ladi, tarbiyachi tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga intiladi. Bolalarning o'z oldilariga qo'yilgan topshiriqlarni bajara olishlari ularning xulq-atvorlari tartibga solinishiga ko'maklashadi. Buning natijasida ularda xarakter, irodaviy xislatlar mustahkamlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston — 2030 strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.

2. B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti

3. Grosheva I.V., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/". Toshkent, 2022 y.

4. http://erus.uz/index.php/er/article/view/4237/5142

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.