Научная статья на тему 'Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar nutqini o’stirish'

Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar nutqini o’stirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ona tili / til / nutq / tovush / nutqni o’stirish / og’zaki nutq / yozma nutq / nutq tizimining komponentlari / o’zbek adabiy tili me’yorlari / so’z boyligi / mustaqil bog’langan nutq / nutqning talaffuz tomoni / rivojlanishdan orqada qolgan bola / kommunikativ qobiliyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Durdona Asqarali Qizi Qambaraliyeva, Azamat Muhammadjon O’G’Li Siddiqov

Maqolada rivohlanishdan orqada qolgan bolalar nutqiga xos belgilar aniqlangan va ularning nutqini sog’lom bolalar nutqi darajasiga yetkazish yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar nutqini o’stirish»

Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar nutqini o'stirish

Durdona Asqarali qizi Qambaraliyeva Ilmiy rahbar: Azamat Muhammadjon o'g'li Siddiqov Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Maqolada rivohlanishdan orqada qolgan bolalar nutqiga xos belgilar aniqlangan va ulaming nutqini sog'lom bolalar nutqi darajasiga yetkazish yo'l-yo'riqlari ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: ona tili, til, nutq, tovush, nutqni o'stirish, og'zaki nutq, yozma nutq, nutq tizimining komponentlari, o'zbek adabiy tili me'yorlari, so'z boyligi, mustaqil bog'langan nutq, nutqning talaffuz tomoni, rivojlanishdan orqada qolgan bola, kommunikativ qobiliyat

Developing the speech of children who are lagging behind in

development

Durdona Askarali kizi Kambaraliyeva Academic supervisor: Azamat Muhammadjon oglu Siddikov

Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: The article identifies the characteristics of the speech of children who are lagging behind in development and shows the guidelines for bringing their speech to the level of healthy children's speech.

Keywords: mother tongue, language, speech, sound, speech development, oral speech, written speech, components of the speech system, standards of the Uzbek literary language, vocabulary, independent connected speech , the pronunciation side of speech, a child with developmental delays, communicative ability

Ma'lumki, sog'lom bolalar kabi rivojlanishlanishdan orqada qolgan bolalar ham jamiyatda yashar ekan, tilning fonetik, leksik, frezeologik va grammatik vositalaridan foydalanadilar. O'zbek tili shu millatning g'ururi, bola o'y xayollarining ifodasi, orzularining ko'zgusi sanaladi. Shoira Isaqova yozganidek, Ne, daholar suv ichmagan bulog 'ingdan, Ba 'zan o 'yga tolib qoldim so 'rog 'ingdan, Azizdirsan ko 'larimning qarog 'idan, Ona tilim, sen o 'zbekningg'ururisan Moziylardan yetib kelgan xushxabarsan,

Onamdayin muqaddassan, mo 'tabarsan, Ona tilim, sen o 'zbekningg'rurisan.

Darhaqiqat, ona tilimiz yosh avlodning qon-qoniga singib ketadi va uning nutqida o'z ifodasini topadi, ularning har tomonlama barkamol bo'lib yetishishi esa zamon talabidir. Zero, har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma'naviy yuksakligi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olishi bilimli, yuqori intellektual salohiyati qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlashtirgan yoshlarga bog'liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqidildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o'qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog'onalarga olib chiqish avvalo, o'qituvchi, tarbiyachi va murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas'uliyatli vazifani yuklaydi [1,3]

Jahon tilshunosligida o'zbek bolalari nutqining pragmalingvistik xususiyatlarini o'rganish masalasi ham amaliy yechimini kutayotgan vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada o'zbek bolalarning lingvokreativ salohiyati, kommunikativ qobiliyatini, shuningdek, ularning nutqida til birliklariga xos imkoniyatlarning voqealanishi darajasini aniqlash tilshunosligimizdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi [2,3]

M.Qurbonovaning o'zbek bolalar nutqi leksikasining sotsiopsixolingvistik tadqiqi nomli nomzodlik ishida ham, M.Sayidrahimovaning "Maktab yoshidagi o'zbek bolalar nutqining xususiyatlari", O.Umarxo'jayevning "Bolalar nutqining ba'zi fonetik xususiyatlari", G. Iskandarovaning "Bolalar muloqot xulqining gender va lingvokulturologik xususiyatlari" nomli ilmiy ishlarida ham asosiy diqqat e'tibor bola nutqiga, yosh avlod takomiliga qaratilishi bejiz emas. N. Mahmudovning "So'z sandiqchasi" lug'ati ham shu maqsadda yaratilgan.

Oliy psixik funksiyalar yillar davomida shakllanadi. U nutqiy muloqot bilan tug'ilib, faoliyatning to'liq ramzi bilan tugallanadi. Bolaning psixik rivojlanishi va shaxsini shakllanishi ta'lim va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog'liqdir. Oliy psixik funksiyalarni shakllanishida nutq hal qiluvchi rolni o'ynaydi [3,6]

Shunisi ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar ekan, o'z fuqarolarining ayniqsa yangi jamiyat barpo etishga bel bog'lagan, o'sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo'lib voyaga yetishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo'lib kelgan.

Maktabgacha va maktab yoshidagi bola nutqini o'rganish bilan jahonning turli mamlakatlaridagi ilmiy dargohlarda, oliy ta'lim muassasalarida olimlar shug'ullanmoqda.

O'zbekiston Respulikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi 2017-2021-yillarga mo'ljallangan bo'lib, Harakatlar strategiyasida "ta'lim tizmini takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish" vazifasi qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi Farmoni shu maqsadda shu masalaga bag'ishlangan 30-sentabrdagi PQ-3305-son O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi qarori va shu kabi turli qaror va farmonlarda bola nutqini rivojlantirish bilan bog'liq masalalarga e'tibor qaratildi.

Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar nutqini o'stirish shu maqsadlarni amalga oshirish yo'lidagi vazifalardan biridir.

Logopediya nutqdagi nuqsonlarni tahlil qilish uchun asosiy metodika bo'lib R.E. Levina tomonidan chiqarilgan metodika muhim hisoblanadi. Ushbu tahlilning asosida murakkab, ko'p bosqichli hisoblangan nutqdan foydalanishga zamonaviy qarash yotadi. Boladagi nutqni rivojlanishida ishtirok etadigan komponentlardan biri shakllanmagan bo'lsa, natijasida o'zining oraqsidan ikkinchi, uchinchi va boshqa komponentlarning o'garishini keltiradi. Shuning uchun logopedik tadqiqot nutq tizimining komponentlarini o'zgarishini o'z ichiga oladi. Bular mustaqil bog'lanishli nutq, so'z-leksika bolligi, nutqning grammatik qurilishi, nutqning talaffuz tomoni; tovushlarni talaffuz qilish, so'zning bo'g'inlari bo'yicha tuzilishi, fonematik idrok etish [3,96]

Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar o'quv rejasidagi asosiy fanlardan biri o'zbek tili hisoblanadi [4,41]

O'qituvchining so'zi asosiy manbai hisoblanar ekan o'qituvchi so'ziga jiddiy talablar qo'yiladi. Bular quyidagilardan iborat:

1. O'qituvchining so'zi fonetik tomondan to'g'ri va ravshan bo'lishi kerak.

2. Har bir o'qituvchi o'z so'ziga jiddiy e'tibor berib, undagi kamchiliklar ustida ishlashi kerak. O'qituvchining jonli, ravon so'zi o'quvchilarning darsga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi. O'qituvchi so'zining tez va sekinligi o'quvchilarning dars materiallarini egallash qobiliyatlariga bog'liq bo'ladi [5,71]

Rivojlanishdan orqada qolgan bola nutqiga diqqat qilganimizda quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

1. So'zdagi tovushni noto'g'ri, ya'ni buzib talaffuz qilish zarur tovush o'rniga boshqasini ishlatish.

2. So'zdagi tovushni keragidan ortiq cho'zib talaffuz qilish yoki o'ta qisqa ifodalash.

3. So'zdagi biror tovushni tushirib qoldirib ketish.

4. So'zni o'rinsiz takrorlash.

5. O'rtoqlarini laqab bilan chaqirish

6. Salbiy emotsional-ekspressiv bo'yoqdor so'zlarni o'rinsiz ishlatish.

7. Duduqlanib gapirish

Tovush talaffuzidagi va so'zlashdagi bu kabi holatlar mutaxassislar tomonidan nazoratga olinmog'i va o'z vaqtida zarur choralar ko'rilmog'i talab etiladi.

Rivojlanishdan orqada qolgan bola nutqini so'glom bolalar nutqi darajasiga yetkazish uchun bir qator ishlar talab etiladi.

Bular quyidagilar:

1. Mutaxassisning o'zi o'zbek adabiy tili va uning me'yorlarini puxta o'rgangan bo'lmog'i lozim. O'qituvchilik - zargarlik. U bola aql-idrokining zargaridir. O'qituvchilik - bu sah'at. Unda muallimning qo'sh qanoti ostida minglab bulbul-bulbulchalar to'planishvolib, birgalikda jo'r bo'lishadi. O'qituvchining ko'z o'ngida kelajakning minlab yulduzlari birdaniga porlab charaqlab ketadi deydi pedagog Rabiddior Ishoqov hayotiy tajribalari asosida, bizningcha bu o'qituvchi va bola haqida aytilgan juda chiroyli o'xshatish hisoblanadi.

2. Mutaxassining nutqi aniq, ravon, ta'sirchan, talaffuzi ifodali, qisqa, lo'nda va bolaga tushunarli bo'lishi kerak.

3. Bolaga e'tiborli, sabrli, mehrini ayamaydigan insongina uni bu holatdan olib chiqishi mumkin. Yaxshi fazilat yaxshi tarbiya natijasidir. O'qiruvchining o'zi yaxshi fazilatlarga ega emas ekan hech bir bola uning ortidan ergasha olmaydi. Ilk bor o'quvchi o'qituvchisining axloq-odobiga ergashadi.

4. Bolaning asablarini tinchlantirish maqsadida musiqa tinglashini tashkil etish lozim.

Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasini va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizni allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin, degan dono fikrlar bolajonlarimiz nutqini o'stirish uchun ham g'oyat muhimdir.

Prezidentimizning 2021-yil 21-oktabrdagi Til bayramida so'zlagan nutqlari bizga dasturi amal bo'lib xizmat qiladi.

5. Sog'lom turmush tarziga amal qilish. Sog' badanda sog'lom aql degan ota-bobolarimizdan qolgan naql bor.

6. Unli tovushlarni imkon qadar cho'zib talaffuz etilishini ko'rsatib berish.

7. Undosh tovushlarini to'g'ri talaffuz etishni mashq qildirish. Hozirgi kunda talaffuzga o'rgatish metodi analistik-sintetik metod deyiladi [6,15]

8. "So'z sandiqchasi" dagi lug'atlar bilan bolani tanishtirish [7,216]

9. Televizor orqali bolalar uchun mo'ljallangan "Bolajon" va "Aqlvoy" eshittirishlarni ham vaqti-vaqti bilan ko'rsatib boorish. Bu bolaning dunyoqarashini kengaytiradi, so'z boyligini oshiradi.

10. Duduqlanadigan bolalarga o'zbek xalq ertaklarini bo'ginlab o'qitish yaxshi natija beradi. M: "Uch ayiq" ertagini olaylik: A-jo-yib kun-lar-ning bi-ri-da qi-za-loq me-va-lar ter-ga-ni o'r-mon-ga bo-rib a-da-shib qo-lib-di. Uy-ga qay-tish yo'-li-ni to-

pol-may, ju-da hol-dan to-yib bir uy-cha ol-di-ga ke-lib qo-lib-di kabi ertaklar olami bolani chinakamiga sehrlaydi, uni yaxshilikka yetaklaydi.

11. Tez aytishga o'rgatish ham yaxshi natija beradi. Tez aytish orqali bola fikrini to'plashga harakat qiladi, mantiqiy mushohada yuritadi tez aytayotgan paytida adashmaslikka, hushyor bo'lishga intiladi. Misollar:

- To'p-to'p tariqni torg'aylar taladi.

- Sayyora sabzini savatga soldi.

- Ergash Erkinga ergashdimi, Erkin Ergashga ergashdimi?

- Kitoblar kutubxonaga kerak. Kutubxonaga kitoblar kerak.

- Oq choynakka oq qopqoq, Ko'k choynakka ko'k qopqoq

- Qora-qura qo'zilar Qorda quvonib o'tlar

- Yelkan yelday yeldi.

12. Topishmoqlar ham bola ongini, aqliy qobiliyatini rivojlantiradi. Uni tabiatdagi va jamiyatdagi voqea-hodisalar olamiga olib kiradi. U topishmoq javobini topar ekan, o'zini baxtli sezadi, ruhiyati tetiklashadi.

Topishmoq - badiiy surat, badiiy obraz yaratish matematikasi va mustaqil fikrlash qaymog'idir, aniqrog'i - pishgan ijoddir. Bolalar dunyosi uchun aynan topishmoqlar zarur. Mana bu topishmoqlarga diqqat qiling: Binolarning qoshida Hilpirab turar mag'rur, El bolasin qalbida Uyg'otar baxt, g'urur. Bir-biriga hamohang Havorang, oq va yashil. Oy qoshida o'n ikki Yuldur saf tortgan ahil Ulkan ishlar yo'lida Yoshlar qo'lida mayoq Qani ayting bu nima? Bu yurtning ramzi (Bayroq) Jam bo'lgan unda Huquq burchimiz. Har bob, har modda -Himoyachimiz

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 529 [Ml^^^H

Qonun, qarorga Asosdir o'zi O'zbekistonning Bu boshi (Qomus)

Topishmoqning javobini topa olgan bolaning fikri teranlashadi, nutqi ham o'sib boradi.

13. Maqollar aytishga o'rgatish. Bugungi kunda dunyodagi rivojlangan davlatlarda bola va uning nutqiga e'tibor har doimgidan kuchaydi. Xalq maqollari tarbiyaviy vosita sifatida bolajon xalqimiz tomonidan oilada bola tarbiyasi uchun uning yoshligidan ongiga singdirib kelinadi. Zero, xalq maqoli - aql suyanchig'idir, mehnat jarayonida pishgan fikrdir [8,234]

- Ilm-aql ko'zin peshlab turadi Baxtli xazinaga boshlab boradi.

- Donolar aqlidan yasalgan kema Aql dengizida suzadi hamma

- Aql tarozisin pallasi oltin

Oltin olmoq bo'lsang, bilim ol oldin.

- Hayot sabog'idan dars berib oz-oz Chigal joylarini o'rgatar ustoz.

- Go'zal qiyofa odob ko'zgusi

- Haq so'zda haqiqatning nuri balqib turadi.

Xalq maqollari - aql qayrog'idir. Qaralgan fikrlar, hikmatga aylanib ketadi, R.Ishoqovning fikrlari bugungi kun pedagoglarini ilhomlantiradi.

Bola nutqini rivojlantirish orqaligina uni mustaqil fikrlashga va fikrini og'zaki va yozma ifodalashga o'rgatish mumkin. Rivojlanishdan orqada qolgan bola nutiqini o'stirish pirovardida Vatanimiz kelajagini yaratuvchilarimizning nutqini madaniy nutq talablari darajasiga yetishiga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Babayeva D. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" - Toshkent, 2020.

2. Qurbonova M. "O'zbek bolalar nutqining pragmalingvistik xususiyatlari". Avtoreferat. F.f.d (Dsi). - T:2018.

3. "Pedagogik psixologik diagnostika" - Toshkent Vneshinvestprom, 2019.

4. Po'latova P.M. "Maxsus pedagogika" - Toshkent, 2005.

5. "Maxsus pedagogika" - Toshkent. 2014.

6. "Bolalar uchun tez aytish" - Toshkent: Yurist- media markazi, 2019.

7. "Bolalar uchun topishmoq" - Toshkent: Yurist - media markazi, 2018.

8. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblaming poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

9. кизи Камолова, А. О. (2024). ИСЛОМ ДИНИ ТАЪЛИМОТИДА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ МАСАЛАЛАРИНИНГ ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТДАГИ АМАЛИ АХАМИЯТИ. Results of National Scientific Research International Journal, 3(1), 201-207.

10. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O 'QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

11. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O 'QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

12. Камалова, А. (2021). THE IMPORTANCE OF USING GAME TECHNOLOGY IN THE PROCESS OF EDUCATION. Экономика и социум, (32), 12-14.

13. кизи Ахмедова, Д. С., & кизи Камолова, А. О. (2022). УСМИРЛАРДА МЕЪЁРДАН ХУЩИЙ ОГИШ ХОЛАТЛАРИНИ КОРРЕКЦИЯЛАШ ЖАРАЁНЛАРИДА ХУ^У^ИЙ САВОДХОНЛИКНИНГ АХАМИЯТИ. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 413-416.

14. Ориббоева, Д. Д. (2019). THE INFLUENCE OF SOCIAL COMPETENS ON PROFESSIONAL CHOICE. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(9), 256-261.

15. Oribboyeva, D. D., & Ikromova, D. (2024). Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasining o'ziga xosligi, aqli zaiflik turlari. Science and Education, 5(1), 287-291.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.