Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH TA`LIMDA INGLIZ TILI O`QITISH METODLARI'

BOSHLANG`ICH TA`LIMDA INGLIZ TILI O`QITISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang`ich ta`lim / samarali / tez / ko`nikmalar / metodlar / tinglab tushunish / jamoaviy o`yinlar / o`qituvchi / ingliz tili.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xumora Abdumomin Qizi Osarboyeva, Sherzod Qizi Ozoda Murtozaqulova, Sevara Abdusamad Qizi Abdurashidova, Zilola Shuxrat Qizi Mahmudova

Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ingliz tilini tez,oson va samarali o`rgatish metodlari atroflicha yoritib berilgan.Mazkur maqola orqali bolalarga ingliz tilini qanday usullar va metodlar orqali tushunarli va qiziqarli o`rgatish haqida bilib olish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH TA`LIMDA INGLIZ TILI O`QITISH METODLARI»

BOSHLANGICH TALIMDA INGLIZ TILI OQITISH METODLARI

Xumora Abdumo'min qizi O'sarboyeva

Sherzod qizi Ozoda Murtozaqulova Sevara Abdusamad qizi Abdurashidova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va Boshlang'ich ta'limda xorijiy til(ingliz tili) yo'nalishi talabalari

Zilola Shuxrat qizi Mahmudova

Ilmiy rahbar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi

kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini tez,oson va samarali o'rgatish metodlari atroflicha yoritib berilgan.Mazkur maqola orqali bolalarga ingliz tilini qanday usullar va metodlar orqali tushunarli va qiziqarli o'rgatish haqida bilib olish mumkin.

Kalit so'zlar:boshlang'ich taTim,samarali,tez,ko'nikmalar,metodlar,tinglab tushunish,jamoaviy o'yinlar,o'qituvchi,ingliz tili.

ABSTRACT

In this article, the methods of teaching English quickly, easily and effectively to elementary school students are detailed. Through this article, you can learn about the methods and methods of teaching English to children in an understandable and interesting way.

Keywords: primary education, effective, fast, skills, methods, listening comprehension, team games, teacher, English language.

KIRISH

Bugungi kunda zamonaviy tillar orasida ingliz tili foydalanuvchisi ko'p til sifatida boshqa tillarga qaraganda yuqori o'rinda turadi.Kun sayin bu tildan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.Hozirda ingliz tili maktabgacha,boshlang'ich,oliy,professional va undan keyingi ta'lim jarayonlarida o'quvchilarga o'rgatib kelinmoqda.Axborot texnologiyalari va zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi.Turli usullarni birlashtirib o'qituvchi muayyan ta'lim dasturlarini yechishga qodir bo'ladi.Ingliz tilini o'rgatishda o'rganuvchining salohiyat va darajasi yoshidan

392

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavMpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o'rgatish yaxshi natija beradi.Psixologlarning fikriga ko'ra,bolalar kattalarga qaraganda tilni tez va oson o'zlashtiradilar.

Asosiy qism

Bolalar tabiatan juda ko'p narsaga qiziqqanligi va shu narsalarni o'rganishga bolgan ishtiyoqi tufayli kattalarga qaraganda o'rganishga bo'lgan moyillik ularda kuchliroq shakillangan boladi.Til o'rganish ham ular uchun hech qanday qiyinchilik tugMirmaydi.Boshlang'ich sinf o'quvchilariga yani 7 yoshdan to 11 yoshgacha bolgan bolalarga ingliz tilini judayam chuqurlashmagan holatda yani gramatika va ilmiy mavzularsiz turli jamoaviy o yinlar orqali ularni qiziqtirgan holda ko proq og'zaki shug'ullangan holda o'rgatish maqsadga muvofiq boladi.Boshlang'ich talim bosqichida bolalar ingliz tilini guruhlarga bolingan holda o'rganishadi.Bir guruh tarkibida taxminan 12 ta o'quvchi bo'ladi bu esa o'qituvchi o'quvchilarning har biri bilan ishlashiga sharoit yaratadi va bolalarning o'zlashtirish jarayoni ham samarali tarzda amalga oshadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga quydagi usullar orqali ingliz tilini oson va tushunarli tarzda orgatish mumkin:

1.Musiqa tinglash orqali.Bu jarayonda bolalarda ingliz tilidagi eshitish qobiliyati shakllanadi va musiqa matnini qaytarish orqali yangi so'zlarni o'rganishlari mumkin boladi.Ingliz tili alfabitidagi harflar,meva,hayvon,sabzavot nomalarini musiqa eshittirish orqali o'rgatish mumkin.

2.Multfilm yoki bolalarning yoshiga doir kichik hajmli videoroliklar tomosha qilish orqali.Bunda o'quvchilar multfilm qahramonlarining ingliz tilidagi nutqini birinchi martada tushunmasliklari mumkin ammo qahramonlar hatti-harakatlari orqali voqealarni tushunishlari mumkin boladi.Bu jarayonda bolalarda ingliz tilidagi ko'rib tushunish qobiliyatlari shakllanadi.

3.Jamoaviy o'yinlar orqali.Bu usul orqali bolalarda ingliz tilida muloqot qilish qobiliyati rivojlanadi va bir-birlari bilan fikr almashganligi bois bolalarning dunyoqarashi va tanqidiy fikrlash ko'nikmasi ham shakllanadi.

Oqituvchi mavzusiga qarab o'sha muhitni yaratib bera olsa,bolalar tilni yaxshi o,rganishadi.Masalan:traveling,birthday,in the kitchen va

boshqalar.Birthday(tug'ilgan kun)mavzusida o'qituvchi bir o'quvchini tug'ulgan kunini tashkil etishi tug'ilgan kun uchun nimalar kerak ekanligini tushuntirishi (birthday cake,gifts,special meal,balloons,decorations) va ushbu tug'ulgan kun qayerda tashkil etilishi(restaurant,cafe,home,school) haqida malumot beradi.Bu hol o'quvchilarning so'z boyligini,til imkoniyatlarini kuchaytiradi,dunyoqarashini o'stiradi.Bolalar uchun faqat grammatik mashq ishlash yoki darslikda berilgan mashqlarni bajarish juda zerikarli jarayon hisoblanadi.Shu bois o'qituvchilar qancha

393

^23-2V2024_ International Scientific and Practical Conference

ko'p zamonaviy til o'rgatish metodlaridan foydalansa,til o'rgatish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalansa,sinfxonada inglizcha muhit yaratsa o'quvchilarning til o'rganishga boTgan ishtiyoqi o'sib boraveradi. Xulosa

Ingliz tilini bilish nafqat yoshi kattalar uchun balki maktab yoshidagi bolalar uchun ham foydali hisoblanadi.Chet tilini bilish orqali maktab yoshidagi bolalar ushbu tildagi multfilm yoki kinolarni hechqanday tarjimalarsiz ko'ra oladi,ingliz tilida nashr qilinadigan kitob va jurnallarni qiyinchiliksiz o'qib tarjima qila olishadi va ingliz millatiga mansub o'zi tengi bolalar bilan muloqotni amalga oshira oladi.Til bilish juda ko'p imkoniyatlar eshigini ochadi shunnchaki til o'rganish uchun qulay muhit va tajribali ustoz bo'lsa kifoya.

REFERENCES

1."Chet tillarini o'rgatish metodikasi'Muqaddas Djinoyatullo.

2."Til ko'rgazmasi va o'quvchilarni tilni o'zlashtiruvchi usullar"Salim Qurbonov.

3."O,qitish metodikasi va metadologiya"O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi.

4 .https: //www.econferencezone. org/index.php/ecz/article/download/113/103/112

5.https://cyberleninka.ru/article/n/o-quvchilarga-ingliz-tilini-o-qitishda-qo-

llaniladigan-metodlari

394

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.