Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MONITORING TIZIMI -O'QUV JARAYONI SIFATINI BOSHQARISH VOSITASI SIFATIDA'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MONITORING TIZIMI -O'QUV JARAYONI SIFATINI BOSHQARISH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
33
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
monitoring / pedagogik monitoring / maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sitfati monitoringi / menejment / boshqaruv / hujjatlashtirish / kuzatish / talab.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xayitova Surayyo Toshmurodovna

MTTda ta’lim sifatni nazorat qilish davr talabidir.Faoliyat natijalarining muvofiqlik darajasini aniqlashga qaratilgan ta'lim nazorati MTTda zamonaviy talablar bilan belgilangan monitoring tizimini ishlab chiqishga, yondashuvlarni belgilaydigan asosiy tamoyillarni tashkil etishga,jarayonni tashkil etish samaradorligi haqida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MONITORING TIZIMI -O'QUV JARAYONI SIFATINI BOSHQARISH VOSITASI SIFATIDA»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MONITORING TIZIMI -O'QUV JARAYONI SIFATINI BOSHQARISH VOSITASI SIFATIDA

Xayitova Surayyo Toshmurodovna

Ta'lim sifatini nazorat qilish va monitoring bo'limi bosh mutaxassis https://doi.org/10.5281/zenodo.11275522

Annotatsiya. MTTda ta'lim sifatni nazorat qilish davr talabidir.Faoliyat natijalarining muvofiqlik darajasini aniqlashga qaratilgan ta'lim nazorati MTTda zamonaviy talablar bilan belgilangan monitoring tizimini ishlab chiqishga, yondashuvlarni belgilaydigan asosiy tamoyillarni tashkil etishgajarayonni tashkil etish samaradorligi haqida kerakli ma'lumot va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: monitoring, pedagogik monitoring, maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim sitfati monitoringi,menejment,boshqaruv,hujjatlashtirish,kuzatish, talab.

Аннотатция. Образование и контроль качества-это требование периода.Образовательный контроль, направленный на определение уровня соответствия результатов деятельности,направлен на разработку системы мониторинга, определяемой современными требованиями в ДОО, организатсию основных принципов, определяющих подходы, предоставление необходимой информатсии и рекомендатсий по эффективности организации процесса.

Ключевые слова: мониторинг,педагогический мониторинг,мониторинг качества образования в дошкольной образовательной организатсии,управление, документирование, наблюдение.

Abstract. Эducation and quality control is a requirement of the period. Educational control aimed at determining the level of compliance of performance results is aimed at developing a monitoring system determined by modern requirements in pre-school education, organizing basic principles that define approaches, providing the necessary information and recommendations on the effectiveness of the organization of the process.

Keywords: monitoring,pedagogical monitoring,monitoring of the quality of education in a preschool educational organization,management, documentation, supervision.

Monitoring- kuzatish, nazorat qilish va ogohlantirish kabi funktsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan harakatni amalga oshirishni anglatadi.

Pedagogik monitoring-bu pedagogik tizim faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni tashkil etish, to'plash, qayta ishlash, saqlash va tarqatish shakli. Ushbu shakl pedagogik tizimning holatini kuzatishni ta'minlaydi va uning rivojlanishini bashorat qilishga imkon beradi.

Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy sharoitida yuqori tashkilot organlariga ta'lim nazoratini olib borish, tartiblash va nazoratlash vazifalari yuklanadi. Dinamik o'zgaruvchan jamiyat jarayonni tezda faollashtirish, tizimlashtirish, yaratilgan o'zgarishlarni tahlil qilish, dastur talablarini belgilangan talablar darajasida shakllantirishga olib keladi.Sifatli ta'lim nazorati ob'ektiv bo'lishi kerak.Boshqariladigan tizim holati va barcha o'zgarishlar tasviri raqamli ,dasturiy , tahliliy jarayonlarda o'z darajasini belgilab beradi.

Bugungi muammolarni hal qilishda rahbariyat istiqbolli va tezkor maqsadlarni aniq belgilashi, bir tomondan o'quv jarayonining barcha ishtirokchilarining boshqaruv menejmenti

aloqalari va munosabatlarini, boshqa tomondan mavjud ichki va tashqi resurslarni hisobga olishi lozim. Bu talablar ta'lim sifati monitoringini to'g'ri tashkil etish sharti hisoblanadi.

Ta'lim sifatini monitoring qilish-belgilangan davr uchun axborot to'plash, tahlil va sifatni baholash tartibi jarayonlarining uzviy bog'liqligidadir. Tashkilotni rivojlantirishga, faoliyatlardagi sifat va samaradorlikni aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan jarayonlar dastur talablari,maktabgacha ta'lim tizimiga oid me'yoriy hujjatlaming aniq va dolzarb tizimlashtirilganligiga ham bog'liq

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida monitoring tadqiqot va tahliliy bilan bog'liq ish, hamjihatlikda ,ma'lum tartib va tizimli nazorat yo'riqnomalar, dasturlarni tahlili asosida olib boriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida monitoring dasturini yaratishda biz quyidagi algoritmni qo'llaymiz:

- ob'ektlarni aniqlash va asoslash monitoring;

- ob'ektni monitoring qilishning tegishli usullarini topish;

- monitoring tartibini rejalashtirish va amalga oshirish;

- tahlil, olingan materiallarni tizimlashtirish, tuzish;

- baholash va ma'lumotlarni talqin qilish;

- oldingi natijalar bilan o'zaro bog'liqlik monitoring;

- ob'ektdagi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni bashorat qilish monitoring;

- boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini monitoringni tahlilini to'g'ri olib borish uchun quyidagi jarayonlarni tizimlash lozim:

1. MTTda menejment va boshqaruv sifati;

2. MTT o'quv rejasi, ta'lim dasturining sifati;

3. Pedagoglarning kompetentligi, psixologik iqlim;

4.MTTda shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'limiy faoliyatni tashkil etish holati.

5. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim resurslari.

6.MTT ta'lim jarayonidagi oxirgi besh yillik tahlil(Attestatsiya,akreditatsiya,ma'lumotnomalar asosida)

Ushbu ma'lumotlar bloklarining har biri uchun ma'lumot to'plash, tahlil qilish va qabul qilish uchun texnologik xaritalar , boshqaruv qarori tuziladi. Axborot mazmuni aniqlanadi, tax,lil va kuzatuvlar asosida tizimlamtiriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim sifati monitoring qilish tartibi :

- meyoriy-normativ hujjatlar,hujjatlashtirish va baholash jarayoniga asoslanadi;

- ta'lim sifatini baholash mezonlarining aniqligi , tizimliligi, ochiq va shaffofligiga bog'liq;

- tizimdagi ta'lim sifati va ilmiy ma'lumot to'plash tartibi rejali jarayondagi ekspert xulosalariga bog'liq;

Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim sifatini monitoring tashkil etish usullariga quyidagilar kiradi:

-faoliyat mahsulotlarini, hujjatlarni kuzatish, o'rganish;

-sinovlar, turli shakllardagi topshiriqlar;

- faoliyatlarni nazoratlash va baholash;

-pedagoglar, ota-onalar va bolalar bilan suhbatlar;

- pedagoglar, ota-onalar va bolalar bilan jarayonga oid so'rovnomalar;

Monitoring orqali olish muhim bo'lgan barcha ma'lumotlar operatsion va strategik tarzda tashkil etiladi

O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jarayonlarda ta'lim sifatini oshirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, istiqbolda tizim faoliyatida boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, tizim rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy mavqeini ko'tarish, o'quv jaraèniga dasturiy mahsullarni joriy etish, ma'lumotlar bazasini raqamlashtirish kabi bir qator vazifalarni bajarish belgilangan . Ushbu vazifalar ijrosini o'z vaqtida ta'minlash esa, samarali menejerlik va kasbiy kompetensiyalariga ega bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarga bo'lgan talabni oshirmoqda.

Demak, maktabgacha ta'lim tizimi sifatini oshirish, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun avvalo tizimning rahbar va pedagog kadrlarining avvalo kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish lozim. Albatta, rahbar va pedagog xodimlar faoliyati samaradorligini hisoblashda menejerlik va kasbiy kompetensiyalar darajasini baholash bo'yicha mukammal mezonlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Ta'lim tizimi yetakchi davlatlarda maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruv xodimlari faoliyatini baholash va attestatsiya qilish mexanizmlari bo'yicha alohida me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Mazkur me'yoriy hujjatlar asosan maktabgacha ta'lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarini baholash va attestatsiya qilish tartibi va jarayonlarini o'z ichiga oladi. Shu tariqa rivojlangan davlatlarda kabi O'zbekistonda ham maktabgacha ta'limni boshqaruv xodimlari, xususan maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim sifati monitoringgi tizimni sifat darajaga ko'tarish,aniqlangan kamchilik va xatoliklar bo'yicha tegishli tavsiyalar jarayonlardagi shaffoflik,hujjatlashtirish negizida tashkil etilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. - Toshkent, 2022. - PF-60.

2. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi Qonuni 2019-yil 16-dekabr, O'RQ-595-son.

3. Алферов Ю.С., Курдумова И.М., Писарева Л.И. Оценка и аттестация кадров образования за рубежом - М., 1997 - 146 с.

4. Dadley D.E. Orso J.K. Integrting Summative and Formative Modes of Evaluation //NA SSP Bulletin, 1991, vol. 75, no 536.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.