Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI RAHBAR VA PEDAGOGLARINING ISHINI EKSPERT BAHOLASH'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI RAHBAR VA PEDAGOGLARINING ISHINI EKSPERT BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim sifati / monitoring / pedagogik tashxis / faoliyat mezonlari / ta’lim jarayoni / metodik yordam.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tashbayev Naim Sadikovich

Maktabgacha taʼlimni yanada rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Shu bilan birgalikda, maktabgacha taʼlim tizimida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar safini kengaytirish, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI RAHBAR VA PEDAGOGLARINING ISHINI EKSPERT BAHOLASH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI RAHBAR VA PEDAGOGLARINING ISHINI EKSPERT BAHOLASH

Tashbayev Naim Sadikovich

MTTDMQTMOI Ta'lim sifatini nazorat qilish monitoring bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.11275096 Annotatsiya. Maktabgacha ta'limniyanada rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlaridan biri ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Shu bilan birgalikda, maktabgacha ta'lim tizimida oliy ma'lumotli pedagog kadrlar safini kengaytirish, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish masalasiga alohida e 'tibor qaratilmoqda.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim sifati, monitoring, pedagogik tashxis, faoliyat mezonlari, ta'limjarayoni, metodikyordam.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim sifatini monitoring qilishda boshqarishni optimallashtirish, pedagog kadrlar bilan uslubiy ishlar samaradorligini oshirish zarur. Ushbu turdagi ish tashxisga asoslangan bo'lsa, pedagogik jarayonni optimallashtirish mumkin bo'ladi, chunki bunday asos maktabgacha yoshdagi bola va ota-onalarning ehtiyojlarini, har bir pedagogning va butun jamoaning imkoniyatlarini batafsil o'rganishni o'z ichiga oladi va bu esa amalga oshiradi pedagogik mahoratni, kasbiy malakasini oshiradigan, pedagoglarning ijodkorligini rag'batlantiradigan uslubiy ishlarning eng samarali shakllari, usullari va uslublarining to'plamini aniqlashga imkon beradi [4].

Tarbiyachining pedagogik faoliyatini o'rganib, uning maktabgacha yoshdagi bolalarning turli xil ish faoliyatini (mehnat, o'yin, badiiy va teatrlashtirilgan o'yinlar) tashkil etish va o'tkazish qobiliyatini, nutqini rivojlantirish qobiliyatini, u bilan muloqot qilish fazilatlari va ko'nikmalarini baholash zarur. [4]

Ilmiy va nazariy bilimlar to'g'risidagi ma'lumotlar pedagog xodimlar malakasini oshirishga yordam beradi. Ta'lim jarayoni pedagogga tashxis qo'yish, amaliy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy asos ekanligini tushunishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi pedagog tomonidan kuzatilishi va pedagogik jarayon tashxisi to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi hamda pedagogning ijodkorligi va erkinligi rag'batlantirilishi lozim.

Maktabgacha ta'limning pedagog xodimlari bola rivojlanishining pedagogik tashxisi, ota-onalarning pedagogik madaniyatini o'rganish, o'zlarining kasbiy faoliyatlarini mustaqil tashxis qilish usullarini; maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim sharoitlarini baholash qobiliyatini o'zlashtirishlari kerak. Ta'lim jarayoni va uni o'zida mujassam etgan ta'limning sifati va samaradorligini menejment, uning tamoyillari, usullari, tashkiliy shakllari va texnologik metodlari to'plami ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida "boshqaruv" tushunchasi "menejment"ga aylantiriladi. Boshqarishning o'ziga xos xususiyati bozor ehtiyojlariga, ishlab chiqarish sifatini doimiy oshirishga, qaror qabul qilish erkinligiga, strategik maqsadlar va dasturlarning ustuvorligiga qaratilgan. [4]

Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim sifati monitoringini samaradorligini oshirish deganda asosiy sifat mezonlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim sifati monitoringini samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari tahlil qilsak: Analitik (tahliliy) faoliyat mezonlariga:

- Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlash va tahlil qilish.

- ta'lim tizimidagi xodimlarning kasbiy va informatsion ehtiyojlarini monitoringni olib borish;

- ta'lim tashkilotlarining pedagoglari haqida ma'lumotlar bazasini yaratish;

- ta'lim tashkiloti pedagoglarining faoliyatlarini o'rganish, tahlil qilish va takomillashtirish yo'llarini aniqlash;

- ta'lim jarayonidagi metodik va didaktik xarakterdagi kamchiliklarni aniqlash;

- ta'lim jarayoni haqidagi ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish;

- ilg'or xorijiy tajribalarni amaliyotda qo'llashlarini, pedagogik tajribalarini aniqlash, o'rganish va umumlashtirish masalalari kiritiladi.

Informatsion faoliyat mezonlariga:

- Pedagogik ma'lumotlar bankini shakllantirish (huquqiy normativ, ilmiy-metodik);

- Pedagog xodimlarni psixologik, pedagogik, metodik, ilmiy-ommabop adabiyotlar yangiliklari bilan tanishtirish;

- Pedagog va rahbar xodimlarni maktabgacha ta'lim sohasida innovatsion faoliyatlar bilan tanishtirish;

- Maktabgacha ta'limning rivojlanishidagi yangi yo'nalish, yangi adabiyotlar, o'quv-metodik komplektlar, video va audiomateriallar va tavsiyanomalar;

- Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi lobaratoriyalar va ularning jihozlanganligi, metodik tavsiyalar bilan ta'minlanganligi haqidagi ma'lumotlar;

- Pedagoglar malakasini oshirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlardagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi ishlarni o'rganishga doir hujjatlar;

- Iqtidorli bolalar bilan ishlash, zamonaviy pedagogik texnologiya bo'yicha ishlayotgan ijodkor pedagoglar haqidagi ma'lumotlar;

- Ta'lim tashkilotlaridagi ilg'or pedagogik tajribalar va innovatsion faoliyat olib borayotgan pedagoglar haqida axboratlar bankini yaratish;

- Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo'yiladigan davlat talablari ijrosi monitoringini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan nazorat mezonlari va bolalarning bilimini aniqlash uchun ta'limiy topshiriqlar to'plami;

- Matbuot orqali ilg'or pedagogik tajribalarni, ta'lim sohasidagi yangiliklarni targ'ibot qilish.

Tashkiliy-metodik faoliyat mezonlariga:

- Tuman metod birlashmalarining ishini takomillashtirish;

- tayanch tashkilotlarini aniqlash, ularda uslubiy yordam ko'rsatish tizimini ishlab chiqish;

- ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik o'qishlar, kasbiy ko'rik-tanlovlarni tayyorlash va o'tkazish;

- festivallar, turli tanlovlar, seminarlarni tashkil etish va o'tkazish;

- ta'lim sohasi bilan bog'liq bo'lgan tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish;

- Viloyat, shahar va tuman miqyosida ijodiy guruh tashkil etish va faoliyat ko'rsatishini ta'minlash.

- Ta'lim tashkilotlarida "Yil tarbiyachisi" ko'rik-tanlovlari o'tkazilishi yuzasidan metodik tavsiyalar berish. Tuman (shahar) bo'yicha "Yil tarbiyachisi" va boshqa tanlovlarni tashkil etish, Nizomlarini ishlab chiqish va o'tkazishda ishtirok etish.

- Tuman (shahar) maktabgacha ta'lim tashkilotlari bazasida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, ilg'or g'oyalarni sinovdan o'tkazish uchun tajriba-sinov maydonchalarini tashkil etish va ularga metodik yordam ko'rsatish.

Maktabgacha ta'lim tizimini ilmiy salohiyatini oshirish borasida:

- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarning ilmiy-metodik ta'minotini ta'minlash;

- innovatsiyalar bo'yicha doimiy ishlab turuvchi seminarlarni tashkil etish;

- maktabgacha ta'lim tizimini ilmiy jihatdan rivojlanish ko'rsatkichlari, tajriba-sinov va innovatsion ishlar natijalarini yoritish bo'yicha tadbirlar tashkil etish;

- uzluksiz malaka oshirish tizimi xizmatini tashkil etish, ushbu jarayonning metodik ta'minotini takomillashtirish;

-maktabgacha ta'lim tizimini axborot-kommunikatsiya ta'minotini yaratish.

Amaliy faoliyat mezonlariga:

- Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari hamda "Ilk qadam" davlat o'quv dasturini bajarilishini metodik jihatdan ta'minlashga yo'naltirilgan istiqbol dasturni ishlab chiqish, shu asosida reja tuzish va bajarilishini ta'minlash;

- Ta'lim tashkilotlariga metodik yordam ko'rsatish maqsadida metodik ishlarni tayyorlash, nashr etish va joylarga yetkazishni tashkil etish;

- Hududlardagi ta'lim tashkilotlari uchun ta'limiy o'yinchoqlar, ko'rgazmali qurollar va boshqa didaktik materiallar tayyorlashni tashkil etish;

- Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiyani takomillashtirishga xizmat qiladigan ilg'or, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni aniqlash, tanlash va ommalashtirish;

- Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davlat talablarining ijrosini amalga oshirish va ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish, uni MTTDMQTMOIda muhokama qilish hamda bajarilishini ta'minlash.

Maktabgacha ta'lim sifatini oshirishning muhim jihati maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni yo'lga qo'yish bo'lishi kerak. Ushbu mezonni ko'rib chiqishda avvalo, tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi uchun ma'lum shart-sharoitlarni shakllantirishdan manfaatdor bo'lgan davlat talablarini va maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalarini e'tiborga olish muhim. Maktabgacha ta'lim tizimida ota-onalarning maktabgacha ta'lim xizmatlaridan mamnunligini baholash usullari mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolalar oilalarining so'rovlarini aniqlash va ularning fikrlarini maktabgacha ta'limni rivojlantirishni strategik rejalashtirishda hisobga olish uchun monitoringni tizimlashtirish zarur.

Ta'lim sifati monitoringini amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglarining faoliyati sifatini oshirish bilan, tashkilotning ta'lim-tarbiya va tarbiyachilarning yangi g'oyalarga mo'ljallangan, innovatsiyalarga yo'naltirilgan ishlarni bosqichma bosqich rivojlantirish mumkin [5].

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'RQ-595 son Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/4646908

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60 sonli Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/5841063

3. Abdullaeva N.Sh. Klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish // p.f.d.(DSc) diss. T.2023. 242 b.

4. Valiyeva F.R. Ta'lim sifati monitoringi. O'quv-uslubiy majmuasi. Toshkent. 2022. 43 b. https://videouroki.net/razrabotki/ta-lim-sifati-monitoringi-o-um.html

5. Данилова Л.Н., Ледовская Т. В., Солынин Н.Э., Ходырев А.М. ценности педагогического образования: сущность и генезис // ценности и смыслы. 2019. №4 (62). S.6-22. http:/elibrary.ru/item.asp?id=26024483

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.