Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA IKKINCHI TILNI O'RGATISHNING AFZALLIKLARI'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA IKKINCHI TILNI O'RGATISHNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetentsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Moydinova Xulkar Kamoldin Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga erta yoshda ikkinchi tilni o'rgatishning afzalliklari, dolzarbligi va albatta ushbu vazifani amalga oshirish uchun zamonaviy interfaol usullardan foydalanish yo'llari ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA IKKINCHI TILNI O'RGATISHNING AFZALLIKLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA IKKINCHI TILNI

O'RGATISHNING AFZALLIKLARI Mo'ydinova Xulkar Kamoldin qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11045232

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ertayoshda ikkinchi tilni o'rgatishning afzalliklari, dolzarbligi va albatta ushbu vazifani amalga oshirish uchun zamonaviy interfaol usullardan foydalanishyo'llari ifodalangan.

Kalit so'zlar: motivatsion komponent, interfaol, metodlar, kompetentsiya.

Аннотация: В данной статье описаны преимущества и актуальность обучения второму языку в раннем возрасте детей дошкольных образовательных учреждений, и, конечно же, способы использования современных интерактивных методов для реализации этой задачи.

Ключевые слова: мотивационный компонент, интерактив, методы, компетентность.

Abstract. This article describes the advantages and relevance of teaching a second language at an early age to children ofpreschool educational institutions, and, of course, ways to use modern interactive methods to implement this task.

Keywords: motivational component, interactive, methods, competence.

Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o'z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o'rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo'lishini ko'rsatadi. Bizning yurtimizda ham ushbu masalaga qat'iy e'tibor qaratilgan, xorijiy tillarni o'qitishda xususan ingliz tilini o'qitishda dunyoning yetakchi tashkilot va universitetlar hamkorligida yangicha yondashuv asosida dasturlar ishlab chiqilmoqda. Xalqaro munosabatlar rivojlanayotgan globallashuv davrida chet tillatini bilish katta siyosiy-madaniy jarayon hisoblanadi. Mashhur olimlarmizdan sanalmish Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Beruniy, Ibn Sino bir necha yillarni mukammal bilishgan.

Til o'rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson ozlashtiradilar. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyilik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtinig ko'pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e4iborga olish kerakki, yosh bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Dunyo olimlari 10 yoshgacha bo'lgan davrda bola chet tilini oson oz'lashtirishishi bo'yicha yakdil fikr bildirishgan. Bu davrda bola tillarni tushunib emas balki mexanik tarzda o'rganadi shuning uchun xorijiy tilni qollanilishi va talaffuzi oson o'zlashtiriladi. Ammo shunday bo'lsada bolaning har qanday tilning tovushlarini taqlid qilish qobiliyati bilan tug'ilshini hisobga olsak bu jarayonni ertaroq boshlash fikridagilar ham ko'pchilikni tashkil qiladi. Inson miyasini o'rganilish bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida, chaqaloq tug'ilishidan uch yoshigacha bo'lgan davr bola rivojlanishning eng muhim davri ekanligi isbotlangan. Shunigdek uch yoshli bolaning miyasi katta yoshdagi odam miya faoliyatidan ikki karra tezroq va yaxshiroq ishlashi ham aniqlangan. Shuning uchun ingliz mutaxassislarining fikricha bolaning birinchi yildayoq ikkinchi tilni tanishtirib borish uni oson o'zlashtirishiga yordam bo'lishini ta'kidlashadi. Ammo har qanday xolatda xam bolaning psihologik va til o'zlashtirish qobiliyatini hisobga olish nihoyatda muhim omil ekanligini unitmasligimiz kerak.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Mening fikrimcha, bolajonlarimizga mana shunday yo'nalishlarda dars otishimiz maqsadga muvofiq bolar edi:

-qoshiqlar va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega bolmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish;

-aqliy va jismoniy harakatlar bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar bilan o'rgatish;

-multfilmlar orqali. Bolalar til organish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasada multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan sozlarni tushunishga intiladi;

-korgazmali qurollar, turli xil rasmlar, ertaklar, kitoblar, va shunga o'xshash turli xil predmetlardan ham bolishi mumkin.

Ingliz tilini o'rgatishning barcha asosiy komponentlari (o'qitish maqsadi, metod va vositalari, o'quv fan mazmuni) bir-birlari bilan chambarchas bog'liqligi, ingliz tiliga o'rgatishning maqsadi muomala asoslarini yaratishga, o'z fikrini erkin bayon qilish va oddiy kommunikativ vaziyatlarda suhbat olib borish malakalaridan iborat. Shundan kelib chiqqan holda birinchi navbat ta'lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan bu mazmunga nafaqat bilim, ko'nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatini tashkil qiluvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga nisbatan munosabatlarini ham kiritish masalasi katta ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim jarayonida nutq faoliyatining tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozishlardan iborat ko'nikmalarini shakllantirishga bo'ysundirilgan bo'ladi.Shuning uchun xam bog'cha bolalarini ingliz tilida muloqotga kiritish jarayonida didaktik o'yinlar muxim axamiyat kasb etadi. Bunday o'yinlar bolalarga nafaqat quvonch, zavq, xuzo'r, roxat va xo'rsandchilik bag'ishlaydi, balki ingliz tilini o'rganishlarida cheksiz qiziqish o'yg'otadi. Mazkur faoliyat yordamida ular bosqichma-bosqich ijtimoiylashadilar. O'yinlarda o'zbek xalqining barqaror an'analari, xarakat me'yorlari o'z aksini topadi.

O'yinlarga xos bo'lgan bir qator didaktik xolatlar mavjud. Ular qo'yidagilar:

• pedagogikada o'yinlar to'rli yoshdagi bolalarning mustaqil faoliyatini rivojlantirish shakli sifatida namoyon bo'ladi;

• o'yinlar bolalar faoliyatining erkin shakli bo'lib, mazkur jarayonda ular atrof-olamni anglaydilar, o'rganadilar, shaxsiy ijodiy faoliyatlari uchun qulay sharoitga ega bo'ladilar, mustaqil bilish va o'z faoliyatlarini jadal tarzda namoyon qilish imkoniyatini ko'lga kiritadilar;

• o'yinlar bolalar uchun rivojlanish amaliyoti hisoblanadi;

• o'yinlar jarayonida bolalar aql-idrokka tayangan xolda ijod qiladilar, o'z imkoniyatlari va ijodiy faoliyatlarini namoyon etadilar.

Xulosa qilib aytish mumkinki, jahon psixologiyasi va pedagogika fanida boy ma'lumotlarga asoslanib, komil ishonch bilan quyidagi mulohazalarni bildirish mumkin. Jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga ingliz tilini o'rgatishda didaktik o'yinlar va axborot texnologiyalari salmoqli ta'sir o'tkazadi.

REFERENCES

1. Borodulina, S.Yu. Tuzatish pedagogikasi: maktab o'quvchilarining rivojlanishi va xatti-harakatlaridagi og'ishlarni psixologik-pedagogik tuzatish [Matn]: "Darsliklar, o'quv qo'llanmalar" seriyasi. / S.Yu. Borodulina. - R on / D., 2004. - 352 p.

2. Ta'limni rivojlantirish bo'yicha Rossiya jamoat kengashining axborotnomasi. [Matn] // 15-son. M. - 2006. - 128 b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

3. Groznaya, N.S. Inklyuziv ta'lim. Tarix va xorijiy tajriba [Matn] / N.S. Groznaya // Ta'lim masalalari. 2006. - 2-son. - B.89-104.

4. Maxsus pedagogika [Matn] / Ed. N.M. Nazarova - M., 2002. - 400 b.

5. Tuzatish pedagogikasi va maxsus psixologiya lug'ati [Matn] / Komp. N.V. Novotortseva. -Yaroslavl, 1999 yil.

6. Malofeev, N.N. Rossiyada va chet elda maxsus ta'lim [Matn] 2 soatda / NH Malofeev. - M., 1996. - 182 b.

7. David A. J, Eggen, P Kauchak. Methods for Teaching: Promoting student learning [M] 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.