Научная статья на тему 'MАKTАBGАCHА TА’LIMI TIZIMIDА IJTIMOIY-HISSIY SOHАSINI RIVOJLАNTIRISHGА OID ILGʼOR XORIJIY TАJRIBАLАR'

MАKTАBGАCHА TА’LIMI TIZIMIDА IJTIMOIY-HISSIY SOHАSINI RIVOJLАNTIRISHGА OID ILGʼOR XORIJIY TАJRIBАLАR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
о‘z-о‘zini anglash / о‘z-о‘zini baholash / ijtimoiy hamkorlik / rivojlanish markazlari / ko‘nikma / ustanovkalar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rashidova Z.O.

Maqolada rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimida amaliyotdagi dasturlari, aynan dasturda ijtimoiy-hissiy sohaning rivojlantirilishiga oid tajribalar tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MАKTАBGАCHА TА’LIMI TIZIMIDА IJTIMOIY-HISSIY SOHАSINI RIVOJLАNTIRISHGА OID ILGʼOR XORIJIY TАJRIBАLАR»

MAKTABGACHA TA'LIMI TIZIMIDA IJTIMOIY-HISSIY SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILG'OR XORIJIY

TAJRIBALAR

Rashidova Z.O.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11229422

Annotatsiya. Maqolada rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta'lim tizimida amaliyotdagi dasturlari, aynan dasturda ijtimoiy-hissiy sohaning rivojlantirilishiga oid tajribalar tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: o 'z-o 'zini anglash, o 'z-o 'zini baholash, ijtimoiy hamkorlik, rivojlanish markazlari, ko'nikma, ustanovkalar.

Jahon ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida bola ijtimoiylashuvi va huquqlari hamda uning hissiy rivojojlanishi masalasi alohida o'rin tutadi. Mazkur masala yuzasidan Shvetsariya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Litva, Bolgariya, Ruminiya, Vengriya, Chexiya, Polsha, Slovakiya, Kanada, AQSH, Braziliya,Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Avstraliya, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya kabi davlatlarda qo'llanilayotgan SEL (Social and Emotional Learning) dasturi bolalar va kattalarning ijtimoiy-hissiy jihatdan bilim, ko'nikma va ustanovkalarini rivojlantirish, ularga g'amxo'rlik qilish, qo'llab-quvvatlash, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim yoshida bolalarda ijtimoiy va hissiy rivojlanish o'z-o'zini ifoda etish, his-tuyg'ularni boshqarish, o'zi va atrof-muhit bilan uyg'un bo'lish qobiliyatlari, bolalarning ijtimoiylashuvi hamda hissiyotlarini namoyon qilishlari bevosita tengdoshlari va kattalar bilan muloqotiga asoslangan pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish dolzarblik kasb etmoqda. Maktabgacha ta'lim jarayonida 6-7 yoshdagi bolalarni tengdoshlari bilan muloqot qilish, boshqalar bilan o'zini solishtirish, taqlid qilishga nisbatan ehtiyojni ta'minlash bo'yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

So'nggi tadqiqotlarga ko'ra ijtimoiylashuv ko'nikmalari yaxshi rivojlanmagan bolalarda atrof-muhitga moslashishda muammolar, tengdoshlari tomonidan rad etilishi, kelajakda o'qishidagi muvaffaqiyatsizliklar, kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarining salbiy oqibatlari kuzatiladi. Ogelman, Sezer,Alabay va Uzar bolalarning kognitiv rivojlanishi va ijtimoiy ko'nikmalari o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganib kognitiv rivojlanish ijtimoiy ko'nikmalarga ta'sir qiladi degan xulosaga kelishdi. Kojak, Pinarjik,Ergin ham ijtimoiy ko'nikmalar va kognitiv qobiliyatlarlar o'rtasida aloqadorlik borligini tasdiqlab, uni ustida izlanish olib borishgan.

AQSH dagi CASEL dasturi ijtimoiy va hissiy ta'limning akademik integratsiyasini qamrab oladi. Har bir bosqich 15 ta darsdan iborat bo'lib, ular ketma-ket to'rtta bo'limda (o'quv bloklarida) o'qitiladi.Maqsadli, akademik, ijtimoiy va hissiy ta'lim bloklari. Mazkur 5 ta blokda o'z-o'zini anglash,o'z-o'zini boshqarish, ijtimoiy bilish, o'zaro munosabatlar ko'nikmasi va mas'uliyatli qarorlar qabul qilish kompetensiyalari rivojlantiriladi.

Fransiyadagi PRODAS dasturi ijtimoiy va hissiy rivojlanish dasturi bo'lib, rivojlanishning 3 ta omiliga ya'ni o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini baholash va ijtimoiy hamkorlikka qaratilgan.

Germaniya SEL (Social and Emotional Learning) dasturi bolalar va kattalarning ijtimoiy-hissiy jihatdan bilim, ko'nikma va ustanovkalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ulardan aynan o'z-o'zini anglash (o'zining va boshqa odamning his-tuyg'ularini tan olish), о'zini-о'zi boshqarish, ijtimoiy tan olinishi (tushunish va empatiya), mas'uliyatli qarorlar (axloqiy va konstruktiv), shaxsiy va ijtimoiy xulq-atvorda faol tanlov) asosiy rivojlanish mezonlari hisoblanadi.

Singapur NEL (Nurturing Early Learners) dasturi mazkur dastur tarjimasi erta yoshdagi bolalar tarbiyasi degan ma'noni beradi. Bu dastur o'z ichiga 6 xil yo'nalishdagi ta'lim dasturlarini qamrab olgan. Bular: estetika va ijodkorlik (kreativlik), dunyoni kashf qilish, nutq va savodxonlik, motorik ko'nikmalarni rivojlanishi, ijtimoiy va hissiy rivojlanish, hisoblash qobiliyati. Ijtimoiy va hissiy rivojlanish sohalari sifatida quyidagilar o'rganiladi:0'z-o'zini anglash

• O'z-o'zini boshqarish

• Ijtimoiy hamkorlik

• munosabatlarga kirishish

• Mas'uliyat bilan qaror qabul qilish.

Indoneziya Social, Emotional, and Ethical (SEE) Learning Framework. Mazkur dastur 12 yoshgacha bo'lgan bolalarning maktabgacha va maktab ta'limida rivojlanishiga qaratilgan bo'lib, unda ijtimoiy va hissiy rivojlanish va tarbiya (xulq-atvor) masalalari aks etadi. Bu dastur 9 ta komponentdan tashkil topgan. (Diqqat va o'z-o'zini anglash, O'ziga bo'lgan mehr-shavqat, o'zini-o'zi boshqarish, shaxslararo muloqot, o'zgalarga nisbatan mehr-shavqat, munosabatlarga kirishish ko'nikmasi, o'zaro munosabatlarni qadrlash, umuminsoniy qadriyatlarni qadrlash, jamiyat bilan hamohanglik.

Turkiya maktabgacha ta'lim dasturida har bir yosh davriga qo'yilgan talablar va rivojlanish markazlari mavjud (kognitiv rivojlanish, til(nutq)rivojlanishi, ijtimoiy va hissiy rivojlanish, motorik rivojlanish, o'z-o'ziga xizmat qilish ko'nikmasi) hamda ta'lim olish markazlari bor (Blok markazi, Dramatik o'yinlar markazi, San'at markazi, Kitob markazi, Ilmiy markaz, Qum va suv stoli, Musiqa markazi, Kirish va kutish maydoni.

Finlyandiya maktabgacha ta'lim standartida (Erta yoshdagi bolalarning ta'limi va ula rga g'amxo'rlik dasturi mavjud) bola rivojlanishida quyidagi faoliyat turlari tasniflangan. Ular:o'yin faoliyati, jismoniy faollik, ijodiy faoliyat va o'zini namoyon qilish, tadqiqotchilik faoliyati. Ta'lim berish 6 yoshdan boshlanadi va asosiy maqsad bolalarni maktabga tayyorlashdir. Maktabga tayyorlashning mazmuni quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi: matematika bilan tanishtirish, tabiiy fanlar bilan tanishtirish, estetika bilan tanishtirish, etika bilan tanishtirish, tarixiy-ijtimoiy predmetlar bilan tanishtirish, falsafiy-diniy bilimlar bilan tanishtirish.

Yaponiya maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quv dasturlari quyidagi yo'nalishlardan

iborat:

1.bolaning jismoniy va psixik salomatligini mustahkamlash

2.boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish

3.atrof-olam haqidagi bilimlarni shakllantirish

4. nutq rivojlanishi

5. ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.

Xulosa qilib aytganda AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarning maktabgacha ta'limga oid o'quv dasturlari mazmunida ijtimoiy va hissiy ta'limning akademik integratsiyasi dominantlik qilgan. Chunki, dunyo tan olgan eng rivojlangan davlatlar tajribasida ham ijtimoiylashuv, ijtimoiy munosabatlar, hissiyotlarni ifodalash, o'z-o'zini

anglash va rivojlantirishga ustuvorlik berilgan. Tadqiqotimizning asosiy konsepsiyasi ham 6-7 yosh tarbiyalanuvchilarni maktab ta'limiga tayyorlash bilan birga, jamiyatga moslashtirish, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo'yishga yo'naltirish, turli ijtimoiy murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

REFERENCES

1. Lynne Borden. Social, Emotional, and Ethical Learning: A Curriculum that Educates the Heart and Mind. Journal of Youth Development, 2019.-218 p.

2. Nurturing Early Learners A Curriculum for Kindergartens in Singapore, 5 page, Copyright, 2013, Ministry of Education, Singapore https://alldef.ru/ru/articles/almanac-no-38/the-system-of-assessing-and-monitoring-the-quality-of-preschool-education-in-the-repuMic-of-singapore

3. T.C.Milli Egitim Bakanligi,Temel Egitim Genel Müdürlügü, Okul Oncesi Egitimi Programi.Ankara, 2013, 38 sayfa.

4. Нагиева Г.Н., Образовательная политика, №5 (61) 2012,103 стр.

5. Парамонова Л. А., Протасова Е. Й. Дошкольное и начальное образование за рубежом: История и современность: Учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб, заведений. — М.: Издательский центр «Академия», 2001. - 121 с.

6. F.R. Valiyeva To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //Bosma //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

7. Kalmuratov T.N. O novoy forme gosudarstvenno-chastnogo partnerstva v oblasti doshkolnogo obrazovaniya. lxvi international correspondence scientific and practical conference «european research: innovation in science, education and technology» Septembr 09-10, 2020 London, United Kingdom

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.