Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOLTI TARBIYACHILARIDA MAXSUS KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH'

BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOLTI TARBIYACHILARIDA MAXSUS KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rayxan Nurjanova

Maktabgacha ta’limni sifat jihatdan takomillashtirish qaratilgan islohatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini mazmun jihatdan boyitishni nazarda tutadi. Chunki, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilayotgan sharoitlarda innovatsion faoliyat tashkil eta oladigan, o‘ziga va o‘z ishiga nisbatan mas’iliyatli, talabchan, maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan ota-onalar hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, o‘z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi, o‘z qobiliyati va imkoniyatlaridan foydalana oladigan, maxsus kasbiy kompetensiyalarni egallagan tarbiyachilarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOLTI TARBIYACHILARIDA MAXSUS KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOLTI TARBIYACHILARIDA MAXSUS KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH Rayxan Nurjanova

NDPI, p.f.n., dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10014978

Maktabgacha ta'limni sifat jihatdan takomillashtirish qaratilgan islohatlar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini mazmun jihatdan boyitishni nazarda tutadi. Chunki, bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yaratilayotgan sharoitlarda innovatsion faoliyat tashkil eta oladigan, o'ziga va o'z ishiga nisbatan mas'iliyatli, talabchan, maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan ota-onalar hamkorligini yo'lga qo'ya oladigan, o'z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, o'zini-o'zi rivojlantiruvchi, o'z qobiliyati va imkoniyatlaridan foydalana oladigan, maxsus kasbiy kompetensiyalarni egallagan tarbiyachilarga bo'lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda.

Maktabgacha ta'limni jarayonini sifat jihatdan yuqori bosqichga ko'tarishda bo'lajak maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilariga maxsus kasbiy kompetensiyalarni egallashlari uchun quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutiladi:

- pedagogik jarayonlarda bo'lajak tarbiyachilarni shaxslararo muloqotga tayyorlash;

- sub'ekt-sub'ekt munosabatlariga kirishish;

- maxsus kompetensiyaviy diagnostika;

- maktabgacha ta'limni boshqarishning innovatsion texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishga oid bilimlar bilan qurollantirish;

- ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirish;

- maktabgacha ta'lim sifatini ta'minlashga oid zamonaviy yondashuvlarni egallashlariga sharoit yaratish;

- maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi pedagogik jarayonni muntazam takomillashtirish metodlarini o'zlashtirishlarini ta'minlash kabilar.

Shu yo'l bilan nafaqat maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'nalishidagi muammolarni, balki bo'lajak pedagoglarni innovatsion usullarni o'zlashtirishlarini ham ta'minlash mumkin.

Maktabgacha ta'lim sohasidagi islohotlar mazkur jarayonni yangi sifat bosqichiga ko'tarish mexanizmlarini takomillashtirishni, ya'ni bu jarayonda an'anaviy uslublaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos keladigan, demokratik prinsiplarga asoslangan ta'lim berish tajribasini egallashni maqsadga muvofiqdir. Bu nafaqat pedagogik muammolar, balki maktabgacha ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish va kompetensiyaviy yondashuv asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish imkonini yaratadi.

Bo'lajak maktabgacha ta'lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatini rivojlantirish o'ziga xos tarzda tashkil etilgan pedagogik jarayon sharoitida amalga oshadi. Mazkur jarayon maktabgacha ta'lim sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimini isloh qilish va uni innovatsion usullar yordamida tashkil etishga ham ko'maklashadi.

Bo'lajak mutaxassislarga pedagogik mahoratga oid bilimlar va dastlabki tajribalar Oliy pedagogik ta'lim jarayonida taqdim etiladi. Mazkur bilimlarning asosini maktabgacha ta'lim haqidagi zamonaviy yondashuvlar va bilimlar tashkil etishi muhim sanaladi. Bo'lajak mutaxassislar, birinchi navbatda, ta'lim oluvchilarni rivojlantirishga qaratilgan tezkor yordam ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lishlari lozim. Bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

erishish ularning ruhiy, jismoniy salomatliklari, muloqot imkoniyatlarini bilish ularni ish faoliyatlariga oid muvaffaqiyatlari uchun ham asos bo'ladi. Maktabgacha ta'lim jarayonini innovatsion usullar yordamida tashkil etishga oid faoliyatning markazida tarbiyalanuvchilar shaxsiyatini rivojlantirish maqsadi turishi lozim. Bu esa bo'lajak tarbiyachilarni tayyorlash sifatini yanada oshirish lozimligini ko'rsatadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'quv-tarbiya jarayoni maqsadlarini aniqlash muayyan ichki va tashqi shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik muhit hamda real ta'lim jarayonini aniqlovchi Davlat talablari va metodik majmualar alohida ahamiyatga ega. Bular tashqi talablar bo'lib, maktabgacha ta'lim tashkilotining aniq va mavjud imkoniyatlari bilan mos keladi va ta'lim muassasasi vazifalarini belgilash uchun me'yoriy asos bo'lib xizmat qiladi. Biroq ular maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim jarayonining maqsadlarini to'liq oydinlashtirmaydi. Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy bilimlarini muntazam oshirishga erishish zaruriyati kuchaymoqda.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog xodimlar tayyorlashga yo'naltirilgan o'quv jarayonining tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, mazkur jarayonda talabalarga maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uchun zarur bo'lgan bilimlar va tushunchalar haqida etarlicha ma'lumot taqdim etimayapti. Maktabgacha ta'lim pedagogikasiga oid bilimlar uning amaliyoti bilan uzviy bog'lanishi lozim. Bu esa maktabgacha ta'lim samaradorligini ta'minlashga samarali ta'sir ko'rsatadi. Maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashga erishish uchun yuqori malakali pedagog-tarbiyachilar tayyorlashga alohida e'tibor qaratish lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'lajak pedagog-tarbiyachilari tayyorlashda quyidagi talablarni hisobga olishlari kerak:

- ta'lim tizimida mavjud ehtiyoj va muammolarning tahlili maqsad qo'yishning bosh omili bo'lib xizmat qilishi, bunda dastlabki imkoniyatlar va vositalar, zahiralar hisobga olinishi kerak;

- maqsadlar muhim muammolarni hal qiladigan darajada dolzarb bo'lishi lozim;

- maqsadlar murakkab, biroq aniq bo'lishi zarur. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotining yaqin kelajakdagi rivojlanishini ifodalashi shart;

- maqsadlar qanchalik puxta, istalgan natijaning aniq darajasi va unga erishish muddati ko'rsatilgan holda shakllantirilgan bo'lsa, ularga erishish shuncha oson kechadi;

- maqsadlar tashxislovchi, rag'batlantiruvchi, undovchi xarakterga ega bo'lishi

lozim;

- maqsadlar maktabgacha ta'lim tashkiloti oldida turgan vazifalariga mos kelishi

kerak;

- hamkorlikdagi faoliyat maqsadlari uning barcha sub'ektlariga ma'lum, ular uchun tushunarli holda qabul qilinganligi jamoaviy faoliyat va maqsadlar birligini ta'minlaydi;

- kichikroq aniq maqsadlar yirikroq va uzoq muddatli maqsad va intilishlarga bo'ysundirilishi lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi pedagogik jarayonni ilmiy-metodik jihatdan ta'minlashda tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarni pedagogik qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, ta'lim muassasasi bilan tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, oila va nodavlat tashkilotlarning ishtirokini ta'minlash bilan bir qatorda, maktabgacha ta'lim tizimida davlat va jamoat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

boshqaruvini uyg'unlashtirgan holda yo'lga qo'yish, maktabgacha ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini amalga oshirishga ham alohida e'tibor qaratish lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini rivojlantirishda bo'lajak pedagog-tarbiyachilardan yangiliklarni o'zlashtirish, ularni ta'lim muassasasi hayotiga rejali va maqsadli tatbiq etish, bu sohada uyushqoqlikni ta'minlash, mayl uyg'otish, amalga oshirilgan ishlarni muntazam nazorat(monitoring qilish)ni amalga oshirishni taqozo etadi.

Bo'lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilari jamiyatning maktabgacha ta'lim oldiga qo'ygan yangi talablarini bilishlari, yangi hodisalarni umumlashtira olishi, ilg'or pedagogik tajribalarga suyanishi, sub'ektivizmga yo'l qo'ymasliklari zarur. Talabalar, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini ta'minlovchi kasbiy maxsus kompetensiyalarni egallshlari qanchalik muhim ekanligini anglashlari lozim.

Bo'lajak pedagog-tarbiyachilar maxsus kasbiy kompetensiyalrni egallashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etishda talabalarning mavjud bilimlari, kasbiy mayllari, ehtiyojlarini o'rganish lozim. Bunda bo'lajak pedagog-tarbiyachilarda quyidagi kasbiy sifatlar shakllangan bo'lishi muhim ahamiyatga ega:

1. Bilimdonlik, vaziyatni o'z vaqtida va to'g'ri baholay olish, ijodkorlik, mulohazalilik, kuchli xotira va mustaqil fikrlash layoqatiga egalik tezligi, mantiqiy xulosa chiqara olish, diqqatning va e'tiborning barqarorligi kabi intellektual sifatlar.

2. O'z fikrni to'g'ri va ta'sirchan bayon qila olish, nafosat bilan so'zlash, xushmuomalalilik, hozirjavoblik, samimiylik, o'zgalar fikrini tinglay olish, mustaqil fikrga ega bo'lish, bolalar bilan dialog o'rnata olish kabi kommunikativ sifatlar.

3. O'z faoliyatiga mas'uliyat bilan yondashish, qat'iyatlilik, jur'atlilik, shijoatlilik, mardlik, jasurlik, tartib-intizomlilik, vaziyatni to'g'ri baholash hamda oqilona qarorlar qabul qila olish, vazminlik, insonparvarlik, mehribonlik, mehr-shafqatlilik, mustaqillik, shijoatlilik, jismoniy barkamollik, faollik, sabr-toqatlilik, bardoshlilik, chidamlilik, harakatchanlik kabi irodaviy sifatlar.

4. Go'zalliklarni his qilish va yaratish, nafosatlilik, ozodalik, saranjom-sarishtalik, jozibadorlik, qaddi-qomatni to'g'ri tuta bilish, nutqning to'g'ri va ta'sirchan bo'lishiga erishish, emotsionallik, ijodkorlik, improvizatsiya va fantaziyaga moyillik kabi estetik sifatlar.

Shu bilan bir qatorda Oliy pedagogik ta'lim jarayonida tahsil olayotgan bo'lajak pedagog-tarbiyachilar maxsus kasbiy kompetensiyalarni egallashlari qatorida ijtimoiy-g'oyaviy jihatdan etuklik, ijtimoiy faollik, faol fuqarolik pozitsiyasi kabi sifatlarga ham ega bo'lishlari kerak.

REFERENCES

1. Махкамова М.Ю. Булажак тарбиячиларнинг педагогик мулокот маданиятини шакллантириш: Пед.фанл.номз. ... дисс. автореф. - Т.: 1999. - 22 б.

2. Менчинская Н. А. Проблемы обучения, воспитания и психического развития ребёнка. / Н. А. Менчинская. - М.: Институт практической психологии, 1998. - 448 с.

3. Митина Л.Н. Психология профессионалного развития учителя. - М.: «Флинта», 1998. - 205 с.

4. Safarova R.G. Didactic Factors and Conditions Ensuring the Formation of Critical

5. Thinking Skills in Primary Class Students. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:6|2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

6. 9. Safarova R.G. Didactic conditions of forming creative thinking skills in student. International scientific and practical conference "trends of modern science and practice". Ankara, Turkey 2023. https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786879.svg

7. 10. Safarova R.G. The role of analytical activity in the pedagogical process directed to the formation of creative thinking skills in students. International scientific and practical conference "the time of scientific progress". 2023 Warsaw, (Poland). https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786701.svg

8. 11. Safarova R.G. Innovatsion yondashuv asosida pedagogika turkum fanlarini o'qitish jarayonida talabalarning kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari. Innovative Approaches in Teaching Pedagogical Sciences: Problems and Solutions, International Scientific and Practical Conference, 88-94.Google Scholar indexed. https://kspi.uz/ Qo'qon 03.03.2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.