Научная статья на тему 'МAKTABGACHA YOSH DAVRINING PSIXIK RIVOJLANISHI'

МAKTABGACHA YOSH DAVRINING PSIXIK RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
psixologik ing`iroz / o`z-o`zini anglash / rolli o`yin / shaxsiy ong / obrazli g`otira / idеntifikatsiya / sеnsor etalonlar / jinsiy idеntifikatsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirzayeva Yoqutxon Ja’Farxon Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga harakatning faollashuvi, jismoniy o`sish, maktabgacha davrda еtakchi faoliyat, Maktabgacha davrda bilish jarayonlarining faollashuvi bilan tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «МAKTABGACHA YOSH DAVRINING PSIXIK RIVOJLANISHI»

MAKTABGACHA YOSH DAVRINING PSIXIK RIVOJLANISHI

Mirzayeva Yoqutxon Ja'farxon qizi

Qo'qon DPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11210202

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga harakatning faollashuvi, jismoniy o'sish, maktabgacha davrda ctakchi faoliyat, Maktabgacha davrda bilish jarayonlarining faollashuvi bilan tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: psixologik ingiroz, osz-oszini anglash, rolli oyin, shaxsiy ong, obrazli gotira, idcntifikatsiya, sensor etalonlar, jinsiy identifikatsiya.

Аннотация. В данной статье освещена научно-теоретическая значимость приобщения дошкольников к активизации движения, физического роста, ведущей деятельности в дошкольном возрасте, активизации познавательных процессов в дошкольном возрасте, уровень ее изученности и ее значение в настоящее время.

Ключевые слова: психологический кризис, самосознание, ролевая игра, личностное сознание, образная рефлексия, идентификация, сенсорные стандарты, сексуальная идентификация.

Abstract. In this article, the scientific theoretical importance of introducing preschool children to the activation of movement, physical growth, leading activities in preschool age, activation of cognitive processes in preschool age, its level of study and its importance at the present time is highlighted.

Keywords: psychological crisis, self-awareness, role-playing, personal consciousness, figurative reflection, identification, sensory standards, sexual identification.

Inqiroz davrida bolaning kattalarga qarshilik ko' rsatishi ham turli ko' rinishlarga ega bo'lib, ular o'tkinchi psixologik holat va hodisaga o'xshaydi. Lekin oila va maktabgacha ta'lim tashkilotida qiynchiliklarni engish jarayonida bolaning shaxsiga uning o'ziga xos xususiyatlarin hisobga olgan holda to'g'ri va og'ilona yondashish uni inqirozdan ruhan mutloqo sog'lom olib chig'ish imkonini yaratadi. Quyida ana shu qarshiliklarning ayrim ko'rinishlari haqida qisqacha to'xtalamiz. Ko'pchilik psixologlarning tadiqotlaridan va o'zimizning ko'zatishlarimizdan ma'lumki, bolalar mazkur ing'iroz davrida bir necha ko'rinishdagi qaysarlik yoshini bosib o'tadilar. Ana shu ko'rinishlarning bittasi biz nazarda tutgan davrga, ya'ni bolaning 3 yoshiga to'g'ri keladi. Ayni shu 3 yoshda bolada o'z irodasiga ishonch hissi tug'iladi, u o'zligini anglay boshlaydi. O'zligini anglash qarama-qarshiliklarlarni, ziddiyatlarni engish bilan amalga oshadi.

Mazkur yoshdagi bola ba'zan o'ziga aytilgan so'zlarning mohiyatini tushunmasligi, anglab etmasligi, goho o'yinga haddan tashhari berilib ketib, kattalarning ovozini eshitmay qolishi mumkin. Bunday paytda bolada tashqi ta'sirga yoki qo'zg'atuvchiga e'tibor berish qobiliyati etishmasligi, bunda uning ko'tarinki yoki g'oyat tushkin kayfiyati halaqit berishi mumkin. Ba'zan bola o'z o'ylari va ichki kechinmalari bilan bandligi sababli uning tashqi ta'siriga javob qaytarishi biroz kechishi ham mumkin.

Ana shu jarayonga o'zgalarning psixologiya qonuniyatga rioya qilmay qo'pollik bilan aralashuvi yoqimtoy, odobli bolalarni ham darrov jahli qo'zg'aydigan, gap kotara olmaydigan, nozik tabiatli shaxslarga aylantirib qo'yishi mumkin. Bunda kattalarning muloqotdagi qo'polligi bolada qaysarlikning belgilarni yaqqol namoyon eta boshli. U haaydr qanday taklifni, buyruqni, hatto, iltimosni ham rad qiladi, o'ziga berilgan barcha savollarga bir maromda "yoq"', "kerakmas",

"bermayman", "bilmayman" deb javob qaytaveradi. Kattalar bilan bola o'rtasidagi munosabatning buzilishi tufayli uning xatti-harakatida o'jarlik illati payd bo'ladi. Buning asosiy sababi bolada o'zining ichki kechinmalari, his-tuyg'ulariga bog'liq harakatlarni mustag'il bajarish istagi tug ilishi, "men" bilan bog'lig' butunlay yangi nug'tai nazarning vujudga kelishidir.

Mazkur davrni inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr desak, xato qilmagan bo'lamiz. Shunga ko'ra katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, bog'cha tarbiyachilari shu davrda bolaga undagi o'zgarishlarni, murakkab ichki kechinmalarlarning mohiyatini psixologik inqirozini inobatga olagan holda munosabatda bo'lsalar, nur ustiga nur bo'ladi. Yuqorida aytganimizdek, bu davrda bolaning irodasi, irodaviy sifati takomillasha boshlaydi, shaxsning murakkab fazilatlari, harakter qislatlari barkamollashadi. Bola o'zligini anglashining tashqi va ichki belgilari yaqqol ko'zga tashlanadi. "o'zim" bilan bog'lig' ezgu niyat mustaqillikka intilish tuyg'usini vujudga keltiradi, binobarin, ularning ta'siri tufayli unda o'z xulq-atvori, "yurish-turishi" bilan kattalarning maqtovi va olqishini eshitish ishtiyoqi tug'iladi. Shaxsning xulqini baholash keyinchalik o'zini o'zi baholash darajasiga etadi.

Rolli o'yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati. Rolli o'yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng mug'im faoliyati bo'lib, ular bunday o'yinda go'yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalga bevosita "bajaradilar". Shu boisdan o'yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy mug'it vog'ealari, oilaviy turmush g'odisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg'usi. O'zaro muomala va muloqotlarning xususiyatlarini, o'ziga va o'zgalarga, atrof-muhit munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o'yinchog'lardan,shuningdek, ularning vazifasini o'tovchi narsalardan ham, foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta'kidlash lozimki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o'yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrozlarining kengayishi natijasida vujudga keladi va ma'nosi va mazmuni jihatdan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.

Yirik psixologlar A.Vallon, J.Piaje, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, D.B.Elkonin va boshqalarning fikricha, go'daklik davrida bolaning predmetli faoliyati negizida rolli oyin uchun eng zarur sharoitlar asta-sekin vujudga kela boshlaydi. Mazkur olimlar va ularning shogirdlari to'plagan ma'lumotlarga asoslanib rolli o'yinni vujudga keltiruvchi muhim omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) go'daklik davridagi predmet bilan uni harakatlantirish orasidagi bog'liqlik o'z ahamiyatini yo'qota boradi, natijada predmet bilan harakat alohida hukm surish imkoniyati tug'iladi va bola ularni alohida umumlashgan tarzda aks ettira boshlaydi; 2) bola haqiqiy o'yinchog'lar o'rniga ularning asl mohiyatini to'la aks ettirolmaydigan yasama va beo'xshov nushalaridan keng foydalanadi (fabrikada tayyorlangan qo'g'irchoq yoki avtomabil o'rniga uyda yasab berilgan shunday narsalar bilan qanoatlantirish); 3) bolaning o'z xatti-harakatlari kattalarning ishlaridan farg'lanishiga intilishi, unda o'ziga xos shaxsiy harakat ko'nikmasining paydo bo'lishi; 4) bolada o'z xatti-harakatini kattalar faoliyati bilan g'iyoslash, harakatlarining mohiyatini muvofig'lashtirish va aynan to'zilishi jihatidan bir-biriga yaqinlashtirish istagining tug'ilishi; 5) bola kattalarning hayoti va faoliyatida uchrab turadigan, odatdagi turmush muammolarini o'zida aks ettiruvchi, ma'naviy va maishiy ko'rinishga ega bo'lgan hayot jahasini o'z xatti-harakatida izchil ravishda tiklashga (ularning rolini bajarishga) urinishadi o'yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan n.m.aksarinaning ta'kidlashicha, o'yin o'zidan-o'zi vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo'lishi kerak; a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to'g'risidagi xilma-xil taasurotlar

tarkib topishi; b) har xil ko'rinishdagi o'yinchog'lar va tarbiyaviy ta'sir vositalarining muxayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta'sir ko'rsatish uslubi hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro muomalasiga qiziqadi; 2) bolalar rolli o'yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo'shqin his-tuyg'uli jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o'yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi; 4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o'chmas iz qoldiradi.

Maktabgacha yosh davrida o'yinning takomillashuvi. Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o'yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o'yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. O'yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiharish sharoitlariga bog'liq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo'lsa, o'yinnnig syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi.

O'yinlarning syujeti xilma-xilligiga qaramay, ularni maxsus guruhlarga biriktirish imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixologlar o'yinlarning quyidagi tasnifini tavsiya qiladi:

1) ishlab chiharishga (texnikaga); sanoat, qishlog' xo'jaligi, qurilish, kasb-hunarga oid o'yinlar;

2) maishiy va ijtimoiy siyosatga ro'zg'or: bog'chaga, maktabga, kundalik turmushga oid o'yinlar;

3) harbiy: urush-urush o'yinlari; 4) drammalashtirilgan: kino, spektakl va boshg'alarga oid o'yinlar. Biz shu tasnif haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin singari psixologlarning tanqidiy mulohazalariga to'la qo'shilamiz, chunki harbiy va drammalashtirilagan o'yinlarni ham ijtimoiy-siyosiy guruhga kiritish mumkin. Bizningcha, D.B.Elkoninning tasnifi ma'g'uldir. U maktabgacha yoshdagi bolalarga xos rolli o'yinlarning syujetiga ko'ra uchta guruhga ajratishni tavsiya qiladi: 1) maishiy mavzu syujetiga oid o'yinlar; 2) ishlab chiharish syujetiga taaluqli o'yinlar; 3) ijtimoiy-siyosiy syujetli o'yinlar. Muallif ayrim o'yin turlari maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha bo'g'inlariga mosligini, syujetlar maishiydan ishlab chiqarishiga qarab va undan ijtimoiy-siyosiy voqealarni aks ettirishga qarab rivojlanishini alohida uqtiradi. Uning fikricha, o'yin syujetidagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasi kengayishi, uning katta yoshdagi odamlar turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog'lig'dir. Darxaqiqat, o'yin syujetining o'sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan syujetning o'ziga xos boshqa ko'rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi.

REFERENCES

1. G'oziyev E. Ontogenez psixologiyasi.Toshkent, Noshir., T 2019.

2. Do'stmuhammedova Sh.A., Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbayeva "Yosh davrlari va pedagogik psixologiya" Toshkent Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi. 2019.

3. David G. Myers "Psychology". NY, 2010. WORTH PUBLISHERS.

4. Rean A.A.,Bordovskaya.N,Rozum.S«Psixologiyai pedagogika» SPb.: Piter 2017.

5. Ye.E.Sapogova Psixologiya razvitiya cheloveka Aspekt Press 2015 g

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.