Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O’STIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O’STIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzliksiz ta’lim / refleks tizim / talaffuz ettiruvchi / fonematik eshitish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Fozilova Odina Nabiyevna, Sulaymonova Ozoda

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning o’ziga xos xususiyatlari keng yoritib berilgan. Bolalar nutqiy faoliyatini o’stirish uchun o’yin va mashqlar turlari ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O’STIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O'STIRISHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI 1Fozilova Odina Nabiyevna, 2Sulaymonova Ozoda

1Farg'ona davlat universiteti, maktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.b.f.d (FhD) 2Farg'ona davlat universiteti, Maktabgacha ta'lim 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11049293

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o'stirishning o'ziga xos xususiyatlari keng yoritib berilgan. Bolalar nutqiy faoliyatini o'stirish uchun o'yin va mashqlar turlari ifodalangan.

Kalit so'zlar: uzliksiz ta'lim, refleks tizim, talaffuz ettiruvchi, fonematik eshitish.

Аннатация. В данной статье широко освещены особенности речевого развития детей дошкольного возраста. Представлены виды игр и упражнений для развития речевой деятельности детей.

Ключевые слова: непрерывное образование, рефлекторная система, произношение, фонематический слух.

Abstract. This article widely covers the features of speech development of preschool children. Types of games and exercises for the development of children's speech activity are presented.

Keywords: continuous education, reflex system, pronunciation, phonemic hearing.

Maktabgacha ta'lim uzliksiz ta'limning ajralmas qismidir, chunki bolada aynan maktabgacha ta'lim tashkilotida birinchi ijtimoiy jarayonlar shakllanadi: u tengqurlari bilan muloqatga kirishadi, maktabga kirishga tayyorgarlik ko'rish uchun maqsadli yo'nalishga ega bo'lgan birinchi mashg'ulotlar, guruhli o'yinlarda ishtirok etadi. Bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, asosiy e'tibor uning ruhiy, jismoniy va ahloqiy sifatlarini shakllantirishni nazoratda tutadi.

Hozirgi davr maktabgacha yoshdagi bolalarning individual xususiyatlarini e'tiborga olgan holda, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangi innavatsiyaion va interfaol texnologiyalarni tadbiq etishni taqazo etadi. Bu jarayonda nutq o'stirishning uslub va shakllarini e'tiborga olish kerak, chunki nutq inson muloqotining asosiy vositasidir. Usiz inson behisob ma'lumotlarni bir-biri bilan almashish imkoniyatiga ega bo'lmas edi. Muloqot vositasi bo'lgan nutq tufayli insonning o'ziga xos bo'lgan ongi shaxsiy malakasi bilan chegaralanibgina qolmay,balki boshqa insonlar malakasi bilan ham boyiydi,ustiga ustak yanada ko'proq darajada.Kuzatish yoki his etish organlari (idrok, diqqat, tasavvur, xotira, tafakkur)orqali ham bunchalik ko'p ma'lumot ololmaydi.

Oddiy tovushlar birikmasiga qaraganda so'zlar ko'proq ma'lumot jamlangan bo'ladi.Bir yoshga yetganda hamma bolalar alohida so'zlarni talaffuz qila boshlaydilar.Ikki yoshlar arafasida esa bola 3-4 so'zdan iborat bo'lgan gaplarni ayta boshlaydi.Taxminan to'rt yoshda u ancha bemalol so'zlay oladi. Nutq rivojlantirishning bu davrda til o'zlashtirishning va shu asosda nutqning keyingi takamillashtiruvida uch xil yo'l mavjud: kattalarga va atrofdagi boshqa insonlarga taqlid, shartli refleks tizimlarining shakllantirish, harakat, predmet, voqea-hodisalarning ularga mos keluvchi so'z va so'z birikmalari bilan aloqadorligi.

Bularga yana bolaning o'ziga xos bo'lgan nutqiy yaratuvchanligini qo'shimcha qilish kerakki,bu narsa bolaning birdan umuman mustaqil, "shaxsiy tashabbus" bilan hali kattalardan eshitmagan so'z va iboralarni o'ylab chiqara boshlashida ko'rinadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishning ko'proq vazifalari orasida ona tilini o'rganish va muloqot nutqini o'stirish-asosiy vazifalardan biridir.

Bu umumiy vazifa ayrim maxsus vazifalarni o'z ichiga oladi:bolaning nutqiy tovush madaniyatini tarbiyalash,lug'atini boyitish,mustahkamlash va faollashtirish,so'zlashuvga (diolog) o'rgatish,nutqni gramatik jihatdan to'g'ri shakllantirish,badiiy so'zga qiziqishni uyg'otish,savod olishga tayyorlash.Bola to'rt yoshga yetganda o'z ona tilisida hamma tovushlarni ,jumladan r,l,m,ch,t tovushlarni ham o'zlashtirib oladi. Lekin, bularning barchasi bola endi gapirishni oldi,deb uning atrofidagi kattalar yelkasidan mas'uliyatni olish emas.

Ona tilini bilish-bu faqatgina to'g'ri gap tuzishni bilish degani emas,ammo u qo'shimcha gap bo'lsa ham (Men sayrga chiqishni hohlamayman,chunki ko'cha sovuq va ho'l).Bola voqea-hodisalarni so'zlab berishni o'rgatish shart:nafaqat predmetni nomini atashi(bu-kaptok),balki uni tasvirlab berish,biror bir voqea-hodisa haqida ularning ketma-ketligini to'g'ri saqlagan holda gapirishni bilishi kerak.Bu yerda biz mazmunli,mulohazali,voqealar ketma-ketligi saqlangan,o'z-o'zidan tushunarli bo'lgan,ortiqcha savol va izohlar talab qilmaydigan,bir-biriga bog'langan nutqni nazarda tutyapmiz. Nutq shakllanayotgan vaqtda aqliy va nutqiy rivojlanishning, bolalar ijodining o'sishi, fikrlash, qilish, kuzatuvchanlikning uzviy bog'liqligi aniq ko'zga tashlanadi.

So'zlashuv ko'nikmalarining rivojlanishi shundan iboratki, bunda bolalar kattalar nutqini eshitish va tushunishni, ularning savollariga javob berishni,boshqa bolalar oldida gapirishni,bir-birini eshitishni o'rganadilar.

Maktabgacha yoshdagi bo'lgan bolalarda nutqiy ko'nikmalarni o'stirish, mukammallashtirish uchun ularning eshitishi, xotirasini mashq qiluvchi, qabul qilish aniqligini o'stiruvchi, so'zlarni,gaplarni aniq talaffuz ettiruvchi, ularning ijodiy qobiliyatlarini o'stiruvchi keng ko'lamli amaliy material zarur.Bular mashg'ulot vaqtida yoki undan tashqari hollarda qisqa vaqt mobaynida bajarsa bo'ladigan xajm jihatdan uncha katta bo'lmagan matnlar va tez aytishlar mashqi bo'lishi mumkin.

Tez aytishlar:

Oq choynakka ko'k qopqoq

Ko'k choynakka oq qopqoq

Qishda qatiq qotib qoldi.

Shu bilan birga pedagog bolalar nutqini o'stirivchi,ularning tovushlarni to'g'ri talaffuz etishlarini shakllantiruvchi o'yin va mashq turlarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi shart.

Bolalar nutqiy faoliyatini o'stirish uchun o'yin va mashqlar turlari.

l.Artikulyatsion apparat organlari harakatini aniqlash va o'stirish uchun o'yin mashqlar.

Masalar:"Qor parchalar uchiyapti".

Bolalar "qor parchalar" ipga osilgan kichik-kichik paxta bo'laklari tarqatiladi. Bolalar"qor parchalar"iga sekin puflab ,shamolni aks ettirishlari hosil qiladilar(bolalar yonoqlarini shishirmasdan,uzoqroq va bir-xilda puflashlarini nazorat qilib turiladi).

"Arg'umchoq" mashqining mazmuni:

Bolalar arg'umchoqda qanday uchishlarini yodga olishadi,keyin ularga "tillarni arg'umchoqda uchirish taklif etiladi,bolalar og'izlarini ochib,keyn tillarini pastki tishlari orqasiga tushiradilar(pastga),keyin esa tepa tishlari (tepaga) ko'taradilar.Bu paytda lablar jilmayib,tishlar ko'rinib turadi.

2.So'zlardagi tovushni to'g'ri talaffuz etish va fonematik eshitishini tarbiyalash.Jumladagi tovushni to'g'ri talaffuz etishni tarbiyalash.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Masalan: Mashq "Nasos" Bolalar velosipedda uchishmoq bo'ldilar,lekin velosiped shinalarining butunlay havosi yo'q.Ular nasos olib,damlay boshlaydilar. Nasosdan havo chiqadi:sss...,sss... deb tovush chiqadi.Hamma nasos bilan havo damlanday harakat qilib (S) tovushni talaffuz qiladi.

Mashq: "Nima paydo bo'ladi?".Tarbiyachi stol ustiga nomida (j) tovush ishtirok etgan predmetlarni joylashtiradi (jirafa,jumal).Bolalar ularning nomini aytadilar.Keyin buyumlarning ustini yopib,joyini o'zgartiradi va yana nomida (j) tovushi ishitrok etgan yangi bir narsani qo'shib qo'yadi (masalan jo'ja).Narsalar ustini ochayotib,qanday yangi narsa payda bo'ladi, deb so'raydi.Keyin bolalarning o'ziga (j) tovushli so'zlarni topish taklif etiladi.Rasmlardan ham foydalanish mumkin.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki,birinchidan ,ko'zga tashlanadigan narsa-bu bolalardagi kattalar bilan bo'ladigan muloqatdagi tortinchoqlik.Bu shu bilan ifodalanadiki,berilgan savolga bola bir xil tarzda "ha" yoki "yo'q" deb javob beradi. Hozirgi hayotimizda bolalarga o'rnak bo'la oladigan bir-biriga mehr-muhabbat namunasi kamayib ketgan. Muloqat o'rnini kampyuterlar egallay boshladi. Qanday qilib bolalardagi tortinchoqlikni yo'qotish mumkin?. Shunday deb hisoblaylik,ya'ni asosiy rolni o'yin va o'rin orqali muloqat bajariladi.Aynan o'yinda bolalar muloqat erkinligi, harakat erkinligini egallaydilar. Aynan o'yinda bola xatolar qilishidan cho'chimaslikni o'rgatishlari kerak. Ikkinchidan,agar nutq o'stirish mashg'ulotlari badiiy-estetik turdagi narsalar bilan (ertak,afsona) uyg'un tarzda olib borilsa bolalardagi ijodkorlik ko'proq namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Т. Н.Андриянова, И. Я. Гуткович, О. Н. Самойлова. Учитса системно думат// Сборнк игровых заданий по формированию системного мышления дошкольников.Под ред.Т.А.Сидорчук-Ульяновск,2001.

2. "Ilk qadam" takomillashgan dasturi. T.2022y.

3. "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat Talablari".T. 2018y.

4. С.А.Герасимова.Уникальное руководство по развитию речи/Под ред. Б.Ф.Сергеева .-2-е изд.-М.Айрис-Пресс,2004.

5. O.Fozilova. Bolalarni maktabga tayyorlashda innovatsion yondoshuv usullari. FarDU.ILMIY XABARLAR. 2022.- 363-364

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.