Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA XALQARO TAJRIBALAR'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA XALQARO TAJRIBALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / bolalar rivojlanishi / pedagogik tajriba / ta’lim faoliyati.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mahmudova Muhayyo Sharafiddinovna, Usmonova Nodira Raximovna

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun xalqaro tajribani o’rganish va pedagoglarning bola ta’limiga yondashuvlari to’g’ri tashkil etish xususida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA XALQARO TAJRIBALAR»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA'LIM-TARBIYA BERISHDA XALQARO TAJRIBALAR

1Mahmudova Muhayyo Sharafiddinovna, 2Usmonova Nodira Raximovna

1Farg'ona viloyati, Qo'qon shahar, 21-DMTT direktori, 2Farg'ona viloyati, Qo'qon shahar, 37-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11261354

Annotatsiya. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish uchun xalqaro tajribani o'rganish va pedagoglarning bola ta'limiga yondashuvlari to'g'ri tashkil etish xususida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, bolalar rivojlanishi, pedagogik tajriba, ta'lim faoliyati.

Maktabgacha ta'lim tizimining asosiy vazifalaridan biri - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, bolalarni o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda sifatli, muvaffaqiyatli o'qishi uchun tayyorlashdan iboratdir. Shu sababli dunyoning ko'pgina davlatlarida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu ko'pgina mamlakatlarning qonunlarida o'z ifodasini topgan.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatlarini yaxshilash ishlariga doimiy ravishda YUNESKO homiylik qilib kelmoqda. Amerikalik pedagog va tarixchi P.Mossning fikriga ko'ra, maktabgacha ta'lim sifati sohaga qiziquvchilarning qadriyatlari, e'tiqodlari va ehtiyojlariga ko'ra o'zgarishi mumkin. Ko'pgina mutaxassislar bolalarning ijobiy rivojlanishida quyidagilarga e'tibor qaratish lozim deb biladilar:

- bolaning yoshi va qobiliyatini hisobga olgan holda uning xavfsizligini ta'minlash, jihozlash, o'yinchoqlar bilan bilan ta'minlash;

- bolalar bilan faol mashg'ulotlar o'tkazish, dam olishini, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish ko'nikmalarini rivojlantirish va bolalarning to'g'ri ovqatlanishini ta'minlash;

- bolalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda turli xil yo'nalishlar: nutq, san'at, musiqa, matematika, tabiatshunoslik, dramaturgiya, va boshqa yo'nalishlarni tanlash imkoniyatini berish va ularni rag'batlantirish;

- bolaning shaxsiy, emotsional rivojlanishini ta'minlash, uning mustaqilligi va guruhdagi bolalar bilan hamkorlik malakalarini qo'llab-quvvatlash;

- boshqa bolalar bilan bo'ladigan ijobiy munosabatlarini saqlash.

E'tibor beradigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim sifati asosan bolaning quvonchi bilan bog'liq bo'lishi lozim. Bunda shubhasiz bolaning rivojlanishi va pedagog-tarbiyachining kasbiy mahorati bilan birga ijobiy xulqatvori muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog-tarbiyachilar bolalar bilan faol va foydali muloqotni amalga oshirgan holda bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgilaydigan aloqalarni o'rnatishlari bolaning ijtimoiy ko'nikmalarini kamol toptiradi. Natijada bola o'ziga topshirilgan har bir topshiriqni bajarishda tengdoshlari bilan muloqotga kirishsa, ishlarni hamkorlikda bajarsa uning ijtimoiylashuvi faollashadi. Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra bolaning dastlabki uch yoshidagi rivojlanishi qanchalik yuqori bo'lsa, uning keyingi faoliyatlari ham shunchalik samarali kechib, kognitiv rivojlanishi yuqori bo'lishi Amerikalik va Germaniyalik olimlar tomonidan aniqlangan. Nemis pedagog olimi R.Shtaynerning so'zlariga ko'ra maktabgacha yoshdagi bolalarning mashg'ulotlar va o'yinlarni bir-birlari bilan tez-tez almashtirib turish lozim. Chunki bir xillik bolani tez charchatadi.

Shuning uchun ham Germaniyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya ta'imiy o'yin faoliyatini real hayotga yaqinlashtirish maqsadida vaziyatli yondashuv: erkin o'yin, o'zaro hamkorlikdan keng foydalanish orqali integratsiyalashgan ta'lim asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, Germaniyada maktabgacha ta'lim sohasidagi ijtimoiy o'zgarishlar va rivojlanishlarda integratsion ta'limdan unumli foydalaniladi. Tarbiyachilarga yuklatilgan bunday vazifalar bolaning har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlab, qobiliyatlarini namoyon qilish imkonini beradi.

Germaniyada bolaning sog'ligi va jismoniy rivojlanishni yaxshilash bilan birga bilim olishga qiziqtirish orqali aqliy rivojlanishi kamol toptirish asosida o'z harakatlarini muvaffaqiyat sari yo'naltirish, o'z-o'ziga bo'lgan ishonch va o'z menini kamol toptirish, do'stona munosabatlarni yaxshilashga katta e'tibor qaratiladi. Shulardan kelib chiqqan holda pedagog-tarbiyachilarning faoliyati bolalarning uyg'un hissiy, ijtimoiy, intellektual va jismoniy rivojlanishiga, ularda ijobiy xulq-atvor va qobiliyatlarni shakllantirashga qaratilishi talab etilladi.

Germaniyada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayon odatdagidan farq qiladi, undagi hamma narsa tabiiy materiallardan tayyorlangan: yog'och, mato, deyarli yorqin ranglar va plastmassa yo'q. Xonalar yanada yorqinroq yoritiladi.

Italiyada maktabgacha ta'lim ikki bosqichdan iborat. Ulardan birinchisi uch oylikdan uch yoshgacha bo'lgan bolalar qabul qilinadigan mahalliy bolalar bog'chasi. Ko'pincha bu yarim kunlik qisqa muddatli guruhlar - 9:30 dan 13:00 gacha. Ushbu yosh guruhi uchun to'liq kunlar asosan xususiy bolalar bog'chalarida taqdim etiladi. Bu mamlakatda bolalarni uyda tarbiyalash bo'yicha juda kuchli an'analarga ega bo'lganligi bilan bog'liq, ammo so'nggi paytlarda ayollar ko'pincha moliyaviy sabablarga ko'ra ish joylariga borishga majbur bo'ladilar. Kam ta'minlangan ota-onalarning bolalari bolalar bog'chasida birinchi o'ringa ega bo'lish huquqiga ega - undan foydalanish uchun maxsus bayonot yozish kerak. Asosiy e'tibor ijtimoiy moslashishga va o'z-o'ziga xizmat qilishning asosiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Maxsus mashg'ulotlar yo'q. Italiyadagi maktabgacha ta'limning ikkinchi bosqichi 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Bolalar bu yerda o'rganishadi, ularini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari mamlakat Ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi va tashqi dunyo va ijtimoiy rivojlanish bilan tanishish, jismoniy va ijodiy rivojlanish, o'z ona tilida va (ba'zi muassasalarda) chet tilida mashg'ulotlar o'tkazishni o'z ichiga oladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'zini-o'zi rivojlanishiga erishishda Italiyalik pedagog M.Montessori ta'limoti muhim ahamiyat kasb etadi. Montessori g'oyalaridagi asosiy g'oya -ta'lim faoliyatini maksimal darajada individuallashtirishga qaratilgan bo'lib, har bir bola uchun har tomonlama puxta o'ylangan va mohirlik bilan ishlab chiqilgan rivojlanish dasturidan foydalanish ilgari surilgan.

Xulosa tariqasida aytish joizki, xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta'lim tizimlarini o'rganish, ularning ilg'or tajribasini tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirib, zamonaviylashtirishga imkon yaratadi.

REFERENCES

1. "Bola huquqlar to'g'risidagi Konvensiya" 1989 yil 20 noyabr.

2. O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi O'RQ-139-son Qonuni. 2008-yil 7-yanvar. www.lex.uz

Moy metod: Rukovodstvo po vospitaniyu detey ot 3 do 6 let. — M.: Sentrpoligraf, 2010. —

4. Valdorfskaya pedagogika. https://kpfu.ru > Valdorfskaya_pedagogika

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.