Научная статья на тему 'MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIMDA BOLALARNING QIZIQISH,SAVODXONLIK VA FIKRLASH KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIMDA BOLALARNING QIZIQISH,SAVODXONLIK VA FIKRLASH KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rivojlanish / fikrlash / ko`nikma / savodxonlik / qarashlar / muhit / amaliy mashg`ulotlar / qiziqish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Guzal Baxtiyor Qizi Ergasheva, Marjona Orif Qizi Toychiyeva, Shaxnoza Dosmatovna Razzakova

Ushbu maqolada maktabgacha va boshlang`ich ta`limda bolalarning qiziqish,savodxonlik va fikrlash ko`nikmalarini qanday usullar orqali shakllantirish va bu jarayonni amalga oshirishda o`quvchilarning ota-onalari va ustozlarining muhim o`rin tutishi haqida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIMDA BOLALARNING QIZIQISH,SAVODXONLIK VA FIKRLASH KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

MAKTABGACHA VA BOSHLANGICH TALIMDA BOLALARNING QIZIQISH,SAVODXONLIK VA FIKRLASH KONIKMASINI

SHAKLLANTIRISH

Guzal Baxtiyor qizi Ergasheva Marjona Orif qizi To'ychiyeva

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Maktabgacha va Boshlang'ich talimda xorijiy til (Ingliz tili)yo'nalishi talabalari Ilmiy rahbar: Shaxnoza Do'smatovna Razzakova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha va boshlang'ich talimda bolalarning qiziqish,savodxonlik va fikrlash konikmalarini qanday usullar orqali shakllantirish va bu jarayonni amalga oshirishda o'quvchilarning ota-onalari va ustozlarining muhim o'rin tutishi haqida yoritib berilgan.

Kalit so^^r^j^^s^!^^^^nikma,savodxonlik,qarashlar, muhit,amaliy mashg'ulotlar,qiziqish

ABSTRACT

This article describes how to form interest, literacy and thinking skills of children in preschool and primary education, and the important role of parents and teachers in this process.

Key words: development, thinking, skills, literacy, attitudes, environment, practical training, interest.

KIRISH. 3-11 yoshli bolalar kattalarga nisbatan tabiatan qiziqishi bilan ajralib turadi.Bu davrda bolalar juda ko'p narsaga qiziqishadi va o'zlarining savollariga javob olishni xohlashadi.Bu esa ularning dunyo haqida ko'proq tushunchaga ega bo'lishiga yordam beradi.Bu qiziqish,o'rganish,tadqiq etish va yangi narsalarni sinash orqali rivojlanishi mumkin.Bu jarayonda bolalarning ota-onasi va tarbiyachilari muhim ahamiyatga ega va ular bolalarga to'g'ri yo'nlish ko'rsata olishi lozim.Agar bu davrda bolalarga to'g'ri yo'nalish va bilim bersak kelajakda ular oz fikriga ega,savodxon,aqlli va ziyrak boTib yetishishadi.

ASOSIY QISM. Bolalarning boshlang'ich jismoniy hamda aqliy rivojlanish davri asosan maktabgacha va boshlang'ich talim jarayoniga to'g'ri keladi yani 3 yoshdan 11 yoshgacha bolalar malum sohalar bo'yicha boshlang'ich bilimlarni egallab boTishadi va ularda qiziqish,savodxonlik,fikrlash va shularga o'xshash bir qancha ko nikmalar shakllanadi.Bolalarda savodxonlik ko nikmasini shakllantirish

April 23-24, 2024

408

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

orqali ularning erkin fikrlarini ifoda eta olish,muammoli vaziyatlarga yechim topa olish,turli vaziyatlarga nisbatan o'zining qarashlarini ifoda eta olish qbilyatlarini shakllantirish mumkin. Fikrlash ko'nikmasini shakllantirishda bolalarning ota-onasi va ustozlari ularning malum bir mavzuga doir fikr va qarashlarini xato bolsa ham hurmat qilib ohirigacha tinglashlari va qanday xatoga yol qo'yganini tushuntirishlari lozim. Bu usul orqali bolalar oz fikrlarini hech qanday qo'rquvlarsiz ifoda eta olishadi va har qanday mavzudagi savollarga javob bera olishadi. Bu davrda ularga ota-onasi va ustozlari tomonidn katta e'tibor talab etiladi.Ustozlar va ota-onalar hamkorlikda ish olib borishi talab etiladi.Chunki kunning yarm qismini bolalar talim muassasasida o'tkazsa qolgan qismida uyda bo'lishadi.Agar shu maktab hamda oila muhitida bolalar uchun to'g'ri talim muhiti yaratilsa ular o'rganish jarayonida kamroq qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Maktabgacha va boshlang'ich talim jarayonida bolalarda fikrlash va savodxonlik ko'nikmasini quyidagi usullar orqali shakllantirish mumkin:

1.Atrof muhit bilan tanishtirish turli qushlar,hasharotlar,o,simliklar va daraxtlar haqida ular tushunadigan ilmiy bolmagan tilda boshlang'ich malumotlar berish orqali.

2.Turli tarbiyaviy ahamiyatga ega ertak kitoblar o'qib berish orqali.Bunda faqatgina kitobni o'qib berish emas balki uning mazmunini va bolalar bundan qanday xulosa chiqarishi kerakligi haqida ham tushunchalar berib ketilishi lozim.

3. Jamoaviy va amaliy o'yinlar o'ynash orqali.Bu jarayonda bolalar birgalikda ishlashi va fikr almashishi orqali ularning muloqot qilish ko'nikmasi shakllanadi va turli muammolarga yechim berishni o'rganadilar.

4.Ko'p malumot berish. Bolaga mavzuga oid ko'p malumot berish,tushunish imkoniyatini kengaytiradi va o'z fikrini zamonaviy tarzda ifoda qilishga yordam beradi.

5.Adolatli va e'tiborli bolish.Bolaning fikrini e'tibor bilan tinglash va bu fikrlara nisbatan adolatli munosabatda bolish.Ularning fikrlarini hurmat qilib tinglash va qo'llab quvvatlash orqali.

Yuqorida berib o'tilgan bir qancha usullar bolalarda fikrlash va savodxonlik ko'nikmasini sezilarli ravishda shakllanishiga yordam beradi.

XULOSA

Xulosa qilinsa, bolalardagi fikrlash va savodxonlik konikmalarini shakllantirish muhim jarayon hisoblanadi.Bu jarayonni amalga oshirishda bolalar bilan ko'proq birga shug'ullanish va ular tomonidan berilgan har qanday savolga misollar orqali ko'p malumot berishimiz lozim.Endigina o'sib rivojlanib kelayotga

April 23-24, 2024

409

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagGgika^niversit^^

bolalarga noto'g'ri berilgan yo'nalish bolalarning keyingi yuqori talim jarayonida malum qiyinchiliklarga duch kelishiga sabab bo'ladi.

REFERENCES

1."Bolani Mazmuni Bayon" Shahriyor Mirzo

2."Bolalar uchun Psixologiya"Elmira Mirzakalonova

3."Bolaning qalbini ochuvchi so'zlaf'Muhsm Hayitov

4.https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-ta-lim-yoshdagi-bolalarning-ijodiy-qobiliyatlari-va-uni-samarali-rivojlantirish-omillari

5.https://jdpu.uz/wpcontent/uploads/2022/12/BOLALAR_NUTQINI_OSTIRISH_N AZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI 2-2.docx

410

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.