Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYALANUVCHILARI BILAN PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING YO'LLARI VA VOSITALARI'

MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYALANUVCHILARI BILAN PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING YO'LLARI VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
208
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
global / raqamli texnologiya / inson kapitali / fiziologik / psixologik / pedagogik diagnostika. / global / digital technology / human capital / physiological / psychological / pedagogical diagnostics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. G'Iyasova, G. Zayniyeva

Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari bilan pedagogik diagnostika faoliyatini tashkil etishning yo'llari va vositalari, pedagogik tizimning turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo‘tadil rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga oshirish sharoitlarini tavsiflovchi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS AND MEANS OF ORGANIZING PEDAGOGICAL DIAGNOSTIC ACTIVITIES WITH PRESCHOOL EDUCATORS

This article describes in detail the ways and means of organizing pedagogical diagnostic activities with preschoolers, the state of various elements of the pedagogical system and the conditions for their implementation in order to predict it for all educators and eliminate violations of a moderate development trend. Information provided.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYALANUVCHILARI BILAN PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING YO'LLARI VA VOSITALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYALANUVCHILARI BILAN PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING YO'LLARI VA VOSITALARI

G'iyasova Nargiza Yunus qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ( Maktabgacha ta'lim) yo'nalishi 2-kurs magistranti Zayniyeva Gulrux Faxriddinovna

Navoiy davlat pedagogika instituti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ( Maktabgacha ta'lim) yo'nalishi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7357565

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari bilan pedagogik diagnostika faoliyatini tashkil etishning yo'llari va vositalari, pedagogik tizimning turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo'tadil rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga oshirish sharoitlarini tavsiflovchi haqida batafsilma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: global, raqamli texnologiya, inson kapitali, fiziologik, psixologik, pedagogik diagnostika.

СПОСОБЫ И СРЕДСТВА ОРГАНИЗАЦИИ ПЕДАГОГИЧЕСКИ-ДИАГНОСТИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ С ДОШКОЛЬНЫМИ

ВОСПИТАНИЯМИ

Аннотация. В данной статье подробно описаны пути и средства организации педагогической диагностической деятельности с дошкольниками, состояние различных элементов педагогической системы и условия их реализации с целью ее прогнозирования у всех воспитателей и устранения нарушений умеренной тенденции развития. предоставленная информация.

Ключевые слова: глобальные, цифровые технологии, человеческий капитал, физиологическая, психологическая, педагогическая диагностика.

WAYS AND MEANS OF ORGANIZING PEDAGOGICAL DIAGNOSTIC ACTIVITIES

WITH PRESCHOOL EDUCATORS

Abstract. This article describes in detail the ways and means of organizing pedagogical diagnostic activities with preschoolers, the state of various elements of the pedagogical system and the conditions for their implementation in order to predict it for all educators and eliminate violations of a moderate development trend. Information provided.

Keywords: global, digital technology, human capital, physiological, psychological, pedagogical diagnostics.

KIRISH

Inson kapitali global axborotlashuv, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch sifatida e'tirof etilmoqda. Shu bois jahonning iqtisodiy jihatdan etakchi inson kapitalidan samarali foydalanish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda ham uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ta'lim oluvchilarning iqtidorini baholash, ularning imkoniyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqarishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev "ta'lim olishga munosib, yuksak aql-zakovat va yetakchilik qobiliyatiga ega bo'lgan yoshlarni aniqlash" ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat istiqbolini ta'minlashiga ishonch bildiradi. Bu esa o'z navbatida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

respublika uzluksiz ta'lim tizimi oldida "yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy еtuk insonlar etib tarbiyalashdan iborat" muhim ijtimoiy-pedagogik vazifani qo'yadi. Pedagogik fikrlar tarixi taraqqiyotida o'qitish sifatini ta'minlash va natijasini kafolatlash, tarbiya samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ta'lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy sub'ektlar - o'qituvchi hamda o'quvchilar ishtirokida tashkil etiladi. O'qituvchilar kasbiy kompetentligining turli darajada bo'lishi, o'quvchilarning yosh, fiziologik, psixologik jihatdan bir-biridan farqli imkoniyatlarga egaligi o'qitish va tarbiya jarayonida muayyan, xususan, bir guruh o'quvchilarning fanlarni o'zlashtira olmasligi, ularda ijtimoiy-pedagogik talablarni bajarishda me'yordan og'ish holatining kuzatilishi kabi muammolarni yuzaga keltiradi. Mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida psixologiya sohasida turkum tadqiqotlar amalga oshirildi. Natijada XX asarning dastlabki o'n yilliklarida "psixologik diagnostika" nazariyasi, so'nggi o'n yilliklarida esa "pedagogik diagnostika" nazariyalari asoslandi. Ushbu nazariyalarning asosiy g'oyasi va tadqiqot yo'nalishini ta'lim sifatini real holatni tashxislash asosida tahlil qilish hamda baholash tashkil qiladi. Namoyon bo'layotgan nuqsonlarni bartaraf etish, tuzatish choralarini belgilashga bo'lgan ijtimoiy-pedagogik ehtiyoj OTMda "Pedagogik diagnostika va korrek^ya" o'quv fanini o'qitish zarurligini ko'rsatdi

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

So'nggi yillarda ta'lim va tarbiya amaliyotida pedagogik jarayon, holat, hodisalarni tashxislashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Binobarin, tashxislash pedagogik jarayon, holat, hodisalarning mavjud holatidan kelib chiqqan holda istiqbol vazifalarni belgilash imkonini beradi. E'tiborli jihati so'nggi o'n yilliklarda "pedagogik diagnostika" tushunchasi ko'plab tadqiqotchilarning e'tiborini o'ziga tortmoqda. Garchi mazkur tushuncha ular tomonidan shaklan turlicha talqin qilinayotgan bo'lsa ham nazariy jihatdan umumiy mazmunga ega.

Yaxlit tizim sifatida pedagogik jarayonining barcha bosqichlarida uni tarkibiy elementlari holatini aniqlash orqali istiqbolni belgilash, ta'lim strategiyalarini ishlab chiqish zamonaviy pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalar sanaladi. Mazkur tushuncha shunga ko'ra ham nazariy jihatdan tavsiflanadi.

Pedagogik diagnostika - pedagogik tizimning turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo'tadil rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga oshirish sharoitlarini tavsiflovchi belgilarini aniqlanash va o'rganish (E.A.Mixalbichev) ta'lim va tarbiya natijasini baholashda shaxsning ma'lum bir xususiyatlarini aniqlash uchun mo'ljallangan pedagog va pedagogik kollektivlarning o'ziga xos faoliyatining tizimi (V.S.Avanesov).

TADQIQOT NATIJALARI

Maktabgacha ta'limda yoshi kattalarning to'plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o'yinlar ta'lim metodi sifatida namoyon bo'ladi. Pedagogik diagnozdan kelib chiqib, o'yin metodlariga qarab maktabgacha ta'lim vazifalaridan, predmetli, sujetli-ishchan, dramalashtirilgan o'yinlardan keng foydalaniladi. Maktabgacha ta'limda rivojlantiruvchi pedagogik diagnostik o'yinlarni o'quv tarbiya jarayonida qo'llash quyidagi o'ziga xos xarakterga ega bo'ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo'ladi. Ikkinchidan, o'yin fao-liyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g'ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog'ozlar, konstruktor-mexanik majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bajarilishini ta'minlash maqsadida ulami osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig'ida sifatli bajarilishini ta'minlash darkor.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik diagnosdan foydalanib, interfaol o'yinlardan tashik etish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o'yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o'yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat. Interfaol o'yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to'g'ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o'rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o'yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zarur bo'lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi.

Interfaol o'yinlarni samarali o'tkazish uchun quyidagi qoidalarga e'tibor berish lozim:

1. Mashg'ulot oldidan bolalar o'yin qoidalari va mazmunini qay darajada

tushunganliklarini aniqlash.

2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan muno- sabatlarini

hisobga olish.

3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e'ti- borga olish. 4.

o'yin jarayonida bolalarga qiziq bo'lgan materiallardan foydalanish.

5. Diqqat va e'tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.

6. Bolalarga rollarni to'g'ri taqsimlash.

7. O'yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.

S. O'yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo'lish va natijalarini prognoz

qilish.

Pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri tashkil etilgan o'yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg'otadi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida o'yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.

O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik diagnos texnologiyasidan tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an'anaviy ta'limdagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlaming mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim berish g'oyasi birinchi bo'lib chex pedagogi Yan Amos Kamenskiy tomonidan ilgari surilgan. U ona rahbarligida б yoshgacha bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish mumkinligini ko'rsatib berdi. Shu davrda bola yoshini e'tiborga olgan holda kishi o'rganishi lozim bolgan hamma narsaga o'rganishi lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya'ni biz ta'lim-tarbiya beradigan bolalarga har tomonlama bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin ekan. U 13 bolimdan iborat maktabgacha ta'lim dasturini tuzdi. Y.A. Kamenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarning ta'lim-tarbiyasiga, o'qish metodikasiga katta e'tibor bergan.

Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tanlaydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo'shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o'sa- yotgan odam shaxsiga ta'sir ko'rsatish usullari tobora xilma-xil bo'lib boradi.

XULOSA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligmi oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. MHp3HeeB ffl.M. MunnHH TapaKKHeT MynHMH3HH KaTtHAT 6HnaH gaBOM эттнpн6, AHru

öoc^HHra KyTapaMH3. - T.: "Y36eKHCTOH", 2017. - 227-6.

2. MHp3HeeB ffl.M. Эpкнн Ba $ap0B0H, geMOKpaTHK Y36eKHCTOH gaBnaTHHH GupranuKga Gapno этaмнз. - T.: "Y36eKHCTOH", 2016. - 14-6.

3. O.U. Xasanboyeva, M.X. Tojiyeva, Sh.K. Tashpulatova va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma. T.: «ILM ZIYO», 2006. - 184 b.

4. O. Hasanboyeva. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. T., «0'qituvchi», 1993. 11.

5. Sh. Otajonova. Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ota- onaning o'mi. T., «Sharq», 1998.

6. M. Inomova. Oilada bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi. T., 1999.

7. N. Sayidahmedov. Pedagogik texnologiya. T., RTM, 2000.

8. S. Nishonova. Komil inson tarbiyasi. T., «Istiqlol», 1993.

9. Z. Ismoilova. Tarbiyaviy ish metodikasi. T., «Istiqlol», 2003

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.