Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK – PSIXOLOGIK, NAZARIY ASOSLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK – PSIXOLOGIK, NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
19
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovush xususiyati / nutqning ifodalanishi / bola nutqi / bola nutqi davrlari / nutq me’yori / tarbiyachining nutq madaniyati.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Soliyev Ilhomjon Soliyevich, Muxtorova Madina Dilshodjon Qizi

Ushbu maqolada Bolalar nutqini rivojlantirish o’ziga xos psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berilgan. Tarbiyachi-pedagoglarning nutq madaniyati va ijtimoiy psixologik xususiyatlari ham yoritib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK – PSIXOLOGIK, NAZARIY ASOSLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK, NAZARIY ASOSLARI 1Soliyev Ilhomjon Soliyevich, 2Muxtorova Madina Dilshodjon qizi

1FarDU, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11048472

Annotatsiya. Ushbu maqolada Bolalar nutqini rivojlantirish o'ziga xos psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berilgan. Tarbiyachi-pedagoglarning nutq madaniyati va ijtimoiy psixologik xususiyatlari ham yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: tovush xususiyati, nutqning ifodalanishi, bola nutqi, bola nutqi davrlari, nutq me 'yori, tarbiyachining nutq madaniyati.

Abstract. This article discusses the specific psychological features of children's speech development. The article also gives recommendations on the development of children's speech in preschool educational institutions. Speech culture and social psychological characteristics of teachers-pedagogues are also highlighted.

Keywords: sound feature, expression of speech, child's speech, periods of child's speech, speech norm, teacher's speech culture.

Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib tarbiyalash maktabgacha ta'limdan olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan biridir. Shu sababdan ham ta'lim mazmuni tubdan yangilanib borilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarida 5 ta metodika bo'yicha bolalarga ta'lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi. Nutq o'stirish mashg'ulotlari desak mubolag'a bo'lmaydi. Nutq o'stirish nafaqat bolaning so'z boyligini oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu jumladan bolaning tafakkurini o'stirishda ham muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo'yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo'yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o'rtasida ziddiyatlar paydo bo'lmoqda.

Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlanish masalasi pedagogikaning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Nutq bolada ilk yoshdanoq shakllana boshlaydi. Bu davrda egallangan nutq bolaning kelgusida ona tilini mukammal egallashida asosiy zamin bo'lib xizmat qiladi. Bola tug'ilishi bilan atrofdagilar bilan nutqiy munosabatga kirishadi, bu munosabat orqali o'zidagi hamma kuch va qobiliyatni rivojlantiradi. Ilk yoshdagi davr bolaning jismoniy va ruhiy tezkorlik bilan rivojlanish bosqichi hisoblanadi.

Nutqning yetarlicha rivojlanmaganligi bolalarni shaxs sifatida har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni barcha ruhiy jarayonlar - idrok, xotira, diqqat, fikr yuritish operatsiyalari, xayol rivojlanishidan orqada qoladi, ularga aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasini imkoniyatlari chegaralanadi. Bola nutqini ilk yoshdan boshlab to'g'ri rivojlantirishda kattalarning bola bilan yaqindan munosabatda bo'lib, qulay shart-sharoitlar yaratishlari nutqni o'z vaqtida o'stirish imkonini beradigan tarbiyaviy ta'sirning asosiy shaklidir. Bolalarning tug'ilganidan keyin bir yoshgacha bo'lgan davri nisbatan kam harakat va ,,nutqsiz" taraqqiyot davridir. Bu davrda bola nutqining o'sishi va taraqqiyoti oila sharoitga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Shu bilan bir qatorda bu davr har jihatdan nutqning juda ildam rivojlanish davridir. Bola hayotining birinchi yilida bolaning har tomonlama tarbiyasiga katta ahamiyat berishda quyidagilarni amalga oshirish lozim: ko'ruv, eshituv organlari, sezish taassurotlarini, emotsional his tuyg'ularini: bolaning jilmayishi, kulishi, narsa buyumlar bilan harakat qilishini shakllantirish.

Bola nutqining taraqqiyoti 3 ta asosiy davrga bo'linadi. Birinchi davr nutqni o'zlashtirishdan oldingi davr bo'lib, mazkur davr bolaning 2 oylik davridan taxminan 11 oylik davriga to'g'ri keladi. Ikkinchi davr tilni dastlabki o'zlashtirish davri bo'lib, 11 oylikda taxminan 1 yoshu 7 oylik davrigacha davom etadi. Uchinchi davrini tilning grammatik tuzilishini o'zlashtirish davri deb atash mumkin. Maktabgacha yosh - bu bolaning nutqini rivojlantirish uchun sezgir davr, shuning uchun ona adabiy tilni bilish asosida og'zaki nutq va og'zaki muloqot ko'nikmalarini shakllantirish MTT pedagog-tarbiyachilarning yetakchi faoliyatidir.

Aynan shuning uchun ham bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotida pedagog-tarbiyachilar nutqiga yuqori talablar qo'yilmoqda va pedagog tarbiyachilarning nutq madaniyatini oshirish muammosi maktabgacha ta'lim sifatini oshirish kontrkstida ko'rib chiqilmoqda.Pedagog

- tarbiyachi nutqiga quyidagi talablar qo'yiladi:

- ona tilingizdagi barcha tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish;

- tovushlarni aniq talaffuz qilish va artikulyatsiya qilish, so'zlarning oxirini va iboradagi har bir sôzni aniq talaffuz qilish;

- nutqning intonatsion ekspressivligi vositalaridan foydalanish (ovoz kuchi, ritm, temp, mantiqiy urg'u, pauzalar);

- bolalar bilan muloqot qilishda nutqni biroz sekinroq va o'rtacha hajmda ishlating;

- suhbatda do'stona ohangdan foydalaning.

Yuqoridagi talablar pedagog- tarbiyachi tomonidan og'zaki bo'lmagan muloqot vositalaridan to'g'ri foydalanish, uning nafaqat bola bilan gaplasha olish, balki uni eshitish qobiliyatini ham o'z ichiga oladi.Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga uyg'unlashgan bo'ladi. Ayni paytda bolada unga ta'sir o'tkazish uchun biron-bir o'ziga xos insoniy vositaga mavjud bo'lmaydi. Bu mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot - ushbu yoshdagi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi.

REFERENCES

1. D.R Babayeva "Nutq o'stirish metodikasi va nazariyasi" Toshkent

2. Norqul Bekmirzaev "Nutq madaniyati va notiqlik" Toshkent "Fan" nashriyoti 2007

3. A.J Omonturdiyev Sh.I Abduraimova. "Nutq madaniyati va uslubiyati" Toshkent 2016

4. Azizxo'jayeva N. "Pedagagik texnalogiya va pedagagik mahorat" TDPU2003

5. Durdona E. BOSHLANG'ICH TA'LIMDAERTAKLARNI O'QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI //Involta Scientific Journal. - 2023. - T. 2. - №. 4. - C. 275-279.

6. Sobirovich S. I. et al. SOCIO-PERSONAL AND MENTAL DEVELOPMENT OF A PRESCHOOLER //IJODKOR O'QITUVCHI. - 2022. - T. 2. - №. 23. - C. 50-54.

7. Sobirjonovich S. I. et al. Recommendations on Classifying Didactic Games and Using Them in Eliminating Speech Deficiencies in Children //Journal of Pedagogical Inventions and Practices. - 2023. - T. 19. - C. 86-90.

8. Mamurkhanovna D. B., Ibrakhimova M. THE CONCEPT OF SOUND CULTURE, ITS SIGNIFICANCE FOR THE DEVELOPMENT OF THE CHILD'S PERSONALITY. - 2023.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

9. Mamirxonovna B. D., Akbaraliyevna M. N. FEATURES OF DEVELOPMENT OF CONTACT SPEECH IN CHILDREN //Academia Science Repository. - 2023. - T. 4. - №. 04. - C. 260-263.

10. Soliyev I. et al. BOLALARGA ATROF MUHITNI TANISHTIRISHDA ESTETIK TARBIYANING O'RNI //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. B3. - C. 801-804.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.